Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 10 (Do not be afraid, for I have redeemed you, I have called you by name; you are Mine!)
This page in: -- Armenian -- Baoule? -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula? -- English -- French? -- German -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean? -- Lingala? -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai? -- Turkish? -- Twi? -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 10 -- Qo'rqmanglar, Chunki Men sizlarni qutqardim, Men sizlarni Nomingiz bilan Chaqirdim; Siz Menikisiz! (Ishayo 43:1)


Har bir kishi ustiga keladigan muammolardan va hatarlardan qo'rqadi. Har bir kishi kutilmagan hodisa sodir bo'lganda titroqqa tushadi. U atrofidagi qonli urushlar va daxshatli toshqinlar haqida eshitganda yuragida titroq paydo bo'ladi. Ba'zi odamlar asab bo'lib yashab, bosim ostidagi qo'rquvning bog'ichidirlar. Lekin Xudo qo'rqishingizga yo'l qo'ymaydi chunki U tirik, va U sizga hujum qiladigan har bir kuchdan ko'ra buyukroqdir. U sizning azobingizdan ko'ra donoroqdir, Shuning uchun, U sizga nima aytsa quloq soling.


Qo'rqmanglar!

Xudo sizga nopok rulardan va Jinlardan qo'rqishni taqiqlaydi. U sizni yomon ko'zlardagi ishonchni qoldirishingizni istaydi. Bolalarning kiyimlariga ko'k marvaridlar taqishni, uyingizning eshiklariga otning taqasini osishni va taxtada taqillatishni bas qiling. Har bir kishi Xudodan ko'ra bu udumlar ortida turgan ruhlarni kuchliroq deb, bu harakatlari orqali bularni tan oladi. Xudo Qudratlidir, U sizni himoya qilishga tayyor va himoya qila oladi chunki U barcha ruhlardan ko'ra qudratliroqdir.

Xudo sizni sevadi va sizni kelajakning qo'rquvidan ozod qiladi. Bu dunyodagi urushdan, atom kuchidan, ifloslikning kuchayishidan qo'rqmanglar. Bu insonlarning hech qanday harakati bu dunyoni qutqara olmasligini kelajakda ko'rsatadi. Bu Xudodan boshqa biz uchun yechim emas. Xudo barcha to'siqlardan buyukroqdir. To'liq Unga ishoning.

Sizning Yaratguvchingiz sizdagi sinovlarning qo'rquvini, ishsizlikni, ochlikni va qiyinchilikni yengishni istaydi. U sizga yordam berishga va sizga O'zini bog'lashga tayyor. Shuning uchun, ishingizda astoydil bo'ling va kundalik ishingizda sodiq bo'ling, shunda siz Xudo sizni mo'l-ko'lchilikda marhamatlashini ko'rasiz. Unga qarang, va siz havf-hatarda boshqaruvni va taskinni olasiz.

Qudratli Xudo sizni dushmanlaringizdan, sizga hasad qiladiganlarning nafratidan, sizning do'koningiz yoki mamlakatingizdan chiqarilib yuborishingizdan, va yolg'onchilarning yolg'onidan himoya qiladi. Agar siz Unga qaytib, Unda qolsangiz U sizni himoya qiladi. Hatto muhtojlik va umidsizlik sizga oqib kelsa, Xudo sizning kuchingiz va umidingiz bo'ladi. Shuning uchun Undan ajralmang; U sizni O'zining ismi bilan saqlaydi.

Barhayot Xudo sizni o'limdan qo'rqishingizni, qabrdagi jazodan titrashingizni va do'zax olovidan titrashingizni taqiqlaydi. U qudratlidir, va sizni qutqarishni va himoya qilishni hoxlaydi. Xudo ba'zi masxarabozlar aytganidek o'lmagan, balki U hayot bulog'idir. Unga yaqin keling va Unda qoling, shunda siz hayot va o'lim o'rtasida tinchlikka ega bo'lasiz.

Xudo odildir, shu bilan birga, sizni barcha gunohingizdan oqlovchidir. Faqat U sizni yovuz harakatlaringizdan poklay oladi. U sizni Hukm Kunida O'zining g'azabi bilan barbod qilishni istamaydi. Yaxshi ishlarim bilan o'zimni qutqaraman deb o'ylamang. Xudoning O'zi sizni sevadi va siz uchun abadiy omad eshigini sizga ochadi.

Abadiy sevgiga to'la bo'lgan Xudo, sizni o'zingizdan himoya qilish uchun, sizni nopok yurakdan qutqarishga, va mag'rurligingizni yengishga tayyor. U sizni vasvasaga tushganingizda kuchli qiladi va tilingizdan tezda chiqib ketadigan yolg'onni yengadi. Shuning uchun yuragingizni Muqaddas Ruhiga oching, chunki U sizni muqaddas qiladi chunki U muqaddasdir.

Xudo hayotdagi barcha vaziyatlarda tinch qolish uchun sizni ruhlantiradi. U Muqaddas Kitobda 365 marta O'zining: "Qorqmanglar" degan aniq amrini ochib bergan. Bu insonlarga, oilalarga va ommaga - erkaklarga va ayollarga qo'llaniladi. Siz qo'rquv ostida bo'lmasdan balki Xudoning kuchi bilan buni yengib chiqishingiz uchun bu Xudoning amrini yilning har kunida mashq qilishingiz mumkin. Masihga hayotingizni, rejalaringizni va kelajagingizning boshqarayotgan g'ildiragini topshiring shunda U har qanday tanaviy otadan ko'ra siz uchun qayg'uradi va U sizni himoya qilib, sizni mo'l-ko'l qilib marhamatlaydi.

Unga qo'rqadigan yuragingizni ochishingiz bilan, siz Unga va sevgisiga ishonib, kelajak uchun umidga ega bo'lishingiz uchun nur va kuchni olasiz. Shunda sizni oldingizda turgan qo'rquvning sabablari endi sizni to'xtatib turmaydi. Xudo sizga nima uchun U sizni barcha hatardan va qo'rquvdan ozod qilishni hoxlashining sirini ochib beradi:


Men Sizni Qutqardim

Yoqubning bolalari Misrda nafratlangan qullar bo'lishgan, va Firavn ulardan foydalangan. Biroq ular Xudoga va Otalari ular haqida qayg'urishiga ishondilar. Shuning uchun, Xudo ulardan har bir oila benuqson qo'zini so'yishini va oilaning har bir a'zosi qo'zi qonining himoyasi ostiga qo'yilishlarini, shunda Qudratlining g'azabi ulardan o'tib ketishini so'ragan. Agar ular buni qilmaganlarida, Xudo gunohlari uchun ularni yo'q qilgan bo'lar edi. Yoqubning bolalari Xudoning amrlariga bo'ysunishgan va Uning chaqiruviga ishonishgan. Shuning uchun Xudo O'zining Qurbonlik Qo'zisining qoni orqali qullikdan qutqargan va ozodlikka va qutqaruvga ularni boshqargan.

Ibrohim faqat qonuniy o'g'lini Xudoni ulug'lash uchun tutatqi sifatida qurbonlik keltirishga harakat qilganida, qutqaruv sirini olgan. Lekin Xudo o'g'lini qurbonlik qilishi uchun uni to'xtatib qolgan va o'g'lini o'ldirishni taqiqladi, chunki Xudoning O'zi uni buyuk qurbonlik bilan qutqardi (Al-Saffat Sura 37:107). Bu yo'l bilan Muqaddas Xudo O'zining inoyatida ularni to abad qutqarib, buyuk qurbonligi orqali Ibrohimning barcha bolalarini qutqardi.

Bugun, "Men sizni qutqardim" degan Xudoning va'dasi sizgacha yetib kelmoqda. Bu va'da o'tgan zamonda yozilgan, chunki bu harakat siz uchun allaqachon bajo bo'lgan. Bu sizga sizning najodingiz to'liqdir va yana qilinishi kerakligini aytadi. Tirik Xudo siz bu dunyodan yoki keyingisidan qo'rqmasligingiz uchun va siz "balki" U meni qutqaradi deb aytmasligingiz uchun, sizda O'zining tugagan qutqaruvini qo'llashni hoxlaydi. Qudratli Xudo sizni Hukm Kunidan, Shaytonning yolg'onidan, va sizdagi gunoh kuchidan ozod qilgan. Siz qutqaruvingiz qonuniy bajarilganligini tushunishingiz kerak. Bu ro'za tutish, ibodat qilish, taqdim etish, ziyorat qilish yoki Xudodan qo'rqish bilan o'zingizni qutqarish sizga bog'liq emas. Xudo siz uchun buyuk qutqaruvni bajardi va hech qachon so'ralmaydigan qonuniy huquqingiz kabi sizga O'zining najodini taqdim qilgan. U sizga chin yurakdan inoyatini beradi. Shuning uchun, qo'rqmang, balki huquqingizni qabul qiling, qutqarilganingizga ishoning, va Xudoyingizning Kalomiga ishoning. Agar qutqarilganingizga ishonsangiz, imoningizga ko'ra bu sizda bajo bo'ladi.

Ahd Xudosi bu va'dani bergani balki sizni ajablantirishi mumkin, "Men allaqachon sizni qutqardim," asosan Bobilga surgun qilingan o'jar odamlarga. Xudo ular ishonmaganlari va Unga qarshi chiqqanlari uchun quvilishlariga ruhsat bergan. Ular uylarini va mamlakatlarini tark etishlariga to'g'ri keldi va ular ma'badlaridan 800 kilometr keladigan cho'lga otilganlar. Ular kasal, qo'rqoq va yordamga muhtoj bo'lishgan, va ulardan ba'zilari gunohlarini o'ylashgan. Ularda qurollar ham, pullar ham bo'lmagan. Ularda hayotlaridan va Xudolaridan boshqa hech narsa bo'lmagan. Bu daxshatli vaziyatda Qudratli ularni shunday deb ishontirgan, "Menga ishoning, qo'rqmang, chunki Men qutqardim, Men sizni nomma nom chaqirdim va Men sizni qul qiladigan barcha kuchlardan buyukroqman."

Qanday vaziyatda bo'lishingizdan qat'iy nazar, ishoning mehribon Xudo sizni qo'rquvingizdan, umidsizligingizdan, va o'limning azobidan ozod qiladi. U sizni qonuniy va to abad - Masihning ikkinchi o'limi orqali qutqargan. Maryam O'g'li Xudoning Qo'zisidir va sizning gunohlaringiz uchun xochning jazosiga o'rningizga chidadi. Shuning uchun, Yaratguvchingiz sizning mehrsiz hukmlovchingiz bo'lmaydi, balki U sizni oqlaydigan va sizni ruhiy Otangiz kabi kechiradi, har kuni sizga yordam berishga tayyor Xudodir.


Men sizni Nomma nom Chaqirdim

Sevgi Xudosi sizni allaqachon qutqarganini unutmang! Siz bu mo'jizani ko'rdingizmi yoki yo'qmi? Mehrli Xudo siz uchun gunohdan, o'limdan va iblisning vasvasasidan ozodlikni tayyorlab qo'ygan. Va Xudo siz uchun bundan ko'prog'ini qiladi. U sizni shaxsan chaqiradi. U sizni qo'rqinchli hukmdor kabi chaqirmaydi. Yo'q, U siz tomon mehr bilan qaraydi, chunki Uning g'azabi sizdan o'tib ketgan, agar siz Xudo Qo'zisining qonining himoyasiga ishonsangiz. Xudo sizning ismingizni biladi. U sizni siz kim ekaningizni sizdan ko'ra yaxshiroq biladi. U sizning barcha sirlaringizni biladi; sirlaringiz Unga ochiq oydindir. Bundan tashqari, U sizni siz kabi sevadi.

Qanday ajoyib ertak! Buyuk Xudo kichkina inson bo'lgan sizni nomingiz bilan chaqiradi. Siz Unga muhimsiz. U sizni biladi va siz haqingizda qayg'uradi. U sizga sovg'alarini berishni istaydi va sizni bog'liqlikning ichki zanjirlaridan ozod qilishni istaydi. Ota yoki ona bolalarini ismini aytib chaqirganda, ular tashqarida o'ynayotganda, bu bola chaqirganini eshitib, tashqarida yolg'iz bo'lganini va u javob berishi kerakligini, bo'lmasa muammo bo'lishini biladi. Shuning uchun, ogoh bo'ling va Yaratguvchingiz sizni chaqirishini va Qutqaruvchingiz sizga murojat qilishini va Taskin Beruvchi shaxsan sizni jalb qilishini biling. U sizga murojat qilganda, U sizni O'zining darajasiga ko'taradi chunki U sizga gapiradi va Uning so'zi sizni jonlantiradi. Hech qachon Xudo sizni chaqirishini unutmang. Uning chaqiruvini unutmang, chunki U bu chaqiruv bilan O'zining mehrini va inoyatini taqdim etadi.

Masih yer-yuzida bizning oramizda yashagan payitda, U qaytib kelishidan uch kun oldin o'lgan do'sti Lazarning qabriga borgan. Iso atrofidagi odamlardan qabrning toshini olib tashlashini so'ragan, lekin ular buni hoxlashmagan, chunki Lazar uch kun oldin o'lgan edi va hidlanib qolgan edi. Iso turib oldi va tosh og'darilgandan keyin, U "Lazar, tashqariga chiq" deb baland ovoz bilan chaqirdi. Masihning ovozi o'liklarni tiriltira oladi. (Yuhanno 11:34-44); Sura Al-'Imran 3:49) Maryam O'g'lining bu chaqiruvi to'la huquqni va Xudoning kuchini o'z ichiga oladi.

Masih bugun Xudo bilan yashaydi, va U Uning ovozini tinglashni istagan odamlarni chaqiradi. U bugun sizni ismingizni aytib chaqiradi. Mag'rurligingizni tashlang va U sizni gunohingizdan tiriltiradi, va Najodkoringizda siz bosh pana topasiz. Ikkilanmang balki Rabbingizga javob bering va sizni chaqirgani uchun Unga rahmat ayting.

Balki siz jamoat uchun Masih kelishidan oldin mahsus ma'noni bergan Grekcha so'z "Ecclesia)" (uzbekchada "to'planish" yoki jamoat" ) ni bilsangiz kerak. Bu har bir shahar o'zi uchun javobgar ekanini va odamlar "javobgar kishilar" ning to'planishi orqali qaror qilishlari kerakligini anglatgan. Bu javobgar shaxslar urush yoki tinchlik, soliq yoki qonunlar va bu shahardagi hayot haqida hamma narsa haqida qaror qilish uchun shahar markaziga chaqirilganlar. Javobgar shaxslarning uchrashuvlarining nomi Ecclesia, yani chaqirilgan kishilar degan ma'noni beradi. Ecclesia yoki chaqirilgan kishilar shaharlarining javobgarligini birgalikda olib yurishar edi. Iso va Uning havoriylari jamoatning sirlarini tushuntirish uchunbu bu ifodadan foydalanishgan va buni Ecclisia deb nomlashgan. Jamoatlarining har bir ruhiy a'zosi Xudo tomonidan Uning ismi orqali chaqirilganini anglatadi. Xudo ularni yovuz ruhlarni va gunohlarni tark etishlariga, Xudoning Ruhi orqali o'lim va iblisni yengish uchun, bu dunyoning vasvasasidan ozod bo'lish uchun va barcha oqlanganlar bilan jamiyatda boshqalar uchun ibodatlari orqali, hadyalari va xizmatlari orqali javobgarlikni olish uchun ularni chaqiradi.

O'zingizni imtixon qiling! Siz boshqalar uchun javobgarlikni oladigan chaqirilgan kishilardan birimisiz? Yoki sizni hali ham gunoh va vasvasa yengib chiqadimi?Masih sizni xizmat qilish uchun nomingizni aytib chaqirganini biling. Unga bo'lgan javobingiz nima?


Siz Menikisiz

Muqaddas Xudo sizni "Siz Menikisiz degan yagona ibora bilan ishontiradi. Men faqat sizni yaratmaganman balki Men sizni g'alayon qiladigan fikrlaringizdan va harakatlaringizdan qutqarganman va sizni tozalaganman, muqaddaslaganman va ishonadigan kishilarim kabi sizni qabul qilganman." Bu ishontirish sizga yetib kelmaydi chunki siz boshqalardan ko'ra yaxshiroqsiz, chunki siz siz uchun bajargan Xudoning qutqaruvini qabul qilgansiz.

Xudo sizga tushuntiradi, "Siz Mening qimmatbaxo mulkimsiz. Siz endi o'zingizga tegishli emassiz, balki siz Menikisiz. Men sizning abadiy Xudoyingizman. Siz Mening ko'z o'ngimda juda oliy baho bilan yagonasiz. Men siz uchun qayg'uraman; Men sizni yolg'iz tashlab ketmayman; Men sizning orqangizda turaman. Siz Mening oilamga va samoviy qabilamga tegishlisiz. Sizni Mening sevgim himoya qiladi. Men sizning kafolotingizman. Men siz uchun javobgarlikni olib yuraman, va hech qachon ismingizni unutmayman. Hech kim sizni Mening qo'limdan tortib ololmaydi. Siz hayotingizda va o'limingizda nima bo'lgan bo'lsangiz ham unutilmaysiz. Men har doyim siz bilanman, hatto bu asrning oxirigacha. Siz Men uchun hursand bo'lishingiz uchun, sizni chaqiraman."

Qattiq mehnat qilib, har bir tiyinini saqlagan yosh bir kishi bo'lgan edi. Oxiri u texnika sotib oldi. U endi tog'larga chiqib tushish uchun harakatlana olar edi. Unda endi muammo yo'q edi. U moshinasini yuvardi va u uchun qayg'urar edi. Tunda u buni o'g'irilar o'g'irlab ketmasligi uchun yashirib qo'ydi. Uning butun yuragi va fikrlari uning yangi boyligida edi. Shuning uchun, agar oddiy kishi o'zining sotib olgan mulki haqida shunchalik havotirlansa va u haqida qayg'ursa va bu uchun to'lov to'lasa, tirik Xudo qanchalik O'zining chaqiruviga javob beradigan har bir imonli uchun qayg'uradi, uni himoya qiladi va sevadi.

Yuragida Xudoning ovozini eshitadigan va Masihning sevgisiga o'zini ochadigan va Uning Ruhining kuchini oladigan har bir kishi yangi ijod bo'ladi. Xudoning Ruhi imonlilarda yashaydi va Xudoning Qo'zisi uni minnatdorchilikning to'liq hayotiga boshlaydi va uni havf-hatar va muhtojlikda unga tinchlik va birlikni o'rnatadi. Xudoning hayoti qutqarilib chaqirilgan kishilarning hayotida jo'shib oqib ishlaydi. Siz Xudoga Uning ruhiy bolasi kabi o'zingizni topshirganmisiz? Yoki siz Yaratguvchingiz va Qutqaruvchingizdan uzoqda yurasizmi va uni yana tark etasizmi?


Siz Qutqaruvingizni tushunib yetdingizmi?

Agar siz Xudoyingizning sevgisi va Uning siz uchun bajarilgan qutqaruvi haqida ko'proq bilishni istasangiz, imonda o'sishingiz uchun sizni boshqara oladigan, agar siz bu uchun bizdan so'rasangiz, biz sizga tekinga foydali adabiyotini jo'natishga tayyormiz.


Haqiqat bo'lgan Xudo O'zining Qutqaruvini Butun Odamlar uchun Tayyorlab qo'ygan

Xudo O'zining sevgisini har bir kishiga ko'rsatgan, ular yaxshimi yomon bo'lmasin. Xudo ularga tekinga O'zining to'liq qutqaruvini berishni istaydi. Lekin biz bulardan ko'plari o'zlarining imkoniyatlarini bilmasliklaridan va ular qo'rquv va baxtsizlikda davom etishlaridan afsusdamiz. Agar siz do'stlaringizga va qarindoshlaringizga ular o'zlari uchun qutqaruvni tushuna olishlariga yordam berishni istasangiz, agar bizdan so'rasangiz biz sizga bu sahifaning nushasining sonidan yuborishga tayyyormiz. Rabbingizga xizmat qiling chunki U siz bilganingizdan ko'ra sizga xizmat qilgan.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)