Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 08 (Who is Christ?)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean? -- Lingala -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu? -- Thai? -- Turkish -- Twi? -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 8 -- Masih Kim?


Siyosiy partiyalar va dinlar o'zlarining qoidalarini ravshan ranglarda va ajablanarli voizliklarda ko'rsatishga harakat qilib, kitoblar va internetlar orqali o'zlarining o'ylab topuvchilarining aqiydalarini va hayot tarzlarini ko'rsatadilar.

Maryam O'g'li bu voizlik oldida muloyim bo'lib turadi. U O'zini Uni bilishni istaganlar bilan tanishtiradi. Yangi Ahdda "Masih" so'zi 569 marta keladi. Maryam O'g'li O'zini shunday deb ifodalagan: "Xudovandning Ruhi Menga yor. U Meni muqaddas moy-la moyladi. Bechoralarga mujda yetkazmoq uchun, dilabgorlarga shifo bermoq uchun, asirga: ozod bo'lgil, basirga: ochilsin ko'zing, demoq-chun, mazlumga erkinlikni e'lon etib, marhamat yili bo'lgay, demoq-chun, Xudovand Meni yubordi." (Luqo 4:18-19)

Moylangan Masih O'zining sirini U tug'ilishidan oldin 700 yil ilgari Ishayo payg'ambarga ochgan payg'am ustidan gapirish orqali ochib tashlagan (Ishayo 61:1-2).

Maryamning O'g'li XUDOning Ruhidan tug'ilgan. Qo'shimchasiga, Xudo Masih U bilan to'la birlikda ishlashi uchun va Xudoning irodasini bajarish uchun, Unga Muqaddas Ruhini to'liq jo'natdi. Iso doyim gunohsiz, pok va muqaddas yashagan.

Masih "Xudoning Ruhi bilan moylanganligini" aytgan. Eski Ahdda, shohlar, oliy ruhoniylar va payg'ambarlar o'zlarining burchlarini bajarish uchun Xudoning kuchi va donoligi bilan taminlanishning ramzi sifatida muqaddas moy bilan moylanganlar. Eski Ahddagi muqaddas moy bilan taminlanish belgisi Masihda ochilgan soya edi holos. U barhayot Shoh (Donyor 7:13-14), oxirgi Oliy Ruhoniy (Zabur 109:4), va'da etilgan Payg'ambar (Iklamchi qonunlar 18:15), gunohkorlar uchun vosetachi (Ishayo 53), Xudoning Kalomi (Ishayo 61:1-2) kabi O'zining payg'ambarchilik qilgan barcha burchlarini bajarish uchun Muqaddas Ruh bilan moylangan. "Masih" so'zi Maryam O'g'lining ismi emas, balki bu Uning xizmatkorlarini tushuntiradi va Xudo tomonidan rejalashtirilgan va belgilanganligini tushuntiradi.


Masihni nima sababdan Xudo yuborgan?

Yaratguvchi Masihni bechoralarga voizlik qilish uchun, qutqaruv haqidagi xushxabarni ularga taqdim qilish uchun, ular Xudoning g'azabidan qutilishlari uchun va Hukm Kunida oqlanishlari uchun Muqaddas Ruh bilan Uni kuchli qilib yuborgan.

Xudo buyuklikni, boylikni, zakovotni, olimlikni yoki mashxurlikni afzal ko'rmadi, balki kichiklarga, omadsizlarga, gunohkorlarga, kuchsizlarga, bechoralarga va yordamga muhtojlarga sevgi va mehr ko'rsatdi. Qudratli Xudo Moylangan Masihini baxtsizlarga va rad etilganlarga Undan Muqaddas Ruhini olish orqali ularga umid, ruhiy kuch va abadiy hayot berish uchun yuborgan.

Masih O'zining xabarini "Xushxabar" - ajoyib xushxabar, deb nomladi. Bu xabar ularga jannatdan uy berib, Unga ishongan har bir kishini Xudoning oilasiga olib keladigan xabardir. Xushxabar bu dunyoning nafratini yengadi. Masihning So'zlari yolg'onni, ayyorlikni quvib chiqaradi va nopoklikni va zinoni yengib chiqadi. Xudoning ruhi Xushxabarni eshitib uni qabul qiladiganlarda va Uning xabariga itoat qiladiganlarda yashaydi. Xushxabar siz uchun Xudoning sovg'asidir. Masihdan bo'lgan bu yagona taklifni o'qimaydigan va qabul qilmaydigan kishi bechora, umidsiz va Tirik Xudo bilan hamjihatlikdan yiroqda bo'ladi.

Masih Xudo tomonidan singan yuraklarga ularning tashvish va gunohlari uchun yuborilganini e'lon qilgan. Masih Shaytonning hokimyati ostida gunohlari bilan zanjirband bo'lganlarni ozod qiladi. Iso ruhan o'lgan gunohkorlarni tiriltiradi va ularga poklikda va to'g'rilikda hayot beradi. Masih bekor so'zlarni o'rgatmagan, balki aytgan gapi bo'yicha yashagan. Xushxabardagi va Qurondagi mo'jizalarni o'qiydigan kishi, Maryam O'g'li haqiqiy Masih, Xudoning sevgisining kuchi bilan moylangan ekanini tushinib yetadi. U qabirdagi o'lik emas - U hayotdir. Iso izdoshlarini Uning ruhiy kuchi ularda bajo bo'lishi uchun ruhlantirgan.


Siz Muqaddas Ruh bilan moylanganmisiz?

Masih O'zini o'ylamagan. U O'zi uchun Muqaddas Ruhning moylashini va ilohiy kuchini saqlab qolmagan. Iso Muqaddas Ruhini yuraklarida Xudoning tinchligini qidiradigan hafa odamlarga ular inoyat Ruhi bilan moylanishlari uchun va Xudoning sevgisiga to'lishlari uchun taqdim etgan. O'zingizdan so'rang, "Men gunohim orqali bog'langan nopok inson bo'lib qolishim kerakmi? Yoki Masih orqali poklanib oqlanishni va Muqaddas Ruhi bilan moylanishni istaymanmi?" U dedi,

"Oldimga kelgan odamni esa sira quvim chiqarmayman" (Yuhanno 6:37);

"Menga ishongan odam, hech qachon chanqamas" (Yuhanno 6:35, 47; 8:12; 10:27-28; 11:25-26); va

"Menga ishonadigan kishida Men yashayman".

Aziz kitobxon,
Agar bu ilohiy va'dalarning tub tubini tushungan bo'lsangiz, Moylangan Masih sizni ham Muqaddas Ruh bilan moylashi uchun, Unga yuragingizni oching.

Masih bu ilohiy moylanish sirini aytgan: Uning kelishi Xudoning qabul qilish yilini olib kelishdir. Musoning Qonunida, biz ellik yildan keyin barcha qullar ozod bo'lish kerakligini va ularning mol-mulki o'zlariga qaytishi kerakligini o'qiymiz (Levitlar 25:10).

Bu eng buyuk ruhiy ozodlik tomon bo'lgan belgidir. Masih ular uchun kutayotgan Xudoga ular qaytishi uchun nopokliklaridan va gunohlaridan qullarni gunohdan ozod qilishni istaydi. Masihda shunday ozodlikning huquqi va kuchi bor, bizning gunohimiz uchun U to'lov to'lagani uchun Unga rahmat. O'tmishda Xudo Muso orqali qonun bergan, lekin inoyat va haqiqat Iso Masih orqali kelgan (Yuhanno 1:17). Masih bu dunyoning gunohi uchun to'lov to'lagandan keyin, har bir kishi hech qanday to'siqsiz Xudoga qaytishi mumkin. Masihga qaytadigan kishi Xudo Shohligining merosining va'dasi kabi, Muqaddas Ruhi bilan moylanishni oladi. Ular Hukm Kunida Xudoni barhayot Hukmdor kabi ko'rmaydilar. Xudo ularni kutayotgan va hursandchilik va quvonch bilan ularni qabul qilishni kutib turgan mehribon Ota kabi ularga namoyon bo'ladi.


Qanday qilib men Masihni bildim

Men gunoh mahbusi kabi va his-tuyg'ularimning zavqlariga qul bo'lib yashadim. Men muhtojliklarimni qondirish uchun, menga dalda va hursandchilik berish uchun va yuragimni sevgiga to'ldirish uchun har doyim nimadir izlardim, lekin hech narsa yo'q edi. Men yoqimli holatlarda hursandchilik vaqtlarini ko'rdim, lekin yoqimli vaqtlar tezda g'oyib bo'ldi va bo'shliqni sezish yana qaytib keldi. Men muammolardan qutqaradigan Najodkor Iso Masih haqida eshitgunimcha hayotning bu yo'lida yashadim. Men Uni qidirishni boshladim, mening bir do'stim Maryam O'g'li insonzod uchun qilgan ishlari haqida menga aytib berdi. U menga Iso hayotimni qanday qilib o'zgartirishi haqida aytdi.

Masih abadiy hursandchilik va quvonch hayotini kechirib, menga abadiy hayot berish uchun men uchun o'ldi. Biroq hursandchilikni olishim uchun, meni U sevgi va quvonch bilan to'ldirishi uchun yuragimni Unga topshirishim kerakligini bildim. Keyin men ibodat qilishga, Maryam O'g'li Masihdan hayotimga kirishini so'rashga qaror qildim. U kirdi va menda qutqaruv ishini boshladi. Hozir men abadiy hursand va baxtli yashayapman. Men quvg'inlardan qat'iy nazar qo'rquvni va tashvishni his qilmayman, chunki U menga g'amho'rlik qiladi va muhtojligimni qondiradi. Aziz kitobxon, men sizni qadam bosishga va atrofingizdagi barcha muammolarda abadiy hursandchilik va tinchlik hayotiga ega bo'lishingiz uchun Masih yuragingizga kirishini so'rash uchun taklif qilaman.

Ibodat
Qudratli va mehribon Xudo, Sen tavba qiladigan barchaga ruhiy Otasan. Biz nopok dunyomizga Moylangan Masihni jo'natganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz Masihga yaqin kelish uchun va pok Ruhingni qabul qilishga loyiq emasmiz, chunki biz hammamiz gunohkormiz. Biroq, Sen ruhan kambag'allarni marhamatlaysan. Sen Masihning to'lovini qabul qilding; shuning uchun, men Senga sajda qilaman va Masih kabi men ham o'zgarib, kamtar, pok, barhayot, mehrli, muqaddas va sevgiga to'la bo'lish uchun Muqaddas Ruhing bilan moylashingni so'rayman. Omin.


Masih haqida ko'proq bilishni istaysizmi?

Biz sizga fikrlash va ibodatlar bilan Masih Xushxabarini jo'natishga tayyormiz. Siz Xudoning abadiy tinchligini olishingiz uchun bu Xushxabarni o'qishingizni va ibodat qilishingizni so'raymiz.


Do'stlaringiz orasida Masihning xushxabarini bo'lishing

Agar Masih orqali yangi hayotga ega bo'lsangiz va Uning ruhiy moylanishini qabul qilgan bo'lsangiz, bu sahifani do'stlaringizga bering. Agar siz imonsizlar orasida bularni bo'lishishga qaror qilgan bo'lsangiz va bularni qabul qiladiganlar uchun ibodat qilishga qaror qilgan bo'lsangiz, biz sizga nushalaridan yuborishga tayyormiz. Biz sizning hatingizni kutyapmiz. Bizning hatlarimiz sizga yetib borishi uchun, to'liq manzilingizni eslatishni unutmang.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)