Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 069 (Founding of the Church at Lystra)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

5. Listrada Jamoat Barpo bo'lishi (Havoriylar 14:8-20)


HAVORIYLAR 14:8-18
8 Listra shahrida bir cho'loq kishi yerda o'tirar edi. U tug'ma mayib bo'lib, umrida aslo yurmagan edi. 9 U Pavlusning aytayotgan so'zlarini tinglarkan, Pavlus unga ko'z tikib, darddan xalos bo'lish uchun imoni borligini payqadi. 10 Ovozini baland qilib: - Rabbim Iso Masih nomidan senga aytaman: oyog'ingda tikka tur! - dedi. O'sha zahoti u kishi o'rnidan irg'ib turdida, yura boshladi. 11 Xaloyiq Pavlus qilgan ishni ko'rib, Likaoniya tilida baralla: - Tangrilar odam qiyofasida oldimizga tushibdi! - deb baqira ketishdi. 12 Barnaboni – Zevs, Pavlusni esa notiq bo'lgani uchun Hermes deyishdi. 13 Shaharning tashqarisidagi Zevs ma'badining kihini esa shahar darvozalariga ho'kizlarini va gulchambarlarini olib kelib, xaloyiq bilan birga qurbonlik keltirmoqchi bo'ldi. 14 Havoriylar Barnabo va Pavlus buni eshitgach, kiyimlarini yirtgancha, o'zlarini xaloyiqning orasiga otib: 15 “Erlar! Biz ham sizlarga o'xshagan insonmiz! Sizlar bu sohta tangrilarga topinishdan qaytib, yer, osmon, dengiz va undagi hamma narsani yaratgan barhayot Xudoga iltijo qilinglar. Mana biz sizlarga yetkazayotgan Xushxabarimiz shu. 16 Garchi Xudo o'tgan barcha xalqlarga o'z yo'llari bilan yurishlariga erk bergan bo'lsa-da, 17 shu bilan birga O'zini doimo oshkora qilib kelgan. Osmondan yog'ingarchilik va serhosil mavsumlar berib, rizq-ro'zingizni ta'minlab, yuraklaringizni baxt-saodatga to'ldirib, sizlarga ezgulik qilib kelgan”. 18 Shu orada havoriylar bu so'zlarini aytib bo'lib, olomonni zo'rg'a tinchitishdi va o'zlariga qurbonlik qilmaslikka ko'ndirishdi. [Hamma uy-uylariga ketgandan so'ng, ular yana shu yerda ta'lim berishni davom ettirishdi.]

Ikoniyaning sharqi-g'arbiy dan 30 kilometr shahar bo'lgan Listrada mo'jizaviy shifo yaraldi. Iso havoriy Pavlusning so'zi orqali cho'loq kishini shifoladi. Bu hodisadan bir necha yillar oldin Butrus ham ma'bad darvozasi oldida tug'ma shol bo'lgan kishini Iso Masih nomidan shifolagan. Bu shifolash Butrus ta'sirli va'z bergan ma'badning hovlisida xalqni to'planishiga sabab bo'lgan. Natijada Butrusni Yahudiylarning oliy kengashi oldida sud qilish uchun ushladilar.

Listrada Pavlus bilan sodir bo'lgan narsa bir hil edi. Havoriy olomonga voizlik qilganida, u sholni umurbod eslab qoldi. Bu kambag'al kishi so'zlovchini tushundi va Masihning kuchiga ishondi. Uning ko'zi Pavlusning ko'ziga tushganda, havoriy Xudoning irodasini sezdi. U sholga to'g'ri qarab, darhol o'rnidan turib yurishi uchun buyrug' berdi. Masihning kuchi Butrus qilganidek, sholni qo'li bilan ushlamasdan va Isoning nomini e'lon qilmasdan havoriy Pavlusning so'zlari orqali ishladi. Bu bemor kishi xushxabarni eshitib, najot xabariga ishondi. Imoni uni saqlab qoldi.

Listra muqaddas Xudoning oldida hamma inson gunohkor bo'lgan, odamlar muqaddas Xudo bilan tanish bo'lmagan butparast shahar edi. Bu butparastlar ko'p xudolarga va ruhlarga ishonganlar. Ular oralarida yuradigan va xudolari o'zlarini ko'rsatishning imkoniga ishonishgan. Ular jon deb mashxur insonlarga sajda qilishgan, chunki do'zax va o'lgan insonlarning ruhlari bir-birlaridan ajralib yashamaydi.

Olomon Barnabo va Pavlusni tinglab bemor kishini sog'ayganini ko'rishganda, ular yaxshi xudolar bizning shahrimizga keldi deb o'ylashdi. Ular barnaboga Zevs deb nom berishdi, chunki unda otalik ruhi mehribon, bosiq va extiyotkorlik bilan yashagandagi Yunon Ma'badining bosh xudosi, xudolarining otasidek bir hil hususiyatlari bor edi. Ular Pavlusga faollik, qo'zg'atuvchi kuch harakati, nutq va nizo orqali o'zini ajratib turgan xudolarning xabarchisi bo'lgan Hermes nomini berishdi.

Chunki shahar tashqarisida eski Zevs ma'badi bor edi, Zevs xudosining ruhoniysi o'sha zahoti bu vazifani qilish uchun o'zini majburlab u uchun vaqt ekanligini o'ylab belgi oldi. U havoriylarga qurbonlikni taqdim qilishni xohlab, gullar bilan bezatilgan ikta semiz ho'kizlarni olib kelish uchun hovliqqancha shohildi. U xudolarni ulug'lanishidagi xursandchilik bazimiga kelish uchun shaharning ulkan odamlarini chaqirdi. Ma'badlardagi shunday bazmlar zulmatlik, shovqinlar va fohishalik orqali ajratilgan. Shunday qilishda ular o'zlarining hamma kuchlarini rohatga va ahloqi buzuqlikka berish orqali xudolarning inoyatlari bilan mukofatlashayotgandilar.

Pavlus va Barnabo o'zlarining ona shevalarida olomonning baqir-chaqirini o'sha zahoti tushunishdi. Ular hurmat saqlab ulardan ozgina masofada edilar. Bu ikki havoriylar odamlar nimadir qilishlarini tushunishganda, ular hafa bo'lib qo'rqib ketdilar. Ular jahillarini va Xudo uchun qiziqishlarini ifoda qilib, kiyimlarini yirtib xalq o'rtasiga yugurishdi. Pavlus balanda qoyaga tirmashib shunday deb baqirdi: “Toxtanglar! Adashyapsizlar! Biz umuman xudolarmasmiz balki et va qondan yaralgan insonlarmiz. Siz o'zingizni o'zingiz aldadingiz. Zevs va Hermes sizning oldingizga kelishmadi chunki bu xudolar takabburlardir. Ular uydirmachilardir. Sizlar sajda qilyotgan xudolar hech narsa emas balki takabbur, hech narsaga layoqatsiz dangasa narsalar, hosilsiz, kuchsiz va hayotsizdirlar.

Biz shu yerda osmon bilan yerni yaratgan va undagi barcha narsani va siz ko'rib turganlaringizni va hatto sizni ham yaratgan haq, muqaddas va yagona Xudoni sizga voizlik qilamiz. Biz hammamiz O'zining irodasini bajarishga hech kimni majbur qilmaydigan balki o'zlarini o'zlari barbod qilish uchun yuraklarining hirslariga Unga qattiq turib olganlarni tark etadigan yaxshi Xudoning ijodimiz. Xudo odamlarning ziqnaliklaridan qat'iy nazar U insonlar bilan tarixini davom ettiradi. U faqat itoatkorlarni sevmaydi balki itoatsizlarni ham sevadi va ularga yomg'irni, quyosh nurini, issiqni, sovuqni va o'z vaqtida hosilni beradi.

U Harmes, Zevs yoki barcha mag'rur boshqa shunday ruhlarni beradigan emas balki bizga ne'mat, bayram va hursandchilik beradigan Xudodir. Shunday qilib ikki havoriylar odamlarga va olomonga gapirishdi va shunday ta'sir bilan ularga qurbonlik berishdan oldini olishdi. Ruhoniyning jahli chiqdi va olomon rohat-farog'atni o'ylab, o'zlarining xudolari bilan aloqani qoldirib, osmondan ularning ustilariga mamaqaldiroq tushganidek uylariga qaytib ketishdi. Butun shahar bu ikki havoriylar haqida va yagona Xudo haqidagi o'zgacha voizliklari haqida gapirishar edi.

SAVOL 69: Pavlus nima uchun barcha xudolarni takabburlar deb atadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)