Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 070 (Founding of the Church at Lystra; Ministry in Derbe and Strengthening of the Infant Churches)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

5. Listrada Jamoat Barpo bo'lishi (Havoriylar 14:8-20)


HAVORIYLAR 14:19-20
19 Shu orada havoriylar jasorat bilan va'z aytib turganda, Antioxiya va Ikoniya shahrlaridan yahudiylar kelib, xalqni ulardan bosh tortishga undadilar. “Ular biron haqiqatni aytishgani yo'q, hamma so'zlari yolg'on”, - deb xalqni avzoyini buzib, Pavlusni toshbo'ron qildilar. Uni o'lgan hisoblab, shahardan tashqariga sudrab chiqdilar. 20 Lekin shogirdlari uning atrofiga to'planganda, Pavlus o'rnidan turib, shaharga qaytib kirdi. Ertasi kuni Barnabo bilan Derviya shahriga jo'nadi.

Yahudiylar qo'shni shahardagi bu g'alati voqealarni eshitishganda, ular Listraga yugurib odamlarni Pavlusga va Barnaboga qarshi tutatdilar. Ularni udumlarning talonchilari, buzg'unchilari deb va shaharning kelajagini havf ostiga solayotgan kishilar deb ularga qarshi ayiblarni o'ylab chiqdilar. G'azablangan xalq yolg'onchilar bilan bir tomon bo'ldilar va ikki havoriyni o'ldirish uchun ularni gijgijlagan boshqa shaharlarning boshqaruviga qo'shilib ketdilar. Keyin olomonga Pavlusning atrofiga yig'ilib uni toshbo'ron qilishganidek, u xudo emas balki inson ekanligiga ishonch hosil qildirishdi.

Ular Pavluus o'zlariga o'xshagan kuchsiz inson bo'lganini ko'rsatib, undan chaqmoq yoki momaqaldiroq chiqmaganidan hursand bo'lishdi. Unga zo'ravonlik bilan hujum qilishdi va ularning xudolarini kamsitgan Pavlusni o'tkir toshlar bilan ko'mib tashlashdi. U ulkan toshlar bilan o'ralgan achinarli holatda hamma yeri qonab yirtilib yerga muk tushdi. Olomon muloyim Barnaboga hujum qilishmadi, balki faqat voizlik qilishda va shifolashda kuchli bo'lgan Pavlusga ozor berishni tanladilar. Do'zax havf-hatar qayerdan kelishini biladi. Balki Pavlus hatto o'zining dushmanlarining yomonliklarini kechirib, ruhini tirik Isoning qo'llariga topshirib, Quddus devorlari oldida toshbo'ron bo'lgan Stefanni eslash uchun chorlagan.

Xalq Pavlusni toshbo'ron qilishgandan keyin, ular shahar darvozalaridan tashqariga uni o'lgan itga o'xshab sudrab chiqdilar. Bu hodisalardan keyin, ular uylariga charchab holdan toyib qaytib ketdilar. Shogirdlar qonga belanyotgan tanasining atrofiga to'planib, Masihning o'lim ustidan bo'lgan kuchiga ishonib, birga ibodat qildilar. Keyin Pavlus atrofidagilarning ibodatlari orqali Xudoning kuchi bilan to'lganidan keyin, o'rnidan turdi. U yirtilgan va qon dog' bo'lib qolgan kiyimida Masihdagi birodarlariga sekingina qaradi. U qorong'u cho'lda qochib ketmadi, balki u birodarlari bilan dushmanlarining orasiga, qotil shaharga qaytib ketdi. U Masih uni o'limda qoldirmasdan xizmatga yana ko'tarishini bilar edi. U og'riqli jarohatlaridan qat'iy nazar, imonlilarning qalblari Xudoning sevgisida tasdiqladi.

Barnabo bilan Pavlus keyingi kuni Derviyaning yaqin shahariga piyoda borishdi. Pavlus juda charchagan edi va hali ham uning yaralari qonayotgan edi. Biroq uning yuragi Masih Listrada tirik jamoat barpo qilganidan hursand bo'lib quvonyotgan edi. Shogirdlar havoriylarning misollari orqali u yerda Isoning ismi haqida o'rganishdi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sening isming muqaddasdir, va Shayton Sening izdoshlaringni yo'q qilishni istab, ulardan nafratlanadi. Biz Sening haqiqatingni tushunishimiz uchun va extiyotkorlik bilan buni e'lon qilishimiz uchun bizga yordam ber. Biz Sening jamoating negizi bizning shahrimizda bo'lishini so'raymiz. Omin.


6. Derviyadagi Xizmat va Yosh Jamoatlarning Mustaxkamlash uchun Qaytish (Havoriylar 14:21-23)


HAVORIYLAR 14:21-23
21 Xushxabarni Derviya shahrida targ'ib qilib, ko'p shogird ortirishgandan so'ng, Listra, Ikoniya va Antioxiya shahrlariga qaytdilar. 22 Yo'l-yo'lakay Iso shogirdlarining jonlariga jon qo'shib, imonda sobit bo'lishlari uchun dalda berardilar. “Xudoning Shohligiga ko'p qayg'ulardan o'tib kirishimiz kerak”, - deb nasihat qilardilar. 23 Har bir imonlilar jamoati uchun oqsoqollar tayin etdilar. Ro'za tutib, imonlilarni duo qilib, Rabbimiz deb qattiq ishonishgan Iso Masihning qaramog'iga ularni topshirdilar.

Quvg'in qilingan bu ikki havoriylar Muqaddas Ruhga to'lib, Asiya Minorining kichkina shahri bo'lgan Derviya xalqiga voizlik qilishdi. Ko'plab odamlar Masihga ishonishdi, muqaddaslikda va solihlikda Xudoning hayotini qabul qilish uchun gunohdagi o'likliklarini qoldirishdi. Havoriylar bu ishlar bilan Masihning “Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird ortiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho'mdirib, imonga kiritinglar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman (Matto 28:19-20)” degan amrini amalga oshirishdi.

Bu ikki havoriylar asosan bu so'zlar bilan hayratda qolishdi: Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar”, chunki ularning jamoatlari yangi edi. Ularning Yunon Tilidagi Injillari yo'q edi va ular uchrashuvlarning tartibini bilishmasdi va ular dushmanlari bilan munozaralarda tajribasiz edilar. Bu havoriylar ona bolalari uchun g'amho'rlik qilishga yoki ularni to'ydirish uchun hali ham qobilyatsiz bo'lgan va kichik bolalari bilan ajralishga to'g'ri kelgan onaga o'xshar edilar. Havoriylar o'zlarining tashlab ketilgan ruhiy bolalarini sog'inishgan edi. Ular o'limdan qo'rqmasdan, ularni quvg'in qilgan shaharga jasurlik bilan qaytib borishdi. Sevgi hamma qo'rquvni yengdi va tarqatib yubordi, chunki bu insondagi eng buyuk ijodir.

Ikki havoriylar Pavlus ayiblangan Listraga qaytib borishdi. U yerda havoriylar odamlarga voizlik qilishmadi, balki ular Masih dunyodan chaqib olgan va O'zining Shohligi uchun tanlagan imonlilarni ruhlantirishdi. Ikkala kishi ham bunday xizmat bilan voizlik orqali ta'lim javobgarligini amalda qilishdi. Ular orzular va hayoli umid haqida gapirishmadi, balki ko'p qiyinchiliklar orqali Xudoning shohligiga kirishimiz kerak deb aniqliklar bilan dalolat berishdi. Siz qiyinchiliksiz Xudoning shohligiga kira olmaysiz. Siz inoyat hududlariga kirishingizning belgisi va kafolatidek Masih uchun nafratga yolg'onga qiyinchilikka va azoblanishga uchraysiz.

Ikki havoriylar O'g'ilning kuchida namoyon bo'lgan “Bizning Rabbimiz Iso Masihning Shohligi” iborasidek “Xudoning Shohligi” iborasini tushundilar. Barcha imonlilar ulug'vorlikda uning kelishini va yerdagi Uning kuchining belgisini kutishadi. Har bir Muqaddas Ruhdan qayta tug'ilgan inson bugun Xudoning shohligining a'zosidir. Iso Masih O'zining shohligida muqaddaslik, kamtarlik va sevgi bilan birga a'zolikni muqaddas qoni orqali bizni sotib oldi. Siz Masihning hududiga kirasizmi? Siz Najotkorimiz Masihning kelishini va Otamizning shohligini ko'rinishini kutyapsizmi? Xudoning shohligining oxiri o'zingizning najotingiz emas yoki ko'plab jamoatlarning o'sishi emas. Balki, bu Otaning ulug'vorligining ko'rinishi va Muqaddas Ruhning kuchida yashaydiganlarning birligidagi O'g'ildir. Shuning uchun, Masih shunday degan: “Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo'linglar, shunda bularning hammasi sizga qo'shimcha qilib beriladi” (Matto 6:33).

Ikki havoriylar faqat imon, azoblanish va ulug'vorlik haqida voizlik qilishmadi, balki jamoatlarni amaliy tarzda tashkillashtirish haqida ham voizlik qilishdi. Ular ruhan yetuk va tajribali oqsaqollarni tanlab olib, ularni uchrashuvlar ustidan boshqarish uchun va kambag'al va kasallar uchun javobgar qilib tayinlashdi. Masihga ergashishlari orqali bu oqsaqollarning hayoti muqaddaslik, najot va sabr-toqatning yaxshi namunasi bo'ldilar.

Bu ikki havoriylar jamoatlarni kuchaytirib, keyin boshqa tumanlarga ketishdi. Ular har kuni ular bilan bo'ladigan buyuk Cho'pon Masihga bu guruhni topshirishdi. Bu javobgarlikni amalda qilish uchun ular o'zlarini ibodat va ro'za orqali tayyorladilar. Ular jamoatlardagi asosiy a'zolar va yangi xizmatkorlar uchun Muqaddas Ruhning kamolatini qidirishdi. Ular ham Masih O'zining jamoati uchun asosiy javobgarligiga ishonishdi. Havoriylar qonunlarni, urf-odatlarni yoki madhiya kitoblarini yaratishmadi, balki ular Masihning zafarli yurishiga kelganlarni butunlay muqaddas qila olishini miyyalarida o'ylab, tirik Masihning qo'liga ular bilan uchrashganlarni topshirdilar.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sen jamoatingning Boshisan, va Sodiq Cho'ponsan. Sen barcha yangi imonlilarda kuch, sevgi, bilim va va'z qilish uchun tayyorgarlik kam bo'lmasligi uchun, kamtarliging Ruhi bilan ularni to'ldirib, duo qilishing uchun ibodat qilamiz. Shogirdlaringning barcha kunlik gunohlarini kechirgin va ular sabr-toqatda, haqiqatda va boshqalar uchun kuchda ishlashlari uchun ularga javobgar oqsaqollar ber. Omin.

SAVOL 70: Barnabo bilan Pavlus yangi jamoatlarga tashrif buyurish uchun qaytib borishganda, ularda qanday xizmat qilishdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)