Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 033 (Stephen’s Effective Testimony)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

20. Stefanning Ta'sirli Guvohligi (Havoriylar 6:8-15)


HAVORIYLAR 6:8-15
8 Bu payit imoni komil va ilohiy qudratga to'lgan Stefan xalq orasida buyuk va ajoyib mo'jizalar ko'rsatar edi. 9 Erkinlar Sinagogasi degan yahudiy jamoasidan ba'zilari, shuningdek, Kirineya, Iskandariya, Kilikiya va Asiyadan bo'lgan bir qancha kishilar Stefan bilan bahsga kirishdilar. 10 Biroq uning so'zidagi hikmat va ruhga qarshi turolmadilar. 11 Shunda ba'zi odamlarni gijgijlab: Buning Muso va Xudoga qarshi kufr so'zlari aytganini eshitdik, - deb aytishga ko'ndirdilar. 12 El-xalqni va oqsaqollar bilan ulamolarni qo'zg'ab, Stefanga hujim qilishdi-yu, uni tutib olib, Oliy Kengashning qoshiga sudrab kelishdi. 13 Soxta guvohlarni yollab, ularga bunday degizdilar: Bu odam hadeb shu muqaddas Ma'bad va Tavrotni yomonlab yuribdi-ku. 14 Nosiralik Iso bu joyni xarob qiladi va Musoning bizlarga bergan urf-odatlarini o'zgartiradi, deb aytganini eshitdik. 15 Shu payt Oliy Kengashda o'tirganlarning hammasi Stefanga tikilib qarab, uning yuzi bir farishtaning yuziga o'xshab qolganini ko'rishdi.

Siz Muqaddas Ruh kim ekanligini bilasizmi? Stefanning hayot shahidini o'qing shunda siz Tangri Masihga o'zini to'la bag'ishlaydigan kishida Muqaddas Ruh qanday ishlashini bilib olasiz. Stefanning Yunoncha ismi (Stephanos) poygalarda, o'yinlarda va urushda bo'lgan g'alabaning umumiy hordiq chiqarishini ifodalab berish ushun tantanavor daf'alari uchun foydalangan gulchambar bo'lgan toj ma'nosini beradi. Bu faol Masihiy hayot va hizmat uchun mukofatdek ham foydalanilgan. Tasodif mohiyatidagi Stefan o'zining o'limga toshbo'ron qilinibrabbiysiga ergashishing ulug'vorligiga kirib, osmonga poygadagi azobli tojni qabul qilish uchun birinchi bo'lgan.

Yunon bo'lgan Stefan najod xushxabarini eshitib, o'zini Masihning kuchiga ochdi va gunoh kechirimini qabul qildi. O'zining bir necha ruhiy sovg'alarining mashiqlari orqali o'zidan chiqqan Muqaddas Ruh bilan to'lgandi. Stefan o'zi solih emasdi, lekin u Masihning Ruhi orqali yangilandi. U o'zining xudojo'yligi bilan oqlanmagan. Masih O'zining qimmat baho qoni orqali uni tekinga tozaladi. Gunohkorning hayotidagi Xudoning hamma ishlari inoyat so'zida o'z ichiga oladi. Masihga ishonganlardan boshqa hech kim Xudoning inoyatiga loyiq emas. Uning kamolatidan biz hammamiz inoyat ustiga inoyat oldik (Yuhanno 1:16).(John 1:16).

Bu marhamatlarning mohiyati Xudoning kuchidir, chunki Oliy Janobning kuchi Muqaddas Ruh orqali imonlidagi sevgida, kamtarlikda va poklikda yashaydi. Masihning kuchi jamoatda O'zining izdoshlari orqali, mo'jizalar orqali va ular tabiatdan bo'lgan mag'rurliklarini sindirganlarida va azizlarning birligida kamtar bo'lib yashaganlaridagi belgilar orqali ishlaydi. Masih yer yuzida bo'lganida odamlar orasida yurib, gapirib, shifo berib va marhamatlab yurganiga o'xshab O'zining guvohlari orqali ishlaydi.

Stefan tirishqoq voizchi bo'lgan. U o'zining najodi uchun yashamagan, yoki u to'rt devorli jamoatning ichida qulaylikda yashab bu bilan o'zini qondirmagan. U o'limdan tirilgan Nosiralik Iso haqiqiy Masih ekanligini ularga isbodlab, Yahudiylarning aqidaparast ibodatxonasining o'rtasiga bordi. Havoriylar faqat Masihning guvohlari emasdilar, chunki Muqaddas Ruhga to'lgan har bir kishi erkin Xudo sevgi ekanligini va U xochda O'g'li o'lganida O'zi bilan insonlarni yarashtirgani to'grisida e'lon qilisha oladi. Bizning telba bo'lgan dunyomiz saqlanib qoldi, lekin u bu buyuk haqiqatni bilmaydi.

Stefan Eski Ahdni Yunon tilida o'qib, uning mantiqiy tarziga va g'arbcha ma'nosi ustida yuritadigan tarqoq va Yunon bo'lgan Yahudiylarning ibodatxonasiga keldi. Ular ko'p Yahudiylar faqat xushxabarni eshitgandek uni eshitishmadi, balki ular itoatsizlik va ishonmaslikning salbiy oqibatlarini izohlab, uning g'oyalarining nurida o'zlarining ijobiy fikrlaridan foydalandilar. Ular Stefan bilan uning vaziyati Eski Ahdning urf-odatlarini hisoblagani to'g'risida tortishdilar; lekin bu falsafa bilan shug'ullangan Yahudiylar Stefandan jo'shib chiqyotgan Muqaddas Ruhning donoligiga qarshi turolmadilar. O'zlarining imonlarining asoslariga qarshi gunohni sezib, ziyoli domlalar g'azblari o't oldi. Ular yangi firibgarlarga qarshi odamlarni, oqsaqollarni va xattotlarni harakat qilishlari uchun qo'zg'atishdi. Ular unga josuslik qilib unga qarshi fitna uyushtirdilar. Oxiri, ular tergov kengashi, oqsaqollar va ba'zi tashvish tortgan odamlar keladigan joyda belgilangan vaqtda Yahudiy oliy kengashi oldida uni ushladilar. Bosh ruhoniylar va qonun mutahasislari Gamalielning maslahati (bob 5:34-40) tufayli uning oqlovchilari ota-bobolarining urf-odatlari va qonunga bo'lgan sodiqligiga o'xshab quvg'in qilinmasdan taqiqlangan Isoning vakiliga jahl bilan tikilib qarab, uni qo'lga olishganda hursand bo'ldilar. Shu vaqtgacha Quddusdagi ilk Jamoatning a'zolari o'sha vaqtda sodiq Masihiylar va oddiy Yahudiy edilar.

Lekin bu hodisalar bilan boshlanib diniy yo'l boshchilar yangi narsani sezishdi – ruhiy inqilob va Masihga ishongan Yunonlardan kelyotgan urf-odatlarni Yahudiylardan ajratish. Biz oldin oliy ruhoniylar o'n ikki havoriylarni o'limga hukm qilmaganlarini ko'ramiz, chunki ular aniq qonunni nazorat qilib doyim ibodatlari bilan ma'badni ko'kka ko'tarib kelganlar. Lekin Stefanga qarshi bo'lgan shikoyat ilgarigi havoriylarga qarshi bo'lgan shikoyatdan farq qilardi. U ma'badga va qonunga qarshi jinoyatlikda ayiblangan. Ehtiyotkorlik bilan bu matnni o'qib, biz yolg'on guvohlar orqali oliy kengashning oldiga olib kelingan bu shikoyatda oltita narsani fikrlashimiz mumkin. Ularning shahodatlari Stefanning voizligining tushunmasliklariga ko'ra edi. Stefan ibodatxonada Iso xochda barchaning gunohini kechirganligini aytdi. Yunonlar tortishib shunday dedilar: ''Endi sizda ma'badning hojati va uning kunlik qurbonliklari yo'q, siz mabad va bag'ishlanish haqidagi xalqingizning marosimlaridan yuz o'girishingiz kerak.

Stefan ham Yahudiylarga insonning najot topishi faqat Isodagi imonga bog'liqligini aytdi. Bu olimlar unga qarshi harakatlandilar va shunday deb uni tanqid qildilar: ''Endi sizlar bu kishi to'g'ri hulqi va amrlarni saqlab, oqlanganligi orqali qonun bu Xudoning qonuni ekanligiga ishonmaysizlar. Biroq Stefan, qonun yaxshi va muqaddasligini, lekin insonning yuragi yovuz va buni to'la bajarolmasligini ularga aniqlab berdi. Mana shunda Xudoning qonuni bizni hukm qilib barbod qiladi, va hech qachon bizni saqlab qolmaydi.

Keyin Yahudiylar g'azabga minib undan shunday deb so'radilar: ''Muso bizga Xudo bilan yaxshi ahdni bermaganmi? U Muqaddas Ruh va bizning o'rtamizdagi yagona vosetachi emasmi? Stefan Masih faqat o'limdan tirilgan va biz uchun shafoat qilib Xudo bilan yashaydigan Kishi deb javob berdi. Muso emas, faqat Masih bizni Yaratguvchi bilan yarashtirdi.

Yahudiylar Stefanni qo'lga tushirishga harakat qilib so'rashdi: Sen nafratlanib xochga mixlangan Iso Xudoning o'ng tomonida o'tirgan barhayot Tangri va Dovudning (Zabur 109) dagi bashoratiga ko'ra U O'zi Masih ekanligini aytyapsanmi? Stefan Isoning ilohiyligi to'g'risida ekanligiga to'la qo'shildi, va shuning uchun ular uni kufrlikda ayibladilar. Farziylar Xudoga yoqish uchun qonunchi Yahudiy domlalaridan hukmlarni va amrlarni og'ishmay saqlashlarini talab qildilar. Lekin Stefan ularga qonunning natijasi hech narsa emasligini va ilohiy sevgidan ajiratib turishligini va biz Xudoga erkin xizmat qilib, bu ajoyib sevgi bizni barcha qatag'onlardan qutqarib qolishligini isbotladi.

Yahudiylar yanada bag'ri tosh bo'lib, ajoyib Muqaddas Ruhning ovoziga qarshi bo'ldilar. Oxiri Stefan Masih yaqinda kelishligini lekin U kelishidan oldin agar Eski Ahd odamlari tavba qilmasdan bu dunyoning Najodkoriga qaytib kelmasalar Xudoning qahri Quddus ustiga tushib ularning ma'badlarini vayron qilib tashlashligini aytdi. Sohta guvohlar unga qarshi shikoyatni tasdiqlaganlarida, xalq yo'lboshchilari unga ko'zlarini tikishdi. Stefaning yuzida osmonning alangasi bilan va Muqaddas Ruh bilan to'lib ularning orasida turgan bu yagona kishiga jahil bilan va hayron qolib qaradilar.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Sening abadiy najodingni sevgi va poklik bilan turishimiz uchun bizni insoniy udumlardan va hukmlardan saqlash uchun O'zingni O'g'lingni jo'natganing uchun Sendan minnatdormiz. Biz Senga yuzaki ergashmasdan to'la imon va inoyatni davom ettirishimiz uchun eski imon qoldiqlaridan butun hayotimiz qutqarilishi uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 33: Nima uchun faqat Stefan shikoyat uchun tanlangan edi? Nima uchun o'n ikki shogirdlar bundan benasib edilar?

Asosan Luqoga raxmat, bizda uning kitobining 7 bobida Ilk Jamoat Eski Ahdni qanday tushunganligi to'g'risida yetarlicha tafsilotlar bor. Ular oqsaqollar bilan munosabatlarini tugatishmadi, balki ular Xudoning qutqarish rejasining rivojini va Iso Masihning kelishi haqida zikr etib, Muqaddas Bitiklarda Muqaddas Ruhing aniq belgilarining ostidaligini topib Qonunga, Zaburga va Payg'ambarlarga ishonishni davom ettirishdi. Ilk jamoat paytida qonunning muhim joylarini tushinish uchun bizga quydagi hikoya chuqur zakovatni beradi. Biz, Stefan bizga Eski Ahdagi imonimizning negizidagi darsni bergan deb aytishimiz mumkin.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)