Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 015 (Edification through the Ministry)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

7. Havoriylarning Xizmati orqali O'sish (Havoriylar 2:37-41)


HAVORIYLAR 2:37-38
37 Bu so'zlarni eshitganlar yuraklariga o'q qadalganday bo'lishdi, Butrus va boshqa havoriylarga: - Birodarlar, biz nima qilaylik? - deyishdi. 38 Butrus ularga dedi: - Tavba qilinglar va gunohlaringiz kechirilishi uchun har biringiz Iso Masih nomidan suvga cho'mib imon keltiringlar. Shunday qilib Muqaddas Ruh in'omini olasizlar.

Agar inson haqiqatdan tavba qilib o'tmishidan voz kechmasa, Muqaddas Ruh bu kishida yashay olmaydi. Har bir gunoh Xudoga va moylangan O'g'liga qarshi gunohdir. Sizda Muqaddas Ruh yashash uchun kelishidan oldin U yuraklaringizdagi itoatsizlikni buzib tashlaydi, chunki keyin siz muqaddas bo'la olasiz. Shu bilan birga Muqaddas Ruhning hukmi haqiqatdan ham barcha barakalarning eng buyugidir. Muqaddas Ruhning hukmini va dakkisini tavba qilib qabul qiladigan kishi oxirgi hukmga kirmaydi, balki bu kishi abadiy hayotga o'tgandir.

Yahudiylar kelayotgan Muqaddas Ruhning qattiq shamolini eshitishganda, ular shogirdlarning uylari tomon shoshilishdi. Ularga Butrus aytgan gaplari alam bilan ta'sir qildi. Ular o'zlarini barhayot Xudoning oldida turgan itoatsiz va yo'q bo'lib ketadigan qotillardek ko'rdilar. Ular o'zlarini oqlashga harakat qilmadilar, yoki ular ayiblari haqidagi haqiqatni so'rab ko'rmadilar. Balki, ular qo'rqib ming'irladilar: “Nima qilamiz?” Bu savol bizga ikta narsani ochib beradi:

Birinchisi, bu inson Xudoning Ruhi orqali ayibdor deb topilgan qiyinchiligidan yo'l topishga layoqatsiz ekanligini aks etadi va u adashib ketayotganiga ishontiriladi. Uning o'zlik ishonchi xuddi Butrus Masihni bilishdan tonganda xo'roz qichqirganda uning boshidan shu voqea o'tganidek, bu kishi ham barbod bo'lishni boshlaydi.

Ikkinchisi, singan kishi Xudo haqida va U biz uchun nima qilishi haqida bilish uchun barcha narsalarni payqamaydi. U qila oladigan hamma narsa uning havotirlangan yuragidan ming'irlab chiqadi: “Saqlanib qolishim uchun nima qilishim kerak?” u buni yaxhsi bilib o'zini qutqarish uchun hech narsa qila olmaydi. Bizning barcha xatti-harakatlarimiz Muqaddas Xudoning oldida foydasiz va nopok bo'lib ko'rinadi. Har bir kishi o'zining zamirida ahloqsizdir. U o'zi uchun hamma narsani qilishni xohlaydi va Xudo uni saqlab qolishiga ruhsat bermaydi. Tabiatdan tug'ilgan inson o'zini o'zi yaxshilashni qidiradi. U o'zini qutqarish haqida o'ylab, o'zini oqlash uchun qattiq harakat qiladi. U oxirigacha o'zining kuchi bilan yashashni xohlaydi. Yovuzlik hatto uni oxirgi Qiyomatgacha mahkam ushlab turadi.

Xudoga rahmat, Butrus ular qilishlariga to'g'ri kelgan tavbaga taklif qilmadi. Balki, u fikrlashdagi o'zgarishni va shaxsan Isoga ishonishni ulardan talab qildi. O'zgarish muskullarning ohangida va miyya vazifasida jismoniy o'zgarishni talab qilmaydi, balki fikrda chuqur o'rin oladigan munosabat va istakda o'zgarishni talab qiladi. Bu bizning butun fikrlarimizning, tuyg'ularimizning va istaklarimizning yangilanishini va o'zgarishini talab qiladi. Bu qattiq qo'l mamlakatlarda majburlashga o'xshab noilojdan qilinmaydi, balki tavba qilgan kishi Xudoning poklayotgan kuchiga o'zini ochadigan joy Yangi Ahdda oshkor bo'lishini xohlash bilan qilinadi. U Xudoning so'zlarini va hursandchilik va minnatdorchilik bilan havoriylarini eshitishni va tushunishni boshlaydi.

Butrus singan yuraklarga dedi: “Gunoh qilishdan qaytinglar va Xudo tomon itoatsizligingizni va hayotingizdagi omadsizliklarni ochiqchasiga tan olinglar. Muqaddas Xudoning qo'llariga o'zingizni topshiringlar. Faqat bundan keyin sizning maqsadlaringiz, kutishlaringiz va rejalaringiz amalga oshishini topadi va Xudoning irodasi sizda zafar qozonadi. O'zgarish Xudo tomon burilib, o'zlikdan va dunyoviy rejalardan qaytib, hayotining yo'lida to'la qaytishni anglatadi. Faqat bundan keyin Xudoning sevgisiga ega bo'la oladi.

Bizning Xudoga kelishimiz qutilishni anglatadi va Muqaddas Rabbiyga qaytishimiz umidsizlikdan ozod qilishini anglatishi shubhasizdir. Tavba qilgan kishiga Xudoning huzuri va himoyasi kerak. Shuning uchun Butrus tinglovchilariga ular Iso Masih nomidan suvga cho'mishlarini taklif qildi. Bu eski gunohkor kishining qismida ruhiy joniga qasd qilishni va Qutqaruvchining olamiga kirishni anglatadi. Masihda suvga cho'mgan kishi ilohiy inoyat orqali yangilangan kishini suvga cho'ktirib, mast bo'lganga o'xshaydi. U yangi ijod bo'ladi va yangi yuqori joylarga ko'tariladi. Ota Xudoning ulug'vorligi uchun Masihning solihligi bilan bu kishi marhamatlangan. Bizning ichki dunyomizda gunohdan tozalanish suvga cho'mishning birinchi hosilidir. Masih bilan birlashgan kishi peshonasiga Rabbiyning ismini ko'rinmas yozuvini qabul qiladi. U Xudoning O'g'lining yarashtirishi orqali poklangan.

Suvga cho'mishning ikkinchi hosili Muqaddas Ruhning qabulidir. Yahyo suvga cho'mdiruvchi aniq o'zining tavba qilish uchun suvga cho'mdirishi oddiy ramz va Masihning cho'mdirishi uchun bizning tayyorgarlik ko'rganimizdan tashqari bizga hech narsa yordam bo'lmasligini bilar edi. U ochiqchasiga dedi: “Mening ortimdan kelayotgan mendan qudratliroqdir. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho'mdiradi.” Endi bu birinchi Elliginchi kunda vaqt najotda sezilishi uchun tarixning bu payti uchun keldi. Xudoning O'g'li suvga cho'mish ramzi orqali Uning ismiga ishonish uchun tayyorlangan qotillarini Muqaddas Ruh bilan cho'mdiryotgan edi. Ular o'zlarini to'la sindirib, imonning keng dunyosiga kirishdi. Xudoning sevgisi ularning hamma tushunchalaridan ko'ra yuksakdir.

Aziz birodar, siz cho'mganmisiz? Muqaddas Ruhni qabul qilganmisiz? Cho'mishning tashqi odati Muqaddas Ruhning yashashi uchun tezda taminlamaydi, chunki cho'mish kasalga ukol qilishdek ishlamaydi. Muqaddas Ruh istagan joyiga esadi va imonsiz cho'mish foydasizdir. Shuning uchun Masih sizda ulug'lanishi va sevgingiz orqali ko'rinarli bo'lishi uchun ziqnaligingizning cho'ktirib cho'mishni tasdiqlang. Bir kun U bilan abadiy yashaysiz. Siz Muqaddas Ruh bilan cho'mganlarning hususiyatlarini farqini bilasizmi? Bu hususiyatlar sevgi, quvonch, tinchlik, sabr-toqat, mehribonlik, solihlik, imon, kamtarlik va o'zini tekshirishdir. Siz Muqaddas Ruhdan bu in'omlarni olganmisiz?

IBODAT: Ey Ota, Sen sevimli O'g'ling orqali insonlarga va'dangni tushirganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz Senga sajda qilamiz, Seni ulug'laymiz va Ruhing bilan har bir imonlini to'ldirishingni so'raymiz. Biz Muqaddas Ruhingning haqiqati haqida tortishmasdan mehribon O'g'lingning nomiga ishonishni davom ettirishimiz uchun sevging va haqiqating bilan bizni to'ldirgin. Omin.

SAVOL 15: Qanday qilib Muqaddas Ruhni qabul qilamiz? Uning imonlilarda yashashi uchun holatlar qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)