Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 014 (Peter’s Sermon at Pentecost)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

6. Havoriy Butrusning xutbasi (Havoriylar 2:14-36)


HAVORIYLAR 2:33-36
33 U Xudoning qudrati bilan yuksaltirilgandan keyin, Ota Xudoning va'dasi bo'yicha olgan Muqaddas Ruhni bizga yog'inday yubordi. Hozir sizlar bu voqeani ko'rib, eshitib turibsizlar. 34 Dovud o'zi osmonga chiqmagan bo'lsa-da, shuni aytib ketgan: “Xudovand mening Rabbimga dedi: 35 Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib turgin”. 36 Shunday qilib, butun Isroil ahli uzil-kesil bo'lsinki, sizlar xochga mixlagan bu Isoni Xudo – Rab va Masih qilib tayinladi”.

Najotning asoslarining uzun kirishi va tasviridan keyin, Butrus Xudo tomonidan jo'natilgan xochga mixlanib, o'limdan tirilgan Masih va Muqaddas ruhning tushishi o'rtasidagi munosabatni oxiri tinglovchilariga ko'rsatdi. Uning kelishi, o'limi va tirilishi yangi asrning tong otishi uchun kerak bo'lgan, chunki xochsiz va tirilishsiz Muqaddas Ruh kela olmasdi.

Iso Xudo bilan to'la birlikda Otaning o'ng tomoniga ko'tarildi. Xudo Yahudiylar tomonidan nafratlangan va rad etilgan Isoga ko'p hurmat va ulug'vorlik yog'dirdi. Xudo Isoga osmonda va yerda butun hokimyatni berdi va Otaning Va'dasini bajarish uchun Uning qo'liga hamma kuchni topshirdi. Masih Muqaddas Ruhni sodiq, ibodatgo'y izdoshlarida yashash uchun yubordi. Muqaddas Ruh keladi chunki Masih xochda bizni Xudo bilan yarashtirdi. U Xudo bilan Oliy Ruhoning va muqaddas bo'lib biz uchun shafoat qiladi. Masihning homiylik xizmati Muqaddas Ruhning yog'ilishida natijasiga yetdi.

Haqiqatdan ham, hech kim Xudoga yaqin bo'la olmaydi va Nasroniylik Isodan tashqari inoyat taxtida homiylikda qaytmas bo'la olmaydi. Hamma payg'ambarlar, shohlar va dinlarning asoschilari qabirlariga ko'milganlar yoki Ibrohim, Muso va Elishaga o'xshab osmonda qolishgan. Biroq faqat Masih Xudo bilan birlashadigan Unga juda yaqin kelgan. Iso Otasida va Otasi Unda abadiy qoladi. Muqaddas Ruhning vahiysida Dovud payg'ambar Ota va O'g'ilning o'rtasida bu birlikni ko'rdi. U Xudo va Uning Masihining o'rtasidagi suhbatni tingladi. Dovud Ota O'g'liga osmonga ko'tarilganidan keyin Uning oldiga qaytib kelganida, farashtalarning hamdusano qo'shiqlari orqali o'rab olinganda O'g'liga gapirganini eshitdi. Xudo Isoga aytdi: “Marhamat o'tirib damingni ol, chunki Sen insoniy tanada azoblanishingdagi ishingni tugatding. Sen najotni amalga oshirding. Hozirdan Ruhimning kuchi bilan ishlayapman. Iso o'jar va nohaqlar ustidan hukmni olib kelib, barcha to'g'ri izlovchilarda Mening najotimni bajaradi.

Hukm Muqaddas Ruhning tushishi bilan insonga kelishni boshladi. Ruh orqali boshqarilgan Butrus Yahudiylarga agar ular Isoga ishonmasdan tavba qilmasalar Xudo ular Masihga tiz cho'kishlarini yuzlariga aytdi. Agar ular ko'z yosh to'kib Xudoning O'g'lini qabul qilishmasa, hukm ularning ustilariga kelardi. Bu qo'rqinchli bayon boshqa hamma qit'alarda boshqa hamma insonlarga ham tadbiq etiladi. Ko'p har hil insonning dinlari va guruhlari bu hukmga kiradi. O'g'ilni qabul qilmaydigan kishi abadiy Masihning oyog'i ostida joylashib bog'lanadi.

Butrus Muqaddas Ruh to'sqinliksiz dunyomizning har bir qismida yashay olishini xalqiga aytdi. Masih Xudo va inson o'rtasidagi ajirashishni olib tashladi. Ilohiy sevgining kuchli shamoli davom etadi. Bugun najot ishonganlarda seziladi.

Afsuski, haqiqat Ruhi Yahudiylarning ko'pida yashay olmadi, chunki hatto Masihning o'limidan keyin ham Uni rad etib va o'ldirib – Eski Ahdning a'zolari orqali tan olinmagan bitta gunoh bor edi. Muqaddas Ruh so'zlovchini shunday deyish bilan ularning yuraklariga sanchish uchun jadallashtirdi: “Nasroniylik yosh kishi bo'lgan Iso yuz foyiz osmonga olingan va Xudoning o'ng tomonida o'tirgan Xudoning O'zidir. U haqiqiy Xudodan bo'lgan haqiqiy Xudodir. Bu siz xochga mixlagan moylangan Masihning o'zidir. Bu so'zlar bilan havoriylarning oralaridagi eng ochig'i Yahudiylarga ularning tarixining eng yuqori qismini tushunmaganliklarini aytdi. Ular Xudo bilan ahdlarining ma'nosini tushunmadilar va zo'ravonlik qildilar. Butrus Qudratlining nomi bilan xalqning bolalarini jarohatladi. Ular bir inson orqali hukm bo'lmadilar, balki vijdonlariga chuqur sanchgan barhayot Hukmdorning O'zi orqali hukm qilindilar.

Butrusning nutqining boshida, Yahudiylarning ba'zilari shogirdlarni mazax qilib sarhush bo'lish haqida ularni ayibladilar, chunki Muqaddas Ruhning hursandchiligi ularni to'ldirgan edi. Butrus haqiatni ularga taxlit ma'nosi bilan aniqlab bermadi, balki Muqaddas Ruhning kuchi orqali aniqlab berdi. Butrus Muqaddas Ruh kim, U qayerdan kelganligi va Uning huzuri uchun sabab ekanligini tushuntirib berdi. Oxiri, qattiq qo'llik bilan u Masihni o'ldirish xalqining buyuk aybi ekanligini ko'rinarli qilib berdi. Bu misol orqali, biz Muqaddas Ruh hech qachon uyatga rozi bo'lmasligini yoki U bizga nohaqlik bilan haqlik aralashishiga ruhsat bermasligini ko'ramiz. U bizning itoatsizligimizni hukm qiladi va takabburligimizni parchalab tashlaydi. Bugun, agar siz Uning ovozini eshitsangiz, yuragingizni tosh qilib olmang.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga qarshi gunoh qildik, va O'g'lingni xochga mixlashda qatnashdik. Mening gunohlarim va men Sening qo'llaringni xoshga mixladim. Iltimos mening gunohlarimni kechirgin va men har bir gunohni rad etishim uchun va vasvasaga qulamasligim uchun Muqaddas Ruhing bilan meni poklagin. Men Iso Masihni Rabbiy va najotkor deb tan olaman va Uning sevgisining kuchi orqali Uning irodasini bajaraman. Ey Rabbim, barcha tosh yuraklarlarga ular tavba qilish uchun va Senga qaytib kelishi uchun sanchgin. Ularning singan yuraklarida ular shifo topishsin. Omin.

SAVOL 14: Masih nima uchun osmonga chiqib ketdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)