Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 016 (Edification through the Ministry)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

7. Havoriylarning Xizmati orqali O'sish (Havoriylar 2:37-41)


HAVORIYLAR 2:39-41
39 Chunki bizning Rabbimiz – Xudovand bu va'dani sizlar bilan farzandlaringiz va shuningdek, hamon uzoqlardan chorlamoqchi bo'lgan hamma odamzod uchun berilgan. 40 Butrus boshqa ko'p so'zlar bilan tinglovchilarni ogohlantirib: “Bu buzuq nasldan halos bo'linglar!” - deb o'tinar edi. 41 Shunday qilib, uning so'zini chin ko'ngildan qabul qilganlar suvga cho'mib imon keltirdilar. O'sha kuni uch mingga yaqin jon jamoatga qo'shildi.

Butrus havotirlangan va tavba qilgan xalqqa Masihga kelishlarini aytdi. Kerakli narsa bu Muqaddas Ruhni qabul qilish uchun shartlar, cho'mish imoni va haqiqiy qaytish edi. U xalqni bu bilimda mustahkamladi va shunday deb Xudoning sevgisining eng buyukligini ularga aniqlab berdi:

“Muqaddas Ruh sovg'a ish haqi emas. Hech kim Xudo uning oldiga kelib uning yuragida yashashi uchun loyiq emas. Bu yashash Masih O'zining qoni bilan bizni sotib olgan buyuk yorliqdir. Agar Masih xochda o'lmaganida hech kim Muqaddas Ruhga loyiq bo'lmas edi. Lekin U o'lib, hamma insonlarning gunohlarini yuvib tozaladi. Har bir kishi qiyinchiliksiz Muqaddas Ruhni qabul qila oladi. Bu kishi hamma iroda bilan tavba, tan olishni, va Xudoning oldidagi holatini bilishi kerak, va gunohlarini tark etisih kerak. Muqaddas Ruh muqaddasdir va U bizning nopokliklarimiz va yolg'onlarimiz bilan kelisha olmaydi. Bu haqiqat Ruhi O'g'ilni ulug'laydi va bizdagi mag'rurlikka yo'l qo'ymaydi. Siz Xudoning O'g'li Masihga ishonganingizda va Uning maqsadiga bo'ysunganingizda, siz Uning yangilashini qabul qilasiz. Keyin siz oqlanib poklanasiz. Siz ko'proq o'zingizni Masihga berasiz va Muqaddas Ruhning sevgisiga yuragingizni ochasiz, va Xudoning kuchi bilan to'ldirilasiz. Muqaddas Ruhning ovoziga qarshi turib olmang, chunki U Ota Xodoning o'xshashligiga sizni qaytarishni xohlaydi. U sizni Unga o'xshab g'amho'r bo'lishingizni xohaydi. Xudoning suratiga o'zgargan borlig'ingiz Muqaddas Ruhning muqaddasligining maqsadidir.

Bu otaning va'dasining qismi faqat Yahudiylar uchun emas, balki Xudoning chaqiruvini eshitib, Najotkorga ishonib, yovuz o'tmishidan tavba qilgan hamma insonlar uchundir. Bu ularning ranglari, zakovatlari va hayot tajribalarida farq qilmaydi. Muqaddas Ruh bolalar va ota-onalar, erkak va ayol, boy va kambag'alni ajiratmaydi. Kimki tavba qilib Masihning xochini olib yursa Xudoning asrab olingan kishisi bo'ladi. Ular faqat Xudoning O'g'lining kamolotini oladigan Masihni bilish uchun kelishadi. Bugun Muqaddas Ruh sizni va boshqa millionlab kishilarni Masihning najotiga kirish uchun chaqiryapdi. Bizning avlodimizning shiyori Muqaddas Ruhning hamma insonlarni chaqirishidir. Uning sizga bo'lgan tekin hadyasi Xudoning oilasiga kirishdir. Eshitadigan kishi kim? Keladigan kishi kim? O'zining gunohini tushinib yetadigan kishi kim? Bu Masihga ishonadigan va Uning kuchining to'liqligida yashashni boshlagan kishidir.

Butrus va boshqa havoriylar odamlarga ko'p gapirishdi va ularga najot sirini aniqlab berishdi. Ular shubhalaridan voz kechib, yovuz yuraklarini ko'rsatishdi va Xudoning sevgisining eng buyukligini ularga isbotlab berishdi. Muqaddas Ruh bu bayonda hamma o'jar insonlarni chaqirish uchun ularni ruhlantirdi. Hech kim haq emas. Hamma yolg'on yo'llarda yuradi va borliqlarida buzilgandirlar. Bu dunyoda hech kim yaxshi va to'g'ri emas. Hamma yolg'on, nohaq, aldash, nafrat, o'ldirish, hasad va o'zining qiziqishlariga bog'langan.

Biroq Muqaddas Ruh bizni umidsizlikdan ozod qiladi, Iso Masihga chaqiradi va takabburligimizdan bizni asraydi. U bu dunyoni o'zgartirmaydi, balki imonlilarning ichki dunyosini o'zgartiradi. Siz hislatingizning o'zgarishi haqida muhtojlikda emassiz, lekin ilk najotning muhtojligidasiz. Siz boshqa yo'qolgan insonlardek yo'qolgan va Xudoning g'azabi orqali yo'q bo'lish uchun belgilangansiz. Havoriy Butrus “o'jar nasldan saqla”nish uchun sizni chorlaydi. U sizga “yarim o'jarlida va yarim saqlanishda qoling”, yoki Masihga ishoning va gunoh qilishda davom eting” deb aytmaydi. Yo'q! Chunki Muqaddas Ruh Elliginchi Kunda bu dunyoga keldi. Masih to'la haqiqatdan Unga ishongan kishini O'zining kuchi bilan saqlab qoladi. Najot xochda amalga oshgan edi. Agar siz Masihning sevgisiga ishonib, Uning kuchining nuriga o'zingizni ochsangiz sizda har kuni bu yorliqni Muqaddas Ruh tushinib yetadi.

Masihiy jamoatning tug'ilgan kunida Muqaddas Ruhning chaqiruvini eshitganlarning soni uch minga yaqin bo'ldi. Insonlarning tarixidagi voizchilarning bir nechtasi Xudoning O'zi u orqali gapirgan bilimsiz baliqchi Butrusdek o'zlarining shunday go'yat darajadagi natijalarida tajribaga ega bo'ldi.

Qiynalgan va tavba qilganlar o'sha zahoti Isoga ishonishdi, chunki Muqaddas Ruh ularning yurak ko'zlarini ochib yuborgan edi va fikrlarini yoritgan edi. Ular qaytishlari uchun havoriylar aks va fikrlash uchun vaqt berishmagani qanday ajoyib. Na havoriylar Xudoning so'zining to'laligida ularni o'stirishmadi, balki tezda ularni ishongan kunlaridayoq suvga cho'mdirishdi. Bu imon na yuzaki, o'lik ishonch va na epchil, ruhiy fikr emas edi. Muqaddas Ruh O'zining hursandchiligini imonlilariga yog'dirdi va hukmini tavba qilmaganlarda amalda qildi. Butrus va'zida barcha aniqlik bilan imonimizning asoslarini e'lon qildi: Masihining hayoti, xoch, tirilish, Rabbiyning osmonga ko'tarilishi va Otasining o'ng tomoniga o'tirishi. U imonlida Muqaddas Ruhning haqiqatini takidladi. Bu haqiqatlarni tushunib yetgan va ularga ishongan kishi Masihning cho'mdirishida o'zini o'ldiradi. U keyin Muqaddas Ruhni qabul qilish uchun loyiq bo'ladi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz o'jar va ahloqsiz bo'lganlarda yashaydigan Muqaddas Ruhning mo'jizasi uchun Senga sajda qilamiz. Bizning hamma gunohlarimizni kechirib poklaganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz buyuk kamtarlik bilan hamma odamlarni Senga ergashishiga chaqirishimiz uchun haqiqating va sevging bilan bizni to'ldirgin. Sen har bir odamni saqlab qolding va Muqaddas Ruhni qabul qilishi uchun u uchun haqlikni sotib olding. Bizni yashashga chidashga va mo'l-ko'l imonga boshla. Omin.

SAVOL 16: Muqaddas Ruhni qabul qilishga kim loyiq? Nima uchun?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)