Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 118 (Jesus appears to Mary Magdalene)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
1. Erta tong Pasxadagi hodisalar (Ester) (Yuhanno 20:1-10)

c) Iso Magdalalik Maryamga zuhr bo'ladi (Yuhanno 20:11-18)


YUHANNO 20:17-18
17 – Menga qo'l tegizma! - dedi Iso Maryamga. - Men hali Otamning huzuriga chiqqanim yo'q. Sen borib birodarlarimga shunday deb aytgin: Men O'z Otam va sizlarning Otangizning, O'z Xudoyim va sizlarning Xudoyingizning huzuriga chiqib ketyapman. 18 Shunda Magdalalik Maryam shogirdlarning oldiga borib: - Men Rabbimni ko'rdim! - dedi, Iso unga nimalar aytganini gapirib berdi.

Maryam hech qachon Isoni tashlab ketmasdan Uni ushlashga va Uning oyoqlarini o'pish uchun harakat qilib, sajda qilib Uning oldida yiqildi. Iso Maryam Unga tegishiga ruhsat bermadi, chunki Uning sevgisi ruhiy sevgidir. Iso, Muqaddas Uch Birlik bilan birgalikda Maryamning imoni o'sishini xohlab, O'zining ovozini va ko'rinishini unga ato etdi. Ozgina oldin Iso O'zining hayirlashuvida buni shogirdlariga aniq qilib bergan edi. Na Unga tegish va na Uni ushlash U bilan birlikni yaratadi, balki bu U bilan birlashtiradigan Uning Ruhiy vujudidagi imondir.

Iso Maryamga o'limidan keyin dunyoda qolmasligini aytgan edi; Uning oxirgi manzili jannat ekanligidek, Uning bu ko'rinishi o'tkinchiligini aytgan edi. Isoning maqsadi ko'tarilib, Otasining oldiga qaytib ketish edi. Xudoning oldiga qaytib ketish yo'li xochda O'zini qurbon qilgandan keyin ochildi. Bu Oliy Ruhoniy Muqaddas Xudoga qon bilan Qurbonni taqdim qilishni tayin etgandi. Iso Maryamga "Menga tegma, chunki Men hamma solihlikni bajarishim kerak; Men sen uchun shafoat qilaman, va Ruhning kuchi bilan seni to'ldiraman" deb aytyapdi.

Isoning so'zlari faqat Maryamning o'ziga tegishli emasligini, balki hamma insonlarga tegishligini aytadi, "Sen shogirdlarimning oldiga borib, ularga Mening tirikligimni, maqsadlarimni va chiqib ketishim to'g'risida malumot bergin!".

Iso bu xabar bilan Maryam orqali shogirdlariga dalda berdi. Iso ularni birodarlarim deb atadi. Biz imon orqali Uning xochi, tirilishi va o'lmas hayoti tufayli Uning ukalari va singillari bo'lamiz. U bizni faqat sevimlilar emas, birodarlar deb ham aytadi. Najod bajarilib, biz sajda huquqlarimizda o'rnatilamiz. Iso o'zining qoni bilan bizning ilohiy o'g'illigimizning yorlig'i bilan belgiladi.

Maryam shogirdlarga yetkazgan xabarning ma'nosi nima? Birinchidan, Iso hayot edi. Maryamning Iso bilan uchrashishi tarihiy haqiqat edi. Ikkinchidan, Uning Otasi bizning ham Otamiz edi; Iso bu va'da bilan O'zining shogirdlarini Xudo bilan barkamol birlikka tortdi. Iso Xudoning uzoqdaligini, qudratini va Uni hukmlovchi ekanligi haqida emas, balki mehribon va yaqin Otalagini gapirib o'tdi. U faqat Masihning Otasi emas, balki bizning Otamiz ham edi. Iso Otasini hamma Unikidek "Xudoyim" deb chaqirdi. Iso gunoh orqali butun ijodiyot Xudodan ajiraladigan joyda, Otasiga sodiq qoladi. U endi bizning ilgarigi gunohlarimiz tufayli dushmanimiz emas, balki U xochning to'lovi orqali kechirilgan bizlarni sevadi. U Otasi bilan birlikda yashaganidek, bizdan sevgi oqib chiqishi uchun, Muqaddas Ruhi tushishi orqali Uch Birlikning birligida bizni ham yashashimizni xohlaydi.

Masih o'lim ustidan g'alaba qozonganidan keyin Uni birinchi ko'rgan ayolning og'ziga to'la birlik va'dasini qo'yadi. Bu ayol itoatkor edi, u Isoning oyoqlari ostida sajda qilishni to'xtatib, u inoyat orqali biz bilan birlikda Xudoning otaligini va Iso bilan Uning akaligini aytish uchun shogirdlarning oldiga guvohlik berish uchun yugurib ketdi. Bu xabar bugun bizning hafa yuraklarimizni to'ldiradigan hursandchilikning karnayiga o'xshaydi. Xudoga ma'qul bo'lgan bu hursandchilik va sizning tirilishingiz sizga yetib keldimi? Masih tirildi degan yangilikning birinchi jarchisi bo'lgan Maryamning xabariga ishonasizmi?

IBODAT: Rabbimiz Iso, biz Senga tashakkur bildiramiz, chunki Sen bizni birodarlarim deb chaqirish uchun, o'limdan tirilding. Biz Sen bilan birlikda yashashga noloyiqmiz. Bizning gunohlarimizni kechirganing uchun Senga rahmat aytamiz. Seni qidirgan hammaga bizni Sening hursandchiligingni havoriylari qilgin.

SAVOL:

  1. Bizga bo'lgan Magdalalik Maryamning og'zidagi Masihning xabari nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:24 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)