Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 117 (Jesus appears to Mary Magdalene)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
1. Erta tong Pasxadagi hodisalar (Ester) (Yuhanno 20:1-10)

c) Iso Magdalalik Maryamga zuhr bo'ladi (Yuhanno 20:11-18)


YUHANNO 20:11-13
11 Maryam esa qabirning oldida turganicha, yig'lar edi. Yig'layotib, bir egilib qabir ichiga nazar soldi. 12 Shunda oq kiyim kiygan ikki farishtani ko'rib qoldi. Biri Isoning jasadi yotgan boshi tomonida, ikkinchisi esa oyoq tomonida o'tirgan edi. 13 Maryamga: - Ey ayol, nega yig'layapsan?-deyishdi. - Rabbimni olib ketishibdi, Uni qayerga qo'yishganini bilmayman, - dedi u.

Ikki shogirdlar qabir boshligini tushunib yetishgandan keyin orqalariga qaytishdi. U yarda qolishni foydasi yo'q edi.

Biroq, Magdalalik Maryam qabir bo'shligini shogirdlarga aytganidan keyin qabirga qaytib keldi. Maryam hatto ikki shogird uylariga ketganida ham u o'sha yerda qoldi, chunki Maryam jasad yo'qolgan oddiy holatdan qoniqmagan edi. Maryam Isoni kutdi, chunki Iso Maryamning kuchini umidi edi. Jasadning ko'zdan yo'qolishi, uning umidini puchga chiqardi. Shunda Maryam achchiq yig'ladi.

Maryam qattiq iztirob chekkani uchun, Iso boshqa ayollarga ham ko'ringan ikki farishtani Maryamga yubordi. Mana shu yerda Maryam oq kiyimda qorong'ulikni yoritib turgan, bo'sh qabirda o'tirgan farishtalarni ko'rdi. Lekin bu farishtalar Maryamni yupata olmadilar, chunki Maryam faqat Isoni ko'rsa yupanishi mumkin edi. Uning yuragi "Rabbim, qayerdasan?"deb chaqirdi.

Bu sekin chaqiruv bizga murojat qiladi. Biz nimani xohlaymiz? Nima uchun biz xohlagan narsamizni xohlaymiz? Bizning maqsadlarimiz nima? Biz Magdalalik Maryam bilan birga Isoni ko'rishdan boshqa hech narsani so'ramaymizmi? Sizning yuragingiz Isoni yana kelishi uchun yig'layapdimi?

YUHANNO 20:14-16
14 Shunday dedi-yu, orqasiga burilib, turgan Isoni ko'rdi. Lekin Uning Iso ekanligini bilmadi. 15 - Ey ayol, nega yig'layapsan? Kimni qidiryapsan? - dedi Iso unga. Maryam Uni bog'bon deb o'yladi. Unga: - Og'a, agar sen Uni olib ketgan bo'lsang, qayerga qo'yganingni menga ayt-chi, Men Uni borib kelay, - dedi. 16 Iso unga: - Maryam! - dedi. - Rabbuniy! - dedi Maryam Isoga qayrilib. (Rabbuniy yahudiy tilida "Ustozim" demakdir).

Iso Maryamning yig'isiga javob berdi. Boshqalar bo'sh qabirni va farishtalarni eshitish bilan qanoatlanishgan payitda, Madalalik Maryam Isoning O'zining ko'rinishini xohladi. Toj kiymay oddiy odam bo'lib Iso uning oldida turib unga zohir bo'ldi.

Magdalalik Maryam Isoning ovozini payqamasdan va farishtalarni eshitmasdan juda havotirlangan edi. U faqat Isoning so'zlarini eshitishni emas O'zini ko'rishni xohladi. Hanuz Maryam shu onda Isoning ko'rinishini tushunmadi, chunki bu yurak Masihning huzurini biz bilan mahzun sog'inadi va Isoning yumshoq so'zlarini eshita olmaydi. Yaratguvchi Xudoni qidiradigan ko'plar Uni topishmadi, chunki ular Cho'ponni Qidirishdan ko'ra qidirishni va so'rashni sevdilar.

Lekin Iso Maryamning sevgisini bilar edi, va Iso O'zining mehrli so'zlari bilan uning o'rtangan to'siqlarini buzib tashladi; Iso bog'bon emasligini va inson emasligini ochib berib, Maryamning ismini aytib chaqirdi. Iso hamma narsani biladi, dono Rabbiy va Xudoning O'zidir. Iso abadiy hayotni taqdim qilib, va O'zining qo'ylarini nomma nom bilib, chaqiradigan Yaxshi Cho'pondek, Maryamni chaqirdi. Isoni sevgan kishi Uning sevgisiga ega bo'ladi, va bu kishi Rabbiy uning ismini aytib chaqirganida va Muqaddas Ruhning daldasi bilan gunohining kechirimini qabul qiladi. Hozir Iso sizning ismingizni aytib chaqiryapdi. Siz Unga kelishingiz uchun sizning hamma ikkilanishlaringizni ortda qoldirib Uning ovozini eshitasizmi?

Maryam "Ustoz!" deb javob berdi. Maryam aytgan (Rabbuniy) so'zining ma'nosi hamma narsani biladigan va qudratli deganni anglatadi. Maryamda Isoning maktabida o'quvchi bo'lish imtiyozi bor, va Iso Maryamga O'zining bilimini, kuchini, himoyasini va abadiy hayotini beradi. Shunda Madhiyalar bilan Isoni ulug'laydigan va itoatkorlik bilan Unga sajda qilib bulutlarda uning Rabbiyning kelishini uzoq kutishdan keyin Uning kelishini ko'radigan Jamoatning hursandchiligiga Maryamning javobi o'xshaydi.

IBODAT: Rabbimiz Iso, biz Maryamga ko'rinishing orqali uning armonlariga javob berganing uchun Sening oldingda bosh egamiz. Sen unga ko'rinib uning yupatding. Sening so'zing hayotsan. Bizning quloqlarimizni va yuraklarimizni Sening so'zlaringni qabul qilish uchun ochib yuborgin. Hursandchilik bilan Senga ishonish uchun bizga itoatkorlikni bergin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Maryam, Iso uning ismini aytib chaqirib, unga O'zini ochib bergunicha Rabbiy Isoning jasadini qidirishdan to'xtamadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:23 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)