Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 076 (Jesus anointed in Bethany)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
A - Muqaddas haftaga kirish (Yuhanno 11:55 - 12:50)

1. Iso Baytaniyada moylanadi (Yuhanno 11:55 – 12:8)


YUHANNO 11:55-57
55 Yahudiylarning Fisih bayrami yaqin edi. Mamlakatning hamma yog'idan el-ulus bayramdan oldin poklanish uchun Quddusga borishardi. 56 Shu vaqtda Isoni izladilar. Ma'batda yig'ilib turganlar o'zaro: "Qanday o'ylaysizlar, U bayramga kelarmikan?"-deb so'rab-surishtirar edilar. 57 Oliy ruhoniylar va Farziylar esa Isoni qo'lga olish niyyatida yurib: "Kim Uning qayerdaligini bilib qolsa, xabar qilsin" degan farmon chiqardilar.

Fisih bayrami ilohiy g'azabdan Ibroniylar qutqarilishini nishonlaydigan Eski Ahtdagi asosiy bayram edi. Ular uchun tayyorlangan ilohiy Qo'zining himoyasi ostida yashaganlar. Ular o'lishga loyiq edilar, lekin imon ularni saqlab qoldi.

Yilda Yahudiylar Xudoning qahridan ularni qo'riqlagani uchun Unga shukronalar aytish uchun Quddusga tashrif buyurar edilar. U yerda ular juda ko'p qo'zilarni so'yib, ularni yeyishgan. Ko'plar Quddusga tavba qilish orqali tozalanish uchun va Xudoning Qo'zisi bilan bog'lanishga tayyor bo'lish oldidan Quddusga borishga odatlanganlar. Agar biror kimsa marhumga tegsa shu odam Xudoning ma'badiga kirishga loyiq bo'lish uchun yetti kun tozalanish turiga roya qilishiga to'g'ri kelgan (Sonlar 19:11).

Shu paytda ziyoratchilar Nazariyalik Iso haqida, "U keladimi yoki ular Uni ko'rmaydilarmi? deb so'rab surishtirdilar. Axir, ular diniy Kengash yashirincha Isoni o'limga hukm qilishga qaror qilishganini bilishar edi. Ular Isoga ayg'oqchilik qilish uchun bu halqning ko'pchiligidan so'radilar va ular Isoni qaydadir ko'rib qolishganda Uni ushlshni aytishdi. Ularning o'lim jag'lari Isoni yutishga ochiq edi.

YUHANNO 12:1-4
1 Pasxa bayramidan olti kun oldin Iso yana Baytaniyaga, ya'ni o'lgan Lazarni tiriltirgan qishloqqa bordi. 2 O'sha yerda Isoga ziyofat xozirladilar. Marfa xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso bilan mehmonlar qatorida o'tirar edi. 3 Shu payt Maryam bir shisha sof, qimmatbaho sunbul moyi olib keldi, va Isoning oyoqlariga surtib, sochlari bilan Uning oyoqlarini artib quritdi. Moyning hididan uy hushboy isga to'lib ketdi.

Iso O'zining dushmanlarining ayyorligidan qo'rqmadi, lekin U Otasining irodasi bilan birgalikda Quddusga yo'l oldi. U yolg'izlikni qidirmadi, balki Bayramdan oldin bir hafta Quddusga qaytib bordi. U Poytaxtdan uch kilometr uzoq bo'lgan Baytaniya orqali o'tib ketdi. Iso o'limni yengish orqali Otasini ulug'lagan va O'zining qudratini ko'rsatgan uyga keldi. Lazar yeb-ichish uchun bozorga bordi. Odamlar uni ko'rib hayron qoldilar va ularda ruhlarning ko'rinishi va o'limning manzarasining qo'rquvo bor edi.

Maryam, Marta va Lazar, Kengashdan bo'lgan do'q-po'pisalardan qat'iy nazar Xudoning ulug'vorligini ko'rishgan va unga guvohlik keltirishgan. U Isoni va Uning shogirdlarini kutib oldi va hursandchilik bilan Isoga ba'zim uyushtirdi. Lazar Isoning do'sti edi va uni o'limdan tiriltigan Xudoning oldida o'tirar edi. Bu ko'rinish bizga Jannat haqida biror narsa aytmaydimi?

Marta ro'zg'or yumushchilarini to'pladida, Isoni haqiqiy Masih va o'lim ustidan g'alaba qilganini bilib, O'zidagi borini taqdim qilib, uyining hazinasini ochib tashladi.

Maryam yashirincha deyarli bir yillik ishchi maosh narhidagi, qimmat atirmoyni olib kelib o'zining yo'lida Isoni ulug'ladi. U Isoga eng qimmat narsani berishni xohladi. Lekin u Isoning boshini atir moy surtishga o'zini noloyiq his qildi; u evaziga hayotining hazinalari bilan Isoning oyoqlariga yog' surtdi. Sevgi ziqna emas, balki ko'p qurbonliklar keltiradi. Keyin u Isoning oyoqlarini sochlari bilan artib quritdi. Bu samimiy va muqaddas sevgining harakati butun hush bo'y hid bilan uyni to'ldirgan. U yerdagi hamma Maryamning qurbonligining hidi bilan to'ldi.

YUHANNO 12:4-6
4 Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Simunning o'g'li iskariotlik Yahuda gap qistirib: 5-Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib kambag'allarga bo'lib bersa bo'lmasmidi?-dedi. 6 Bu gapni u kambag'allarga qayishgani uchun emas, balki o'g'ri bo'lgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudaning nazoratida edi, u qutiga solinadigan pullarni shilib ketar edi.

Yahudo asl imonga moddiy tomonni afzal ko'rib, Isoni sevishdan ko'ra pulni yaxshiroq ko'rar edi. Shunda u bu bilan bog'liq bo'lgan ruhiy barakaga e'tibor bermasdan kassa jihatidan qurbonlikni tushuntirishni izladi. U Maryamning qattiq sevgisini, minnatdorchiligini va Masihga ishonishini tushunmadi. Kimki pulni sevsa iblis bo'ladi. Voajab, u Isodan kambag'alni ozod qilish uchun xayriya harakatini maqsad qilgandek yo'lg'on dindorlik bilan o'zining nafratini yashirdi. Aslida u kambag'allar haqida bunday sezmadi va ularga hech narsa berishni ham xohlamagan, balki u o'zi uchun pulni qo'lga kiritishni xohlagan. O'zi uchun qayg'urishi uning kambag'allarga berishidan ko'ra o'zining chontagida ko'proq olib qolib, o'g'irlashi uchun qopqon edi: kichkina narsalarda sodiq qolish emas, balki fikr-u maqsadda o'g'iri edi.

Iso bu hazinachining hech qaysi hisoblarini sinab ko'rmadi, balki oxirigacha uni olib bordi, hatto Iso uning yolg'onlarini va yovuzliklarini bilar edi. Yahudo talonchi va firibgar, o'zini sevadigan va boylarning jalb qilishiga berilib, unga qul bo'ladi. Birodarim, ham Xudoga ham pulga birday hizmat qilolmaysiz. Siz birini sevib boshqasini yomon ko'rasiz. O'zingizni ahmoq qilmang. Sizning maqsadingiz Xudomi yoki yengil hayotmi?

YUHANNO 12:7-8
7-U ayolni tinch qo'yinglar!-dedi Iso. -Zotan u bu moyni Mening dafn kunimga saqlamoqchi edi. 8 Kambag'allar har doim sizlar bilan birga. Men esa doim sizlar bilan birga bo'lmayman.

Xudo bizdan bir-birimizning oyoqlarimizga hush boy atirlar qiyish uchun balandparvoz bo'lishni so'ramayapdi, lekin oddiy atrofimizdagi kambag'allarning muxtojliklariga ko'zlarimizni ochishimizni so'rayapdi. Hech qanday guruh, din yoki mafkura, kambag'allar doim biz bilan bo'ladi degan Masihning so'zlarini o'chira olmaydi. Bizning ziqnaligimiz yo'gon va sevgimiz ingichkadir. Yerda ruhiy ijtimoi tuzim bo'lolmaydi; iste'dotlarda, boylikda va hurmatda hech kim bir biri bilan teng bo'lmaydi. Biz qayerga borsak ham, sharqqami, g'arbgami, biz qashshoqlarni, rad etilganlarni va ayrilganlarni topamiz. Har bir shaharda va qishloqlarda kambag'allarni qidiring va ularda siz Isoning yuzini ko'rasiz.

Iso odamlarning yuragi chaqmoq toshdek va muzdek qattiq ekanligini bilar edi. Iso ularning o'rniga o'lish uchun iliq sevgida keldi. U Maryamni Uning oyoqlarini artib quritish uchun va ko'mish uchun Uni moylash uchun Muqaddas Ruh yetaklaganini ham bilar edi. Ilohiy sevgi odamlarga kirganda, Muqaddas Ruh kutilmagan ajoybotlarga ega bo'lish uchun boshqaradi. Maryam ilohiy mehmonni ulug'lashni maqsad qildi, shunda Ruh uni vaqtidan oldin Isoni moylash uchun boshqardi. Masih yaxshilik va inoyatli Xudo bilan buzilgan dunyoning yarashtirishini boshladi.

IBODAT: Iso Tangrim, Sen Lazarni tiriltirganing uchun Seni sevamiz. Sen qorong'u qabrdan qo'rqmading. Bizlarni hamma narsalarimiz bilan Senga hizmat qilishimiz uchun yuraklarimizni va bor-burdimizni berishga bizlarni o'rgat. Bizlarni nonko'rlikdan, ikkiyuzlamachilikdan, o'g'irlikdan va hafratlanishdan ozod qilgin. Bizlarni sevging bilan to'ldir, va minnatdorchilik bilan qurbonlik yo'liga yetaklagin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso Maryamning moylashini qabul qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)