Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 075 (The Jewish council sentences Jesus to death)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
4. Lazarning tirilishi va natijasi (Yuhanno 10:40 – 11:54)

d) Yahudiylar o'limga Isoni hukm qilishga kirishadilar (Yuhanno 11:45-54)


YUHANNO 11:45
45 Maryamni yo'qlagani kelgan Yahudiylardan ko'pi Isoning qilgan ishini ko'rib, Unga ishonishdi.

Lazar o'limidan keyin tirildi va u yeb-ichib, gaplashib o'tirdi. Odamlar u bilan yo'lda va uylarda uchrashdilar. Ko'pchilik Isoning qudrati orqali gangib qoldi va ular Barhayot Xudoning O'g'li bo'lgan Masih ekanligiga ishonishdi. Shunda shogirdlar ko'paydi va odamlar Lazar bilan Isoga guvoh bo'lish uchun Maryamning uyiga shoshilishdi.

YUHANNO 11:46-48
46 Ammo ba'zilari Farziylarning oldiga borib, Isoning qilganlarini aytib berishdi. 47 Shundan keyin oliy ruhoniylar va Farziylar kengashga yig'ilishdi. -Biz nima qilaylik? Bu odam juda ko'p mo'jizalar yaratib yuribdi-ku! -deyishdi o'zaro. 48 -Agar Uni O'z erkiga qo'yib bersak, hamma Unga ishonib ketadi. Rimliklar kelib, muqaddas joyimizni ham, halqimizni ham bosib oladilar.

Mo'jizani kuzatganlarning ba'zilari Isoning hatti-harakati to'g'risida ma'lumotni Farziylarga yetkazish uchun shoshildilar. Ular hali ham imonsiz edilar va 'Boy Kishi'ning masalidagi, Ibrohim, "Agar Muso va boshqa payg'ambarlarga quloq solmagan bo'lsalar, o'liklardan biri tirilib borsa ham ishonmaydilar (Luqo 16:31)" deb javob berganlarning ustida Xudoning hukmi ishora bo'ladi. Xudoning Ruhi Isoga ishonishdan voz kechadigan tosh bo'lib ketgan yuraklarni o'zgartirolmaydi, hatto ularga qudratli ajoyibotlar ko'rsatilsa ham.

Farziylarda diniy ishlarning Oliy Kengashida buyuk nufuz bor edi. Oliy ruhoniylar ularning talabchanligiga qo'yib berishdi. Bu ish uchun yetmishta a'zolar muhokama qilishga yig'ilishdi. Tirilishni rad etgan Sadduqiylar Kengashning chaqirig'ini qabul qilishdi. Bu a'zolar ikkilanib dovdirab qolishgandi, chunki Iso qo'lga olinish uchun gunoh qilmagan edi. Poytaxtga o'n minglab ziyoratchilar kelganda Fisih bayrami oldida, omma orasida yuksak Masihiylik bor edi. Munozarada bu Kengash a'zolar Isoni hatto Xudoning odami yoki payg'ambar emas, oddiy odam deb atashdi. Bu rad etishga qaramasdan, ular Isoning cho'chitib yuboradigan mo'jizalarini yo'q qilolmasdilar.

Bu doira davomida, imperiya kuchi, sodir bo'layotgan bu ishni yozish kerakligi to'g'risidagi Kengashda qo'rquv bu atmosferani bosib oldi. Masih tusida mo'jizalar ko'rsatgan Kishini o'rabturgan olomonning to'planishi qo'zg'olonning hav-hatarini ko'rsatadi. Bunda Rimliklar ma'badni, Xudoning istiqomad qiladigan joyini to'sib tashlaydilar. Shunda Ma'bad hizmatlari, qurbonliklar, ibodatlar va barakalar bir vaqtda natijasiga yetadi.

YUHANNO 11:49-52
49 Ulardan biri, shu yili oliy ruhoniy bo'lgan Kayafa so'z oldi:-Sizlar hech narsani bilmaysizlar. 50 Butun millat halok bo'lganidan ko'ra, bitta kishi xalq uchun o'lishi biz uchun yaxshiroq ekanini o'ylamadingizlarmi? 51 Bu so'zlar unda o'zicha chiqmagan edi. U shu yili bosh oliy ruhoniy sifatida karomat qilib, Iso xalq uchun o'lishini oldindan aytgan edi. 52 Amalda Iso yolg'iz yahudiy xalqi uchungina emas, balki tarqalib gumroh bo'lgan barcha Xudo farzandlarini ham yig'ib birlashtirish uchun o'lishi kerak edi.

Kengashninng baqir-chaqirlari ko'tarilganda, oliy ruhoniy Kayafa turdida halqning yetakchilarini nodonliklarida va mulohazasizliklarida ayiblab, ularga qarshi turishni boshladi. Uning ba'zi aytgan so'zlari to'g'ri edi, chunki u o'zining oliy ruhoniy salohiyatida Kengash raisi bo'lgan. Uni muqaddaslik ramzida moy bilan moylashgan edi, lekin u Masihga qarshi edi. Halqlarning sardoridek u orqali Xudo gapirishi uchun Muqaddas Ruh bilan to'ldirishini kutishgan. U hanuz yolg'onga va injiqliklarga ergashar edi. Payg'ambarning ro'li oliy ruhoniydek uning mavqie bilan bo'g'langaniga tahmin qilib, u hamma odamlarni nodonlar deb tasvirlardi.

Kayafada gapirilgan "o'kinch ruhi" ning turi fosh qilindi, chunki Shayton u orqali gapirgandi, va aftidan Xudoning maqsadlariga bag'ishlanganga o'xshaydi, lekin amalda uning aksi bo'lib chiqdi. Shubhasiz, odamlar Xudoning qahr-g'azabidan qochib abadiy hayotga ega bo'lishlari uchun Xudoning Qo'zisi ularning o'rniga olishi ular uchun yaxshiroq edi. Lekin Shaytonning vakili siyosiy sabablar uchun shunday fikrlarni gapiryotgan edi, "Rim qahridan bizlarni qutqarish uchun Iso o'lsin." Bu iblisli gapirish bilan Masihning, iblis ko'plab Yahudiylarning ruhiy otasi, chunki u yolg'onchi va yolg'onchilarning otasidir degan so'zlari oqlandi.

Yuhanno, Kayafa so'zsiz ilohiy haqiqat bo'lgan yomon maqsadni ifodalaganini ko'rdi. Kayafa "obro'li" so'zlarining yuksakroq hulosalarni payqashni emas, Isoning o'limini hamma uchun najotdek tushuntirishiga to'g'ri keldi. Nodonlarcha o'ylaydigan bu odam Kayafa edi, chunki u hatto Muqaddas Ruh uni Masihning kechirish uchun o'limi haqida gapni aytishga boshqarsa ham u Isoga ishonmadi. U o'zining so'zlarini ma'nosini tushunmadi, chunki u haqiyqatdan qarshi turishni xohlagan edi.

Havoriy Yuhanno, dunyo uchun najot bo'lgan juda keng yaylovdagi bu axborotning ma'nosini tushunib yetdi. Iso faqat Uning halqining gunohlarini kechirish uchun o'lmadi, balki halqlar orasidagi hamma inonuvchilar uchun o'ldi. Hamma Unga ishonganlar Najotkorga o'zlarining e'tiqodlari orqali, va kuchlari va sifatlari bilan abadiy hayotni qabul qiladiganlar Xudoning bolalaridir.

Bizning imonimizning maqsadi faqat insoniy najod emas, balki Xudoning bolalarining birligi Masihda bir bo'lishdir. Uning sevgisi Masihiylikning ramzi va kuchidir. Uning ismi O'zining izdoshlarini birlashtiradi. Qachonki ular markazlari bilan bog'lansalar, bir birlari bilan ham bog'lanadilar. Keling uyg'onaylik va dunyoviy qarindoshchilikka qaraganda yaqin do'st bo'lgan Xudoning oilasidagi aka-uka va opa-singil ekanligimizni oshkor qilib U tomon borishga shoshilaylik.

YUHANNO 11:53-54
53 Shunday qilib, o'sha kundan boshlab Isoni o'ldirishga til biriktirdilar. 54 Iso esa endi Yahudiylar orasida ochiq yurolmaydigan bo'lib qoldi. U yerdan sahro yaqinidagi Efraim shahriga bordi. O'sha joyda O'zining shogirdlari bilan qoldi.

Kengashning ba'zi a'zolari Kayafaning qattiq aytgan so'zlari orqali Isodan jahillari chiqdi, lekin ko'plar halqni saqlash haqida va yolg'onchiga hukmni o'tkizdirish uchun Kayafa orqali Xudo gapirganiga ishonib buni qabul qildilar. Umumiy kelishuv orqali, Kengash bu jumbog'ni qabul qildi va ular Isoni qatl qilish uchun Kayafaning taklifiga qo'shildilar. Shubhasiz ularning ba'zilari ko'proq haq edilar va shikoyat qildilar, lekin hech kim diqqatini qaratmadi. Ayyor Kayafa Isoni barbod qilish uchun bu rejaga ularni qaratdi.

Iso bu ig'voni eshitdi va balki U ilohiy zakovot orqali bundan xabardor bo'lgandir. Iso Kengash hokimligining tumanini qoldirib, U O'zining shogirdlari bilan o'lish va tirilishining soatini kutib, sharqiy Nablus vodiysi bo'lgan O'rdun daryosining tumaniga ketdi.

Urush yeri aniq bo'ldi. Ruhoniylar bilan Uning janjali Ma'badni tozalash va qonunchilar bilan birgalikda tortishib Dam olish kunida U shifo berdi, va bu hozir Lazarning tirilishigacha yetib keldi. Hozir xalq boshqaruvchilari valene'matni o'ldirish uchun masalani hal qildilar.

Nur zulmatda porlaydi, zulmat esa nurni qoplay olmaydi.

Aziz do'stim, nunrda Masihni ko'rdingizmi? Uning Xushxabari sizning fikrlaringizni yoritib tashladimi va yuragingizni yangiladimi? Uning abadiy hayoti sizning ustingizga keldimi va Ruhi gunohlaringizni tan olishingiz va tavba qilishingiz uchun sizni boshqardimi va sizni muqaddaslash uchun va marhamatlash uchun sizda imon yaratdimi?Siz hayotingni va kelajagingizni Unga topshirib Masihning Ruhi sizga yaqinlashishi uchun yuragingizni oching, va shunda siz Isoning dushmanlari bilan Uni hukm qilishlarida nochor rozi bo'lmaysiz. Buning o'rniga Uning shogirdlariga qo'shiling va Muqaddas Xudoni tanib bilasiz shunda siz shunday deb tan olishingiz mumkin, "Biz inoyat va haqiyqatga to'la bo'lgan Otaning yagona O'g'lining ulug'vorligini ko'rdik".

IBODAT: Tangrimiz Iso Masih, hav-hatar soatlarida haqiyqatni rad etmaganing uchun rahmat; Sen har doim samoviy Otangni ulug'lagansan. Bizlarning kuchsiz imonimizni va mensimasligimizni kechirgin. Bizlarni abadiy hayotda yashashimiz uchun va to'xtamasdan Senga hizmat qilishimiz uchun, Ota bilan yaqin bo'lish uchun yaqinlashtir. Sening ulug'vorligingni inoyatiga shukronalar bo'lishi uchun mening hayotimni qabul qilgin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Yahudiy Kengashi Isoni o'ldirdi?

4-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobhon, bizga 17 savolning 15 ga to'g'ri javobni jo'nating. Keyin biz sizga bu o'qish kitobini chop etilgan birini jo'natamiz.

  1. Qanday qilib Iso Yahudiylarga ular Ibrohimning bolalari emasligini isbotlab berdi?
  2. Iso bizga aniqlab bergan iblisning sifatlari qanday?
  3. Nima uchun Yahudiylar Isoni toshbo'ron qilishni xohladilar?
  4. Nima uchun Iso ko'r tug'ilgan kishini shifoladi?
  5. Nima uchun Yahudiylar tug'ma ko'r bo'lgan bu kishini shifo topishi mumkinligini rad etishdi?
  6. Bora-bora bu yosh kishi o'zining surishtirilishi mobaynida nimani sezdi?
  7. Isoning oldida bosh egish degani nimani anglatadi?
  8. Qanday marhamatlarni Iso O'zining qoylariga beradi?
  9. Qanday qilib Iso yaxshi cho'pon bo'ladi?
  10. Qanday qilib Masih O'zining qo'ylarini boshqaradi?
  11. Iso qanday qilib O'zining ilohiyligini e'lon qiladi?
  12. Nima uchun Iso hatto Lazar o'lsa ham Xudoning ulug'vorligi haqida gapirdi?
  13. Iso nima uchun Lazarni qutqarish uchun g'olibona harakat qildi?
  14. Bugun biz qanday qilib o'limdan tirilamiz?
  15. Iso nima uchun bezovtalandi va yig'ladi?
  16. Lazarning tirilishida Xudoning ulug'vorligi qanday namoyon bo'ldi?
  17. Nima uchun Yahudiy kengashi Isoni o'ldirdi?

Remember to write your name and full address on the quiz page of answers, not just on the envelope. Send it to this address:

Ismingizni va to'liq manzilingizni savol javob sahifasiga yozish esingizdan chiqmasin, faqat konvertda emas. Uni bu manzilga jo'nating:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)