Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 048 (Jesus and his brothers)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

a) Iso va Uning ukalari (Yuhanno 7:1-13)


YUHANNO 7:1-5
1 Shundan keyin Jalilada yurar edi. Yahudiy mansabdorlari Uni o'ldirishga qasd qilganlari uchun, Yahudiyada yurishni istamadi. 2 Yahudiylarning chayla bayrami yaqimlashayotgan edi. 3 Shunday qilib, Isoning ukalari Unga:-Bu yerdan chiqib Yahudiyaga bor, qilayotgan ishlaringni shogirdlaring ham ko'rsin. 4 O'zini mashhur qilmoqchi bo'lgan har bir kishi yashirincha ish qilib yurmaydi-ku! Sen bu ishlarni qilayotgan bo'lsang, qani O'zingni dunyoga oshkor qilib ko'r,-deyishdi. 5 Hatto ukalari ham Unga ishonmas edilar.

Olomon Isoni O'zining shuxratiga bo'lgan shahodati orqali gangirab qoldilar. Isoni Jalilada ko'p do'stlari tashlab ketganda Uning ba'zi do'stlari Unga Quddusda qo'shilishdi. Poytahtda fikri tor inson bu yosh Kishi o'likni tiriltirishiga va dunyoni hukm qilishiga ishonmadi, holbuki Jalilaning ruhoniylari, Uning tanasini yeyish va qonini ichish hayotiy ekanligidan jirkanishdi. Ular bu Rabbiyning Qutlug' Kechligining ramzi ekanligini tushunishmadi.

Quddusda ba'zi Oliy kengash a'zolari Isoni o'ldirishga qaror qilishdi. Ular Uni xibsga olish uchun buyrug' yuborishdi va agar Isoga ergashishda davom etsalar Yahudiy imonlilar ibodatxonadan chiqarib yuboramiz deb qo'rqitishdi ,ular Xudoning inoyatidan istisno deb qo'rqitishdi. Kengashdan bo'lgan ayg'oqchilar Jalila bo'ylab yurib Iso haqida eshitishni va Uni qidirishni boshladilar. Hayratlanarli narsa yo'q olomon Undan chetladi, chunki ularning tanlovi halqning boshqaruvchilaridan jabr- zulim bo'lishi edi yoki Isoda nomalum najot topilgani edi. Xudoning covg'siga o'zlarining havsizliklarini afzal ko'rib, ular kelajakni emas hozirni tanladilar.

Isoning ukalari halqlarining ishtimoiy hayotdan chiqarib yoborilishining ko'rinishidan cho'chidilar. Shunda ular Yahudiya ibodatxonasi orqali taqiqlanishdan chetlanib hammasi Undan ajiralishdi ( Mark 6:3). Ular U uchun o'zlarining javobgar deb bilib, Undan balki Quddusda Uning shuhratini ochib berishga Uning qo'lini majbur qilib, Jalilani tark etishni so'rashgan. Bir necha yildan beri ular Iso bilan yashab, ular Uning sevgisini va mehribonchiligini oddiy ishlar deb hisoblab Uning ilohiyligiga ishonishmagan. Achinarlisi shundaki, ko'p Unga ergashuvchilar Uning haqiyqatini tutshunmasdan Uning sevgisi uchun Isoni hurmatlab kifoyalanib qolishadi.

Isoning ukalari mo'jizalarni ko'rishdi. Shunga qaramay, ular hamma Uning oldida tizza cho'kadigan va kelyotgan Masih ekanligiga ishonishmadi. Ular Isoning hatti-harakatidan voz kechish haqida yomon o'yladilar va Undan olomonni uzoqlashtirish haqida yomon fikrda bo'ldilar. Iso mabadda sajda qiluvchilarning oldida Iso O'zining shuxratini ko'rsatadi va dramatik harakatlar orqali ularni ustidan g'alaba qozonadi deb aytganda Ular Isoni sahroda Shayton vasvasaga solgandek vasvasaga soldilar. Isoda hech qanday buyuklik uchun ishtiyoq yo'q edi, U buyuk rejalarni tuzishni xohlamasdan kamtarlikni va tabiy insoniylik kuchsizlikni tanladi.

YUHANNO 7:6-9
6 Iso ularga shunday dedi:-Mening vaqt-soatim hali kelgani yo'q. Lekin sizlar uchun har vaqt qulaydir. 7 Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki men uning qilmishlari yomonligini fosh qilaman. 8 Mayli, sizlar bayramga boringlar. Men hozircha bu bayramga bormayman, chunki Mening vaqtim bo'lgani yo'q. 9 Shu so'zlarni aytib Iso Jalilada qoldi.

Insonlar mag'rurdir, chunki shaytonning ruhi ularni barbod qilgan. Mag'rurlik qalb kasalligining belgisidir va ruhiy dardning belgisidir. Haqiyqatda hamma Xudoga zidma-zidlikda kichkina, kuchsiz va o'lim peshanasiga yozilgan. U ajoyib kiyimlari orqali O'zining kuchsizligini yopishga harakat qiladi. Mag'rur odam o'zini xohlasa hamma narsa qila oladigan yoki hech narsa qilmaydigan kichik xudo bo'lishni tasavvur qiladi. Tabiyat orqali, U Yaratguvchiga qarshi g'alayonchi bo'ladi. Inson o'zini sevadi, Xudoni emas; o'zini nomini ko'kka ko'taradi, lekin osmondagi Otani nomini ko'klarga ko'tarmaydi.

Faqat odamlarning fikrlari va xohishlari yovuz emas, balki ularning butun qilmishlari ham yovuzlikdir. Chunki kimki Rabbiysisiz yashasa u Unga qarshi yashaydi. Ilmdagi hamma yaratishlar va kashfiyotlar siyosiy asoslardek va falsafa tarmog'idek gunoh doirasi bilan muomala qiladi. Ularda o'limning urug'lari bor.

Masih dunyo Undan nafratlanishini ko'rsatdi. U nima xohlasa shuni qilgani kelmadi. U Ota bilan birdir va U bilan birgalikda ishlaydi. Hatto dindor halq Uni qoqilish to'sig'i deb topdi, chunki U buyuradigan sevgi qonuniy emas balki ilohiydir. Ular Isodan nafratlanishdi, chunki Uning huzuri o'zlik solihlik uchun davoni yo'qotadi.

Masihning ukalari Muqaddas Ruhdan voz kechishdi, ular dunyoviy ruhga to'lishdi, va shunda Farziylar bilan birga ahil bo'lishdi. Ularning imonlarining kamligi Xudo sevgisining Ruhi ularda emasligini isbot qilib qo'ydi; balki ular boshqa ruh orqali boshqarilganlar, o'zidan mag'rurlangan kishi Xudoga qarshi qo'zg'olon qiladi. Ular o'zlarini savob ishlarining bahosiga ishonib, o'zlarini o'zlari aldashdi.

YUHANNO 7:10-13
10 Isoning ukalari bayramga borgandan so'ng, O'zi ham bordi; faqat ochiq emas, yashirincha bordi, "U qayoqda?"-deb so'rab- surishtirar edilar. 12 Omma orasida Iso to'g'risida har hil gap-so'zlar yoyilayotgan edi. Ba'zilari:"U yaxshi odam",-desalar, boshqalari: "Yo'q, U halqni yo'ldan ozdiryapdi",- deyishardi. 13 Biroq yahudiy mansabdorlaridan qo'rqqanlari uchun U haqda hech kim ochiq gapirmas edi.

Har yili Yahudiylar hursandchilik bilan Bayramni nishonlashadi. Daraxtlarning shohlaridan ular uylarning tomlarida yoki yo'l chekkalarida yon boshlash uchun salqin joy qilishadi. Odamlar bir birlarinikiga hursandchilik bilan taomlarini tatib ko'rish uchun tashrif buyurishadi. Bu mo'l-ko'l hosil bilan ularni taminlagani uchun Xudoga bo'lgan minnatdorchilik bayramidir. Bu salqin joy va chodirlar ularning cho'l orqali yo'llarini eslatgan: Ularning yerda qoladigan shaharlari yo'q edi.

Iso bayramning hursandchiligida yashamadi, chunki Uni shogirdlari bilan quvg'in qilishar edi. U O'zining ukalariga ketishga ruhsat beri. Keyinroq U Quddusga va Uning yerli uyiga, Jalilaga hayirlashgani jo'nab ketdi. Bu keskin payt, tarixning davri keldi - Uning o'limi ilohiy g'azabdan bizning najotimiz uchundir.

Yahudiylarda Iso haqida har hil fikrlar bor edi. Ba'zilari Uni Xudodan kelayotgan yaxshi kishi va islohatchi deb hisoblashardi. Boshqalari esa Uning kelishi ularga Xudoning g'azabini olib keladigan va tantanalarini buzadigan halqni nato'g'ri yo'lga boshlovchi kishi deb Uni o'limga loyiq deb ko'rishardi. Oliy kengash uning shogirlarini Unga ergashish uchun ikkilanishlarini umid qilib, ularda buni eshitirish va buyrug' masalasi bor edi. Bundan keyin, hech kim Iso haqida ochiq gapirishga jur'at etmadi.

IBODAT: Iso tangrim, biz Senga Sening Xudoga kamtarliging va itoatkorliging uchun rahmat aytamiz. Bizlarni dunyoviy munosabatlardan ozod qil, shunda Sening Ruhing bizlarni to'ldirsin. Bizlarni yomon yo'llardan saqlagin va Senga loyiq bo'lib Senga hizmat qilishimiz uchun ichki dunyomizga shifo ber.

SAVOL:

  1. Nima uchun dunyo Isodan nafratlanadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)