Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 035 (Temptation of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

4. Isoning vasvasa qilinishi va Buyuk G'alabasi(Matto 4:1-11)


MATTO 4:1-4
1 Oshanda Iso, iblisning sinovidan o'tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi. 2 U qirq kun va qirq kecha ro'za tutib, oxiri och qoldi. 3 Shunda vasvasa qiluvchi Isoning yoniga kelib, Unga: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, aytgin, bu toshlar nonga aylansin! - dedi. 4 Iso unga javoban dedi: - Tavrotda: “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”, deb yozilgan. (Chiqish 34:28; Qonunlar 8:3; Mark 1:12-13; Luqo 4:1-13)

“Keyin” degan birinchi oyatning birinchi so'zida urg'u bo'lishi kerak. Isoga osmonlar ochilib ketdi, ustiga Ruh qo'ndi va U Xudoning O'g'li va dunyoning Najodkori bo'lish uchun e'lon qilindi. Keyin, biz Undan eshitadigan keyingi yangilik bu U “vasvasa qilinishi” dir. Iso suvga cho'mgandan keyin vasvasa bilan kurashishga qodir bo'lgan eng yaxshi bo'lgan.

Ilohiy mehribonchilikning mahsus shavqatlari va buyuk imtiyozlari bizlarni vasvasa bo'lishdan saqlab qolmaydi. Bizga buyuk hurmat qo'yilishidan keyin, biz kamtar bo'layotgan narsalarni kutishimiz kerak. Xudo odatda xalqini bunga chaqirishidan oldin ularni vasvasa uchun tayyorlaydi; U muhtojlarga ko'ra kuchini beradi va o'tkir sinovdan oldin oddiy daldadan ko'ra ko'prog'ini beradi. Bizning o'g'illigimizning kafoloti vasvasa uchun boshlang'ich himoyadir. Agar Xudoning Ruhi bizning asrab olinishimizga guvohlik bersa, bu yovuz ruhlarning barcha vasvasalariga javob bilan bizni taminlaydi.

Biz Xudoning birligiga kirishga ruhsat etilganimizdan keyin, biz Shayton tomonidan o'lja bo'lishni kutishimiz kerak. Rivojlangan qalb o'zining hushyorligini oshirishi kerak - “Siz yeb to'yganingizda, keyin ehtiyot bo'ling” (Qonunlar 6:10-12).

Iblisda faqat yaxshi bo'lmagan foydali odamlar uchun asosiy nafrat bor, lekin asosan birinchi boshlanishlarida Xudoga xizmat qilib, yaxshi ish qilishga ham bu berilgan. Shuning uchun ehtiyot bo'ling, vasvasa uchun o'zingizni tayyorlang.

Muqaddas Ruh Isoni iblis va yovuzlikning ruhiy olomoni bilan yuz tutish uchun yetaklaydi. Qiziqarli narsa shuki Iso va Yahudiy xalqining o'rtasidagi ko'rinmas solishtiruvning davomiyligidir. Hatto Isroil xalqi Misrdan chiqqanidan keyin ruhiy hayotida mag'lubiyatga uchradi, Xudoning O'g'li Iso iblisning vasvasalariga duch keldi. Iso uni yuzma-yuz yengib chiqdi va Otadagi inson uchun bo'lgan rejani bajardi. Masih faqat Yahudiylar uchun kelmadi, balki barcha insoniyat uchun keldi va xochda bizning gunohlarimizni oldi.

Bu Sinayning sahrosida Xudo xalqiga bergan vasvasachiga qarshi Iso bir hil so'zlardan foydalanganligi eslatib o'tilishi kerak (Qonunlar 8:3). Rabbiy Iso inson yuz keladigan barcha vasvasa turlarini yopadigan uchta suhbatlarda dushmanlarning vasvasalariga duch kelishda g'alaba qozondi. Bu vasvasalar: sezish joyida insonni vasvasaga soladigan tana ehtiroslari; egalik joyida insonni vasvasaga soladigan ko'zlarning ehtirosi. Iso bu barcha joylarda vasvasa vaqtida kuchsizliklarimizga achinadigan oliy ruhoniymiz va eng buyuk oqlovchimiz bo'lib, o'rnimizga g'alaba qozonadi. U “har tomondan bizlar kabi vasvasaga solingan, lekin gunoh qilmagan” (Ibroniylarga 4:14-16).

Masihning suvga cho'mishi sevikli O'g'lidan mamnun bo'lganligini ifoda etgan samoviy otadagi ulug' hodisa edi. Iso suvga cho'mgandan keyin darhol Muqaddas Ruh Xudoning dushmanlari bilan jang qilish uchun sahroga Isoni yetaklagani qanday hayratlanarli. Iso tanasi kuchsizligidan qat'iy nazar U ilohiy kuchini ko'rsatdi.

Iso ovqat yemasdan qirq kun yurdi lekin sahroda samoviy Otasi bilan doim aloqa qilib turdi. Muso Qonunning ikta lavhalarini tuzyotganda qirq kun yeb ichishni unutganda Xudoning ovozini tinglagandek Iso ham Otasining ovozini tinglayotgan edi. Lekin Iso yangi ahdning o'rnatilishida Xudo bilan uchrashuvidan toshdan bo'lgan lavhalarni olib kelmadi chunki Uning O'zi izdoshlari uchun saqlash kuchida et bo'lgan Xudoning Kalomidir.

Oxiri, iblis Masihning oldiga Unga rahim ko'rsatish uchun ayyorlik qilib keldi. U Isoda ochlikni uyg'otdi va iblis Isoni sevgandek yolg'on gapirdi. Aslida uning maqsadi Isoni gunohga uloqtirib, xochga borishdan Uni to'xtatish edi. Iblis hammadan birinchi Isoning yuragiga Ota bilan munosabatiga shubha ekishga harakat qildi va u shunday deb Isodan so'radi: Sen Xudoning O'g'limisan? Haqiqatdan savol tuzib. Iblis Masih kim ekanini insonlardan ko'ra ko'proq biladi – iblislar ham Unga ishonadi va titraydi. Agar Shayton “Sen Xudoning O'g'lisan” deb tan olganida, unga bo'ysunishi kerak edi; lekin u shunday deb haqiqatni buzdi, “Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, bu toshga amr et non bo'lsin.” Bu insonlarning imoni titrab, kuch manbalaridan qaytishlari uchun ularda shubha uyg'otish uchun har vaqt iblis qo'llaydigan rejadir.

Qashshoqlik norozichilikka va imonsizlikka bo'lgan buyuk vasvasadir. Bu tez-tez muhtojlikda qonun yo'q degan ayyorlik ostida yengilligimiz uchun qonunsiz ma'noga boshlaydi. Bu ochlar tosh devorlar orqali buzadilar degan kechirim bilandir, lekin bu hech qanday kechirim emas, chunki Xudoning qonuni tosh devorlardan ko'ra biz uchun kuchliroq bo'la oladi. Hikmatlarning yozuvchisi qashshoqlikka qarshi ibodat qiladi, bu azob va malomat bo'lgani uchun emas, balki vasvasa bo'lgani uchun ibodat qiladi, “Sohtalik va yolg'onni mendan uzoqlashtir; menga qashshoqlik ham, boylik ham emas, faqat nasibamni ber; Qornim to'yganda: “Egam kim o'zi?” deb aytmayin, kambag'allikdan o'g'irlik qilib Uni badnom qilmayin.” (Hikmatlar 30:8, 9). Shuning uchun qiyin sharoyitlarga tushadiganlar ikki marta qo'riqchilariga muhtoj bo'ladilar; Xudo oldida gunoh bilan yashab ko'payishdan ko'ra ochlikdan o'lish yaxshiroqdir.

Iblis “vasvasachi” dir, va shuning uchun u ishonadiganlarga dushman va yovdir. Bizning eng yomon dushmanlarimiz bizni gunoh qilish uchun vasvasa qiladilar va ular Shaytonning rejalarini bajarish uchun va uning ishini bajarib, uning ayg'oqchilaridir. Shubhasiz u vasvasachi deb ataladi, chunki u birinchi ota-onalarimizga ham shunday edi va unga ergashyotgan boshqa barcha vasvasachilar bilan ham shundaydir.

Yovuz shayton Masih toshni nonga aylantirishga qodir ekanini bilib, Undan mo'jizani talab qildi; lekin u Isoning O'z shaxsiga zid chiqishi uchun Uni gijgijlashni maqsad qildi. Agar Iso unga bo'ysunganida edi, Uning muqaddasligi ifloslangan bo'lar edi, chunki U sevgidir va O'zining xohishini qidirmaydi, balki U O'zini bizlar uchun va samoviy Otasining ulug'vorligi uchun beradi. Nonning ma'nosi orqali Shaytonning bu dunyoni shopirish yo'li hanuz odamlarni adashtirib va barbod qilib kelmoqda. Agar Iso toshlardan mazaliy ovqat yaratganda nima bo'lar edi? Endi ishlash va mashaqqat chekish kerak bo'larmidi? Yo'q, har bir odam chashmalardan sut ichib va daryolardan sharob ichar edi. Butun dunyo Xudoning qahr va hukmi ostida qolib, yuraklari o'zgarmasdan va kechirim olmasdan Unga sajda qilib va ishonib, Uning oldiga yugurishgan bo'lar edi.

Masih xizmatining boshidan xochsiz dunyoni qutqarish uchun bir yo'ldek mehribon xatti-harakatlarni va to'plam bo'lgan jahdu-jadalni rad etdi. Uning najodining boshlang'ich ishtiyoqi tana uchun emas, balki qalblarni qutqarishdir. U gunohlarimizni kechirishga va yuraklarimizni qayta yangilashga maqsad qilgan. U bu maqsadni xochda oxiriga yetkazdi.

Shaytonga bo'lgan Isoning javobida, biz ruhiy hayotimizning o'rnatilishining ilohiy qoidasini eshitamiz, “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning so'zi bilan hayotdir.” Masih kundalik non kerakligini rad etmaydi, balki U Xudoning so'zida yashayotgan nurga olib kelgani tana ehtiyojlaridan ko'ra muhimroqligini o'rgatadi. Iso bizlarni kundan kunga kundalik nonni qidirishga boshlaydi va U bizlarni Xudoning shohligi va solihligi payida bo'lishimiz birinchi o'rinni olishi kerakligiga o'rgatadi. Siz har kuni xushxabarni o'qiysizmi va doim oziqlangandek bundan oziqlanasizmi? Har kuni ozuqlanmaydigan kishi kuchsiz bo'lib, oxiri halok bo'ladi. Agar bu kishi har kuni Xudoning so'zini o'qimasa, shunday imonli bo'ladi; u ruhiy kasal bo'lib, kuchsizlanib qulaydi. Achinarlisi shundaki, bu ba'zi jamoatlarning va faqat Yakshanba kunlari Xudoning so'zini tinglaydigan ko'plab imonlilarning holatidir. Ular haftada bir marta oziqlanadiganlarga o'xshaydilar. Ular ruhan o'lmaydilar, balki sevgida, umidda va imonda kuchsiz bo'lib qoladilar. Siz Xudo sizni kuchli qilishi uchun, sizni to'ydirish uchun va ruhlantirish uchun har kuni Xudoning yuzi oldida tinchlik va jimlikka muhtojdirsiz; Isoning xochi orqali buni ko'rishga ruhiy donolik uchun ibodat qilib, Xudoning bolasi bo'ldingiz, va hatto och va qashshoqligingizda ham abadiy yashaysiz.

Shunday qilib biz Xudoning so'zi bilan iblisning vasvasalari ustidan Iso Masih zafar qozonganini va Xudoning O'g'lida gunohga joy topilmaganini topamiz; Unga ulug'vorlik bo'lsin. U iblisga chekinmadi. Hatto hammamiz o'tmishda iblisga chekingan bo'lsak ham, Isodan o'rganishimiz mumkin va vasvasa bizga kelganida Xudoning So'zi bilan dushmanlar bilan urushishimiz mumkin.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, men Senga rahmat aytaman chunki Sen iblisning tuzog'iga va toshni nonga aylantirish uchun qulamading. Sen uning ovoziga quloq tutmading va O'zingnikini qidirmading. Sen odamlarni mazali ovqat bilan ularni tortmading, balki ularning qalblarini qondirish uchun va abadiy hayotingni qabul qilishga ularni yaqinlashtirish uchun Xudoning yagona so'ziga ularni boshlading. Men har kuni so'zingni o'qib, Muqaddas Ruhingda kuchli bo'lib, hursandchilik bilan irodangni bajarishim uchun menga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Iso hatto toshni nonga aylantirishga qodir bo'lgan bo'lsa ham, nima uchun toshni nonga aylantirmadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)