Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 034 (Unity of the Holy Trinity)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

3. Uch Birlikning Birligining E'loni (Matto 3:16-17)


MATTO 3:16-17
16 Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptarday Isoning ustiga tushib qo'ngani ko'rildi. 17 Osmondan esa: “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman”, - degan nido keldi.(Ishayo 11:2; 42:1; Matto 17:5)

Iso suvga cho'mganda Unga to'liq xizmatlarini dalolat keltirish uchun Unga osmonlar ochilib ketdi. Osmonlar hech qachon oldin yer yuzida hech kimga ochilmagan, chunki hech kim kamtar, itoatkor, gunohsiz suyukli Iso uning oldida turguncha Xudoning to'liq mehribonchiligiga erisha olmagan.

Isoning kimligi allaqachon Yahyo tomonidan e'lon qilingan edi. Biroq bu tana orqali emas, balki osmon orqali yana e'lon qilinyapdi. Shu yerda Ota Rabbiy Iso O'g'lining kimligini “Sevikli O'g'limdir “ deb samodan e'lon qiladi (2 Shomuil (Shohlar) 7:12-16).

Masih suvga cho'mishi orqali o'lib, ko'milib va oqlanishimiz uchun qayta tirilish uchun kelganligini tan olganda, O'rdun Vodiysi ustidan osmonlar ochilib, Xudoning ovozi eshitildi. Qudratlining gapirishiga kim halal beroladi? Kim Uning vahiysini to'xtata oladi?

Adan Bog'idan insonzodning yiqilishidan boshlab, Xudoga bo'lgan yo'l berkitildi; lekin Masih kelganda, Yaratguvchiga boshlaydigan bu yo'l ochildi. Bizda faqat Iso orqali Xudoga yo'l bor. Osmonlar U yo'l, hayot va haqiqatligiga dalolat keltirib ochilib ketdi.

Yaratilishning boshida Muqaddas Ruh suv ustida parvoz qilar edi. Porloq kabutarga o'xshagan xuddi shunday Muqaddas Ruh Iso barcha tavba qilganlarga Xudoning Ruhini beruvchi va moylangan Masih ekanini ifodalab, suvga cho'mgandan keyin Iso ustiga kabutar qo'ndi. Yahyo Iso va'da etilgan moylangan Masih ekaniga aniq shahodatdek Xudoning Ruhi Uning ustiga kelib qo'nayotganini ko'rdi.

Masih yer yuzidagi hayotining boshidan moylangan edi chunki U Xudoning Ruhidan tug'ilgandi. Uning Otasi Iso Oliy Ruhoniymizdek va Xudoning So'zidek kuchda boshqarish uchun xizmatining boshida yana Ruhning to'liqligida Uni moyladi. Masih bizni imtiyozlangan buyuk shohdek emas, balki kamtar xizmatkordek boshqardi. U shunchalar kamtar ediki, U gunohlarimizni olish uchun O'zining hayotini berdi. Bu orqali Xudoning muqaddas sevgisi nomoyon bo'ladi.

Yahyo Isoning ustiga Muqaddas Ruh kabutardek qo'nayotganini ko'zlari bilan ko'rdi va Xudoning ovozini quloqlari bilan eshitdi. “Bu mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman”, degan bu Xudodan bo'lgan e'lon to'liq ma'noga ega. Xudo Masihni O'g'lim deb atadi – Ota va O'g'il barhayotdir. Otaning hislati, tabiati va mohiyati O'g'ilda ko'rsatilgan. Yaratguvchi O'g'lida oshkor etilib, endi yashirinmaydi. O'g'ilda barcha Xudoning hislatlari, kuchlari va ismlari bilan Xudoning hamma to'liqligi tanaviy yashaydi.

Xudoning O'g'li borligini aytishdan Xudoga kim halal beroladi? Bu dalilga ko'plar e'tiroz bildiradi, hatto Xudo suvga cho'mishida xochini olib yurishni boshlagan kamtar O'g'lidan mamnun bo'lishini e'lon qilgan. Sevimli O'g'il tanada mujassam bo'lgan sevgidir. Xudo sevgi. Masih Unga xizmat qilishlari uchun emas, balki xizmat qilish uchun kelgan, va ko'plar uchun to'lov bo'lib, hayotini berish uchun kelgan. Isoning yer yuzidagi yurishi mobaynida so'zlarga, ibodatlarga va Isoning ishlariga bo'lgan bizning chuqurroq o'sishimiz bizga Xudoning sevgisining tajribali izoxini ko'rsatib beradi.

Xudo O'g'lidan mamnun edi chunki Xudoning irodasi Unda va U orqali amalga oshdi. Masih shunday deb aytishga loyiq edi; “Meni ko'rgan Otamni ko'rgan bo'ladi.” Masih otaning shaxsining ifoda suratidir. Agar siz Xudoni bilishni istasangiz, sevimli O'g'li Isoga qarang.

Muhim narsa shuki Xudo Masihni yuborishi Xudo tomon yangi zakovatni bizga berganidir. U Ota va U faqat muqaddas sevgidir. Barhayot Xudo O'zini jahildor hukmdordek e'lon qilmaydi; balki U biz qutqarilishimiz uchun, bizning o'rnimizga O'g'lini hukm qildi. Uning najodida bizning oqlanishimizdan qoniqmaydi. Biz ruhan qayta tug'ilishni boshimizdan kechirishimiz uchun va insonlarga Xudoning xizmatkorlari bo'lishimiz uchun bizda Muqaddas Ruhi yashashi orqali ruhimizga sevgisini quyishni xohlaydi.

“Men va Otam birmiz” degan bu ilohiy e'lon Xudoning yagonaligini e'lon qiladi, chunki sevimli O'g'il Otasida yashaydi va Uning irodasini bajaradi. Uning ruhidan tug'iladigan har bir kishi Xudoning yagonaligining sirini tushunadi. Ular abadiy Ota O'g'ilda va O'g'il Otasida ekanini ko'rishadi chunki Iso So'z va Xudoning Ruhidir.

Ilohiy uch birlik bo'lgan Xudoning birligi Rabbimiz Iso Masihning cho'mishi oldida aniq va to'liq e'lon qilinmadi; lekin biz shu yerda Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh bir-biri bilan birlashib, Ularning har birida ish borligini va birgalikda eslatib o'tilganini o'qiymiz. Yer yuzidagi O'g'il tanada bo'lgan mujassam Xudo edi. Ota samodan bo'lgan aniq ovoz bilan Unga guvohlik beradi va Xudoning Ruhi Uni kuchlantirish uchun tanaviy shaklda Unga qo'nadi.

Eski Ahdda Muqaddas Ruh tez-tez eslatib o'tilgan, lekin uch birlik Xudoning birligi bilan Uning munosabati haqida aniq tarzda eslatib o'tilmagan. Bu vaqtda e'lonning birinchi maqsadi Xudoning yagonaligini e'lon qilish edi. Bundan tashqari, Xudo O'zini mavjudodlar oldida to'liq e'lon qilmadi, chunki bu Kalom et bo'lishidan oldin buni qilish mumkin emas edi.

Ba'zi e'tirozchilar Muqaddas Ruh Masih ustiga tushganida samodan eshitilgan Otaning ovozining hikoyasini qattiq tanqid qiladilar. Ular xushxabarchi bu hikoyani boshqa yo'l bilan aytgan deb aytadilar. Matto shunday deb yozgan, “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman.” Holbuki Luqo shunday yozgan, Sen Mening sevikli O'glimsan, Sendan mamnunman.” Bu so'zlar bilan birga bu ma'no bir-biriga moslashtiradi, lekin bu qanday qilib e'lon qilinishida oz-moz farq bor – biri ikkinchi kishidan yozib olyapdi va boshqalar uchinchi kishidan yozib olyapdi. Biroq ularning har birining shahodati boshqalarnikini tasdiqlaydi.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, men Senga sajda qilaman, chunki Sen meni qutqarish uchun, oqlash va muqaddaslash uchun O'rdun Daryosida O'zingni e'lon qilding. Sening haqiqatingga ko'zlarim ochilishiga loyiq emasman. Sen meni yo'q qilish uchun emas, balki qidirib gunohlarimdan meni qutqarish uchun osmondan tushding. Iltimos men Senga ergashishim uchun, Senga ishonishim uchun va hech qachon Seni tark etmasligim uchun menga yordam ber. Sevgi birliginga do'stlarimni va qarindosh-urug'larimni yaqinlashtir. Omin.

SAVOL:

  1. Muqaddas uch birlik bo'lgan Xudo qanday qilib O'rdun Vodiysida O'zini e'lon qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)