Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 036 (Temptation of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

4. Isoning vasvasa qilinishi va Buyuk G'alabasi(Matto 4:1-11)


MATTO 4:5-7
5 Keyin iblis Isoni tabarruk shaharga keltirdi va ma'badning tepasida turg'izib, 6 Unga dedi: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, O'zingni pastga tashla-chi. Chunki Zaburda shunday yozilgan -ku: “U Sen haqda O'z farishtalariga amr etgay: Ular Seni qo'llarida ko'tarib ketar, oyog'ing ham toshga qoqilib ketmas”. 7 Iso unga: - “Egang Xudovandni sinama”, deb yozilgani ham bor, - dedi. (Qonunlar 6:16; Zabur 90 :11-12)

Davlat boshlig'i birlashgan mamlakatga tashrif buyurganda, uni hamma yaxshi kutib oladi. Askarlar tashkilotda turadi, talabalar gullarni sovg'a qilishadi, bayrog'lar ko'tariladi, kuylar cholinadi, xodimlar rasmiy kiyimda bo'lishadi, olomon siyosiy, diniy va sport bayramlarini tomosho qilish uchun boshqa mamlakatlardan kelishadi. Inson to'da odamlar tomonidan o'rab olinganini topadi.

Iblis Isoni xalqlar boshlarini egib, Unga sajda qilishlari uchun o'n minglab yorqin farishtalar bilan o'rab olingan va O'zini bulutlar bilan uchayotgandek hom hayol qilish uchun vasvasaga solib, buyuk ko'rinish bilan Uni vasvasa qildi. Iblis Isoni xochda qonini to'kmasdan Ikkinchi Kelishini ijro etish uchun vasvasa qildi. Xochdan ko'ra Shaytonga faqat nafrat bor. Vasvasa Ma'badning eng oliy darajasidan, xalqining diniy madaniyatining yuragida saqlangan.

Aziz birodar, jamoat bayrog'i ostida to'planishingiz bilan yovuz fikrlardan himoyalanamiz deb o'ylamang. Muqaddaslikning yuragida Yolg'onchilarning Otasi Xudoning so'zini tinglaydiganlarni o'zlarining mag'rurliklariga fikrlarini Xudodan burish uchun harakat qilib, ularni vasvasaga soladilar va shunda ular gunoh qilib yiqiladilar.

Isoni va Uning izdoshlarini vasvasaga solishdagi Shaytonning eng katta maqsadi ularning Xudo bilan bo'lgan munosabatlarini kesib tashlash edi. U shunday deb Isoning yuragiga shubha solish uchun yana urinib ko'rdi, “Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, O'zingni sajda qiluvchilarning orasiga tashla, ular Seni bilib, baqirishadi: 'Xudoning Masihi osmondan tushdi.' keyin dunyo Senga ergashadi va xochga hojat qolmaydi. ”Ayyor yolg'onchi” “yozilganki” deb Muqaddas Kitobdan qo'shib qo'ydi. U Xudo aytganining haqiqiy ma'nosini buzib, bu qismni tushurib qoldirdi. Kitobiy va'da budir: “Xudo Sening butun yo'llaringda saqlash uchun, Seni ko'tarib yurishlari uchun farishtalarini beradi.” Vasvasachi “yo'llaringda Seni saqlab” degan qismni tushirib qoldirdi. Iso birinchi vasvasadayoq “yozilganki” degan bir hil so'zlar bilan Shaytonni yengib chiqdi, va keyin Xudoning vahiysi orqali berilgan so'zlarni dalil keltirishda davom etdi. Shayton ham bir hil tarzdan foydalandi, lekin u haqiqatdan nohaqlikni yaratdi. Masih Xudoga ishonadigan, Unga bo'ysunadigan va Xudo u bilan ekaniga shubha qilmaydigan har bir kishiga hayot bo'lgan Xudoning so'ziga dalil keltirib Shayton bilan ruhiy jangda kurashdi. Xudoga ishonishda ikkilanish yoki Uning so'zlarining haqiqatiga shubhalanish ishonmaslikning belgisidir. Isroilning bolalari shunday deb cho'lda Xudoni sinadilar, “Xudo bizning oramizdami yoki yo'qmi?” (Chiqish 17:7), Xudo hatto ularga g'amho'rlik qilish uchun ularning oralarida bo'lgan bo'lsa ham, ular bunga ishonmadilar. Agar biz Xudoning huzuri biz bilan ekaniga va biz uchun to'liq g'amho'rligi biz bilan ekaniga shubhalansak, biz ham ular kabi bo'lamiz.

Yer yuzida Iblis va uning vasvasalaridan bizni ozod qiladigan va saqlaydigan shunday muqaddas shahar yo'q. Odam birinchi “muqaddas bog'” da vasvasaga solingan; Odam ikkinchi “muqaddas shahar” da vasvasaga solingan. Shuning uchun qo'riqchidan hayron bo'lmaylik. “Muqaddas joy” da buyuk foyda bor va Iblis u yerda mag'rurlik va hukm bilan Xudoning bolalarini vasvasaga solmaydi deb o'ylamang. Lekin nopok narsa kirmaydigan osmonlardagi muqaddas Quddus uchun Xudoyimizga sharaflar bo'lsin; biz u yerda abadiy vasvasasiz bo'lamiz.

Shuning uchun ehtiyot bo'ling! Chunki yovuz shayton yozuvlarda yaxshi shoirlik qiladi va bunga dalil keltirish uchun ikkilanmasdan buni qiloladi. Lekin u yarim haqiqatdan foydalanadi va Xudoning to'liqligini ko'rishdan sizni saqlash uchun bu ma'noni buzib ko'rsatadi.

Biz bu dunyoda ko'plab kitoblarni topamiz, diniy, falsafaga oid yoki buzib ko'rsatilgan yolg'onlar bilan haqiqatni aralashtirish uchun harakat bilan Xudoning berilgan ilhomlanishining qoidalari va xushxabar so'zlaridan foydalanadigan siyosatga oid kitoblarni topamiz. Aziz birodar, ehtiyotkorlik bilan ruhlarni farqiga boring va har bir mag'rur ruh iblisdan ekanini va o'zini ulug'laydigan kishi Xudodan emasligini bilib oling.

Agar Masih iblisning vasvasasiga javob berganida, va O'zini pastga tashlab, buyuk tarzda O'zini ko'rsatishga rozi bo'lganida, U o'lgan bo'lar edi chunki U Xudoning irodasini bajarmagan bo'lardi. Xudo odamlardan mo'jizalar orqali emas faqat xoch orqali g'alaba qozonishni xohlaydi. Agar Iso iblisning tovushiga quloq solganida, U samoviy Otasi bilan bo'lgan aloqasini tark etayotgan bo'lar edi. Iblis Shayton Xudoning O'g'lini yo'q qilishga maqsad qildi, lekin Iso Otasining ovozidan iblisning ovozini farqiga bordi va U kamtarlik va haqiqatni tanladi. Iso birinchi ulug' jamoatda ko'rinmadi, balki ko'p Yahudiylar tomonidan nafratlanilib va rad etilib, Jalilada xizmat qildi.

Ma'badning cho'qqilari vasvasadan joylashadi. Ular dunyoning yuqori joylarini ifodalaydi va ular toyg'anoqdir. Dunyodagi taraqqiyot insoning mag'rurligini ko'taradi va Shaytonning otashin o'qlarini otishga U uchun u odamni aniq bir maqsadga majbur qiladi. Xudo tashlab yuboradi va ko'taradi ham – iblis ko'tarib turib, tashlab yuboradi.

Iso shunday deb yana bir bor vasvasachiga javob berdi, “Yozilganki, “Egang Xudovandni sinama.” Xudo maqsad qilgan harakatlarimizga rozi emas va bizning kundalik hayotimizda yordamini qidiradi deb biladiganlarning hammasi o'jarliklari bilan Xudoni sinayapdilar va Uning Ruhiga qarshi turibdilar. Ular haqiqatdan ham oxirida Xudoning qahriga uchraydilar. Yuragingizda Xudoning ovozini farqiga borish uchun sizda qobilyat bormi? Siz Uning sevgisini, mehribonchiligini, pokligini va maqsadlarini bilasizmi? Uning maqsadlariga qarshi chiqadigan hech narsa qilmang. Vijdonni boshqargan Ruhining tovushiga qarshi harakat qilish bu insonning foydasi uchun emas. Agar siz asosiy ishda Xudoning irodasi nima ekanini bilmasangiz, shunda jim bo'ling va U sizga boshqa eshiklarni ochguncha va U sizdan nimani xohlashini tushuntirguncha kutib turing. Masihga ergashing va Egangiz Xudoni sinamang.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, Senga rahmat aytaman chunki Sen kuch va e'tiborni izlamading balki kamtarlik yo'lini izlading. Biz Seni kasallar bilan, gunohkorlar bilan va hurmatsizlar bilan ko'ramiz. Sen halok bo'lyotganlarni qidirding. Iltimos biz do'stlarimiz orasida mag'rur bo'lmasdan, balki o'zimizdan kechib, kambag'allarni qidirib va najodimiz bilan hamjihatlikda bo'lish uchun yo'qolganlarni duo qilishimiz uchun va mag'rurligimiz uchun o'lishga bizlarni o'rgat. Omin.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun O'zini ma'bad yuqorisidan tashlamadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)