Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 01 (Do You Know Jesus?)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean -- Lingala -- Maranao -- Nepali -- Peul -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- UZBEK -- Yoruba

Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 1 -- Siz Isoni Bilasizmi?


Kimki tarixga qarasa asirlar mobaynida madanyatga tasirini o'tkazgan va xalqlarini shakillantirgan ajoyib yetakchilarni topadi. Shunday Zod bu Maryam O'g'li, Isodir. Dunyo xalqlarining uchdan biridan ko'proq xalqlar Isoning ta'limotiga ergashganlar. Isoning ismi Yangi Ahdda o'zining yigirma yettita kitoblarida 975 marotaba uchrab, eng muhim so'z bo'lgan.

Jabroyil farishta Xudo tomonidan Bokira Maryamga yuborilgan. Shuningdek Rabbiyning farishtasi tushida Maryamning eri Yusufga ham ko'ringan. Ularga Maryamning qornidagi bola Muqaddas Ruhdan ekanligi aytilgan, va ular Uning ismini "Iso qo'yishlari kerakligini, chunki U xalqini gunohlarida qutqarishini" (Matto 1:20-23; Luqo 1:31) ularga aytgan.

Bu ismni inson yaratmagan, balki Xudoning irodasi orqali belgilangan. "Iso" ismida insonning qutqarilishi uchun va bu dunyoning poydevori oldida tayinlangan Xudoning rejasi yotadi. Iso ismining asl ma'nosi, "Ahd Xudosi yordam beradi va qutqaradi" deganidir.

Xudo Nasroniylik Iso orqali bu dunyoning yo'lini o'zgartirdi. Maryamning O'g'li behuda insoniy ta'limotlarni aytmagan, yoki faqat tanaviy mo'jizalarni ko'rsatmagan, balki Xudo U orqali gapirgan va ishlagan (Yuhanno 5:19-21; 14:10-24). Isoning bu dunyoga kelishining maqsadi nima edi? Va Uning buyuk kuchining siri nima?


U bizni mag'rurlikdan ozod qiladi

Iso, "Ey og'ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman ... Mendan o'rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar" degan (Matto 11:28-29). Hayotini tekshirish uchun kurashadigan hamma Isoga kelish uchun ruhlantiriladi. Uning oldiga keladigan kishini, Iso mag'rurlikdan ozod qilib, u kishiga orom beradi.

Iso shunday degan, "Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish uchun va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan" (Matto 20-28). Isoga ergashadiganlar xudbinlikdan shifo topadi va Uning kuchida boshqalarga hursandchilik bilan xizmat qiladilar.


Iso Xudoning g'azabidan qutqaradi

Muqaddas Xudoning g'azabi barcha gunoh qilganlarning ustidadir, lekin Iso Qiyomat Qoyimda Unga ishonganlarni harqanday hukmdan qutqaradi (Yuhanno 3:18; 5:24). Xudo bu haqiqatni Ishayo payg'ambarga ochib bergan, "Shubhasiz U bizning g'am-g'ussalar va azob-uqubatlarimizni ko'tarib yurgan; biroq biz Uni Xudo urgan va ozor chekkan deb o'ylaymiz. Lekin U gunoxlarimiz uchun yaralandi, gunohlarimiz uchun jarohatlandi; tinchligimiz uchun bo'lgan jazolar Uning ustida edi va biz Uning yaralaridan shifo topdik. Biz hammamiz adashib qolgan qo'ylarga o'xshaymiz; biz har birimiz o'zimizning yo'limizga qaytdik; Xudo hammamizning gunohlarimizni Uning ustiga qo'ydi" (Ishayo 53:4-6).

Iso o'lishidan oldin, O'zining dushmanlari uchun Xudoga o'tinib ibodat qilgan: "Ota, ularni kechir, chunki ular nima qilayotganini bilmaydilar" (Luqo 23:34). Biz Xudo Uning shavqatli ibodatiga javob berganini aniq bilamiz.


U bizni gunohdan ozod qiladi

Iso shunday degan, "Gunoh qiluvchi har bir kishi gunohning qulidir ... Shunday qilib, agar O'g'il sizlarni ozod qilsa, haqiqatan erkin bo'lasizlar" (Yuhanno 8:34, 36). Iso Unga ishonganlarni gunoh zanjiridan ozod qiladi. U bu dunyoning gunohini O'ziga oldi va biz uchun to'lov to'ladi. Uning to'lovi barcha gunohlarimizni yuvib yubordi va Uning Muqaddas Ruhi bizda yashaydi va gunohni yengishimiz uchun bizga kuch berdai (Rimliklarga 8:9-11). Shuning uchun, Isoga va Uning to'loviga ishongan kishi to'liq oqlanadi.


Iso iblis ustidan g'olibdir

Iso Shaytonning vasvasasiga tushmasdan unga qarshi qattiq turib, uning ustidan g'alaba qozondi (Matto 4:1-11; Luqo 4:1-13). Iso qiyinchilik va iztirob orqali Xudoga O'zini bag'ishlashda davom etdi va gunohsizligicha qoldi. Iblis Uning ustidan kuch ishlatolmadi. Iso jinga chalinganlardan iblislarni va yovuz ruhlarni haydab chiqardi. U bu hokimyatni O'zining shogirdlariga ato etgan (Luqo 9:1). Uning to'lovini qabul qilgan kishi Shaytonning kuchidan to'liq ozod bo'ladi.


Iso o'lim ustidan G'olibdir

Iso shunday degan, "Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o'lsa ham yashaydi. Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o'lmaydi. Bunga ishonasanmi?" (Yuhanno 11:25-26).

Iso tanada zohir bo'lib, shogirdlariga gapirib o'limdan g'alaba bilan tirildi; ular Unga tegib ko'rdilar. Shu tariqa, Iso O'zining izdoshlarini o'limdan qutqarishga va ularga abadiy hayot berishga qodir.


Iso nafrat va qasosdan Shifolovchidir

Iso tinglovchilariga shunday amr bergan, "Dushmanlaringizni sevinglar. Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar. Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar" (Matto 5:44-45; Luqo 6:27-28).

Faqat bir Zod Xudo Ruhidan tug'ilgan, O'zining izdoshlarini barcha gunohlarini kechirib, ular ham o'zlariga qarshi gunoh qilganlarni kechirishlarini buyurgan. Isoning kechirimining maqsadi bu Uning sevgisidir. Iso Unga itoat qilganlarni nafratdan va qasosdan qutqaradi.

Maryamning O'g'lini O'zining xalqi rad etgan, haqorat qilgan va Undan nafratlanishgan. Lekin Iso ularning rad etishiga qaramasdan O'zining sevgisini, yarashuvini, qutqaruvini va kuchini ularga taklif qildi. Gunohdan qaytib, Unga keladiganlarning hammasi oqlanadi va abadiy hayotga ega bo'ladi.

Aziz kitobxon,
Barhayot Iso sizni Unga ishonishingizni va Uning so'zlarini qabul qilishingizni taklif qilyapdi. U sizga Muqaddas Ruhning kuchini berib, ruhingizni, qalbingizni va tanangizni tozalaydi. Yuragingizni tosh qilib olmang, balki Uning kechirimidan va kuchidan foydalanib keladigan g'azabdan qochinglar. Iso sizning Qutqaruvchingiz, Najodkoringiz, Homiyingiz va Xudo oldidagi Vosetachingizdir. U sizning hayotingiz va U sizning havfsizligingiz uchun kafolat beradi. Uning kamolotidan biz hammamiz marhamat ustiga marhamat oldik (Yuhanno 1:16).

Minnatdorchilik Ibodati Biz bilan ibodat qiling: "Rabbiy Iso, Sen bu dunyoning va meni ham Najodkorimsan. Sen meni Xudoning qaxridan va hukmidan qutqarib olding. Sen meni mag'rurligimdan va takabburligimdan qutqarding. Mening gunohlarimdan tozalagin va menga pok hayot va samoviy solihlikni ato etgin, shunda iblis mening ustimdan kuch ishlatmasin. Meni izdoshlaringdan biri kabi qabul qilgin va men Sening ta'limlaringni va amrlaringni tushunishim uchun tushuncha bergin. Men hayotimda Xudoning muqaddasligini ulug'lashim uchun Sening qudrating mening kuchsizligimda yashasin. Omin"


Siz Maryamning O'g'li Iso haqida ko'proq bilishni hoxlaysizmi?

Biz sizga tushunarli fikr yuritish bilan birga talabga ko'ra tekinga ularni jo'natishga tayyormiz.


Yaqinlaringiz bilan Iso haqidagi xushxabarni bo'lishing

Agar sizga bu sahifa tasir qilgan bulsa va bundan siz kuch va dalda olgan bo'lsangiz, do'stlaringiz va yaqinlaringiz bilan buni bo'lishing. Biz sizga buning nusxalaridan jo'natamiz. Sizga muammo keltirmasdan bo'lisha oldigan sonlarini biz bilib qolaylik.

Biz hatingizni kutib qolamiz, va tirik Xudo sizni duo qilishiga siz uchun ibodat qilamiz. Aniq to'liq manzilingizni yozishni unutmang.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)