Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 121 (The shipwreck on Malta)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
F - KESARIYADAN RIMGA SUZISH (Havoriylar 27:1 - 28:31)

2. Dengizdagi bo'ron va Malta orolidagi kema halokati (Havoriylar 27:14-44)


HAVORIYLAR 27:27-37
27 Adirya dengizda shamolga taslim bo'lib yurishimizning o'n to'rtinchi kechasida, qarib tunning yarmida dengizchilar qandaydir bir quruqlikka yaqinlashganlarini payqadilar. 28 Chuqurlikni o'lchab, yigirma quloch ekanini bildilar. Keyin masofada yana o'lchab, o'n besh quloch ekanini aniqladilar. 29 Toshloq joyga urulib qolishdan qo'rqib, kemaning orqa tarafidan to'rtta langar tashladilar. Tong otishini intizor bo'lib kutardilar. 30 Shu orada dengizchilar kemdan qochmoq niyyatida, go'yo kemaning tumshug'idan langar tashlamoqchi bo'lib, qayiqchani dengizga tushura boshladilar. 31 Pavlus esa yuz boshi va askarlarga qarab: - Agar ular kemada qolmasalar sizlar qutula olmaysizlar, - dedi. 32 Shunda askarlar qayiqchaning arqonlarini kesib, qayiqchani suvga tushurib yubordilar. 33 Tong otay deganda, Pavlus hammani ovqat yeyishga undab: - Bugun o'n to'rtinchi kundirki, hech narsa yemay oziq-ovqatsiz qolib turibsizlar, - dedi. 34 – Shuning uchun ovqat yeyishingizni yolvorib so'rayman; bu qutilishingiz uchun kerakdir. Sizlardan hech kimning boshidagi biror soch tolasi ham nobut bo'lmaydi. 35 Pavlus bu so'zlarni aytgandan keyin Nonni oldi, hammaning oldida Xudoga shukrona aytib, nonni sindirib yeya boshladi. 36 Shu tariqa hamma dadillanib, ovqat yedi. 37 Kemada jami bo'lib ikki yuz yetmish olti jon bor edik.

To'lqinlarning havf-hatarida o'n to'rt kun bo'lish uzoq vaqt. Kemada yarim oy abadiyga o'xshaydi. Yo'nalishini yo'qotib o'limning ko'zlariga qaragan kishi ko'p o'limlarga o'ladi. Ha Pavlus ibodat qilib ishondi va dam oldi, chunki u yo'nalishini yo'qotmadi. Uning ko'rsatgichi har doim Xudoga ko'rsatdi va u Masihning solihligi va qoni orqali yupandi va poklandi.

To'satdan tunda safarchilar yerga yaqin keldik deb taxmin qilishdi. Ular tezda chuqurlikni o'lchadilar va ular qirg'oqqa yaqinlashganlaridek suv sayozroq bo'layotganini topdilar. Ular kema qoyalarga urilganidan qo'rqib ketdilar. Shunda ular kemaning yurishini sekinlashtirish uchun kemaning orqasidan bog'ichlarini pasaytirdilar, va qochishlari uchun suvga kichkina qayiqni tushurdilar. Qanday hazinali reja! Tajribali Pavlus dengizchilarning yolg'onini sezib, suvga tushurishga ruhsat berib, kemani ushlab turgan arqonlarni kesish uchun buyrug' bergan hukumat xizmatchisiga aytdi. Farishta unga faqat ba'zilar emas balki “hamma” qutqarilishini aytdi. Dengizchilar yolg'on gapirishi orqali iblis Xudoning rejasini to'xtatishga harakat qildi. Yolg'on tezda havoriyning sergakligi tufayli to'xtadi.

Pavlus oldindagilar uchun jismoniy kuchga muhtojliklarini sezdi. Ular yeyishlari kerak edi, chunki ularning qochishlari bo'sag'ada edi. Ular ro'za tutishda davom etmasliklari kerak edi. Pavlus qo'rqinchli bo'ronda, qorong'u tunda ularning hammalari yaxshi yeyishlari uchun ruhlantirdi. Bu Pavlus kema taxtasidagi joyidaligini e'lon qiladi. Uning kuchi, erkinligi, imoni va jasorati ularning hammasini ajablantirdi. Ular Pavlusga u ularning ro'zalarining yakunini e'lon qilganida, unga qarashdi, va u bo'ronning o'rtasida Uning inoyati uchun Xudoga minnatdorchilik bildirib har bir kishi oldida ibodat qilib, nonni sindirdi.

Ular uzoq ochlikdan keyin birga yig'ilishdi va Xudo ularni saqlaganiga ishonib, buyuk ishtaxa bilan yeyishni boshlashdi. Pavlus hatto kema to'lqinlardan bo'linib ketsa ham ularning birorta soch tolalari ham tushmasligiga Rabbiysining nomidan ularni ishontirdi. Qiyinchilik kuchayishidan qat'iy nazar havoriyning imoni ham kuchliroq bo'lib o'sib bordi. Masihning unga bergan va'dasi u duch kelgan hamma buyuk qiyinchiliklardan ko'ra ko'proq ma'noni anglatgan.

HAVORIYLAR 27:38-44
38 Ovqatga to'yganimizdan keyin bug'doyni dengizga otib, kemani yengillashtirdilar. 39 Kunduz bo'lgach, ko'rgan quruqliklarini tanimadilar; qirg'og'i qumloq bo'lgan bir qo'ltiqni payqadilar. Iloji bo'lsa, kema bilan u joyga borib to'xtashga qaror qildilar. 40 Langarlarni uzib tashlab, dengizda qoldirdilar. Ayni zamonda rullarning iplarini yechib, oldingi yelkanni shamolga tomon qaratib, qirg'oq sari ketdilar. 41 Kema qirg'oqning sayoz yeriga duch kelib, qumga tiqilib qoldi. Kemaning tumshug'i botgancha qimirlamay qoldi, quyrug'i esa to'lqinlarning kuchi bilan parchalana boshladi. 42 O'shanda askarlar, mahbuslardan biron kishi suzib qochib ketmasin, deb ularni o'ldirishni niyat qildilar. Lekin yuzboshi Pavlusni qutqazmoqchi bo'lib, bu niyyatlarini bajarishdan ularni to'xtatdi. Suzishni bilganlar birinchi bo'lib o'zlarini kemadan tashlagancha quruqlikka chiqsinlar, 44 qolganlari esa xoh taxtalarga xoh kemaning biron siniq bo'lagiga tutinib, ularning ketidan borsinlar, deya amr berdi. Shu yo'sinda hamma sog'-salomat quruqlikka chiqib oldi.

Kunduz bo'lganda, Xudo ularga kuchli o'lik to'lqinlarini buzish bilan qirg'oqdagi qoyali joyga ularni yo'naltirmasdan, balki kichkinagina sokin qumli kavak tomon jo'natganini sevinch bilan tushunishdi. Ular dengizda kema halokatini ularga ruhsat etmasdan, Malta oroliga tabiatning zo'ravon portlashi orqali bo'ron surib tashlagan kemalarini olib kelgan Qudratlidan jasorat oldilar. Oxiri shamol ularni sayoz qirg'oqqa yo'naltirishni boshladi. To'satdan u yerda buyuk falokat bor edi.

Kema qum qirg'og'iga urdi va yerga kirdi; kemaning uchi qumga qattiq sanchilib qoldi, to'lqinlar va zo'ravon falokat orqali kemaning oldi buzulyotgan edi. Suv daryoga o'xshab kemaga shoshildi va tezda askarlar mahbuslarni o'ldirish uchun qilichlarini chiqardilar. Askarlar qochib qirg'oqqa suzishlariga ruhsat berganlarida, ular o'zlarini sherlarga otgan bo'lar edilar. Xuddi shundek, iblis hatto oxirgi daqiqalarda Pavlusning najodiga halal berishni va Xushxabarni Rimga yetib borishidan halal berishni xohladi.

Lekin Masih o'zining o'tgan qiyinchiliklarining va daxshatli qiyinchiliklari jarayonida Pavlusga qarab turgan mehribon Qaysarni ishlatdi. U ularning oldilaridagi yer orol ekanligiga va mahbuslarning hech biri bundan qocholmasligini aytgan Pavlusning karomatiga ishondi.

Shunda u askarlar mahbuslarni o'ldirmasliklarini taqiqladi va u hamma yo'lovchiga qayiqni tark etishga qattiq buyrug' berdi. Ba'zilari qirg'oqqa suzib bordilar, qolganlari kemaning boshqa qismlarini va taxtalarni ushlab qirg'oqqa yetib bordilar. Hech kim cho'kmadi. Ular qirg'oqqa chiqib olganlarni 276 ga hisobladilar. Ular toshlarda sovuqdan qaltirab, nam bo'lib turar edilar va Xudo najod bergani uchun Uni ulug'ladilar.

Masih Pavlus uchun hukumat xizmatchisiga, boshliqqa, kemachiga va hamma yo'lovchilarga va mahbuslar uchun Pavlusga bergan va'dasini bajardi. Pavlusning va Luqo va Aristah bo'gan hamrohlarining qochishi bilan matinlar va Luqo va Havoriylar Xushxabarining qo'lyozmalari saqlanib qoldi. Masih xohladi va havoriy va bu xushxabar Rimga yetib borish kerak bo'lgan xohishini bajardi. Hech kim Uning qutqarish istagini bajarishidan Unga halal berolmaydi.

IBODAT: Ey qudratli Rabbiy, Senga rahmat aytamiz, chunki Sen Pavlusni va dengizda butun kemani cho'kishidan saqlab qolding. Sen bizlarni oxirgi hukmda va hozirgi tartibsizlikda cho'kishdan bizlarni ham saqlashinga ishonamiz. Biz saqlanib qolishimiz uchun xalqlarning to'lqinli dengizining o'rtasida yuragimizda va tilimizda Xushxabaringni olib yurishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 121: Masih havoriyni va uning hamrohlarini saqlagandagi uchta hodisalar nimalar edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)