Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 114 (The First Hearing of the Trial)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

9. Kesariyada Sudning Birinchi Eshitishi (Havoriylar 24:1-23)


HAVORIYLAR 24:10-23
10 Hokim Pavlusga gapirish uchun ishora etgach, u so'z boshladi: “Siz ko'p yillardan beri xalqqa xaqqoniy qozi bo'lganingizni bilganim uchun men o'z ishimni bemalol qilaman. 11 O'zingiz bilib olishingiz mumkin: mening sig'inish uchun Quddusga kelganimga o'n ikki kundan oshgan yo'q. 12 Na ma'badda, na ibodatxonalarda va na Quddus shahrida biron kishi bilan bahs qilganim yoki xalq orasiga g'ulg'ula solganimni ular ko'rishmadi. 13 Hozir ham meni ayiblashlarida biron bir asos borligini isbot qilisholmaydi. 14 Huzuringizda shuni e'tirof etamanki, ular bid'at deb atalgan yo'lning izbosari o'laroq, ota-bobolarim sig'ingan Xudoi Taoloning haqiqiy bandasiman. Tavrot va Payg'ambarlar kitobida yozilganlarining hammasiga ishonaman. 15 Ayiblovchilarimning o'zlari ham tan olganidek, men solih bilan fosiqlarni tiriltiradigan Xudoga qattiq e'tiqod qilaman. 16 Shuning uchun ham Xudo bilan insonlar oldida doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman. 17 Oradan ko'p yillar o'tgandan keyin, xalqim sharafiga hayr-sadaqa va qurbonliklar bag'ishlash uchun Quddusga qaytib bordim. 18 Bu vaqtda meni ma'badda tahorat qilayotgan holatda topdilar; holbuki u yerda olomon ham, shovqun ham yo'q edi. 19 Faqat Asiyalik ba'zi bir yahudiylar bor edi. Aslida o'sha odamlar bu yerga kelib, biron shikoyatlari bo'lsa, huzuringizda meni ayiblashlari kerak edi. 20 Yoki bu yerdagilarning o'zlari aytissin, yahudiylarning Oliy Kengashi oldida turganimda menda qanday haqsizlik topishgan ekan? 21 Men ularning orasida turib, baland ovozda: “O'liklarning tirilishiga ishonganim uchun bugun oldingizda hukm qilinyapman”,-deb aytdim. Ehtimol, shu so'zim uchun ayibdor sanalsam kerak?” 22 Shunda Feliks:”Ming boshi Lisiy kelganidan keyin ishlaringni sinchiklab tekshiraman”, - deb muhokamani keyinga qoldirdi. Feliks o'zi Isoning yo'li borasida ancha xabardor bo'ldi. 23 Pavlusni yuz boshiga topshirib: “Qamab qo'yilsin, lekin yangillik berilsin, unga xizmat qilmoqchi bo'lgan do'stlariga hech qarshilik qilinmasin”.

Pavlus yovuz hukmining boshlanishida oliy kengash qilgan yuklatilgan gapdon kishidek, o'zining himoyasining boshida tilyog'lamaliklar bilan hokimni hursand qilishga harakat qilmadi, balki u Feliks ko'p yillardan beri Falastinda hokim bo'lganligini va u odamlarni, ularning fikrlarini, va asosan uning hotini Yahudiy bo'lganini bilganini haqiqat bilan takidladi. Bu bilim Pavlus o'zining nomi uchun emas balki Isoning nomi uchun sudda turganini bilib, ishonch bilan va tinchlik bilan o'zini himoya etishga yordam berdi. Shunda, u quvonch bilan o'zining himoyalangan hayotidagi gapni aytdi.

Pavlusni umumiy Rim tinchligining buzuvchisi va g'alayonchilik bilan uni ayiblagan birinchi shikoyatni Pavlus Quddusga bo'lgan oxirgi tashrifida faqat o'n ikki kun qolganligini va bu vaqtda u na ma'badda va na ibodatxonada na shaharda va na boshqa mamlakat yoki joylarda hech kim bilan tortishmaganini isbotlab, buni yolg'on deb isbotlab berdi. U o'zini faqat rahbarlikni qidirish orqali sajda uchun tayyorladi. Pavlus Efesdagi qo'zg'alyotgan g'alayonlarning talabiga javoban, Asiyaning viloyatidan bo'lgan Yahudiylar guvohlardek olib kelinishlarini talab qildi. Biroq ular xohlab kelishmadi, chunki u yerda sodir bo'lgan bu muammo Pavlus orqali sabab bo'lmagan, balki bu Yahudiylarning buzg'unchilik qilishi va yordami bilan kumushchi Dimetriy orqali sabab bo'lgan. Shunday qilib, Pavlus Anatoliya va Makedoniya shaharlarida birorta muammo qilmadi. Biroq uning yovlari zo'ravonlikka tushishgan, chunki ular o'zlarining ibodatxona muzokaralari orqali Pavlusni yenga olishmadi.

Pavlus buyuk Rim tinchligini buzush haqidagi bu ayiblarni rad etganda, u oqim emas balki Qonun va Payg'ambarlarda yozilganidek Xudoning haqiqiy yo'li bo'lgan Masihning yo'liga tegishliligini ochiq tan oldi. Rimliklar ertaroq vaqtdan o'zlarining udum ibodatlarini ko'rsatish uchun muhim dinlarga ruhsat berganlar, lekin yangi imonlar tekshiruv, quvg'in va taqib ostida edi.

Mana shunda, Pavlusning Yangi Ahdni isbotlashining juda ko'p qayg'urgani Eski Ahddan uzilgan dinni ajiratish emas edi, balki haqiqiy toj va uni bajarilishi edi. Bu Pavlus o'limdan tirilishning haqiqatiga eng buyuk muhimligini bog'laganini miyyada saqlab, bizning hozirgi tajribalarimizdagi bu asosni tushunib yetishimiz uchun yaxshidir. Pavlus orqada qolgan narsalar uchun va urf-odatlar uchun yashamadi, balki oldinga yetib borgan barcha yuqori bo'lgan, oldindagi narsalar va barcha insoniylik maqsad tomon yashadi.

Bu keng, hayotiy va ajoyib imon uning ongini o'yg'otdi. Ayniqsa Masihning qonidan keyin uning yuragi oqlanib, Muqaddas Ruh unga yangi yurak berdi, va bu Xudoning kishisi Xudo bilan birligida Ruh bilan to'lgan vijdonini ginasiz qolishi uchun o'rgatdi. Shunday qilib sizning vijdoningizchi? Sizning barcha gunohlaringiz kechiriladimi? Siz tasdiq va muqaddaslikka ega bo'lib, poklik va kechirimni so'rab, Masihning taxti oldida yovuz ishlaringiz, nopok so'zlaringiz va barcha yovuz fikrlaringizni tan oldingizmi? Sizning vijdoningiz Xudoning aslini qanday qilib sezishga sizni o'rgatadi.

Bu sizni sizga qarshi hujumni olib kelib, ularni abadiy yozib, sizning yomon ishlaringizga qarshi guvoh bo'lishdan va gunohlarga berilishdan ogohlantiradi. Vijdoningizning ovozini eshiting va yuzakilik bilan, halal berish bilan va bo'sh ezmalik bilan buni bosdi-bosdi qilmang. Masih sizning miyyangizni poklashni maqsad qiladi va U haqiqati, pokligi va inoyati bilan sizni to'ldiradi. Xudoga yaqinroq keling va Xudo rajalashtirgan dono ishga va yaxshilikka sizni boshlab, ongingiz ko'proq sezgir bo'ladi. Muqaddas Ruh yuragingizni tinchlantiradi va solihligimiz va tinchligimiz favvorasi bo'lgan xochga sizni boshlaydi.

Pavlus o'ziga qarab, o'zining tuyg'ulari bilan yashamadi, balki Muqaddas Ruh aytganini qildi va muhtoj birodarlarga qaradi. U Quddusdagi qambag'allarning yengiliklari uchun umumiy hissalarni to'pladi. Pavlus Quddusga o'g'irlash uchun yoki talash uchun kelmadi, balki pul berish uchun keldi. U tortishuvni yaratuvchisi emas tinchlik kishisi edi.

Hokim Feliks Pavlusni kimligini payqadi. U ham Masihiy oqimini haqida bilar edi, chunki Kesariyada yashagan Rim hukumat xizmatchisi Kornili bir necha kunlarda Misihda imonli bo'lgan. Bu Rim aql bo'limi yahudiylarning hammasi mustamlakachilikning zulmidan ularni qutqarish uchun osmondan Masihni kutganlaridan xabardor ekanligini aytmasdan boradi. Biroq Pavlus yahudiylarning jangavor qanoti bo'lgan siyosatdan quvonmadi. Pavlus qilichlari bo'lgan shogirdlari orqali himoyalanishdan ko'ra xochda o'lishni afzal ko'rgan Isosi uchun yashab, kamtar kishi bo'lib xizmat qilayotgan edi. Shunday kishi va shunday o'lik va xochga mixlangan Masih Rimliklardan qo'rqmadi.

O'sha vaqtda, Feliks Yahudiylarning kengashi bilan yoki bosh ruhoniylar bilan muammo bo'lishini xohlamadi. Shunda u qulay tushunchaga yetishdi; u Pavlusni o'limga hukm qilmadi balki unga Kesariyadagi birodarlar bilan birga bo'lishga, tashrif buyurishga va dam olishga ruhsat berdi. O'sha vaqtda u ma'badning ifloslanishiga buni hurmat bilan saqlab bosh ruhoniylar bilan ba'zi haqiqiy hamkorlikni saqlab qoldi, va u uning zo'ravon harakati uchun bu sabab haqida Quddusdagi qo'mondondan so'rab-surushtirishni xohladi.

Shunda, bu hokim ikki boshliqqa xizmat qilishga harakat qildi va u shunday qilib ikki yildan ko'proq zindonband etilishga kelgan Pavlusga nohaqlik qildi. Bu mahbuslikning uzoq vaqti ibodatlar va fikirlashlar bilan to'lgan edi. Balki bu vaqt mobaynida Pavlus inoyat sharsharasidek o'zining zakovatining to'laligidan oqib chiqqan Masihning boyliklarida Efes va Kolosiyaliklarga o'zining maktublarini yozgan. Pavlus zindonda noumid bo'lmadi, balki uning ruhi tirik, ehtiyotkor va faol edi.

IBODAT: Ey Rabbiy, Sen nohaqlikka chidading. Agar odamlar bizga zarar yetkazsalar va bizni unutsalar, biz g'azablanmasligimiz uchun bizga o'rgat. Biz Seni ulug'lashimiz uchun va Seni sevishimiz uchun va o'rganib, boshqalar uchun so'rashimiz uchun Muqaddas Ruhing bilan bizni to'ldir. Omin.

SAVOL 114: Pavlus qanday qilib va nimaga Masihiylik Eski Ahddan ajralmasligini isbotladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:23 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)