Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 072 (Apostolic Council at Jerusalem)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)

B - QUDDUSDAGI BUYUK KENGASH (HAVORIYLAR 15:1-35)


HAVORIYLAR 15:1-5
1 Yahudiya o'lkasidan kelgan ba'zi odamlar Antioxiyada turgan imonli birodarlarga: “ Agar Musoning odati bo'yicha sunnat qilinmasangizlar, najot topolmaysizlar”, - deya ta'lim berardilar. 2 Pavlus va Barnabo ular bilan ancha tortishuv va bahsga kirishdilar. Oxirida Pavlus bilan Barnaboni, shuningdek, oralaridan boshqa ba'zi kishilarni tayin etib, bu masalani havoriylar va oqsoqollar qoshida yechish maqsadida ularni Quddusga yuborishga qaror qilishdi. 3 Ular jamoat tomonidan jo'natilganidan so'ng, Finikiya va Samariya o'lkalaridan o'tayotib, o'sha yerdagi birodarlariga majusiylarning Xudoga iltijo qilishganini aytib berib, hammaga katta sevinch bag'ishladilar. 4 Quddusga yetganlarida, imonlilar jamoati, havoriylar va oqsoqollar tomonidan yaxshi qabul qilindilar. O'zlari bilan Xudoning qilgan butun ishlarini, majusiylarga imon eshigini qanday ochganini ularga bildirdilar. 5 Lekin farziylar mazhabidan Isoga ishongan ba'zi birlari qarshi turib; “Ularni sunnat qilish va Musoning Qonuniga rioya ettirish kerak”, - dedilar.

Ba'zan iblis mahsus muqaddas Masihning kechirimiga qo'shimcha qilib, insonlar erisha oladigandek, qonunni saqlash uchun ularni o'rgatib, xudojo'ydek namoyon bo'ladi. Bu Masihning qoni va inoyat orqali oqlanishdek va Xudo bilan bizning hayotimizning negizidekdir, bular yetarli emas. Ba'zi qattiqqo'l Farziy da'vatchilari Quddusdan Antioxiyaga kelib, Antioxiya jamoatining tinchligiga va birligiga halal berdilar. Ular najotning kamolatiga imonlilarni boshlashlari uchun uchrashuvlarda to'g'ri o'rgatishlarini so'radilar. Ular Musoning Qonuniga ko'ra hatna bo'lishi kerak bo'lgan imonlilar qutqarilishi uchun Masihning qoni yetarli emas deb da'vo qilishdi. Xudo ahdining ramzi qilib buni buyurgan. Ular barcha qonunlar Xudoning vahiysi orqali berilgan qonunni aniq saqlanmasa hukm qilinadi deb da'vo qilishdi.

Pavlus va Barnabo muqaddas hafagarchilikka to'lgan edilar. Tekshirish uchun oxiri Quddusga bo'ldi. Ikki havoriylar ham barcha haqgo'ylik bilan Asiya Minorining shaharlaridagi ularning tajribalariga ko'ra imonlilardagi Muqaddas Ruhning yashashi qonunni bilish yoki buni saqlash yangi imonlilarga bog'liq emas edi. Najot inoyat orqali beriladi, qonunni saqlashimiz tufayli emas. Biroq, Quddusning Farziy da'vatchilari Eski Ahdning vahiysiga mutloqo e'toqodni talab qilishdi. Biroq, Pavlus Xudo Masihda yangi qonunni e'lon qilganini aniqlab berdi. Iso biz uchun eski qonunni muqaddas talablari bilan amalga oshirdi va inoyat asriga bizlar kirishimiz uchun ruhsat beri.

Bu kelishmovchilik tufayli jamoatda zo'ravon ruhning kurashi chiqdi. Yangi imonlilarga halal berishdi, chunki ikki guruhlar ham qonunga binoan haqiqatni da'vo qilishdi. Jamoat tarixida har hil vaqtlarda sodir bo'lganidek, jamoat a'zolari imonda yetuklar, oqsoqollar va havoriylar orqali maqsad Xudoning irodasini sezish ekanini kengash to'plansin deb so'rashdi.

Pavlus bilan Barnabo Antioxiya Jamoatining nomidan dengiz bo'ylab Lebon kelib qirg'oq bo'yidagi shaharlarda yashovchi birodarlarning uyiga tashrif buyurishdi. Bu daf'ada biz Lebonda birinchi marta Masihiy jamoatlar barpo bo'lganini va ko'plab odamlar abadiy hayotga kirishganini o'qiymiz. Bu birodarlar Xudo sunnatning urf-odatlarisiz va qonunning ishlarisiz O'zi bilan ahd tuzishga begona butparastlarni qanday chaqirganini eshitishganda juda sevinib ketishdi. Bu imonlilar buyuk hursandchilikni sezishdi, chunki Finikiyaliklar sayohat qilib juda ko'p kashfiyot qilgan kishilar edi. Ular Yahudiy dini o'zining qonun hukmlari bilan dunyoni o'zgartirolmasligini bilishar edi. Ular shu zahoti inoyatning tushunchasini tushunib, yangi avlodga porlagan Muqaddas Ruhdagi ozodlik uchun Isoni ulug'ladilar.

Samarya tumanida sayohatchilar ham Xudoning ishining ajoyibotlariga dalolat keltirdilar. Yaqindagi ruhiy tajribalar haqidagi yangilik, imonlilarni ruhlantirdi va butun dunyoga Masihning najotini tarqatish uchun qat'iyatlilik bilan o'zlarini taqdim etish uchun ularni boshladi.

Ikki havoriylar Quddusga yetib kelishganda havoriylarning qolganlar va oqsaqollar bilan imonlilar ularni kutib olishga shoshildilar. Ularning hammalari bu uchrashuvning muhimligini his qilishdi, chunki bu musofirlar Falastin tashqarisidan kelgan birinchi vakil edilar. Ular imon masalalari haqidagi aniqlikni va qarorni so'rashdi. Bir vaqt qonun mutaxasisi bo'lgan Shoul o'zini kamtar tutdi. U Antioxiyadagi jamoat nomidan inoyat haqidagi o'zining ta'limoti haqidagi isbotni so'radi. Bu vaqt butun Quddus jamoati Xudo xalqlarning najoti uchun havoriy qilib tanlagan burungi dushmanga qarashdi.

Bu o'tirish e'tiqod asoslarining taxlil qilish bilan boshlanmadi. Balki, tinglovchilar Masih ularning xizmatlari orqali Asiya Minori va Suriyadagi ko'plab jamoatlarni qanday barpo qilganini va barnabo va Pavlusning tajribalarining axboritlarini eshitishdi. Rabbiyning zafari barcha tinglovchilarning fikrlariga kirib bordi, va ularning hech birlari G'ayriyahudiylardagi Muqaddas Ruhdan chiqayotgan mo'jizalarni rad eta olishmadi. Extiyotkor va hurmatga sazavor bo'lgan Barnaboning guvohligi Quddusdagi tinglovchilarni qoyil qoldirdi, chunki u allaqachon tanilgan edi va ular uni jo'natishgan edi.

Antioxuya vakillari o'zlarining takliflarini tugatishganda, oldin qattiqqo'l Farziy bo'lgan ba'zi imonlilar turdilar. Masihga bo'lgan imonlaridan qat'iy nazar, ular o'zlik ishonchdan halok bo'lmadilar. Ular G'ayriyahudiy imonlilari faqat sunnat qilinishni emas balki butun qonunga bo'ysunishlarini ham talab qilishdi. Masihning zafarida hursand bo'lgan bu aqidafarast farziylar bunday talab bilan ular Ga'yriyahudiylarga voizlik qilishga qarshi emasliklarini ko'rsatdilar. Ular faqat qiziqish bilan yangi da'vatchilar yahudiy bo'lganiliklarini talab qildilar, toki yangi ahd Musoning Ahdi bilan ko'tarilsin. Bu talab bilan ular Xudoning payg'ambari bo'lgan Musoning ishlarining darajasida Xudoning O'g'li Isoning ishlarini qo'yishdi. Ular shunday qilishlari bilan Xudoning to'la sevgisida qonundan uning ozodligi bilan bajarilganligini ko'rsatilgan Yangi Ahd haqida to'la tushunmaganliklarini ko'rsatishdi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso, biz o'zimizga ishonmasligimiz uchun yoki kuchsiz bo'lgan kuchimizga ishonmasdan faqat Sening zafaringa suyanishimiz uchun, Sening sevgingning buyukligini tanib, Seni ko'rishimiz uchun ko'zlarimizni ochib yuborgin. Biz Muqaddas Ruhning ma'rifati orqali Muqaddas Kitobni o'qib tushunishimiz uchun va muqaddas Xushxabaringda oshkor bo'ladigan Yangi Ahdinga sodiq bo'lishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 72: Antioxiyadagi jamoat nima uchun o'zi o'zining muammosini yechishga qaror qilmasdan, bu uchun oxirgi yechimni topish uchun Quddusdagi havoriylardan so'radi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)