Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 071 (Return to Antioch in Syria and Presenting an Account of the Ministry)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

7. Suriyaning Antioxiya Shahriga Qaytish va u yerda Birodarlarga Xizmatning Hisobini Berish (Havoriylar 14:24-28)


HAVORIYLAR 14:24-28
24 Pisidiya yurtidan o'tib Pamfilya viloyatiga keldilar. 25 Pergiya shahrida Xudoning so'zini va'z qilgandan keyin, Attaliyaga tushib bordilar. 26 U joydan suzib, endi tamomlagan ishlari uchun Xudoning inoyatiga topshirilgan joy – Antioxiyaga qaytib keldilar. 27 U yerga yetgach, imonlilar jamoatini yig'ib, Xudoning ular bilan nimalar qilganini, majusiylarga imon eshigini qanday ochganini so'zladilar. 28 Bu yerdagi Iso shogirdlari bilan birga ancha vaqt turdilar.

Pavlus bilan Barnabo uzoq safardan keyin Antioxiyaga qaytib kelishdi. Ular yo'l-yo'lakay daryo bo'yiga tushishdi va janubiy Anatoliyadagi Pergiya shaharida voizhonlik qilishdi. Biz u yerda birorta jamoat barpo bo'lgani haqida o'qimaymiz, chunki Muqaddas Ruh havoriylarni qirg'oqqa jo'natmadi balki tog'larga va ichki yalangliklarga jo'natgan. Shunda ular shaharni tark etib, ularni daraksiz bo'lgan ish uchun Muqaddas Ruh tanlagan sevimli jamoatga va Suriyadagi Antioxiyaga shimol tomon suzishdi. Biroq, ular birinchi xizmat safarlaridan qaytib kelishganda, Muqaddas Ruhning ishi nima ekanligi ularga aniq bo'ldi. Ular bu abad va har doim maqsad qilingan ish ekanini bildilar, bu: G'ayriyahudiylardan shakillangan jamoatlarining poydevori va Yahudiylar o'zgarishi. Suriyaning Antioxiyasida boshlangan bu mo'jizasi davom etdi, chunki Muqaddas Ruh ular o'tgan har bir mamlakatda o'xshash meva keltirdi.

G'ayriyahudiylarga eshik keng ochilgani aniq bo'ldi. G'ayriyahudiylardan chaqirilganlar bu ochiq eshik orqali o'tdilar va Masihning jamosiga kirdilar. Faqat Yahudiy xalqi Xudo bilan birga ahd qilish uchun tanlanmagan. Masihga ishongan hamma muqaddas Xudoga bo'lgan eshik ularga ochiq ekanligiga duch keladi. Masihning qoni ularni poklaydi va Muqaddas Ruh ularni yangilaydi. Ishonganlar najot topadi.

Pavlus va Barnabo juda hursand bo'lib jamoatni birga bo'lishga chaqirdi, jamoat a'zolari Xudo ularni boshqarib saqlashini Undan so'rab, uzoq safarlarida ular uchun kunu tun ibodat qilishdi. Havoriylar Masih qanday ishlagani va ularning oddiy xizmatlari orqali bajarganini shukronalik bilan gapirib berishdi. Natijada hammalari sevinib, Ota Xudoni O'g'ilni va Muqaddas Ruhni ulug'ladilar. Bu xizmat safari tufayli minnatdorchilikning va Iso Masihni ulug'lashning buyuk to'lqini deb nomlandi, chunki voizlik qilish Galgofa uchun Xudoga munnatdorchilikdir.

Pavlus va Barnabo yetuk birodarning ruhiy birlikning o'rtasida bo'lishdi. Ular Masih bu markazdagi jamoatga bergan Muqaddas Ruhining yangi boy in'omlariga ega bo'lishdi. Ular birgalikda Muqaddas Ruhning kuchida dunyoga xizmat qilish uchun ularni qobilyatli qilish uchun Masihga ishonganlarga beriladigan ilohiy inoyatni oshirdilar.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen O'z shohliginga kirish uchun hamma insonlarni taklif qilding. Sen bizga ham gapirding, najotingni bizga tasdiqlading, gunohdagi o'limdan bizni tiriltirding, muqaddas qoning orqali bizni poklading va do'stlarimizga voizlik qilishimiz uchun bizni yubording. Biz har kuni Muqaddas Ruhning rahbarligiga bo'ysunib, Uning hursandchiligida kamtarlik va sabr bilan yurishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 71: Ikki havoriylarning birinchi xizmat safarlari mobaynida ularning voizliklari tufayli boshlaridan o'tkazgan yangi tushuncha nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)