Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 038 (The Days of Moses)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

b) Musoning Kunlari (Havoriy 7:20-43)


HAVORIY 7:35-36
35 Odamlar; Seni kim boshliq va qozi qilib qo'ydi? - deb rad etganlari ana shu Muso edi. Butada Musoga zohir bo'lgan farishta orqali Xudo Musoni boshliq va xaloskor qilib yubordi. 36 Isroil xalqini Misr diyoridan chiqargan, u yerda, Qizil dengizda hamda qirq yil sahroda ajoyib mo'jizalar yaratib yurgan o'sha Muso edi.

Muso xalqning najod xabari bilan odamlarning oldiga kelganida ular Musoni rad etishdi. Xudo ruhiy rahbarlikni olib kelish uchun uni tanlagan edi, mana Isoni ham odamlari rad etganiga o'xshab, Muso ham Isodek bo'ldi. Holbuki, U gunohga son sanoqsiz qul bo'lgan qullarni qutqarish uchun, Xudo Isoga sodiq qolib, Uni o'limdan tiriltirdi. Stefanga qarshi bo'lgan shikoyatchilarning biri Musoni rad etgan kishi edi. Biroq Stefan Musoning ismini ko'kka ko'tarib, unga eng oliy so'zlar bilan murojat qilgan. Stefan uni o'zining o'jar xalqini Xudoga birlashtirish uchun azoblanib, xalqining boshi bo'lgan hukmdor va qutqaruvchi deb nomladi. Shuningdek, Masih ham jamoatining Boshi, va haqiqiy Qutqaruvchidir. Iso Otasiga O'zining yangi ahdida ularni isbotlab berish uchun, barcha ruhiy erkak va ayollarni muqaddaslikning chiroyida boshqaradi!

Stefan Xudoning ko'rinishini ifodalab bergan Xudoning taxtining farishtasi cho'lda qirq yil mobaynida Muso bilan birga bo'lganligini aytdi. Qari kishi bo'lgan Muso kuchsiz bo'lgan, va unda gapirish qobilyati yo'q edi. Muso cho'lda bir qancha odamlarini to'ydirishning juda katta javobgarligini ko'rib noumidlikka tushdi. Biroq, Xudoning farishtasi uning qo'lidan ushlab, qarshiliklardan uni chetga olib, qadamma qadam yetakladi. Farishta Musoni zulmat kuchining o'rtasida maqsadga erishtirdi va uni Xudoning kuchi orqali buyuk mo'jizalar bilan yasantirdi. Musoning o'zi hukmdor yoki qutqaruvchi emas edi. Balki, Xudo bu bechora kishida O'zining jabborligini oshkor qildi va qirq yil O'zining hizmatkoriga yordam berdi.

We, too, have a triumphant Lord and Deliverer who acts for us, without the help of angels. He was God manifested in the flesh, and today He leads His people, chosen out of all nations and people, in His triumphal procession. In the midst of the dark deserts of our universe we follow Him with acclamation, gratitude, and praise.

Bizda ham farishtalarning yordamisiz biz uchun harakat qiladigan zafarli tangri va Qutqaruvchi bor. U tanada ko'ringan Xudo edi, va bugunlik kunda U O'zining zafarli yurishida barcha xalqdan va odamlardan tanlab olingan odamlarini boshqaradi. Bizning olamimizning qorong'u cho'lining o'rtasida, biz olqish, minnatdorchilik va ulug'lash bilan Unga ergashamiz.

IBODAT: Ey Iso Masih Rabbim, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen jamoatning boshi va bizning sodiq Qutqaruvchimizsan. Sen bizlarni O'z qanotlaring ostiga olasan. Sening oziq-ovqatingdan bizlar yashaymiz va sodiqligingdan biz davom etamiz. Bizlarni hech qachon tark etmaydigan Senda faqat biz kelajagimizni quramiz.

HAVORIYLAR 7:37-43
37 Bu orada Isroil o'g'illariga: Rabbingiz – Xudovand sizlarga birodarlaringiz orasidan men kabi bir Payg'ambar zohir qilgay, Unga quloq solinglar, - degan o'sha Muso edi. 38 Sahroda Xudoning ummati oldida bo'lgan, Sinay tog'ida farishtaning huzurida hamda ota-bobolarimiz huzurida turgan o'sha Muso edi. Farishta bizga yetkazish uchun Musoga hayotbaxsh kalomlar bergan edi. 39 Ammo ota-bobolarimiz unga bo'ysunishni istamay, rad qilishdi, ko'ngillarini Misr tomon moyillantirishdi. 40 Horunga: Bizlarga bosh bo'ladigan xudolar yasa, chunki bizni Misr yeridan chiqargan Musoga nima bo'lganini bilmaymiz, - deyishdi. 41 O'sha kunlarda bir buzoqni yasadilar. Butga qurbonlik so'yib, o'z qo'llari yaratganidan quvonib ketdilar. 42 Xudo esa ulardan yuz o'girib, osmon jismlariga topinishga ularni topshirib qo'ydi. Payg'ambarlarning kitobida yozilganidek: Ey Isroil xonadoni! Qirq yil sahroda kezganlaringizda, Qurbonlik so'yib, Menga tasadduq berdingizmikin? 43 Sizlar-ku ilohingiz Malukning chodirini, Xudoyingiz Kayvonning yulduzini ko'tarib yurdingizlar. O'zlaringizga but timsollarini yasab, Ularga sig'inib sajda qildingizlar. Shu sababli Men sizlarni Bobildan nariga surgun qilaman.

Stefan Muso va qonunga qarshi kufrlikning ayibdorligi ostida edi. Shuning uchun Eski Ahdda hech qaysi insonda bo'lmagan, Xudo oldida Musoda bo'lgan yagona holatni u o'zining himoya nutqida bu ko'rsatish olmoshidan foydalanib besh marta ta'kidlab o'tdi (oyatlar 35, 36, 37, 38, 40). Muso Eski Ahdning vositasichi edi. U Tangrining farishtasi bilan uchrashgan joyda tutun va vulkan chiqayotgan joyda o'lim havfi ostida edi.

Stefan ahd odamlarining vakillari farishta qo'li bilan qutqarilgan Xudoning yuragidan oqib chiqayotgan tirik payg'ambarlar dek Muso Xudodan qabul qilgan qonunni zikir qilib o'tdi. Stefan qonunni zararkunanda, va o'lik maktub deb atamadi, balki uni hayotga boshlovchi va Xudoning muqaddasligidan oqib chiqayotgan chashma deb nomladi. Qonunga rioya qiladigan kishi abadiy yashaydi.

Stefan Havotirlandi, chunki oliy kengashning oldida qonunni ulug'lab va Musoni ko'kka ko'tarishdan ko'ra, u Masihiy jamoat Eski Ahd vositachini rad etmaganligini ularga aniqlab berishni xohlagandi. Ular hech qachon Stefanga qarshi kufrlik qilishmadi. Isroil odamlarining o'zlari uni bir necha marotaba rad etishdi va uni rad etishda davom etishdi. Ular itoatsiz xalq edilar. Stefan Misrdagi qullar Musoni tushinmaganliklari va uni yo'q qilishga harakat qilganliklari haqida gaplarining boshida aniqlab bergan. Muso qochib ketishiga to'g'ri kelgan edi, chunki odamlari uning yordamini rad etishdi. Xudo ular rad etgan kishini ularning yo'l boshisi qilib tayinladi va ularning qarama-qarshi bo'lgan o'jarliklarida uni muvaffaqiyatli qildi.

Tanlanib olingan Muso ahd qonunni qabul qilish uchun Xudoning oldiga kelganda, uning izdoshlari undan yuz o'girib, Xudodan yuraklarini burib olishdi. Ular fikrlarini muhtasham hayotga qaratishdi va ular vositachilari Xudo bilan uchrashib kech qolib ketgani uchun kutib turmasdan oltin buzoqqa sig'inishni afzal ko'rdilar.

Stefan o'zining himoya nutqi davomida yetkazgan va'zi ruhiy ma'noga to'la edi. Muso uzoq vaqt Xudo bilan ko'zdan g'oyib bo'lib, Eski Ahd odamlariga tasdiqlash uchun qaytib kelganidek, Masih ham bugun samoviy Otasi bilan ko'zdan g'oyib bo'ladi. Masih kutilgan vaqtda qaytib keladi va O'zining tinchligini yer yuzida tarqatadi. Bugunlik kunda odamlar Masihga ishonmaganliklariga o'xshab, o'sha vaqtda ham Yahudiylar o'zlarining yo'l boshchilariga ishonishmadi. Buning o'rniga hursandchilikdan oltin buzoq atrofida raqsga tushishdi. Ular o'zlarining mol-mulklari va raketalari bilan mag'rurlanib, Xudoni ko'rmasdan yoki qora bulut paydo bo'lishiga o'xshab ularning ustlariga Uning hukmi kelayotganini bilmasdan o'lik qurollari va texnikalari to'g'risida gaplashishadi.

Stefan uning hukmi tutqunlikka Isroil xalqini tashlagan Xudoning hukmi ekanligini ko'rsatdi, chunki ular Xudodan yuz o'girishgandi. Bu hukm o'sha ondayoq sodir bo'lmadi, biroq asta sekin bo'ldi. Odamlar butparaslikka qulashgandan keyin, tamagir bo'lib ketishgandan keyin, Munajjimlikka ishonishgandan keyin, va yovuz ruhlar yashaydigan joyda sajda qilishgandan keyin Xudo odamlar bilan ahdni buzdi. Ular atroflaridagi xudolarga sajda qilishdi va har bir yangi fikrlarga va ko'zlarini quvontirgan narsalarga ochiq bo'lishdi. Ular ko'rinmas Xudoning bilimini eslamasdan buni o'zlariga ep ko'rishdi, va vijdonlariga gapiryotgan Xudoning Muqaddas Ruhining ovoziga bo'ysunmaslikni tanladilar. Bu barcha hukmning zarur sababidir. Siz Xudoni va Uning ovozingizni eshitasizmi? Siz Uning irodasini to'la hursand yurak bilan bajarasizmi?

Stefan Muso ularga ochib bergan buyuk kutishga ( 37 oyatda) tinglovchilariga zikr etdi. Xudo ilohiy kuchlar va inoyatlar tomon izdoshlarining yuraklarini to'g'irlaydigan vositachi bo'lgan Musodek bo'lishi uchun ularning orasidan bir payg'ambarni ko'taradi. Oliy kengashdagi har bir tinglovchi bu eski va'da Masihning kelishiga bo'lgan Musoning tavsiyanomasi ekanligini bilishdi. Bu kelayotgan Payg'ambar yangi ahdni o'rnatib, zo'r yo'l bilan O'zining izdoshlariga tasdiqlab, ularni Xudo bilan birlikka olib keladi. Isoga tavsiyanoma bo'lish uchun bu oyatni tushungan Stefanni o'z ichiga olib, bu payg'om Masihiylarga tanish edi.

Stefan bu tarzda Muso va qonun tomon o'zining holatini himoya qildi. U o'sha vaqtda bebosh odamlarini hukm qilib, yangi ahdni o'rnatilishi uchun va qonun uchun bajarilishning yagona umidini bergan Masihga ularni boshladi. Stefanning bu kuchli himoyasi o'sha vaqtda kamtar so'zlovchiga Muqaddas Ruhning aniq voizlik qilish sovg'asi ekanligini aniqlab berdi.

IBODAT: Ey Muqaddas bo'lgan Xudo, bizning tosh yuraklarimizni kechir. Biz O'g'lingni rad etmasdan Uni tushunib, Uni kutib va Uning so'ziga bo'ysunishimiz uchun bizga yordam ber. Sening Ruhing bizda kamtarlikni, sevgini va imonni yaratib, bizga Yangi Ahdda aniqlab bersin.

SAVOL 38: Stefanning Musoga va qonunga bo'lgan hurmatida oliy kengashga bo'lgan murojatining asosiy uchta fikrlari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)