Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 025 (Church Members having all Things in Common)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

13. Jamoa A'zolari hamma narsada birgalikdagi hayoti (Havoriylar 4:32-37)


HAVORIYLAR 4:32-37
32 Inonganlarning jamoati bir jon, bir tan edi. Hech biri mulkidan biron narsani meniki demas edi, hamma narsani umumiy deb bilishar edi. 33 Havoriylar esa Rabbimiz Iso Masih qayta tirildi, deb juda ta'sirchan tarzda guvohlik berishar edi. 34 Oralarida muhtoj kishi yo'q edi. Chunki yerlari yoki uy-joylari bor bo'lganlarning hammasi mulklarini sotar, evaziga olgan pullarini keltirib, 35 havoriylarning ixtiyoriga topshirardilar. Shu yo'sinda pul har biriga ehtiyojiga ko'ra taqsimlanar edi. 36 Shular kabi Yusuf ismli, levitlar avlodiga mansub kiprlik bir kishi bor edi. Havoriylar unga Barnabo, yani dalda beruvchi degan nom berishgan edi. 37 U o'z yerini sotib, pulini havoriylarning ixtiyoriga topshirdi.

Xushxabarchi Luqo Elliginchi kunda Butrusning va'ziga ergashib, ilgarigi jamoat hamma narsada birgalikda bo'lishganliklari to'g'risida yakuniy fikr berdi. Shol odamning shifo topishidan keyin va hukmdorlari oldida havoriylarning guvohliklaridan keyin u jamoatning abadiy hayotning mashxur fikrini beradi. Faqat havoriylar Masihning sevgisi bilan to'lmaganlar, aksincha hamma inonuvchilar haqiqi birlikda va ko'rinishda bir birlariga qo'shilishdi. Biz bu birlikda fikr yuritsak, ko'p narsalar aniq bo'ladi.

Ilgarigi jamoatning siri faqat kayfiy o'tishi emas balki jamoatning sevgisi haqiqat ekanlikdagi dalilda yotadi. Bu Muqaddas Ruhning hosili edi. Masihga bo'lgan ularning ishonchlari umumiy xohishda ularni birlashtirdi, va ularning ibodatlari bir jamoatga o'xshab jamoatning markazi bo'lgan Tangrilariga ularni yaqinroq va yaqinroq olib keldi. Ibodat orqali ularning yuraklari va fikrlari bir bo'ldi. Har birlari o'zgalarning muhtojligini sezishdi va ular birgalikda qiyinchiliklarni ham hursandchiliklarni ham birga boshdan kechirishdi. Bu bir a'zoning yuragi boshqasining ko'ksida urayotgandek va bir a'zoning qalbi boshqasining tanasida yashagandek edi. Har birlarida o'zlarining shaxsiyati bor edi, lekin har birlari ham o'zlaridan kechishgan. Bu tarzda jamoatning har bir a'zosi yerli jamoatning qalbi bo'lgan bitta yangi, umumiy va keng qalbga ega bo'lishdi.

Masihdagi birodarchilik buyuk sirdir. U mol-mulk va harajatlar bilan tugamaydi, biroq buni ko'p holatlarda amalda tushuniladi. Hech kim boshqaning yordami uchun kutib turmasdan har birlari tezda birodarining extiyojiga yordam berardilar. Berish quvonchli edi, va pulni sevishni ular sharmandalik deb hisoblashar edi. Hech kim o'zi ishlamas edi, lekin boshqalarga o'zining sovg'alari, pullari va mol-mulklari bilan yordam berishar edi. Tangri Unga ishonganlarni ziqnalikdan, hasadgo'ylikdan, pulga bo'lgan muhabbatdan va shaxsiy mol-mulkka ishonishdan ozod qildi. Xushxabarchi Luqo o'zining xushxabarida boshqa xushxabarchilarga qaraganda Iso pulga bo'lgan muhabbat qanchalar havfliligi to'g'risida ogohlantirganligi to'g'risida bizga bildirgan. U bizga hursandchilik bilan ilk jamoatda na pulga muhabbat va na o'zlik mol-mulkining munosabati zafar qozonganligi to'g'risida dalolat beradi. Hamma narsa birodarlari bilan birgalikda qilingan.

Hammalari Masih yaqinda keladi deb kutib, Uni qabul qilish uchun o'zlarini poklashgan. Havoriylar o'zlarining buyuk kutishlarida Iso tirik, U yaqinda keladi va U O'zining najotini amalga oshiryapdi deb kuch va buyuk quvonch bilan dalolat bergan. Tirik Masihga bo'lgan ularning imonlari ularning kuchlari edi, chunki ular imon orqali Iso bilan o'limdan tirilishdi. Ular o'zlarida yashayotgan Xudoning hayotiga dalolat keltirishdi. Ular shunchaki e'tiqod haqida emas balki buyuk va faol kuch haqida gapirishdi.

Ularning Tangrilari guvohliklarini tasdiqladi va Uning nomini e'tirof etganlarga inoyatini berdi. Xudoning kuchi ularning qobilyatlari va iste'dotlari orqali ochib berib ishda edi. Qurbonlik va sevgi ruhi Xudoga o'zini ochganlarga to'ldirildi. Luqo ikki marotaba o'zining imonlilar yashayotgan kuch va inoyat haqidagi tasvirida buyuk degan so'zni eslatib o'tgan. Biz xushxabarda bu so'z haqida tez-tez o'qimaymiz va Xudoning sovg'aliri to'la va oshib toshayotganligi to'grisidagi joyni yig'ib qo'ymaymiz. Endilikda, biz havoriylarning ta'sirli shahodatlarining sirini va jamoat hayotidagi ahil yashash sirini tushunib yetamiz.

Bu ixtiyoriy va ruhiy ijtimoda hech qanday muhtoj, kambag'al, g'arib, bezovtalangan, nafratlanilgan yoki malakasiz kishi qolmadi. Ularning hammalari hursandchilikda, tez yordamda, barhayot Xudoning kuchi va ibodatda birga bo'lishda tajribaga ega bo'lishdi. Azoblar va mashaqqatlar jamoatda ibodatning kuchi orqali engilar edi. Kelishmovchilikni minnatdorchilik va ulug'lash bilan yechishar edi. Bu samoviy tushuncha Muqaddas Ruh orqali yer yuzida bo'ldi. Havoriylar o'zlarining xalqlarida minglab muhtojlar uchun xayr-ehson topmadilar, biroq ularning xayr-ehsonlari jamoatning e'zolariga chegaralangan edi. Ular bitta oilaning a'zoliklarini sezishdi, va shuning uchun oralarida muammo chiqishiga yo'l qo'yishmadi.

Bu Masihdagi birodarlar o'zlarining uylari samoda ekanligini bilishar edi. Ularda bor narsani o'zlarining shaxsiy narsalari deb bilishmadi, chunki Xudo uchun hamma narsadan jon deb yuz o'girishgan edi. Ular Yaratguvchi Xudo hamma narsaning egasi ekanligini bilishardi. Pul emas, Muqaddas Ruh jamoat ustidan boshchilik qildi. Biz bu asos orqali Masihning shu bayoniga ko'ra pulga bo'lgan qullikdan Yahudiylarning imonlilari haqiqatdan qutqarilganliklarini topamiz: Hech kim ikki ho'jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo'yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizlar. (Mt. 6:24)

Bu jamoat unga pulini bekorga sarflamagan. Mol-mulkdan olingan pul havoriylarning ixtiyoriga qo'yilgan edi. Ular Iso uchun hamma narsadan yuz o'girishgan edi, va ular yo'qchilikda og'ishmay Isoga ergashishardi. Havoriylarning hech biri o'zlarining foydalari uchun ozgina miqdorda bo'lsa ham puldan ishlatmas edilar, jamoatning a'zolariga hamma narsa ayon edi. Ayniqsa, Muqaddas Ruh insofsizlik bo'lishiga yo'l qo'ymasdi. U hammalarini birgalikda shon-shuxratga boshlardi.

O'sha paytda jamoat a'zolarining soni o'sib bordi. Havoriylar uchun boshqalarni ko'rish uchun yoki atrofdagilarga gapirish uchun balandroq joyda o'tirish kerak bo'lgan edi. Keyingi voizlik qilish, ta'lim berish va imkoniyatlar havoriylarning oyoqlari orqali yerga qo'yildi. Xudoning sovg'alari uchun har bir kishiga minnatdorchilik bilan tuhfa etildi.

Bu havoriylar jamoatning kelajagini saqlab qolish uchun pulni jamg'arishmadi. Ular o'sha zahotiyoq sadaqalarni bo'lib berishdi. Mablag' oshib toshyotgan edi va osha vaqtda Butrus Menda oltin va kumush yo'q debaytgandek quruq edi. Shu tariqa ular Xudo pulni jamg'arish uchun ularning qo'llariga bermaganligini balki o'sha zayilda muhtojlarga yordam berishni yodda tutib, har doim muhtojlarga berishardi.

Luqo bizga Havoriylar Kitobida bir necha marotaba nomi chiqqan Barnabo to'g'risida alohida qiziqarli narsa aytadi (9:27; 11:22-30; 13:1-2; 14:12-28; 15:2). U Dalda beruvchi o'g'il degan so'zning asl ma'nosini beradigan Ovunchoq O'g'il edi. U ilohiy Yupatuvchi, Yurdamchi va Muqaddas Ruhga to'lgan edi. U bu in'om tufayli Xudoga hizmat qilish uchun odamlarga dalda berolar edi. Bu dalda beruvchi o'g'il Levit bo'lib Kipr orolidan edi. U yoki uning otasi va'da qilingan Masihning kelishini kutib dafn qilish mulkidek Quddusda qimmatbaho dalani sotib olishgan. Ular boshqa Masihga ishonmagan Yahudiylar o'zlarining xudojo'yliklarida qilganlaridek birinchi daf'ada Iso bilan uchrashishni xohlashgan. Barnabo haqiqi Masihni bilar edi va unda kelish uchun ulug'vorlik kafolatidek Xudoning Muqaddas Ruhi bor edi. U Yahudiy urf-odatlaridan ozod bo'ldi va bu qimmat bo'lgan dalani sotib yubordi. Bu sotish Yahudiy qoldiqlari qolishining miqdori bo'ldi va Iso Masih bo'sag'ada turibdi degan kutishning shahodati edi. Bu kelgindi yerda qolishi uchun hayot sug'urtasidek Muqaddas Shaxarda pulining hech qanday qismini olib qolmadi. U yerining hamma pulini sekin va kamtarlik bilan havoriylarning oyoqlari tagiga qo'ydi.

IBODAT: Ey Tangrim, Sening sevging samolarga qaraganda kengroqdir, va haqiqating o'zini o'ylaydigan yuraklarni o'zgartiradi. Mening pulimni qabul qil va Sening jamoatingda hech kim muhtoj bo'lmasligi uchun va qiyinchilikda bo'lgan kishiga yordam berishim uchun Sening kelishingdagi mening imonimni mustaxkamlagin. Omin.

SAVOL 25: Ilk Masihiylarning sifatlarining qaysi birini hayotingizda bajarish uchun eng muhim bo'lishi deb hisoblaysiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)