Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 026 (The Death of Ananias and Sapphira)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

14. Hananiya bilan Saffiraning o'limi (Havoriylar 5:1-11)


HAVORIYLAR 5:1-6
1 Yana Hananiya degan bir kishi bilan xotini Saffira bor edilar. Bu kishi bir yerni sotib, 2 xotinining roziligi bilan o'sha puldan bir qismini olib yashirdi, bir qismini esa keltirib havoriylarning ixtiyoriga topshirdi. 3 Butrus unga dedi: - Ey Hananiya, nega endi sen shaytonga yuragingni boy berib, Muqaddas Ruhga yolg'on gapirding, yerning pulidan bir qismini olib yashirding? 4 Sotishdan oldin u seniki emasmidi? Sotilgandan keyin ham puli sening hikmingda emasmidi? Nima uchun dilingda bunday niyat qilding? Sen odamlarga emas, balki Xudoga yolg'on gapirding. 5 Hananiya bu so'zlarni eshitishi bilanoq yerga yiqilib jon berdi. Buni eshitganlarning hammasini qattiq daxshat qopladi. 6 Yigitlar o'likni kafanlashga kirishdilar va tashqariga chiqarib ko'mdilar.

Har bir bag'ishlangan gunoh faqat ayib emas, balki qonunga qarshi haqorat hamdir. Har bir haqorat faqat hato emas, balki to'g'ridan-to'g'ri Xudoning ulug'vorligiga qarshi jinoyatdir. Kimki boshqaning hulqi bilan o'zinikini solishtirsa o'zini insoniy va yuzaki hukm qiladi. U o'zini shunday deb kechiradi: Biz hammamiz kuchsizmiz. Kimki Xudoni bilsa, Muqaddas Ruhning kuchida yashaydi va o'limga loyiq gunohni kattami kichikmi har bir gunohni biladi. Hananiya va Saffiraning hisobi bizning hisobimizdir. Bu Xudo har bir Unga ishonuvchilarni barbot qilish uchun huquqi borligini ko'rsatadi.

Siz so'rashingiz mumkin: '' Nima uchun muqaddas Xudo bizlarni Hananiya o'zining mulkidan kamida katta qismini berish uchun qo'rqmasdan kelib haqiqatdan ham qilgandek, o'sha zahotiyoq bizlarni yo'q qilmay bizlarni yashatadi? Biz Xudoning hukmining sirini bilmaymiz. 2 oyatda, biz bu eri-hotin o'ylamasdan gunoh qilmaganliklari balki oldindan o'ylab havoriylarga yolg'on gapirish uchun urunishganliklarini o'qiymiz. Ular Qudratli Xudo Butrusda hozirligiga ishonishmagan. Muqaddas Ruh Unga ishonganlarda yashaydi va ularning yuraklarini biladi.

Balki bu er-hotinlar bu pul orqali o'zlarining kelajaklarini saqlab qolish uchun harakat qilishgandir. Hatto Hananiya ismi Xudo marhamatli ekanligini anglatadi, ular faqat Xudoga ishonishmadi. Ular mumkin bo'lmagan ikki ho'jayinga hizmat qilish uchun harakat qildilar. Oxirida, ular Yaratguvchiga qaraganda pulni ko'proq sevdilar.

Hananiya bilan hotinini jamoat uchun hamma bisotlarini qurbon qilish uchun majburlashmagan. Ba'zilar o'zlari uchun puldan olib qolishgan va aniq gapirishmagan. Hananiya va Saffira balki ular ikkalasi ham jamoatda turib yuqoriroq nomga ega bo'lishni o'ylab, xudojo'ylikka solishgandir. Ular jamoatda haqiqatdan ham hamma pulni berganliklarini e'tirof etishni umid qilishgan lekin qismini berishdi. Hananiya bag'ishlanish va ruhoniylikning soxtaligi ostidagi uchrashuvga kelgan edi. U havoriylarning minbariga borib o'zining pulidan bergan edi. U o'zini Xudoga to'la bag'ishlayotgandek va puldan ozod odamdek tutdi. Holbuki, u o'zi uchun pulning bir qismidan yashirib olgandi. Iso jamoatda shunday eng yomon bo'lgan gunoh va hulqni Ikkiyuzlamachilik deb ataydi. Bu to'ppa to'g'ri yolg'onchilarning otasi bo'lgan Shaytondan keladi.

Biz hammamiz ikkiyuzlamachimiz, chunki biz o'zimizni bag'ishlangan ko'p gunohlarimizni bilamiz, va hali ham bu dunyoda eng yaxshi odamlar deb o'zimizni o'ylaymiz. Hatto vijdonlarimiz oshkora yolg'onlarimizni, iflosliklarimizni, o'g'irliklarimizni, g'iybatchiliklarimizni, va shahvoniy hirs-havaslarimizni, bizning oilamiz, jamiyat va jamoat bizni ulug'lashini va bizni barkamol, to'g'ri, va ma'qul deb hisoblashini kutganimizni yozib olgan. Biz hammamiz mag'rur tovuslarga o'xshab yuramiz, holbuki biz daxshatli zaxar bilan to'lgan qabirlarmiz. Aziz birodar, siz Xudoning hukmining nurida o'zingizni aslingizni tushunib yetdingizmi?

Hananiya bilan hotini Saffira (go'zal degani) faqat pulni Xudodan ustun qo'ymadilar, ular hamma insonlar qilganidek ikkiyuzlamachilik ham qildilar. Ular asta-sekin Xudoning inoyatidan chekina bordilar. Iblis Yahudoga qilganidek, ularni ham yuraklarini yovuzlik bilan to'ldirdi. Pulni sevgan kishi iblisga yaqinlashib boradi. Bu holatda ular jamoat uchun havf bo'ldilar. Yovuz shayton o'zining iflos bo'lgan hasad, ziqnalik, mag'rurlik, va Xudoning shohligiga yolg'on gapirishlik qo'llanmalarini yashirincha suqish uchun harakat qilayotgan edi. Bu vaqtgacha azizlar bir tan bir jon bo'lishgan. Hamma bir-biriga bo'ysungan, va o'zlarining samoviy Otalarining himoyasi bilan yashashgan. Ular o'zlarini Muqaddas Ruhga to'lgan tirik qurbondek Xudoga taqdim qilishgan.

Bu buyuk hokimyat bilan yer yuzida Masihning tanasida iblisning vasvasasiga qarshi qobilyat bor edi. Butrus sezish ruhining in'omi orqali o'sha zahotiyoq Hananiyaning yolg'onini oldindan ko'rdi. Butrus Hananiyaning yuzidagi niqobini olib tashladi va uning yolg'onini Muqaddas Ruhga yolg'on gapirganligi bu Xudoning O'ziga yolg'on gapirishligini bildirdi. Hananiya avval Masihning najotiga ega bo'lgandi. U bora-bora Muqaddas Ruhga qarshi bo'lgan gunohga yiqildi.

Bu ilohiy Ruh havoriylarning so'zlarini isbotladi va o'sha zahotiyoq Xudoning g'azabini o'limga olib keldi. Shunday holatda, haqiqat Ruhi havoriylarning so'zi orqali bu haqoratni kechirmasdan tavbasiga tayanmagan gunohkorni hukm qildi. Bizning Xudoyimiz faqat sevgi Xudosi emas, balki muqaddas Xudo hamdir. U kechirimni sevadi. Haligacha haqiqat ovoziga yuragini tosh qilib olgan va ilohiy sevgiga qarshi yuragini berkitib olgan kishi o'zining ichida yovuz shayton bo'ladi. Bu kishiga hech qanday muruvvat ko'rsatilmaydi.

Ilk jamoat Xudoga yaqin yashagan. Buning o'rtasida Xudo tezlik bilan havoriylarning Shayton bilan majburyatini mahkum qilgan. Bu hukm gunohning natijasi o'lim ekanligi bu haqiqatning bajarilishi edi.

IBODAT: Ey Tangrim, meni hukm qilma. Men ikkiyuzlamachiman, va Sen mening gunohimni va pulga bog'liqligimni bilasan. Mening hamma yolg'onlarimni kechir va Sen haqqoniy bo'lganingdek men ham haq bo'lishim uchun og'zimdan yolg'onlarni olib tashla va hamma ikkiyuzlamachilikdan meni qutqar. Bizning jamoatlarimizni mag'rurlik va manmanlikdan tozalagin va sabr-toqating bilan bizlarni muqaddaslagin. Omin.

SAVOL 26: Nima uchun Muqaddas Ruh o'sha zahotiyoq Hananiyaga o'lim keltirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)