Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 004 (Introduction to the Book)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

1. Kitobga Kirish va Masihning oxirgi Vadasi (Havoriylar 1:1-8)


HAVORIYLAR 1:6-8
6 Havoriylar shunday yig'ilgan payitda, Isodan so'radilar: - Yo Rabbiy, Sening Isroilda Shohlikni tiklashing shu vaqtga to'g'ri kelmaydimi? 7 Iso ularga dedi: - Otam O'z erki bilan belgilab qo'ygan vaqtu fursatlarni bilish sizlarning ishingiz emas. 8 Lekin Muqaddas Ruh ustingizga tushib kelganida, sizlar quvvat olasizlar, Quddusda, Yahudiya bilan Samariyaning hamma joyida va hatto dunyoning eng olis yerlarida ham Mening shohidlarim bo'lasizlar. 9 Bularni aytgach, Iso ularning ko'z oldida osmonga ko'tarildi. Uni bulut qoplab, ko'zdan g'oyib bo'ldi. 10 Iso ko'tarilayotib, havoriylar osmonga tikilib turgan payitda, oq kiyim kiygan ikki zot ularning yonida paydo bo'ldi: 11 – Ey Jalilaliklar! Nega sizlar osmonga qarab turibsizlar? Sizlarning orangizdan osmonga olingan bu Iso, ko'kka ko'tarilganini qanday ko'rgan bo'lsangiz, xuddi shunday qaytib keladi, - deyishdi.

Shogirdlar Isoning oldiga dunyoviy va siyosiy savol bilan kelishganda, Muqaddas Ruhni qabul qilishmagan edi. Ular hali ham Quddusdagi holatlarini va o'zlarining vatanparvar yahudiyliklari haqida o'ylashyotgan edi. Ular o'limdan tirilgan Shoh Masih ulug'likda va go'zallikda hamma odamlarning ustidan hukmdorlik qilishni boshlaydi deb faraz qilishgan. Ajablanarli narsa shundaki Masih bu savolni rad etmadi balki hech shubhasiz ilohiy shohlik kelishini tasdiqladi. Biroq U havoriylariga samoviy shohlik inson hayollariga ko'ra tiklanmasligini va hozirgi payitda bo'lmasligini aniqlab berdi.

Xudoda mahsus reja bor. U abadiylikdan O'zining oldida odamlarning tarixini ko'rdi va har bir irqqa va halqqa samimiy tavba qilish uchun va tirik imon uchun vaqt berdi. U ham sabr-toqatining chegaralarini va vaqtlarini ta'riflab berdi. Biroq tarixiy noaniq yo'l bizning oldimizda qo'rqinchili ilohiy farmon yoki qaqshatqich qismatdek turmaydi, chunki biz Otamiz yozilgan vaqtning yo'lini ta'riflaganidan xabardormiz. Biz Uning sevgisi bu dunyoga yaxshilik olib kelishini bilamiz. Chunki Uning sevgisi vaqtlarni egallaydi, biz hech narsadan qo'rqishimiz kerak emas. Otamiz Hukumdor va haqiqiy Hokimdir. Inqilobning barcha harakatlari va qurollarning to'planishi Xudoning rejasining ijrochiligini o'zgartirish uchun ta'sirsizdir chunki Uning shohligi ruhan kelmaydi, balki hatosiz, ulug'vor va qudratli bo'lib keladi. Xudoning hokimyati befarqlikka va nohaqlikka emas balki sevgi va haqiqatga qurilgan. Xudoni Otasidek bilgan kishi kelajakdan sevinadi.

Masih shogirdlarining miyyalaridan hamma siyosiy fikrlarni o'chirib, Otaning ko'rinarli Va'dasi uchun izdoshlarini tayyorladi. U “qudratning qabul qilinishi” dek bajarishga zikr etdi.

Aziz kitobxon, kuchsizligingizni va boshqalarga o'xshab halok bo'lishingizni tushunib yetdingizmi? Siz ham ahmoq, hunik, yuvuz va Xudoning ulug'vorligiga, muqaddasligiga va donoligiga qiyoslangan insonsiz. Uning kuchi tabiatdan bo'lgan insonga tushmaydi. Siz o'zingizni kuchingiz bilan o'zgartira olmaysiz, chunki siz hamma insonlardek kuchsiz va gunohga qulsiz. Masihning yashiringan shohligini tiklashdagi birinchi ishi izdoshlariga kuch berishidir. Kuch uchun Yunon so'zi “qo'zg'atuvchi kuch” ma'nosini beradi. Xudoning kuchi toshli yuraklarimizni portlatadi va bizga shavqatli yuraklar qo'yadi va biz Xudoning narsalari haqida o'ylashimiz uchun qattiq miyyalarimizni yengadi. Xudoning masihga ishonganlarga samoviy sovg'asi dunyolarni yaratgan bilan bir hil mahsus kuchdir. Bu kuch Isoda ko'rinarli va namayondir.

Siz Xudoning kuchini qabul qildingizmi, yoki hali ham gunohda o'likmisiz? Siz Otaning sevgisida yashayapsizmi? Sizni saqlagan Xudo orqali hamma narsalarni qila olasizmi? Uning kuchi kuchsizligingizda komil qilinadi. Siz solih insonning g'ayratli ibodatini bilasizmi?

Xudoning kuchi sir emas. Bu Uning O'zi bizning sajdamizning va javobgarligimizning loyig'i, bitta Xudoda uch Shaxsning birligi, abadiylikdan abadiylikka bo'lgan Muqaddas Kuchdir. Biz barchamiz hursandchilik va minnatdorchilik bilan bu ilohiy Ruhga sajda qilamiz, va Ota va O'g'ilning bu nurini ulug'laymiz. U haqiqatdan ham bechora bizlarda yashadi, bizning najotimizni Masihda tasdiqladi va Xudoning haqiqatiga ichki ko'zlarimizni ochib yubordi. U bizning samoviy Otamizdir. Hech qanday tabiy insonda unda yashayotgan bu ilohiy zamir yo'q. Bu dunyomizning tashqarisidan keladi va Masihni sevganlarni hayoti, sevgisi va tinchligi bilan to'ldirib ruhlantiradi.

Hech kim haqiqat Ruhi orqali boshqarilmasdan Masihni “Rabbiy” deb chaqira olmaydi. U bizga haqiqiy imonni qo'yadi. O'g'ilning Ruhi og'izlarimizni ochadi va samoviy tilda gapirish uchun bizni o'rgatadi. U shunday deb bizga dalda beradi: “Bizning osmondagi Otamiz, Sening noming ulug'lansin. Sening shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi yerda ham Sening irodang bajo bo'lsin”. Siz bu ajoyib Ruhga o'zingizni ochdingizmi? Siz U shu yerdaligini va sizni to'ldirish uchun tayinlanganini bilasizmi?

Muqaddas Ruh O'zining ilohiyligida Masihni bilish uchun kuchsiz havoriylarga huquq berdi. U havoriylarga imonni qo'yib, Uning haqiqatiga dalolat berish uchun ularni yetakladi va irodasini kamtarlik bilan bajarish uchun ularga kuch berdi. Muqaddas Ruh bizni Masihning guvohlari qiladi. Bu o'zimizning shaxsiy yangilanishimiz haqida olib kelish biz uchun yoki ikkinchi tug'ilishimizda ulug'lanish haqida borish kerak emas. Biz Najotkorimizni va Yangilovchimizga dalil bo'lib, Uning oldida gunohkorligimizni tan olishimiz kerak, bizning gunohlarimizni kechirishi uchun Isoning kuchi haqida dalolat berishimiz va hamma kishilarga Muqaddas Ruhdan tug'ilgan Iso Xudoning haqiqiy O'gli ekanini ko'rsatishimiz kerak. Iso qoni orqali bizni pokladi va Ruhi orqali bizga kuch beradi. Biz ishonishimiz kerak va bugun Uning xushxabarining Ruhi orqali Rabbiy Iso ko'plarni o'zgartirishini boshqalarga o'rgatishimiz kerak. U so'zi orqali gunohkor kishlardan yovuz ruhlarni quvib chiqaradi va singan yuraklarda O'zining shohligini quradi. Arab “shahid” so'zi “guvoh” va “shahid” so'zi uchun turishini eslatib o'tish kerak. Bu dunyoning ruhi bizga qarshi qo'zg'alsa ajablanmaylik, chunki u allaqachon Rabbimizni xochga mixlash uchun qo'zg'algan.

Quddusda Xudoning Ruhi qo'zg'alishni boshladi. U Yahudiya orqali olov bo'lib yugurdi, Samariyaga yetib bordi, Antioxiya tomon qo'zg'aldi va Asiya Minori bo'ylab tarqaldi. O'sha vaqtda, u Shimoliy Afrikaga, Afiopa, va Iroqqa tarqaldi, Yunonistonga kirib keldi va Rimning poytaxt shahrini yengdi. Hushxabarchi Luqo Xudoning sevgisining juda issiq oqimini tushindi va o'zining kitobida buni yozdi. Endi aziz birodar xushxabarning mash'ali qo'lingizga qo'yildi va biz sizga shunday deymiz: “Xudoning O'g'lining sevgisi bilan atrofingizdagilarni yoriting, chunki siz dunyoning nurisizlar.” lekin birinchi o'zingizni tekshiring: Siz Xudoning kuchini oldingizmi? Muqaddas Ruh sizda yashayapdimi? Bo'lmasa, Otaning Va'dasini kuting, va sizga berilishi uchun buni ibodat qilib so'rang. Bu xushxabarni o'qishda sizning oldingizda ochilgan va namoish etilgan Otaning va'dasini oching.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga sajda qilib, Seni sevamiz, chunki Sen O'g'lingning o'limi orqali bizni bolalaring qilding. Sening ulug'vorliging Muqaddas Ruhing orqali bizda sezildi. Bizni sevging bilan saqla, chunki Sen bizning Otamizsan. Atrofimizdagilar Masihning ismi orqali ruhlanish uchun Muqaddas Ruhing bilan bizni to'ldirishingni so'rab, Senga o'zimizni minnatdorchilik bilan topshiramiz. Omin.

SAVOL 4: Muqaddas Ruh kim? Uning rejasi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)