Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 077 (Jesus enters Jerusalem)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
A - Muqaddas haftaga kirish (Yuhanno 11:55 - 12:50)

2. Iso Quddusga kiradi (Yuhanno 12:9–19)


YUHANNO 12:9-11
Isoning Baytaniyada ekanligini bilib, bir talay Yahudiylar u yerga keldi. Ular nafaqat Isoni, balki Iso tiriltirgan Lazarni ham tiriltirishni istadilar. 10 Oliyruhoniylar esa Lazarni ham o'ldirmoqchi bo'lib kelishgan edilar. 11 Chunki ko'pchilik Yahudiylar Lazar tufayli u yerga borib, Isoga imon keltirayotgan edilar.

Poytaht Iso Lazarnikiga tashrif buyurganligi to'g'risida jo'shqinlikda avj olib bordi. Olomon Quddusdan Zaytun Tog'iga va Baytaniyaga hayot beruvchining mo'jizasini guvohi bo'lish uchun shoshildilar.

Oliy Ruhoniylar Sadduqiylarga suyandilar, hatto oxirgilar tirilishga na ruhlarning mavjutligiga ishondi. Hanuz ular Isodan va Lazardan nafratlanardilar, va ular faqat mo'jizani rad etmadilar, balki mo'jiza qiluvchini o'ldirishni xohladilar va ikkalasini u yerda o'limdan keyin umid yo'q deb isbotlash uchun ularni qabrga qo'yishni xohladilar. Xuddi o'sha vaqtda ular Isoning harakatidagi hamma imonni buzib tashlashni xohladilar, chunki olomon Lazarning tirilishi Iso haqiqiy Masih ekanligining isboti deb faraz qilgandi.

YUHANNO 12:12-13
12 Ertasi kuni bayramga borgan ko'pchilik xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qolishdi. 13 Palma daraxti shoxlarini olib, Uni qarshi olishga chiqishdi va baland ovoz bilan: "Najot bergin! Xudovand nomidan kelayotgan Isroilning podshohi muborak!"-deb hayqirishar edi.

Isoning ismi hammaning og'zida edi va ular U nima qilishi mumkin, "U qochib ketadimi yoki shaharni qo'lga oladimi?" deb fikr yuritdilar. Baytaniyada bir tun qolgandan keyin, kuzatuvchilar Uni ertalabda shogirdlari bilan Quddus tomon ketayotganini ko'rdilar. "Yangi Shoh yaqinlashyapdi, ilohiy Xukumdor kelyapdi." Ko'p odamlar mo'jizalarni va g'alabalarni ko'rgani qo'zg'aldilar. Ba'zilar palma daraxtining shoxlarini kesib, Uni kutib olish uchun ularni olib kelishdi. Boshqalari sxohlar va bahodirlar kirish uchun nishonlangan madhiyani kuylashdi. Ular qattiq hayqiriqlar bilan shunday deb jar solishdi, "Biz Seni ulug'laymiz va ko'taramiz. Sen jabborsan; Sen Xudoning hokimyati bilan to'lib, Uning nomidan kelgansan. Marhamat olib kelganing uchun Sendan minnatdarmiz. Bizlarni sharmandalikdan saqlab va bizlarga yordam ber. Sen bizlarning Najotkorimiz, bahodirimiz va yo'l boshchimizsan. Sen bizlarning haqiqiy Shohimizsan."

YUHANNO 12:14-16
14 Iso bir xo'tikni topib, unga mindi, xuddi Tavrotda yozilganiday: 15 "Ey Sion qizi, qo'rqma! Sening Podshohing xo'tikka minib keladur." 16 Isoning shogirdlari avval bunga tushunmadilar. Faqat Iso O'z ulug'vorligiga erishgandan so'ngina ular bu oyatning U haqda yozilganini va halq xuddi oyatdagidek qilganini esladilar.

Iso bu olqishga javob qaytarmadi, chunki U odamlar shovqun-suron qilganlarida, ular eshitolmasligini va aniq fikrlayolmasligini bilar edi, lekin ular qatorlarda va yo'llarda baqirib, shodu-xurram bolib yurishar edi. Shunda Iso eshshakda minib kelib, ularning qo'shiqlariga javob tariqasida shunday deb aytdi, "Zakaryo 9:9 da Men va'da berilgan Shohdirman. Men shahar darvozalarini va devorlarini yakson qilmayman. Men o'ldirmayman va Xudoning hukmini bajarmayman. Men yetimlarga odillikni ko'rsatib va be'valarni asraydigan, adolatli Xudoman, insofsiz emasman."

"Afsuski, hamma ham adolatli emas. Ko'plar to'g'ri yo'ldan adashib qolgan adolatsiz odamlardir. Qo'rqmang, siz bunga loyiq bo'lsangiz ham, sizni nobud qilmayman, lekin sizning ichingizdagi yomonlikni mag'lubiyatga uchrataman. Men sizning gunohlaringni O'zimga olaman va g'alaba qilaman, xuddi shu vaqtda kuchsizlik va yengilgan qurbon paydo bo'ladi. Shunda Men sizni Xudoning g'azabidan qutqaraman; U ruhiy jangda g'alaba qozonib chiqdi."

"Sizlar qilich orqali g'alaba qozonadigan bahodir-shohni xohlaysizlar, lekin Men sizlarning oldingizga zo'rovonlik bilan emas, qo'zidek kamtar bo'lib kelaman. Men O'zimning irodamni otamga berdim. Sizlar g'alayonni va g'alabani kutgandingizlar, lekin Men sizlarga Xudo bilan yarashishni, najotni va tinchlikni taqdim qildim. Men minib kelgan bu hayvonga qarang. Men ot yoki tuya minmadim, balki ho'tik minib keldim. Mendan boyliklarni yoki hurmatni kutmang, chunki Men sizlarni Xudo bilan yarashib sizlar uchun ochiq jannat eshiklarini va abadiy hayot bilan keldim."

Lekin olomon va shogirdlar ham Isoning hatti-harakat bilan ko'rsatgan masalining maqsadini tushunishmadi. U osmonga ko'tarilgandan keyin, Muqaddas Ruh Undagi Xudoning ulug'vorligini va Masihning kamtarligini tushunish uchun ularning miyyalarini ochib yubordi. Bu butunlay insonning siyosiy va ko'zga ko'rinadigan murod maqsadlaridan boshqacha edi. Lekin Masihning shogirdlarini ular bu bashoratning ma'nosini va uning asl bajo bo'lishini tushinishlaridan oldin Muqaddas Ruh Isoning ko'rinishida ularni hursandchilikka boshladi.

YUHANNO 12:17-19
17 Iso bilan yurayotgan ko'pchilik xalq esa Iso lazarni qabrdan chiqarib tiriltirdi, deb guvohlik berayotgan edi. 18 Iso bunday ajoyib mo'jizani yaratganini xalq eshitgan edi, shuning uchun ham Uni ochiq chehra bilan kutib olayotgan edilar. 19 Farziylar esa bir-biriga:-Ko'ryapsizmi, endi hech narsa qilolmayapsizlar. Butun dunyo Uning ortidan bormoqda!-deyishardi.

Baytaniyadan Isoga ergashib kelganlar Kidron vodisida Uni kutib olish uchun poytahtdan kelayotgan paradni uchratib qolishdi. Oldingilar shunday deb baqirishdi, "Uni qabul qilib yaxshi qilasiz, chunki Iso O'zining Masihiyligini isbotlab o'lik kishini tiriltirgan Masihdir." Lazarni tirilishi Iso beshta non bilan besh ming kishini to'ydirishi va Unga ergashishga olomon uchun yoritishning asosi edi. Shu yerda boshqa odamlar Uning oldiga kelyapdi, chunki Iso o'lik kishini tiriltirgandi. Ikkala misolda Iso uchun insonlarning sevgisi dunyoviy ishlarga ishondi, lekin solihlik va tavbaga emas.

Odamlarning yonida Farziylar va xalqning boshqaruvchilarining jahillari chiqib, Isoga hasad qilib va shaharni bosib olish uchun Uni kutib turar edilar. Ular qaltirab o'zlarining muvaffaqiytsizliklarini tan oldilar. Iso yashirincha ularga qutqarish rejasini ro'yobga chiqarmadi. U shaharga ho'tigni minib g'alaba bilan kirib keldi.

IBODAT: Iso Tangrim, men Sening Muqaddas Ruhing orgali kirishing uchun yuragimni va ongimni Senga ochaman, va men Seni timsolinga ergashishim uchun meni o'zgartir. Mening gunohlarimni kechirgin, chunki men Sening yuragimga kirishing uchun noloyiqman. Lekin Sen mening gunohlarimga qaramay kirasan. Sen meni sevasan va saqlab qolasan, chunki Sen meni Xudo bilan yarashtirding va O'zingni tinchlik Shohliginga olib kelding. Men hamma hursand bo'lyotganlar bilan, "Tasanno! Xudoning nomidan kelayotgan muborakdir" deb baqiraman. Sen mening Shohimsan, men Sening mulkingman. Omin.

SAVOL:

  1. Isoning Quddusga kirishining ahamiyati nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)