Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 069 (The Son of God in the Father and the Father in him)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
3. Iso yaxshi Cho'pon (Yuhanno 10:1–39)

e) Xudoning O'g'li Otada va Ota Undadir (Yuhanno 10:31-36)


YUHANNO 10:31-36
31 Shunda Yahudiy din arboblari yana Isoni toshbo'ron qilmoqchi bo'lib, tosh ola boshladilar. 32-Men sizlarga Otam nomidan ko'p hayrli ishlar ko'rsatdim, ularning qaysi biri uchun Meni tosh bo'ron qilmoqchisizlar? -so'radi Iso. 33 Yahudiy din arboblari Unga javoban:-Sening hayirli ishing uchun emas, balki kufrliging uchun toshbo'ron qilmoqchimiz. Sen odam bo'laturib O'zingni Xudo deyapsan!-deyishdi. 34 Iso shunday javob qaytardi:-Sizning Tavrotda: "Men aytdim, sizlar xudolarsiz", deb yozilgan emasmi? 35 Mena Xudo qadimgilarga kalomini yuborib, ularni hatto xudolar deb atagan. Muqaddas Bitikni esa buzib bo'lmaydi. 36 Shunday ekan, Otam O'ziga ajratib olgan va dunyoga yuborgan Kishi "Xudoning O'g'liman" desa nima bo'pdi? Nega sizlar Meni kufrlikda ayiblaysizlar?

Yahudiylar Iso "Men va Otam birmiz" deb aytganida Undan nafratlandilar. Ular Uning guvohligini O'ziga shakkokdek muomalada bo'lishdi va qonun talab qilgandek Isoni tosh bo'ron qilishga qiziqishgan edi, bo'lmasa Jehovahning qahri halqning ustiga tushgan bo'lar edi. Shunda ular hovliga qarab yugirishdi va Unga tosh otgani tosh bilan kelishdi.

Iso ularning oldida tinchlik bilan shunday deb so'rab turdi, "Men sizlarga nima yomonlik qildim? Men sizga hizmat qildim, kasaliklaringa shifo berdim, yovuz ruhlarni quvib chiqardim va ko'r ko'zlaringizni ochdim. Men mohovlarni tozaladim va kambag'allarga xushxabar aytdim. Bu narsalarning qaysi biri uchun Meni o'ldirmoqchisizlar? Men Otamning ishlarini yumshoqlik bilan nomlagan hizmatlarim uchun hurmat yoki pulni izlamadim. Men sizning hizmatkoringizdek shu yerdaman."

Yahudiylar shunday deb baqirishdi, "Seni hayrli ishing uchun emas, balki kufrliging uchun tosh bo'ron qilmoqchimiz. Sen bizning oramizda oddiy insondek turganingda O'zingni Xudo darajasigacha ko'tarding. Biz Seni insoniyligingni ko'rsatish uchun Sening qoningni to'kamiz. Qanday qilib Sen Muqaddas Xudo bilan bir Xudoman deb aytishga jur'at etasan? Sen yovuz ruhga chalingan bo'lishing kerak, Sen harobalikga loyiqsan.

Iso to'la ishonch bilan shunday deb javob berdi, "Siz o'zingizning Qonuningizda Xudo O'zining tanlanganiga shunday deb gapirganinini o'qimaganmisizlar, "Sizlar xudosizlar, sizlarning hammangiz ham Taoloning o'g'illarisizlar" (Zabur 81:6), holbuki sizlarning o'zingiz halok bo'lyapsizlar va bitta gunohdan ikkinchi gunohga qulayapsizlar. Shubhasiz, hammalaringiz gumrohlikda adashib yurgan gunohkorsizlar. Hanuz Xudo ularni O'zining ilohiy ismi uchun "xudolar va o'g'illar" deb atadi. Xudo sizni halok bo'lishingizni xohlamaydi, lekin siz abadiy yashashingizni xohlaydi. Xudoyingiz tomon buriling va U muqaddas bo'lgani kabi siz ham muqaddas bo'ling."

"Nima uchun sizlar Meni tosh bo'ron qilmoqchisizlar? Xudoning O'zi sizlarni "xudolar va bolalar" deb ataydi. Men sizga o'xshab gunohga berilganim yo'q. Men so'zda va hatti-harakatda muqaddasdirman; Menda abadiy yashash uchun Xudoning haqiyqiy O'g'lidek bo'lishga haquq bor. O'zingizning Qonuningizda nima yozilgan bo'lsa shuni o'qing shunda Meni bilib olasizlar, lekin sizlar hatto o'zingizning Bitiklaringizga ishonmaysizlar va Mening xudoligimni payqamaysizlar."

Men O'zimni O'zim jo'natmadim, aksincha Muqaddas Ota Meni jo'natdi. Men Uning O'g'liman; U Mening Otamdir. Uning muqaddasligi Menda. Shunday qilib Men Xudodan bo'lgan Xudoman, nurdan bo'lgan nurman, Ota bilan bir bo'lgan va yaratilmagan Xudodirman."

Iso Yahudiylarni o'zlarining Bitiklaridan bo'lgan matnlar bilan ustun keldi, va ularning baxslarini buzib tashladi. Lekin ularning ko'zlari nafrat bilan qoldi va ular qo'llarini tushurdilar, chunki Iso ularning Kitoblaridan Eski Ahtda va alohida Uni qo'llanganligidagi O'zining ilohiy O'g'illikning imkoni borligini isbotlab berdi.

YUHANNO 10:37-39
37 Agar Men Otamning ishlarini qilmayotgan bo'lsam, Menga ishonmay qo'yaqolinglar. 38 Agar Uning ishlarini qilayotgan bo'lsamu, sizlar ishonmayotgan bo'lsangizlar, aqalli Mening ishlarimga ishoninglar. Otam Menda va Men Otamda ekanimizni anglab, imoningizni komil qilinglar. 39 Shunda yana Isoni ushlab olishga harakat qildilar, ammo Iso ulardan qutulib qoldi.

"Bu shunday," deb Iso tushuntirdi, "Sizlar Xudo qilgan g'amhorlik ishlariga Men ishonganimdek Menga ishonishingiz kerak. Agar Men Uning muruvvatini ifodalamaganimda hukmdorlik Meniki bo'lmagan bo'lar edi. Holbuki Uning sevgisi Menda nomoyondir va Menda Xudoning ishlarini bajarishga hokimyat bor, chunki ular Otaning haqiyqiy ishlaridir."

"Insoniylikda balki sizning miyyalaringiz xudojoylikni tushunmagan bo'lishi mumkin. Holbuki, so'zim orqali o'likni tiriltira oladigan, ko'rni ko'zini ocha oladigan, yoki bo'ronni tinchita oladigan va 5.000 kishini beshta non bilan va ikkita baliq bilan to'ydira oladigan Mening ishlarimni tekshirasizlarmi? Siz Muqaddas Ruh miyyalaringizni ochib tashlashini va Uning ovozini eshitishni xohlaysizmi? Shunday bo'lsa siz Xudoning O'zi Mendaligini bilib olishingiz mumkin. Siz Muqaddas Ruhga to'lganingizda siz bu kerak bo'lgan bilimda yashaysiz va jismoniy bo'lgan Menda to'la xudoni payqab olasizlar."

Shu yerda va olomonning oldida Iso, U Otada bo'lganligini, tokda novda bo'lganidek va u ildizlaridan kuch oladigandek, Masih ham Otaning davomchisi ekanligini va Unda yashashligini qudratli so'zlari bilan talaffuz etdi. Iktasi to'la ahillikda va birlikdadir. Biz shunday aytishimiz mumkin, O'g'il Otasini ochib berib va Uni sharaflab Otada yashiringan. Shunday qilib ko'p mashxur ibodatchilar "Osmondagi barhayot Otamiz, Sening noming ulug'lansin" degan so'z bilan boshlashadi.

Isoning shahodatida Uning xudoligini qattiq sevishda va ibodatida buni chuqur qidirgan odam Muqaddas Uch Birlik haqida yuzaki tushunishga qarshi bu keskin isbotligini tushunadi. Uchta Xodolar bir birlaridan ajiramaydilar, balki Muqaddas Uch Birlikda to'la birdir, va biz hursandchilik bilan Xudo bitta deb dalolat beramiz.

Yahudiylar Iso Ota bilan to'la birlashganligi haqida shahodatni yana qaytarganini eshitishganda, ular Isoni tosh bo'ron qilishdan orqaga qaytdilar. Hanuz ular Isoni qo'lga olishni va Uni Oliy Kengashga olib kelishni, u yerda Uning fikrlarini ochib tashlashni xohlar edilar. Iso ulardan chekindi. Hech kim Xudoning bolalarining bittasiga ham zarar yetkaza olmaydi, Otalarining irodasi ularni asraydi. Iso shunday dedi, " Hech kim Otamning qo'lidan ularni tortib ololmaydi."

IBODAT: Ota va Xudoning Qo'zisi, bizlar Sening sevgingda to'la birlikni ko'ramiz. Bizning fikrlarimiz Sening insoniyligingdagi xudoni tushuna olmaydi. Sening Ruhing buyuk sevgingni tushunishga va saqlab qoladigan hatti-harakatlaringni tushunishga bizlarga yoritib berdi. Sen bizlarni O'zingni bolalaring qilding. Seni nomingni kuylarimizda, so'zlarimizda va hatti-harakatlarimizda ulug'lashimiz uchun bizlarga yordam ber. Sen muqaddas bo'lganing kabi bizlarni ham muqaddaslagin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib O'zining ilohiyligini e'lon qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:09 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)