Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 042 (Jesus offers people the choice)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
B - Iso hayot nonidir (Yuhanno 6:1-71)

4. Iso odamlarga, "Qabul qilish yoki voz kechish!" tanlovini beradi (Yuhanno 6:22-59)


YUHANNO 6:22-25
22 Ertasi kuni ko'lning nargi yoqasida qolgan halq u yerda shogirdlar tushgan qayig'dan boshqa qayiq yo'qligini ko'rishdi va Iso shogirdlari bilan birga qayiqqa tushmaganini, shogirdlari yolg'iz o'zlari suzib ketganini payqadilar. 23 Shu payt Tiveriyadan boshqa qayiqchilar kelib qoldi. Qayiqchilar to'htagan joy Rabbimiz Iso shukrona duosini o'qigan va halq non yegan yerga yaqin edi. 24 Haloyiq Iso bilan shogirdlarining u yerda yo'qligini ko'rgach, qayiqlarga tushib, Isoni qidirib Kafarnahumga suzib kelishdi. 25 Ko'lning bergi bo'yidan Uni topdilar. -Ustoz, Sen qachon bu yerga kelding?-deb so'radilar.

Haloyiq Iso qayiqda suzib o'tmaganini sezishganda U ulardan qochishga ulgiganiga hayron qolishdi. U tunda kemada jo'nagan edi.

Minglab odamlar bekorga berilgan non haqidagi yangilikni tarqatib Kaparnahumga qaytib kelishdi. Odamlar bu nozi-ne'matda bo'lishishni xohlab ajablandilar va hasad qildilar. Haloyiq Uni oralarida topgunlaricha Uning shogirdlarining uylarida Isoni qidirishga shoshilishdi. Ular Masihiylik asosining haqiqatini ko'rishni boshladilar," Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomimdan to'plansa, Men ularning o'rtalarida bo'laman."

Mo'jizalar uchun havotirlanganlar yangi mo'jizaning habardori edilar. Ular shunday deb so'radilar, "Qanday qilib va qachon bu yerga kelding?" Iso savolga javob bermadi. Evaziga Uning sevgisiga g'ayratlilarning oralaridagi oddiy halqni tortish uchun ularni qidirib ruhiy g'amho'rlik bilan imonning ma'nosini aniqlab berdi, dushmanlarining voz kechkanligini va yolg'on gaplarini ochib berdi. Iso na issiq na sovuq holatni yoqtirmaydi va U imonlilarning doirasini yuzaki ommabob dindor odamlardan ajiratdi.

YUHANNO 6:26-27
26 Iso ularga shunday javob berdi:-Sizlarga gapning rostisini aytsam, sizlar ibratli mo'jizalarni ko'rganingiz uchun emas, balki non yeb to'yganingiz uchun Meni qidiryabsizlar. 27 Siz o'tkinchi oziq uchun emas, abadiy hayotga boshlovchi boqiy oziq uchun harakat qilinglar, uni sizlarga Inson O'g'li beradi. Inson O'g'li esa Ota-Xudoning muhriga molikdir.

Iso aniq olomonni ogohlantirdi: Sizlar Meni qidirmayabsizlar yoki sevmayapsizlar, na Xudoning to'g'ri fikrlarini o'ylamayabsizlar; lekin sizlar non va o'zingizning qorinlaringizni o'ylayabsizlar. Sizlar Mening maqsadim non bilan sizning ochligingizni qondirish emasligini tushunmayapsizlar, u balki Mening kuchimda sizlar Meni bilishingiz uchun edi. Sizlar hadyani qidirasizlar, biroq hadya beruvchiga etibor bermaysizlar. Sizlar dunyoviy ishlarni muhokama qilasizlar, lekin Mening Xudoligimga ishonmaysizlar.

Har kuni faqat yeb-ichish uchun ishlamanglar, balki Xudoning kuchi haqida fikr yuritinglar. Yeyish uchun yashaydigan hayvonlardek bo'lmanglar, biroq Ruh bo'lgan Xudoga yaqinlashinglar. U sizlarni O'zining abadiy hayotida baham ko'ruvchilar qilishga tayyordir.

Iso shunday deb tushuntirgan: Men sizlarga Xudoning buyuk mukofotini berish uchun bu dunyoga keldim. Men etdan va qondan bo'lgan oddiy inson emasman. Lekin Men sizning qut -barakangiz uchun O'zimda Xudoning sovg'asini olib yuraman. Xudo ruhiy hayotda aloqa qilish uchun va samoviy kuch bilan sizlarni jonlantirish uchun, O'zining Muqaddas Ruhi bilan muhirlab qo'ygan.

Bu hatti-harakat bilan Iso buyuk sirni Xudo barcha insonlar haqida o'ylashini va ularni kunlik rizq-ro'zini berishini va ularni sevishini e'lon qildi. U qut-baraka oldida Qonunni saqlashga majbur qiladigan jahildor Xudo emas. U solihni ham fosihni ham barakalaydi, va Uning quyoshi payonsiz hammaga birday sochiladi, hatto xudosizlarga ham, shak keltiruvchilarga ham sochiladi. Xudo sevgidir, va Masih halqni tanaviy fikrlaridan ozod qilish uchun va Ota Xudoga ishonish uchun ularni qaytarib olib kelishni izlaydi. Shunda Uning tasdiqlagan Shohligi dunyoviy oziq-ovqatga, boylikka va hukmronlikka bog'liq emas edi, balki Undan so'raganlarga Ruh beruvchi Masihning Insoniyligida ularni oldiga kelib ilohiy hayotdagi mo'l-ko'l bo'lgan ruhiy Shohlikka bog'liq edi.

YUHANNO 6:28-29
28 Halq Isodan: Xudoga ma'qul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak?-deb so'radi. Iso dedi: 29 -Xudoga ma'qul ish -Xudo yoborgan Zodga ishonishdir.

Haloyiq Isoning pand-nasihatlarini aniq tushunishmadi, lekin U Xudodan buyuk mukofatni taklif qilayotganini sezishdi, va hammalari bu abadiy hayotni qabul qilishni xohlashdi. Ular bu mukofat uchun hamma narsa qilishga tayyor edilar. Ular ishlari orqali Xudoning mukofatiga ega bo'lish uchun; Qonunga roya qilishga, qurbonlik qilishga, ro'za tutishga, ibodat qilishga va ziyorat qilishni davom ettirishga jon-jAhdlari bilan tayyor edilar. Shu yerda biz ularning ko'zlari ojizligini ko'ramiz. Ularning hammasi qonunchilardir, va o'zlarini ishlari orqali najotga ega bolishlari uchun havotirlanishadi. Ular bu mumkin emasligini sezishmaydi, holbuki ular ayibdor va adashishgandir. Ular buni qilish uchun ularda muqaddaslik va kuch bor deb tahmin qilib Xudoning ishlarini qilish haqida g'ururlanib fikr yuritishdi. Inson o'zining yuragining holatini ko'ra olmaslik darajasida ko'rdir, lekin o'zini farishtadek va Xudo u bilan mamnunligidek qabul qiladi.

Iso ularga hech qanday burchlarni va hatt-harakatlarni ulardan talab qilinmaganligini ko'rsatib berdi. Ular insoniylikda U orqali imonga chaqirilayotgan edilar. Xudo quntni yoki kuchni emas, ammo bizlardan Unga ishonishni va Isoga hosil keltirishni so'raydi. Bu so'zlar odamlarga to'siqqa yiqilish edi; mana shunda Isoni va haloyiqning o'rtasida ajralish boshlandi. U Xudoning ishi ular Unga ishonishadi deb tushuntirgan edi. "Agar siz qalbingizni Muqaddas Ruhga ochsangiz, siz Mening vakolatimni, maqsadlarimni va sevgimni bilib olasiz. Keyin Men faqat payg'ambar emas, balki sizga Otadan jo'natilgan Yaratguvchi O'g'il ekanligimni tushinib yetasiz."

Isoga ishonish Unga yopishib olishdir, va Uning qudrati orqali abadiy hayotni qabul qilib Uning boshqaruvini qabul qilishdir. Ishonish abadiylikda Iso bilan bog'lanishdir. Bu gunoh ularning hayotlaridan yo'qolib, ular abadiy U bilanyashashlari uchun O'zining O'g'liga ishonuvchilarni bog'laydigan Xudoning ishidir.

YUHANNO 6:30-33
30-Bizlar Senga ishonishimiz uchun qanday ish qilasan, ko'raylik-chi, qanday ibratli mo'jiza ko'rsatasan?-dedi haloyiq. 31-Ota-bobolarimiz sahroda manna yeganlar, Tavrotda:"Yeyish uchun ularga osmondan non yog'dirdi", deb yozilgan. 32 Iso ularga dedi:-Sizlarga rostini aytsam, sizlarga osmondan non bergan Muso payg'ambar emas. Osmondan tushgan haqiyqiy nonni sizlarga Mening Otam beradi. 33 Xudo bergan non osmondan tushuvchi va dunyoga hayot bag'ishlovchi nondir.

Isoning haloyiqning qismidagi to'la taslim bo'luvchilar uchun talabi qo'pol zarbadek keldi. Ular Isoni faqat Xudoga taqdim qila oladigan ba'zi narsalarini ulardan talab qilganini his etishdi. Shunda ular Isodan Uning da'vosini oqlashi uchun matnni so'rashdi. Ular shunday deb so'rashgandek, "Muso cho'lda odamlarga kunda yangi Manna noni bergandek, O'zingni Xudoliging to'g'risida bizlarga isbot qilib ber. Lekin Sen bizlarga bir marta non berding. Muso yuz minglab odamlarga non bergan, Sen oddiy besh mingta odamga non berding. Sen kataroq mo'jiza ko'rsat shunda bizlar ishonamiz. "Bu insoniy dard. Inson mutloqo Isoning sevgisiga tan berishdan voz kechadi, lekin birinchi isbotlarni talab qilishadi. Lekin Iso shunday deydi, "Ko'rmasdan ishonganlar bahtlidir. Imonlari bilan Meni ulug'laganlar birdirlar."

Iso Unga aniq ishonishga qonunchilik fikrlashdan eshituvchilarini qadamma qadam boshlagan oliy yo'l boshlovchidir. U ovqat uchun inkor qilishdan insonlarni ozod qildi va ularni ruhlantirdi; Uning O'zi Xudoning buyuk mukofotidir.

Asta-sekin bu aniqlikning qismida Iso Yozuvning ma'nosida U ularga Manna nonini bergan Musodek ularning yolg'on hayol-faraslaridan ularni ozod qildi. U hamma nozi-ne'matni Beruvchi edi va haqiyqatda buni qilgan Xudo edi. Iso ularni Xudo ularga yaxshiroq non va hech qachon yo'q bo'lib ketmaydigan samoviy nonni berishini sezishlari uchun ularni to'xtash holatiga olib keldi. E'tibor berib, ular Iso O'zini Xudoning O'g'liligini e'lon qilayotganini sezishar edi, chunki U Xudoni Otam deb chaqirdi. Olomon balki Musoning qo'li orqali osmondan tushayotgan tanaviy ovqat haqida o'ylashni davom ettirishgandir.

Iso Xudoning nonini yeb yutib qorinda hazim bo'ladigan emas balki farovon hayot va haqiqat uchun insonning ochligini qondiradigan Masih Kishisi ekanligini tushunishlari uchun ularning sezgilarini ko'tardi. Xudoning marhamatlari va ko'p kuchlar bilan yuklatilgan va taqdirlaydigan Iso osmondan tushib keldi. Xudoning noni tanaviy va yo'q bo'lib ketadigan emas, balki ruhiy va abadiydir. Manna noni yerdan chiqmadi, balki hamma insonzod uchun yetarli bo'lib Xudodan keldi. U Ibrohimning nasligacha chegaralanmagan. Ota Xudo butun dunyo uchun g'am chekadi.

IBODAT: Iso Tangrim, bizlarni o'zini o'ylaydigan hatti-harakatlardan saqlagin. Bizlarda kamtar imonni, Sen xohlagan narsani qilish uchun eshitishni yaratgin va kuching orqali ishlagin. Sen bilan to'la birlashishga bizlarni majbur qilgin. Bizdagi O'zingni huzuring orqali yuraklarimizning ochligini qondirgin. Bizni abadiy hayotga saqlagin. Ota biz Sendan bizlarga kelishing uchun, kuch va marhamat berganing uchun minnatdormiz.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Iso O'zida odamlarni non uchun bo'lgan xohishlaridan imonga yetakladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)