Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 130 (Parable of the Sower)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

a) Urug' Sepuvchi haqida Masal (Matto 13:1-23)


MATTO 13:18-23
18 “Endi sizlar urug' sepuvchi haqidagi masalni yaxhsi tinglanglar. 19 Xudoning Shohligi to'g'risidagi Kalomni eshitib, uqib olmagan har bir kishiga yovuz shaytin kelib, uning yuragiga ekilgan ezgulik urug'larini o'g'irlab ketadi. Yo'l yoqasiga tushgan urug'lar ana shularga ishoradir. 20 Toshloqqa sepilgan urug'lar esa shunday kishini bildiradi: u kalomni eshitar eshitmas sevinch bilan qabul qilaveradi. 21 Lekin ildizi yo'q, beqaror kishi bo'lgani uchun, kalom tufayli qayg'u yoki quvg'inga duchor bo'lgan hamon vasvasaga tushib qoladi. 22 Tikanlar orasiga sepilgan urug'lar esa shunday odamni bildiradi: u kalomni eshitsa-da, bu dunyoning tashvishlari va boylik rujui kalomni bo'gib tashlaydi va kalom samarasiz qoladi. 23 Yaxshi yerga sepilgan urug'lar esa, kalomni eshitib uni uqib oladigan odamni bildiradi. Bunday kishi, albatta, samarali bo'ladi; kimi yuz, kimi oltmish, kimi o'ttiz qat hosil beradi”.
(Matto 6:19-34, Mark 4:13-20, Luqo 8:6-15, 1 Timotiy 6:9)

Masihning masallari falsafachi xalqlarga yoki nazoratchilarga, yoki tabiatdan bo'lgan nooddiy narsalariga emas, balki sodda va oddiy dalillarga asoslangan. Ular qo'ldagi ishga mos keladi. Bular har kuni ko'rinadigan va eng oddiy fikrlarning ta'sirida keladigan eng ravshan haqiqatlardan olinadi. Bularning ko'plari urug 'sepuvchidek sanoatlashtirilgan qo'yilmalardan olinadi. Masih bu ruhiy qoidalar oddiyroq qilinishi uchun va bularni o'xshatish bilan bizning tushunchamizga tushishi uchun shunday qilish uchun bu yo'lni tanladi. Bu yo'l bilan, oddiy harakatlar ruhiy darajaga yetishi mumkin, va biz bu narsalarni ko'rishdan Xudoning yo'llarida zavq bilan fikr yuritish uchun imkoniyatni olamiz. Shunday qilib, qo'llarimiz har kuni muammolar bilan band bo'lganda, biz bu ta'limotlarning yordami bilan osmonda yuraklarimizga ega bo'lishimiz uchun boshqarilamiz.

Xushxabar So'zi shohlikning So'zidir. Bu Shohning So'zidir va qayerda Uning So'zi bo'lsa, o'sha yerda kuch bor (Voiz 8:4). Urug' sepuvchi Rabbimiz Iso Masihning O'zidir va Uning tanasi xizmatkorlarining ziroatidir. Xizmatkorlar Xudoning ishchilaridir (1Korinfliklarga 3:9). Urug' sepilgan yer har hil sifatlari va hislatlari bo'lgan inson bolalarining yuragidir, shuning uchun bu dunyoga qabul qilishning turli hil darajalaridir.

Insonning yuragi yaxshilanish qobilyatiga va yaxshi hosil olib keladigan yerga o'xshaydi. Dangasaning dalasiga o'xshash bo'lish achinarlidir (Hikmatlar 24:30). Qalb yashash, ishlash va boshqarish uchun Xudo Kalomi uchun o'rinli joy. Bu Rabbiyning chirog'ini yoritish uchun vijdonda ishlaydi. Yuragimiz Xudoning Kalomi yoki dunyoning yovuzligi bizda qanchalik ishlashini ochib beradi. Yaxshi urug' ekilgan ba'zi yerlar hech qanday hosil keltirmaydi. On the other hand, good soil brings forth fruit in abundance. So it is with the hearts of men; the different characters are represented by four types of soil of which three are bad, and one is good. Bir tomondan, yaxshi yer mo'l-ko'l hosil keltiradi. Shunday qilib bu insonlarning yuragi bilandir; turli hil hislatlar yaxshi va yomon daraxtning yerining to'rtta turlari orqali ko'rsatiladi.

Sizda xushxabar urug'i nima keltirgan, hech qanday hosilmi, yoki bir nechami yoki ko'p hosil keltirganmi? Siz kimligingizni bilish uchun Iso orqali bizga berilgan izox nuridagi bu masalni o'rganing. Sizni yaxshi va hosildor yer qilishi uchun Masihdan so'rang. Hursandchilik va tirishqoqlik bilan Xudo Kalomini o'rganishingiz uchun fikringizni o'zgartirishini ham Undan so'rang. Siz ko'p hosil keltirishingiz uchun va bunga ko'ra harakat qilishingiz uchun Kalomni ehtiyotkorlik va doyimiylik bilan o'qishingiz uchun bosh ishingiz boshqarilsin.

Tavba qilmasdan xushxabarni eshitish uchun juda sayoz va juda tirishqoq bo'lishdan ehtiyot bo'ling. Haqiqatdan tavba qilmaslik ovoragarchilikni keltirib chiqaradi, va yaxshi poydevor bilan qilmasdan yerga uyini quradigan bir insonga taqqoslaniladi. Iso havoriylarini Yahyoning shogirdlaridan tanlab oldi, chunki ular haqiqiy tavba qilganlar edilar. Lekin Iso ko'rsatgan mo'jizalarning sabablari bilan Uning oldiga shoshgan olomon Isoni tark etib, quvg'in ko'tarilganda darhol Uni tashlab ketdilar, chunki ular tavba qilish uchun va najod uchun kelishmayotgan edi balki ruhiy qiziqishdan ko'ra o'z qiziqishlaridan kelishyotgan edi.

Ayniqsa, tashvish va havotirlaringizga qarshi Rabbiy sizga yordam berishini so'rang va birinchi Uning solihligini va osmon shohligini izlashingiz uchun pulga bo'lgan muhabbatdan sizni ozod qilishini so'rang. Shunda siz Xudoning O'zi siz uchun g'amho'rlik qilishini va sizni duo qilishini topasiz.

Quvg'in qizdiradigan quyosh orqali bu masalda beriladi. Isitadigan va g'amho'rlik qiladigan, yaxshi tomir otgan, quritadigan va kuydiradigan xuddi shu quyoshda sayoz tomirlar bor. Masihning xochi bilan birga Masihning so'zi ham ba'zilarga “hayotdan hayotga bo'lgan hursandchilik,” boshqalarga “o'limdan o'limga bo'lgan hursandchilikdir.” Buzilishga va darbadarlikka ba'zilarni turtadigan xuddi shu qiyinchilik boshqalar uchun ishlaydi “ ulug'vorlikning abadiy bosimidan yiroqrog'da.” Ba'zilarni qimirlatadigan sinov, boshqalarni tasdiqlaydi!

Qanchalik tez ular yiqilishiga e'tibor bering, ular yetilganda umidsizlanadi. Mulahazasiz ko'tarilgan ish oddiygina hech qanday fikrsiz qulaydi.

Xudoning marhamatli so'zi yaxshi yerga tushadigan urug' o'zining mohiyatini o'zgartirmasdan yoki hech qanday hislatlarini yo'qotmaydigan to'la oltin quloqni keltirib chiqaradigandek sizda shubhasiz juda ko'p hosil keltiradi. Shuning uchun fikrlaringizdan va qiziqishlaringizdan kelib chiqadigan o'zingizning hosilingizni keltirmang, balki Xudoning Kalomi hayotingizda ko'paysin. Farovonlik va hayot Uning inoyatidir, bizniki emas.

Qolgan yaxshi yerning yolg'iz qismi bir so'sda ya'ni “hosildor” so'zida edi. Bu orqali haqiqiy Masihiylar ikkiyuzlamachilardan farqlanadilar, ular “solihlik hosillarni keltiradilar.” “Sizlar ko'p hosil bersangiz, Otam ulug'lanadi, sizlar esa Mening shogirdlarim bo'lasizlar” (Yuhanno 15:8). Masih bu yaxshi yerda hech qanday tosh yoki tikon yo'q deb aytmagan, balki hosildorligiga halal berish uchun kuchliroq isbotlagan hech kim bo'lmagan. Bu dunyodagi azizlar gunohning qoldiqlaridan to'la ozod emaslar; lekin Xudoga shukurki, buning hokimyatidan ozod bo'lganlar.

IBODAT: Ey Ota, yuragim qattiq, sekin, sayoz va yovuzdir. Iltimos mening mag'rurligimni buzib tashla, foydasiz maqsadlarimni yengib yubor va so'zingni eshitishim uchun quloqlarimni ochgin. Doyim Kalomni o'rganishim uchun menga mustahkam iroda ber. Haqiqiy imonga, ishlaydigan sevgiga va tirik umidga meni qo'yadigan va yuragimni yoritadigan Muqaddas Kalomingga har kuni chuqur kirib borishim uchun vaqtimni va irodamni tashkil qil.

SAVOL:

  1. Xushxabar tinglovchilarining to'rtta turlari qaysilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)