Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 129 (Parable of the Sower)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

a) Urug' Sepuvchi haqida Masal (Matto 13:1-23)


MATTO 13:10-17
10 Shogirdlar yaqinroq kelib, Isodan: - Nega xalqqa masallar bilan gapiryapsan? - deb so'radilar 11 U ularga javob berib dedi: - Chunki Osmon Shohligining sirlarini bilish qobilyati sizlarga berilgan, ularga berilmagan. 12 Zero kida bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. Ammo kimda yo'q bo'lsa, bori ham undan tortib olinadi. 13 Xalqqa masal bilan gapirishimining sababi shundaki, ular qarab turib ko'rmaydilar, quloq solib turib eshitmaydilar va anglamaydilar. 14 Ishayo payg'ambarning karomati ularga juda to'g'ri keladi, mana Xudo shunday degan: “Tinglab tursangiz-da, anglamaysizlar, qarab tursangiz-da, ko'rolmaysizlar. 15 Bu xalqning dilini-chi yog' bosgan, arang eshitar qulog'lari ham, ko'zlarini esa yumib olganlar. Ko'z ko'rsin deb, quloq eshitsin deb, dil farosatli bo'lsin deb, Menga iltijo qilsalar edi, Men ularga shifo berar edim”. 16 Lekin ko'zlaringiz ko'rayotgan va quloqlaringiz eshitayotgan sizlar qanday bahtlisizlar! 17 Sizga chinini aytayin: ne-ne payg'ambaru solihlar siz ko'rayotganlarni ko'rishni orzu qilganlar-u ko'rolmaganlar, siz eshitayotganlarni eshitishni orzu qilganlar-u eshitaolmaganlar.
(Levilar 29:3, Hikmatlar 9:9, Ishayo 6:9-10, Mark 4:10-12, Luqo 8:9-10, Yuhanno 9:39, 1 Korinfliklarga 2:10, 1 Butrus 1:10)

Bu sirlarni eshitish va tushunish uchun Masihning shogirdlariga berilgan inoyatdir. Tushunish Xudoning birinchi sovg'asidir. Bu xushxabar sirlarining bilimi bo'lgan hamma haqiqiy imonlilariga berilgan. Bu shubhasiz bo'lgan eng yaxshi bilimdir.

Iso dengiz bo'yiga yaqin qayiqda o'tirgani va Uning so'zini tinglash uchun yerda xaloyiqning o'tirishi qanday ajoyib surat. Iso ularga imonlilarning o'sish qonunlarini va o'smaganlarda ruhiy zidma zidlikning qoidasini tushuntirishni boshladi.

Imonlilar Xudoning Kalomini eshitib, bunga rozi bo'lishdi va Xudoning O'g'liga ishonish uchun kelib, yangi ahdga bo'lgan imon orqali U bilan birlashdilar. Ular Isoda qolishdi, va Uning nomi bilan boshqalarni gunoh zulmatidan ozod qilish uchun va Uning irodasini bajarish uchun kuch-qudratni olish uchun Uning tirik so'ziga shuqur kirib borib, tomir otib borishdi. Masihning O'zi ularning yuraklarida yashadi va najodini e'lon qilish uchun ularga imkoniyat berdi.

Rabbiy ularni marhamatlagan Isoning izdoshlaridagi ruhiy o'sish qanday buyukdir, chunki ular Isoni ko'rishgan, Uni tanib, Unga quloq solishgan va so'zlariga itoat qilishgan. Najodkorlari kabi Isoga qarshi bo'lganlarga qulash va achinish qonuni qanday achinarli. Masihdan oldin Xudo Eski Ahd xalqni yuragini tosh qilish uchun 700 yil ilgari Ishayo payg'ambarni yuborgan, chunki ular Xudo Asiriya qo'shinlaridan ularni qutqarganidan keyin haqiqatdan tavba qilmagan edilar. Ular sekin-asta yovuzlikka cho'kib borishdi va oxir oqibat Xudo ularni jazoladi va Bobilga Chaldeya qo'shinini olib kelgan. Bu tarixda shunday deb nomlanadi, “Bobil qurshovi.” Bundan keyin, Xudo ularga rahm qilib, 70 yildan keyin ular sababni eshitishlari uchun va Xudolariga qaytib kelishlari va uylariga qaytib kelishlariga ular uchun eshik ochdi. Masih kelganda, Yahudiylarning ko'plari ota-bobolari kabi harakat qilishgan va yuraklarini Iso va Uning xushxabariga qarshi berkitib olishgan. Bu faqat ulardan bir nechtasi tavba qilib, Xudoning O'g'lini qabul qilganligini qayta ko'rsatgan, holbuki xalqning ko'pchiligi zo'ravonlik, o'jarlik va bag'ri toshlik bilan Isoga qarshi bo'lishdi. Biroq, Ishoyoning payg'omida yana o'zining bajarilishi bo'r edi; Xudo ularni tilka pora qilib, xalqning orasida ularni tarqatib yubordi.

Masihiy mutahasislari hukm tomon ularga ergashmaslik uchun Yoqub o'g'illarining tosh bag'riligining tarixidan bir dars o'rganishganmi? Xushxabarni eshitib, bunga javob bermaydiganlar qotib boraveradilar. Xudo ularni oxirida hukm qilishiga to'g'ri keladi, chunki ular Uning najodini rad etib, yangilanishdan qaytganlar va ruhiy hayotning hosillarini keltirmaganlar.

Iso bizga birinchi masalida Xudoning dalasidagi xushxabar xizmatlarining natijasini ko'rsatgan. Xushxabar hamma uchun. Urug' sepuvchi hamma yerga yaxshi urug'ini sochib, mo'l-ko'lchilikda sepgan; yo'l yoqasiga, toshloq yerga va urug'ni bo'g'ib qo'yadigan tikanaklar orasiga. Xudo har bir kishiga xushxabarni to'liq qabul qilish uchun bir hil imkoniyatni beradi, - bu ilohiy urug'dir.

IBODAT: Muqaddas Ota, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen hamma xalqlarga xushxabaringni, najod xushxabaringni yubording. Bizni muqaddaslikka, yangilanishga, imonga va tavbaga boshlagan va bizga ulug' umidni taqdim etgan Iso va Uning toza Kalomi uchun Senga rahmat aytamiz. Kuchsiz sevgimiz uchun bizni kechir, chunki biz gunohkorlar Najodkorlari va Rabbiylari kabi Senga ishonib tavba qilishlari uchun o'z tillarida ularga najod to'lovlarini taqdim etmaganimiz uchun bizlarni kechir. Samoviy Ota ularga rahm qil, ular Senga quloq tutishsin, sevgingning boyligini tushunishsin, xushxabarda O'g'ling Isoni ko'rishsin, Uni to'liq tushunishsin, va mehrli surating tomon o'zgarishsin.

SAVOL:

  1. Ruhiy o'sishga qarshi to'siqlar nimalar va tosh bo'lib qotib qolishdan imonsizlarning qoidasi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)