Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 083 (The traitor exposed and disconcerted)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
B - Tangrining qutlug' kechligiga ergashadigan hodisalar (Yuhanno 13:1-38)

2. Xoyin oshkor bo'ladi va dovdirab qoladi (Yuhanno 13:18-32)


YUHANNO 13:21-22
21 Iso bularni aytdi-yu, ko'ngli g'ash tortdi. Endi ochiqdan -ochiq so'zlay boshladi:-Sizlarga rostini aytayin, sizlardan bir kishi Menga xiyonat qiladi. 22 Shogirdlari esa U kimni nazarda tutayotganini bilolmay, gangib bir-biriga qarab turar edilar.

Iso shogirdlariga o'zaro sevgi va hizmat haqida aytib berdi. U ahillikning timsolini va andishani ularning oldida ifodalab berdi, ularga kuchsizlikda Uning hukmdorligi porlashini, shunda ular Iso Xudo akanligiga habardor bo'lishlarini va U hodisalarning boshlig'i, hatto o'lim soatida ham boshqaruvchi va bajaruvchi ekanligini oldindan aytgan edi. Iso bu aniqlikka qaragandek Yahudoning hoinlik qilishini va Yahudo faqat o'zining yakka ig'vosiga ko'ra harakatlanmayotganini, balki jannat haqida beparvolik bilan harakatlanishiga va o'zining jinoyatini bajarish uchun unga ruhsat berdi.

Iso shogirdlariga ulardan birlari Uni Yahudiylarning Kengashiga topshirishga qaror qilganini ochib berdi. Bu bayon hursandchilik bayrami paytida portlashga o'xshab keldi. Iso bu dalilni tasodifan aytmadi, balki U O'zi Lazarning qabrida bo'lganidek Ruhda bezovtalangan edi. U aynan Otasi Uni tashlab ketishini o'ylaganda yuragi ezildi. Iso Yahudoni sevgandi va tanlagandi; u tanlangan do'sti Xudoning O'g'liga hoinlik qilishi mumkinmasdek tuyuldi. Hatto Kalom Zaburdagi 40:10 ni zikr etadi, "Hatto Mening non-tuzimni totgan, Menga qarshi tovonini ko'tardi."

Shunda, shogirdlar "U hoinmikan?" deb bir biriga qaradilar. Ular hoinlik qilish xohish uchun bu biror kim uchun mumkinmikin degan shubha bor edi. Isoning yo'li nafratlanish va rad etilishga kelgan zahotiyoq Uni tashlab ketish haqida ularning miyyalarida va fikrlarida bor edi. Ular Isoning oldida o'zlarini o'zlari oshkor qilganlarini ko'rib, bundan uyatda edilar va Isoning nurini qidirish oldida ilohiy sinovga yuzlanolmasdilar.

YUHANNO 13:23-30
23 Shogirdlardan biri Isoning bag'riga bosh qo'yib yonboshlar edi; Iso uni sevar edi. 24 Unga Simun Butrus: "Iso kim haqida gapiryapdi so'ra-chi", deb imo-ishora qildi. 25 Shunda u Isoning ko'ksiga yaqinroq engashib:-Rabbim, u kim?-deb so'radi. 26 Iso javob berdi:-Men bir burda nonni botirib kimga bersam, u o'shadir-dedi. So'ng burda nonni botirib, Simun o'g'li Yahudo Ishqariyotga berdi. 27 Yahudo burdani olar-olmas, shayton uning ichiga kirib oldi. -Qiladiganingni tezroq qil,- dedi unga Iso. 28 Dasturhon atrofidagilardan hech kim nima uchun Iso bu so'zlarni Yahudoga aytganini tushunmadi. 29 Pul qutisi Yahudo bo'lgani sababli, ba'zilari Iso unga: "Bayram uchun bizga kerak bo'ladigan narsalarni sotib ol", yoki"qambag'allarga bir nima ber ", deyapdi deb o'ylaydilar. 30 Yahudo esa o'sha burda nonni olgan hamon tashqariga chiqib ketdi. Tun cho'kkan edi.

Bu shovqin-suronning orasida sodir bo'lishi haqidagi hoinlikdan kelib chiqib, biz mexribonlikni sevishga yaxshi guvohlikni o'qiymiz. Yuhanno Isoning yonida dam olib yotardi. Havoriy bir marta ham o'zining ismini bu xushxabarda eslatib o'tmaydi, lekin u sevgining belgisi, Isoga o'zining eng yaqinligini ko'zga ko'rinarli qilib eslatadi. Unda Iso uni sevganiga qaraganda boshqa buyukroq yorliq yo'q edi. U hurmat qilib, Xudoning O'g'lini ulug'lab, o'zining ismini tushirib qoldiradi.

Butrus Isodan hiyonatchining ismi haqida to'g'ridan to'g'ri so'rash uchun juda uyalgan edi, lekin xuddi o'sha vaqtda u asabini tutib olishga qobilyatsiz edi. U Yuhannoga hoin kim ekanligini aniqlab olish uchun imo-ishora qildi. U Iso tomon egilib, "U kim?" deb so'radi.

Iso bu savolga sekingina hoinlik qiladiganning ismini aytmasdan, imo-ishora qilib aytdi. Bu borada Iso hoinning ismini ochib berishni xohlamadi. Faqat Yahudoda o'zgarsa bo'ladigan imkoniyat bor edi. Iso shogirdlari bilan Uni birlashtiradigan inoyat nonini sindirdib, nonni kosaga botirib, uni Yahudoga berdi. Bu harakatning maqsadi shogirdni abadiy hayot uchun kuchli qilish edi. Lekin Yahudo hoinlik qilishni istaganida, bu burda non behudaga ketdi, biroq bu uning yuragini tosh qildi. Uning yuragi inoyat uchun berk edi, va Shayton uning ichiga kirib oldi. Qanday daxshatli tasvir! O'zining hukmdorligi orqali Iso tosh yuraklarni diydasini qotiradi. Iso Yahudoga nonni berganda, Shayton uning fikrlari bilan ovora edi. Yahudo nonni olgandan keyin, iblis uning ichiga kirib oldi. Iso hoinni ilohiy himoyadan maxrum qilib uni Shaytonga topshirib, hukm qildi.

To'saddan, Yahudo burda nonni olganda, oshkor bo'ganini bildi. Keyin Isoning shahona buyrug'i unga keldi, "Qiladiganingni tezroq qil, iblis o'z ishini tugatsin va yaxshilik kelsin."

Shogirdlar shoshilish uchun Yahudoga Isoning buyrug'ini tushunmadilar. Odatda U Yahudoga ular uchun oziq-ovqat sotib olishni buyurar edi. Yuhanno bu Masihning huzurining nuridan zulmatga o'tayotgan Yahudoning daxshatli tasvirini hech qachon unutmadi.

YUHANNO 13:31-32
31 Yahudo chiqib ketgach, Iso dedi:-Hozir Inson O'g'li ulug'lanadi, Xudo ham Inson O'g'li orqali ulug'lanadi. 32 Inson O'g'li Xudoni ulug'lagani uchun, Xudo ham O'zicha Inson O'g'lini ulug'laydi, ha, Uni tez orada ulug'laydi.

Qanday qilib Iso hiyonatkorning bu harakati orqali ulug'lanadi? Qanday qilib yaxshi meva yomon hatti-harakatlardan kelib chiqadi?

Isoning tanlangan shogirdi Undan yuz o'girganda Uning yuragi og'ridi. Mabado sevgi nigohi hiyonatchini qaytaradi deb U umidini uzmasdi. Lekin tunda Isoni qo'lga olich uchun qo'riqchilarga yordam bergan Yahudo Yahudiy Kengashiga qarab shoshildi.

Masih Yahudoni hoinlik qilishni bajarish uchun uni jo'natganda, siyosiy Masih bo'lish uchun shaytoniy vasvasaga tish tirnog'i bilan qarshi bo'ldi. Iso Xudoning qo'zisidek insonzodni yuvoshlik va kuchsizlik orqali qutqarish uchun va O'zining o'limi orqali qurbonlik sevgi bu O'zining ulug'vorligining ma'nosiligini e'lon qilib o'lishni tanladi.

Iso insoniy ulug'vorlikni qidirmadi, balki O'zining o'limida Otasining ulug'vorligini qidirdi. Uning Otasi bu dunyoga yo'qolganlarni saqlab qolish uchun Uni jo'natdi. O'g'il yiqilgan insonda Otaning timsolini yangilashni xohladi. Bu yangilanish uchun Iso Xudoning otalik sharofatidagi imon uchun ularni parvarish qildi va Otani ochib berdi. Yakka tarbiyalanish yetarli emas, chunki Xudo va Uning yaratganlarining o'rtasida to'siqni tiklash uchun gunoh ko'payib yotibdi. O'g'il Xudodan bizlarni ajiratib turadigan to'siqni yo'qotish uchun va solihlik talablari bajarilishi uchun o'lishiga to'g'ri keldi. Masihning o'limi Otaning Ismi ulug'lanishi uchun kalitdir. O'limsiz Otaning haqiyqiy bilimi, asrab qolingan qonun, yoki haqiqiy yangilanish bo'lmaydi.

Masih O'zidan kechkanda, Uning o'limi Otaga shon-sharaf olib keldi, U Otasi O'zining ulug'vorligini Unga berishini ham e'lon qildi, shunda U barcha ulug' sovg'alarning bulog'i bo'ldi. Qo'lga olinish uchun va xochga mixlash uchun oldingi soatlarda, Iso, O'zining tirilishini, ko'tarilishini va taxtga o'tirishini ko'rdi. Masih O'zining ulug'vorligiga kirish uchun o'lish kerak edi.

Masihning azoblarini va o'limini rad etganlar, qabrni ochadigan O'g'ilning muqaddasligini va xochdagi aniq bo'lgan Xudoning irodasini tushunmaydilar va ularni kuchsizlik belgisidek hosoblaydilar. U O'zining ulug'vorligini hamma joyda yondirgan ilohiy qurbongohda ko'rsatdi, shunda Unga ishonuvchi hamma oqlansin.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Sening najoding uchun, kamtarliging uchun va azoblanishing uchun, o'liming uchun va tirilishing uchun Seni ulug'laymiz. Bizlar Masihning qoni orqali qutulganligimizga ishonamiz. Biz Ruhning kuchida Senga ulug'vorlikni beramiz. Sen bizlarni hayot xatarlaridan va azoblaridan saqlading. Sen bizlarga taqdim qiladigan hayot abadiydir. Biz Sening O'g'ling yaqinda shon-shuxratda kelishiga ishonamiz. Omin.

SAVOL:

  1. Iso Yahudo Uni tashlab ketganda ko'rsatgan ulug'vorligining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)