Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 011 (The Sanhedrin questions the Baptist)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

1. Oliy kengashning vakili Yahyoni so'roq-savol qiladi (Yuhanno 1:19-28)


YUHANNO 1:19-21
19 Quddusdagi yahudiylar yuborgan ruhoniylar va levitlar Yahyo payg'ambarning oldiga borib undan: "Sen kimsan?"deb so'radilar. 20"Men Masih emasman"deb ochiq tan oldi u. 21 Yana undan "Bo'lmasa Ilyos payg'ambarmisan?"-deb so'radilar. "Yo'q"-dedi u. "O'sha payg'ambarmisan?"-deb savol berdilar. U yana "Yo'q" -deb javob berdi.

Bu Hodisa O'rdun daryosida ro'y berdi va Yahyoga qaratildi. Minglab odamlar baland tog'lardan chuqurliklarga va juda issiq darada hech kim yurmaydigan yo'llar orqali adashib qolganlar. Ular bu yangi payg'ambarning ovozini eshitish uchun Yahyoning oldiga tushishdi, va gunohlari kechirilishi uchun Yahyo orqali suvga cho'mib imon keltirishdi. Olomon odatda mag'rurlikni tez-tez o'ylab turadigandek nodon emasdir lekin ular chanqoq va ilohiy rahbarlikni qumsaydigan odamlardir. Shu narsalarga ega bo'lgan odamlarda ular tezda kuchni va hokimyatni sezib oladilar. Ular rasm-rusumlar va qonun-qoidalar haqida eshitishni xohlamadilar, lekin Xudo bilan uchrashishni sog'inishgandi.

Oliy kengashning a'zolari va yahudiyaning oliy din sudyalari bu ishdan habar topdilar. Ular oliy ruhoniylarning vakillarini va qurbonliklarni so'yadigan diydasi qattiq yordamchilarini jo'natdilar. Ular Yahyoni so'roq savol qildilar, agar u Xudoga shak keltirganda ular uni yo'q qilgan bo'lar edilar.

Yahyo va oliy kengashning vakillarining o'rtasidagi uchrashuv rasmiy va hafli edi. Havoriy Yuhanno bu kishilarni Yahudiylar Quddusdan kelishi deb nomlaydi. Bu ism bilan u o'zining Xushxabaridagi mavzularning birini ochadi. Chunki o'sha payitda yahudiylarning fikrlari qonuniy adabiyotlar bilan aqidaparastli va hasadga to'la edi, shunday qilib Quddus Masihning ruhiga qarshi markaz bo'lgan edi. Eski Axd davridagi odamlar bunday emas edilar lekin ruhoniylar to'dasi ayniqsa farziylar o'zlarining rejalaridan va nazoratlaridan chetga chiqib har-bir dinni rivojlanishiga ogoh bo'lib turadigan dushmanlar edilar.

Yahyoni diqqat bilan tinglab uni o'rab olganlar Yahyoga shunday deb murojat qildilar, "Sen kimsan?" bu birinchi savol edi. "Kim senga gapirish uchun vakolat berdi? Sen qonunni va teologiyani o'rganganmisan? Sen o'zingni Xudodan qo'yilgan deb hisoblaysanmi yoki o'zingni Masihdek ko'rasanmi?"

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo bu savollar orqasida turgan ayyorlikni ko'rdi va ularga yolg'on gapirmadi. Agar U "Men Masihman " deb aytganda, ular uni hukm qilib Uni toshbo'ron qilgan bo'lar edilar, va agar U "Men Masih emasman" deb aytganda, odamlar uni qoldirib uni muhim deb hisoblamagan bo'lar edilar. O'sha paytda Ibrohimning avlodlari Rumenyaliklar orqali mustamlaka bo'lishdan uyat tagida azoblanishayotgan edilar. Ular Rumenyaliklarning jabr-zulimidan ularni qutqarib oluvchi Najotkorni qumsashdi.

Yahyo ochiqchasiga u Masih ham emas Xudoning O'g'li ham emasligini tan oldi. U Muqaddas ruhning rahbarligiga qarshi borgan dalilni qabul qilmadi. U vaqtida Xushxabarini isbotlaydigan Xudoga ishonib va Uning chaqirig'iga sodiq qolishni va kamtar bo'lishni tanladi.

Ularning birinchi savollaridan keyin uning oldiga vakillar "Sen Elisha payg'ambarmisan?" deb so'ragani borishdi. Yozuvda shunday deydi: Masih kelishidan oldin Xudoning ruhsati bilan osmondan erga uning dushmanlariga olov olib kelgan va o'limdan tirilgan Elisha payg'ambar ulug' kuchda va ruhda paydo bo'ladi deb bu ism Malayhiya 4:5 da va'daga ko'ra zikr qilinadi. Hamma bu bahodirni xalqlarining boshqaruvchisidek hisobladil. Lekin Yahyo o'zini kamtar tutdi, hatto haqiqatda Masih keyinchalik O'zining shahodatida u haqida shohidlik qilganidek u va'da berilgan payg'ambar edi (Matto 11: 14).

Keyin ruhoniylar undan Muso o'ziga o'xshagan yangi va buyuk ahdga noil qilinadigan payg'ambarni oldindan aytib bergani haqidagi va haqiqatdan u va'da berilgan payg'ambarmi yoki yo'qmi buni bilish uchun Yahyodan so'radilar (Iklamchi qonun 18:15). Bu savollar orqasidan ular payg'ambardek gapiradigan Yahyoni kim jo'natganligini bilib olish istagida edilar. Shunday qilib ular, u kim, unda qanday hokimyat bor va u vahiy orqali gapiradimi yoki o'zidan gapiradimi deb o'ylab uni so'roq savol qilishga harakat qilardilar.

Yahyo o'ziga Musoning mansabini va ro'lini olishdan voz kechdi. U shunday qilishga topshiriqsiz Xudo bilan yangi ahd tuzishni xohlamadi. Na u odamlarni xarbiy g'alaba qozonishga boshqarishni xohladi. U vasvasa paytida sodiq qoldi va u manmanlik ham mag'rurlik ham qilmadi. Xuddi o'sha vaqtda u dono edi va uning dushmanlariga kerakli so'zlardan ortiq javob qaytarmadi. Hayotimizda shu asoslarni qo'llash muxumdir.

IBODAT: Rabbiy Iso bizning dunyomizga hech-qachon mag'rurlik qilmagan suvga cho'mdiruvchi Yahyoni o'natganing uchun minnatdormiz. Biz boshqalarga qaraganda muximroqmiz va ulug'rog'miz deb o'ylagan mag'rurligimizni kechir. Bizga noloyiq qularligimizni tushuntir va yagona Sen ulug'san.

SAVOL:

  1. Yahudiy Oliy Kengashidan bo'lgan vakillarning savollarining maqsadi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:09 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)