Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 096 (Riot of the Silversmiths in Ephesus; Paul´s Last Journey to Macedonia and Greece)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

4. Efes shahridagi qo'zg'alon (Havoriylar 19:23-41)


HAVORIYLAR 19:35-41
35 Oqibat shahar kotibi olomonni tinchitib: “Ey Efes xalqi! - dedi. - Efes shahari buyuk ma'buda Artemisning va osmondan tushgan toshning homiysi ekanini qaysi odam bilmaydi? 36 Modomiki, bu ishda da'vo yo'qdir, unda sizlar xotirjam bo'lishingiz va o'ylamasdan harakat qilmasligingiz kerak. 37 Ana, ma'badni talamagan ham, ma'budangizni haqorat ham qilmagan kishilarni sizlar bu yerga boshlab kelibsiz. 38 Agar Dimitriy va u bilan birga bo'lgan san'atkorlar biron kishidan shikoyat qilmoqchi bo'lishsa, unda mahkamalar bor, qozilar bor, qo'ying, bir-biridan shikoyat qilaverishsin. 39 Bordiyu boshqa biron narsani talab qilmoqchi bo'lsangizlar, bu masala qonuniy majlisda hal qilinadi. 40 Bugun bo'lib o'tgan ishlar tufayli g'alayon qo'zg'ashda ayblanish xavfida turibmiz-ku! Bunday to'polon uchun o'zni oqlagudek hech qanday vajimiz ham yo'q”. Shu so'zlarni aytib bo'lib, kotib yig'inni tarqatib yubordi.

Bir dono kishi teatrda g'azablangan olomoning orasida o'tirgan edi. U jim edi va xalqini tushundi. Ular uni shahar mansabdor deb atashgan. U baland baqiruvchilarga gapirishga harakat qilmadi, lekin ikki soat ularni baqirish uchun qo'yberdi. Ular holdan toyganlaridan keyin ularni koyish uchun eng yaxshi narsani o'yladi. U issiq havoda olomon charchagani ko'rganida, o'rnidan turib gapirishni boshladi. Olomon jim bo'ldi. Shahar mansabdori birinchi Efesliklarning shuhratini ta'kidladi. U Artimis ma'budasining qora yog'ochdan qilingan buti osmondan tushganini, baxslashishga umuman muhtojlik yo'qligiga dalolat berdi. Butun dunyo bu haqida bilar, hech kim bu imonni rad eta olmas edi. Hech qanday ehtiyotsizlik qilinmasligi uchun, jimlik kerak bo'ldi. U ham paydo bo'lishi mumkin bo'lgan hodisalarni hal qilish uchun o'zining tayyorgarligini ko'rsatdi.

U Pavlusning sheriklari va yosh Iskandar hech kimni talamaganligini yoki ma'badlar haqida yomon narsalarni aytmaganligini gapirishni davom ettirdi. Olomon g'azab bilan baqiryotgan payitda u bu tergovni ular bilan tuzdi. Uch kishi beayib edi va olomon nohaq ularga changal solish uchun ayibdor edilar.

Zargarlarning boshqaruvchisi Dimitriy Pavlusga qarshi shikoyat hodimini olib kelmadi (u alg'ov-dalg'ovning ayibdori bo'lishdan qo'rqanidan bu yig'ilishga kelmagan bo'lishi mumkin). Shuning uchun, mansabdor agar ularda birorkimga qarshi yetarli isbotlari bo'lganida uning zargar hamkor ishchisi shikoyat hodimi va undan hanuz kutar edi. Shu yo'lda, ish o'zining yo'lini tezlata oldi.

Mansabdor sekin sekin olomonni tinchlantirishni davom ettirdi. U olomonning fikrlariga va birga qaror qilishlaridan ularga halal bermadi. Lekin u gapirishga haqqi bor bo'lgan hamma odamlarning oldida rasmiy uchrashuvda ularning talablarini bajarish uchun ulardan so'radi. Luqo shu yerda Rimni egallab olish mobaynida Yunon madanyatidagi shaharlarning tashkilotiga chuqur zakovatni taqdim etadi.

Oxiri, hokim olomon eshitishi uchun do'q urdi. U olomonga noloyiq shaharlardan yorliqlarni olib tashlangan vaqtlarda va loyiq bo'lganlarga yangi yorliqlar berilgan vaqtlarda Rimning g'azabi chiqishining xavfini ularga ko'rsatdi. Efesliklarning hech biri ular erishgan mehribon Rimni yo'qolishi uchun sabab bo'lishni xohlamadilar. Aksincha, ularning hammasi barchasidan ham yuqori bo'lgan o'zlarining oxirgi boshliqlaridek buni qidirdilar. Odamlarning g'azabi dono mansabdorning nutqi orqali pasaydi va hammalari uylariga qaytib ketdilar.


5. Pavlusning Makedoniya va Yunonistonga bo'lgan Oxirgi Safari (Havoriylar 20:1-3a)


HAVORIYLAR 20:1-3a
1 To'polon tugagandan keyin Pavlus Iso shogirdlarini chaqirib, nasihat qildi va ular bilan hayirlashib, Makedoniyaga jo'nab ketdi. 2 U kezib o'tgan yurtlardagi imonlilarga ko'p o'git-nasihat berib, Yunonistonga keldi. 3 Uch oy u yerda turdi,

Pavlus Efesliklarning to'polonida o'syotgan jamoat xavfga va quvg'inga qarshi havsiz emasligini tushunib yetdi. Aksincha, ko'proq marhamatlar tarqab, ko'proq iblisning hujumlari oshib bordi. Jamoatlardagi imonlilar xushyorlik bilan ibodat qilishlariga to'g'ri keldi: “Bizni vasvasaga yo'liqtirma, ammo yovuz shaytondan halos qil.” Pavlus va uning sodiq sheriklari baqir-chaqir bo'lyotganda ibodat qildilar. Rabbiy bo'ronni tinchitdi, va U Tebiriya Dengizidagi bo'ronga do'q urganidek, qiyinchilikda bo'lganlarni saqlab qoldi.

Efesdagi nafratning portlashidan keyin, Pavlus na shaharda va na tumanda qola olmasligi imonlilarga aniq bo'ldi. Havoriy uchun olomonning yuragida qaynab chiqqan achchiqni sezishlar u ko'chalarda va hiyobonlarda yolg'iz yura olmasligini anglatdi. Biroq, otasi bo'lgan Pavlus shahardagi xavf tufayli qo'rquvdan qochib ketmadi. U teatrdagi to'polonga qarshi ruhlar bilan to'lgan tashkil qilingan uchrashuvga Masihning shogirdlarining sardorlarini chaqirdi. Pavlus O'zining sodiq izdoshlariga Muqaddas Ruhini qo'yadigan Masihning huzuri bilan yig'laganlarga dalda berdi.

Shunday qilib G'ayriyahudiylarning havoriysi Efes jamoatining odamlariga achinish bilan hayirlashdi. U Filippi, Salonika va Beriyaning tumanlari orqali o'tib o'zining uzoq safarini boshladi. U o'zining ikkinchi maktubida 2Korinfliklarga (7:5) dagi tajribalarini tushuntirib berdi: “Biz Makedoniyaga kelganimizda, tanamizga hech qanday rohat topa olmadik, aksincha, har tomonlama siqilgan edik. Tashqaridan hujumlar, ko'ngilda qo'rquvlar bor edi. Lekin tushkularga tasalli beruvchi Xudo bizni ovuntirdi”.

Pavlus dengiz qirg'og'idagi kurortda iztirohatda yozgi vaqtni o'tkazish uchun sayohat qilmadi. U kurashga kirdi va buyuk qiyinchiliklar bilan aqidaparastlikka, nafratga va vasvasalarga qarshi kurashdi. Pavlus Xudoning so'zi bilan to'lgan edi. U Muqaddas Ruhning kuchi bilan faqat voizlik uchun va'z qilmadi, balki ta'lim, yo'l-yo'riq va jamoatga kuch berish uchun voizlik qildi. Pavlus adashyotganlarni qidirgan va jarohat tortganlarning yaralarini bog'lagan va o'jarlik bilan qarshilik ko'rsatganlarni jazolagan sodiq cho'pon edi.

Pavlus taxminan E.K 56 Korinf shahriga kirganida u uch oydan beri bu jamoatga xizmat qildi, bir jamoat ruhiy vasvasalar orqali bo'lingan edi. Lekin bu ishlardan tashqari u o'zi barpo qilgan Rimdagi jamoatiga yozgan o'zining eng uzun maktubini bastalash uchun yetarli vaqt topdi. Bu maktubda havoriy o'zining ta'limotini chuqurlik va davom etayotgan zakovat bilan mantiqiy yo'lda va tashkil bo'lganda takidladi.

Afinadagi falsafachilar ilgari undan donolikni qidirishdi, lekin Pavlus ularga javob bermadi. Ular chuqur Masihiy fikrining bu asoslarini tushunish uchun ruhiy yetuk emasdilar. Rimliklarga bo'lgan maktubning shaklidagi bu va'z bugungacha Masihiylikning asoslarining eng yaxshi tashkil bo'lgan ko'rinishidir. Hatto bugun ham, Muqaddas Ruh bu dunyoda Pavlusning so'zlarini voizlik qilyapdi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen zafarli Hokimsan. Sen sevganlaringni hayotning bo'ronlari, qiyinchiliklari, hujumlari, va vasvasalaridan saqlaysan. Jamoatlarimizda biz Seni imon bilan, to'la sevgi va tirik umid bilan birgalikda ulug'lashimiz uchun bizga jasur ibodatchilar va sodiq xizmatchilarni bergin. Omin.

SAVOL 96: Pavlus nima uchun va qanday holat ostida Efes jamoatini tark etdi?

6 - SAVOL-JAVOB

Aziz kitobxon,
Mana siz Havoriylar Kitobidagi bizning izohlarimizni o'qib chiqib quydagi savollarga javob berishga qobilyatlisiz. Agar siz savollarning 90% javob bersangiz, biz sizning ta'lim olishingiz uchun keyingi qismini sizga jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va javob varog'idagi aniq manzilni yozishni unutmang.

  1. Iso Masih qanday qilib shohlar Shohi va rabbiylar Rabbiysi?
  2. Pavlus birinchi shaharga kirganida uning voizlikdagi yo'li nima edi?
  3. Nima uchun Pavlus Afinadagi ko'p xudolardan juda hafa edi?
  4. Afinaning falsafachilari oldida Pavlusning va'zining birinchi qismidagi uchta asosiy fikrlar nima edi?
  5. Qiyomat Kunida Xudoning hukmidan qochish uchun faqat bir yo'l nima?
  6. Pavlus Korinf shahrida olgan Masihning asosiy va'dasi nima edi?
  7. Pavlus o'zining ikkinchi xizmat safarining oxirida tashrif buyurgan to'rtta shaharlar qaysilar edi?
  8. Apolos va ishlayotgan er-hotinlarning o'rtasidagi uchrashuv orqali kelib chiqqan to'rtta buyuk dalillar qaysilar edi?
  9. Efes shahridagi kishilar qanday qilib Muqaddas Ruhni qabul qildilar? Siz qanday qilib bu muborak Ruhni qabul qila olasiz?
  10. Xudoning shohligi Efes shahrida qanday qilib namoyon bo'ldi?
  11. Efes shahrida qanday qilib Isoning ismi va so'zi buyuklik bilan ulug'landi?
  12. Pavlus nima uchun Rimga borishiga to'g'ri keldi?
  13. Dimitriy nima uchun Pavlusdan g'azablandi?
  14. Pavlus nima uchun va qanday holat ostida Efes jamoatini tark etdi?

Biz sizni havoriylar Kitobi uchun tekshirish imtihonini to'ldirishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Shunday qilsangiz siz abadiy hazinani o'zlashtirasiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)