Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 092 (Spiritual Revival in Ephesus)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

2. Efes shaharida Ruhiy O'sish (Havoriylar 19:1-20)


HAVORIYLAR 19:8-12
8 Pavlus uch oy davomida bemalol yahudiylar ibodatxonasida bahslashib, Xudoning Shohligi to'g'risida ishontirarli dalillar keltirar edi. 9 Nihoyat ba'zilar bo'yni qotib, imonni rad qilib, xalq oldida Rabbimiz Iso yo'lini yomonlaydigan bo'lishdi. Pavlus ulardan yuz o'girib, shogirdlarini ulardan ajratdi va har kuni Tiran degan bir kishining maktabida suhbatlashardi. 10 Shu tariqa ikki yil davomida hoh yahudiy, hoh yunoniy bo'lsin, Asiya viloyatida yashaganlarning hammasi Rabbimiz Isoning kalomini eshitdilar. 11 Xudo Pavlusning qo'llari bilan ko'p qudratli ishlarni qilar edi. 12 Hatto uning badaniga tekkan ro'mollar va kamarlar ham bemorlarning ustiga qo'yilganda, ular kasaldan halos bo'lar, ichlaridagi yovuz ruhlar esa chiqib ketardi.

Dunyo tarixining yo'lidagi bayroq bo'lgan Masihning birinchi kelishi yer yuzida Xudoning shohligining to'liqligi, o'sishi va o'rnatilishi bo'ldi. Barcha siyosiy, inqilobiy, diniy va iqtisodiy rivojlanishlar Otamiz Xudoning bu shohligining ko'rinishini keltirib chiqaryapdi. Iso O'zida yashirinib qolgan ruhiy shohlikni targ'ib qiladi. U ilohiy Shoh va rabbiylarning Rabbiysidir. U odamlarni hatto yovuzliklarida ham boshqarmadi, lekin ko'plarning yuragiga ibodat orqali quyilgan yumshoq Ruhini jo'natdi.

Masihning birinchi ko'rinishining vaqti Xudoning shohligi tirik Xudoning odamlari bo'lgan hamma ulug'layotgan azizlarning orasiga tarqatib, haqiqiy jamoatda yashab, yashirinib qolgan edi. Biz ham Masih ulug'vor Rabbiy ekanligi va Uning zafarli yurishi hamma mamlakatlar orqali hursandchilik bilan o'tishi barcha ijodga aniq bo'lishi uchun Masih ikkinchi marta ko'rinishini kutamiz. Xudoning Shohligi sizning qishlog'ingizga, shaharingizga va maktabingizga yetib bordimi? Iso aytgan: “Mening nomim bilan qayerda ikki yoki uch kishi birga yig'ilsa, Men ularning oralarida bo'laman.”

Xudoning shohligi haqidagi Pavlusning va'zi Efes shahridagi Yahudiy ibodatxonasida munozaralarning mavzusi edi. Bu uch oydan beri davom etgan edi. Eski Ahdning barcha odamlari uni diqqat bilan tinglashdi, chunki har bir Yahudiy yer yuzida Xudoning kuchining natijasini kutishadi. Biroq, Pavlus ularning oldiga borib, deydi: “Kelajakda shohlik kelmaydi, chunki u allaqachon kelib bo'ldi. Shoh tug'ildi, yashab o'ldi, o'limni yengdi, Xudoning g'azabini o'chirdi, gunohlarimizni quritdi, va shohligini qurish uchun va saltanatni surish uchun davom etadigan Otasining oldiga ko'tarildi.”

Pavlus Xudoning shohligini falsafa mavzusidek muhokama qilmadi, balki uni e'lon qildi va unga to'la itoat qilishni talab qildi, va ilohiy Shohga topshirish uchun chaqirdi. Bizning e'tiqodimiz faqat xudojo'y fikr emas, yoki mag'rur qonun emasdir. Balki Shayton va o'lim ustidan zafar qozongan Iso Masih bo'lgan tirik Shaxsga ishonishni davom ettirishni talab qiladi.

Endi Efes shahridagi hamma tinglovchilar Pavlusning va'ziga qo'shildilar. Ularning hammalari tavba qilishmadi va ularning ba'zilari qattiq bo'lishdi. Ular bu havoriyga qarshi bo'lib, uni haqorat qilishdi. Lekin ajablanarli narsa shundaki xalq ularni jim qilishga urinishmadi, biroq qaysi guruh g'alaba qozonishini ko'rish uchun jim bo'lishdi. Pavlus o'zini chetlatishga qaror qildi, chunki xushxabar voizligi tortishish bo'lishini anglatmaydi, balki najotni va qutqarilishni olib keladigan vahiyni anglatadi. Tinglab itoat qiladigan kishi saqlanib qoladi va Masihni Najotkor deb qabul qilgan kishi abadiy yashaydi.

Tinglovchilardan ba'zilari hayotlarini Isoga to'la bag'ishlashga qaror qildilar. Ular Isoga ergashib, Uning shogirdi bo'ldilar va tirik Rabbiylari haqida ko'proq o'rganishni xohladilar. Pavlus Xudoning shohligi uchun tayyor bo'lgan bu guruhni haqorat qilyotganlardan ajiratdi. U tirik jamoatni bu shogirdlardan shakillantirdi.

Ularni o'qitish maqsadi uchun, Pavlus maktabni yoki maruza xonasini band qildi. U tinglovchilarini faqat Shanbada o'qitmadi, balki hayot noni uchun och bo'lganlarga har kuni ruhiy ovqatni berdi. Qanday ajablanarli! Pavlus yashashi uchun qo'llari bilan mehnat qilib, ertalab va kechqurunda o'zining hunarida ishladi. Keyin u tunda, kechqurunda va dam olish vaqtida Xushxabarni voizlik qildi. Tarshishning bu kishisi Xudoning sevgisi bilan to'lib toshayotgan edi va inoyatning in'omlari bilan to'lgan edi. U o'zini Isoning shohligi uchun berdi. Pavlus kamchiligidan qat'iy nazar, barcha yuragi va tanasining kuchi bilan ikki yil ishlab voizlik qildi. Masihing inoyati uning kuchsizligida to'liq bo'ldi.

Qishloqdagilarning ko'plari va Efes shahri atrofidagi odamlar bu notanish Yahudiyni ko'rish uchun shoshildilar. Ular bu kishi haqida do'konda, ayollar uchrashuvida va yosh odamlarning doirasida gapirdilar. Pavlus munozaraning mavzusi edi. Ularning hammalari Pavlus bo'sh falsafa g'oyalarini yoki fikrlarini olib kelmayotganini balki ularga Xudoning kuchi to'g'ri oqib chiqayotganini his qildilar. Ularning yuraklari siljidi, ular yangilandilar va umid umidsizlikdan o'sishni boshladi.

Xudo kuchlar tabiatning oddiy yo'llariga ko'ra emasligini ko'rsatdi. Masihning vaqtida ba'zi odamlar ular bilan muloqotga kelganida Masihning kiyimiga tegish orqali shifo topganlar. Lekin shu yerda Pavlusning kiyimi orqali Pavlusdan olinganlarida shifo topgan odamlar ham bor edi. Ko'pchilik Butrusning soyasi orqali shifo topganlar. Hatto yuzidan terini artgan bilan, tanasiga ishlatgan ro'molcha va fartuklar kasalga olindi. Agar ular Masihga ishongan bo'lsalar ularning kasalliklari quvib chiqarildi. Endi qarang! Pavlus mo'jiza va belgilar qilmadi, balki Xudo u orqali kuchini tasdiqladi. Masihga ishonish orqali Kasallar shifo topdi va yovuz ruhlar kambag'aldan quvib chiqarildi.

Mediteraniya Dengizining boshqa hech qanday tumanida boshqa o'sish sodir bo'lmaganidek, Asiya viloyatida buyuk ruhiy o'sish boshlandi. Bir necha yillar oldin Pavlus o'zining xohishi bilan Efes shahriga borish haqida va u yerda voizlik qilish haqida o'ylagan edi. Lekin Muqaddas Ruh poytaxtga bormasligi uchun unga halal berdi, va bu havoriy Ruhning boshqarishiga bo'ysunib, Yevropaga bordi. Hozir u ikkinchi marotaba xohishni rad etdi va imkoniyatlardan qat'iy nazar u Efes shahrida qolmadi. Lekin u Rabbiysiga bo'ysunib, o'zining va'dasini ijro etdi. Bu tirik Iso O'zining xizmatkorining itoatkorligini tasdiqlaganidir. Rabbiy unga O'zining shohligining hazinalarini ochib, kuchini oshkor qildi. Iso odamlar Muqaddas Ruhga itoatkorlik bilan bo'ysungan joyda hozir, faol va Najotkor bo'lib qoladi.

IBODAT: Bizning osmondagi Otamiz, biz Seni ulug'laymiz, chunki O'g'lingning zafarli yurishi bugun bizga yetib keldi. Biz xochdan kelayotgan ilohiy kuch uchun Senga rahmat aytamiz. Biz bo'ysunishni bajarishimiz uchun bizni muqaddasla. Sening irodang bo'lsin, va shohliging bizga va butun dunyoga kelsin. Omin.

SAVOL 92: Xudoning shohligi Efes shahrida qanday qilib namoyon bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)