Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 093 (Spiritual Revival in Ephesus)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

2. Efes shaharida Ruhiy O'sish (Havoriylar 19:1-20)


HAVORIYLAR 19:13-20
13 Yahudiylar orasida sayyoh yuruvchi ba'zi azayimxonlar ham bor edi. Bular yovuz ruhlarga chalingan odamlar tepasida Rabbimiz Isoning ismini zikr qilishga unnay ketar, “Pavlus e'lon etgan Iso nomi bilan sizlarga buyuramiz”, - deb aytishardi. 14 Bunday qilganlar orasida oliy ruhoniy Skeva ismli bir yahudiyning yetti o'g'li bor edi. 15 Yovuz ruh ularga javoban: “Isoni taniyman, Pavlusni bilaman, sizlar esa kim bo'lasizlar?” - dedi. 16 Shunday deyishi bilanoq yovuz ruhli odam ularning ustiga tashlanib, shunday zo'r chiqdiki, azayimxonlar qip-yalang'och va yarador holda u uydan qochib qutulishdi. 17 Bu voqea Efesda yashagan yahudiy bilan yunonlarning hammasiga ma'lum bo'ldi. Hammani daxshat qoplab, Rabbimiz Isoning ismi ulug'landi. 18 Imon keltirganlardan ko'plari esa kelib, qilmishlarini ochiq e'tirof etishardi. 19 Shuningdek, sehrgarlik qilganlardan ko'pchiligi o'z kitoblarini to'plab, hammaning ko'z o'ngida yondirdilar. Kitoblarning qimmatini hisoblaganda, ellikming kumush tangaga teng keldi. 20 Ana shu yo'sinda Rabbimiz kalomi qudrat bilan yoyilar, ta'siri tobora ortib borar edi.

Xudoning shohligining o'rnatilishi Xudoning Ruhi va Shaytonning ruhi o'rtasida, jannat va do'zaxning o'rtasidagi urush va nizodir. Odamlar yovuz ruhlarga ham samoviy Otamizning ruhiga ham o'zlarini ochishadi. Biz do'zax orqali egallangan odamlarni va Xudoning sevgisi bilan to'lgan boshqa odamlarni topamiz.

Eski Ahdning imonlilaridan ba'zilari biz bu xushxabar xabaridan bilganimizdek, tirik Rabbiyning ismi bilan yovuz ruhlarni quvib chiqarish uchun kuchni olishgan. Iblis muqaddas Xudodan qo'rquvdan titraydi. Biroq Yahudiylar yovuz ruhdan ozod bo'lgan kishiga yangi ruhni bera olmadilar. Shunday qilib Iblis egaligidan ozod bo'lganlar ba'zi martalarda oldingiga qaraganda ko'proq yovuz bo'ldilar.

Oliy ruhoniy bo'lish uchun da'vo qilgan Skeva ismli kishining o'g'illari bo'lgan yetti aka-ukalar Efes shahri bo'ylab yurib, yovuz ruhlarni quvib chiqardilar. Bu aka-ukalar Pavlus haqida eshitishgan yoki ular Pavlus qanday qilib kasalga shifo berganini va Isoning nomi bilan nopok kuchlarni yenganini ko'rishgan. Shuning uchun ular Isoning kuchiga ega bo'lish uchun Uning nomidan foydalanishga harakat qilishgan. Ular bu ismni tilsimotdek ishlatishgan, lekin ular shaxsan U Najotkor ekanligini bilishmagan. Ular na Uning kuchiga qaytishgan va na Unga ishonishgan. Ular bunga o'zlari ayibdor edilar, chunki ular bizga Isoning ismini Xudoni vasvasaga solib, husundek tanladilar.

Yovuz ruh o'sha zahoti iblis ruhiga chalinganda harakatga kelib, og'riq bilan baqirdi: “Men Isoni kimligini bilaman, va Pavlusning ismi menga notanish emas”. Do'zax tishlarini g'ichirlatib o'limni yengan Isoni bilishini tan oladi. Do'zax hech qachon Isoni yenga olmaydi, chunki Xudoning Qo'zisi bu dunyoning gunohini olib, insonlarni Xudo bilan yarashtirdi. Iblislar o'limdan tirilgan tirik Masihni va xochni biladi. Ular ham hukm soatlari kelishidan xabardordir. Pavlus Masihning elchilaridan biri edi. Uning so'zlari bo'ysinuvchi doiralarda tanildi va yozildi. Uning fikrlari kuchsiz yoki foydasiz emas edi, lekin yer yuzida Xudoning shohligini o'rnatish uchun kuchning to'liqligi edi.

Birodar, siz do'zax Isoni bilishini va Uning oldida titrashini bilib oldingizmi? Ko'plab odamlar ko'rdir. Ular quloqlarini berkitib, Xushxabarga qarshi yuraklarini tosh qilib olganlar va keyin ular iblisning qo'lida tuzoq bo'ladilar. Xudoni vasvasaga solgan yetti kishiga qarshi bo'lgan yovuz ruhga chalingan kishining hujumi Masihning hududlarida havfsiz bo'lmaganlarga qarshi Shaytonning hujumining ko'rsatgichi edi. Bu ruhda Pavlusning ustidan va Masihning ruhiy tanasining a'zolari ustidan kuch va hokimlik yo'q edi. Najotkordan uzoqda bo'lgan kishi iblisning doirasida bilimsiz turadi, chunki butun dunyo yovuz shaytonning qo'li ostidadir. Biroq Masih iblisning shohligida halal beradi. U kishanband qilinganlarni ozod qiladi va U zafar cho'qqisiga ularni boshlaydi. Masihga ergashadigan kishi bu dunyoni yengan g'alaba bizning imonimiz ekanligiga ega bo'ladi.

Agar kimdir sizdan so'rasa: “Sen kimsan? Unga javob bering: “Men Iso Masihga tegishliman. Men Uning qoni orqali oqlanganman va Unga o'rnatilganman.” Biz umid qilamizki siz ham imon orqali iblis kuchidan Isoning shaxsligi orqali ozod bo'ladigan kishilar bilan duch kelasiz.

Efesliklar Iso do'zaxda tanilganini va Pavlus tirik Rabbiyning elchisi ekanligini eshitishganda ularni qo'rquv bosdi. Ular o'zlarining holatlari haqida o'ylashdi va Xudoning hukmi kelishi haqida bilishdi. Ko'plar haqiqatdan tavba qildilar va Uning kechirimini va najotini so'rab, Unga sajda qildilar. Ular Pavlusni ulug'lamadilar, balki Efesdagi ko'pchilikni gunoh zanjiridan ozod qilgan va sehr daxshatidan ularni qutqargan Iso Masihni ulug'ladilar. Yovuzlikdan qutqarilganlar kelib havoriy va oqsaqollarning oldida ayyorliklarini, nohaq ishlarini va gunohlarini tan oldilar. Imonga mustahkam qo'yilgan birodarlar ular uchun Rabbiyga bo'lgan ibodatda qatnashishlari uchun o'zlarining hamma yomonliklaridan va yovuz niyyatlaridan voz kechishni tanladilar. Masihning qoni ularni eng buyuklikka qutqarishga qodir edi va Muqaddas Ruh ularni abadiy muqaddas qilgan.

Aziz birodar, Masih hanuz Najotkordir, va bugun ham sizni yovuz ruhlarning kuchidan saqlashga qodir. Siz biror marta bashoratchi bilan maslahatlashganmisiz? Siz sehrgarlikka suyanasizmi? Siz u sizdan yovuzliklarni olib tashlashi uchun yoki sizni shifolashi uchun mullaga borganmisiz? Siz biror marta ko'k munchoqqa ishonganmisiz yoki atrofingizdagi yovuz narsa shaklida bo'lgan narsalarga ishonganmisiz? Biz sizdan Masihning nomi bilan Xudo oldida bu gunohlarni tan olishingizni so'raymiz va agar mumkin bo'lsa Isoning ismi sizni iblisning hamma zanjirlaridan ozod qilishi uchun Rabbiyning xizmatkorlari bilan ibodat qilishingizni so'raymiz.

Esingizda bo'lsin, agar siz iblisga kichik barmog'ingizni bersangiz, u sizdan qo'lingizni, bilagingizni va butun tanangizni oladi. Lekin butun yuragi bilan tavba qiladigan kishi va Xudoning O'g'li Isoga buriladigan kishi o'zini to'la topshiradi. Shuning uchun najotingiz soatini mensimay qo'ymang. Bugun, agar siz Isoga ishonsangiz Xudoning zafari sizda ko'rinadi.

Efes shahrida Masihning Jamoati barpo bo'lganida va odamlar abadiy o'limdan abadiy hayotga qochishganda, do'zax jizillab ketdi. Qutqarilganlarning oddiy imoni va ularning ibodatlarining birligi Masihdan buyuk kuchni olib tushdi. Najotkorning va'z qilingan so'zi tilsimot yoki insoniy fikrlar, yoki qonun, xudojo'ylik orqali emas, balki Uning xizmatkorlarining so'zlari orqali butparastlarning zulmatini yengib chiqadi. Masih Muqaddas Xushxabardan boshqa bu dunyoni yengib chiqish uchun sizga boshqa kuch bermaydi. Shunday qilib Rabbingizning so'zi bilan yuragingizni to'ldiring va ibodatning birligida davom eting. Masih sizning oddiy xizmatingiz orqali jinga chalingan ko'plarni ozod qilishni xohlaydi va O'zining shohligida ularni tasdiqlashni istaydi. Bu bu dunyoni yengan va hatto imonimizni yengan g'alabadir.

IBODAT: Biz o'lim ustidan, Shayton va gunohni ustidan g'alaba qozongan Rabbimiz Iso Senga sajda qilamiz. Sen vasvasaga qulamagan abadiy Muqaddas Xudosan. Bizning gunohlarimizni kechirgin va bizni hamma iblis bilan bog'liqliklarimizdan ozod qil. Seni qidiryotganlar bilan birga bizni qutqar va azizlarning birligiga bizlarni o'rnatgin. Biz Senga ishonamiz va Seni ulug'laymiz. Sen bizning Najotkorimiz, Yordamchimiz va Borlig'imizsan. Omin.

SAVOL 93: Efes shaharida qanday qilib Isoning ismi va so'zi buyuklik bilan ulug'landi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)