Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 086 (Paul at Athens)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

7. Pavlus Afinada (Havoriylar 17:16-34)


HAVORIYLAR 17:22-29
22 Shunday qilib, Pavlus Ares-tepaning o'rtasida turib, va'z aytdi: “Ey Afinaliklar! Men sizlarni har jihatdan juda dindor ko'ryapman. 23 Chunonchi, kezib-kezib, aziz joylaringizni ko'zdan kechirib, “NOMA'LUM XUDOGA BAG'ISHLANGAN” deb yozilgan bir qurbongohga ham duch keldim. Xuddi shu sizlar bilmay sig'inyotgan Xudoni men sizlarga ma'lum qilmoqchiman. 24 Borliqni yaratgan Parvardigori olam yeru osmon Egasi bo'lib, inson qo'li bilan yaratilgan ma'badlarda yashamaydi. 25 U biron narsaga muhtoj emaski, Unga inson qo'llari bilan xizmat qilib bo'lsa. U O'zi hammaga hayot, nafas va borliqni bergan. 26 Xudo barcha odamzodni bir odamdan yaratib, yer yuziga tarqalib yashashiga yo'l qo'ygan. Insoniyatning belgili davrlarini, turli istiqomat joylarini Xudo tayin etgan. 27 U har birimizga juda yaqin bo'lib, paypaslab-paypaslab bo'lsa-da, Meni qidirib topinglar, deb buyurmoqda. 28 Zotan, biz U orqali yashaymiz, harakat qilamiz, boramiz. O'z shoirlaringizdan ba'zilari aytganidek: “Biz ham Uning urug'idirmiz”. 29 Endi biz Xudoning urug'idan bo'lganimiz sababli, Goyo Xudoyi Taoloni inson aqli bilan ijod qilingan yoki inson hunari bilan ishlangan oltin, kumush yoki tosh buyumlar bilan tenglashtirmasligimiz kerak.

Afina buyuk va chiroyli shahar, lekin Quddus buyukroq. Afinaning atrofidagi qir-adirlar, tekisliklar va dengizlar dilbar kuyga o'xshab ohang chiqaradi. Lekin Quddus hukm va inoyat tog'lari va tepaliklari bilan o'ralgan qurbongohga o'xshaydi. Pavlus Minerva ma'badi yoni Partenonning soyasidagi Afinalik madanyatining markazida, Yunon san'atining qoq yuragida turgan edi. U Yaratguvchi, Jabbor va Hukmdor bo'lgan haqiqi Xudo uchun yashashga kurashdi. Pavlus xochga Mixlangan Masihni gapirmadi, chunki uning tinglovchilari kechirimni tushunmas edilar va ular buni izlamayotgan edilar.

Pavlus o'zining imonining barcha asoslarini ochib bermadi yoki odamlarning talablariga javob bermadi. Qo'shimcha ravishda, u tinglovchilaridan yashirinib qolgan ruhiy zakovatini ularga bayon etmadi. Pavlus ular saqlanib qolishlari mumkinligini ularga voizlik qildi. U Xudodan qo'rqmoqlik donolikning boshidir degan birinchi qadam bilan boshladi. Dono va'zhon ko'p xudolarga bo'lgan ularning ishonchlaridan Afinaliklarini ozod qilishga maqsad qildi. Pavlus Xudoning irodasi haqida surishtirib bilishlari uchun Uning oldida javobgarliklarini ularga ko'rsatib, Xudoning yakkaligini bilishlari uchun ularni boshqarishni xohladi. Faqat keyin ular tavba qilib muqaddas Shaxs bo'lgan Uning oldida qo'rquvdan titrar edilar.

Pavlus falsafachilarni va olimlarni ruhiy nodonliklari uchun hukm qilmadi. U ularning yuzaki dindorliklarining oldida o'zini kamtar turib, ularning yaxshi maqsadlarini xurmat qildi, hatto u juda ko'p xudolaridan juda hafa bo'lgan bo'lsa ham. Bu havoriy yo'qolgan insonlar va ularning yo'qolgan holatlari o'rtasidagi farqga bora olar edi. Pavlus yo'qolgan izlovchini rad etmadi, biroq unga o'zining qidirish qunti haqidagi maqsadini taqdim qildi. Barcha insonlar yuragidan Xudoni istaydi. Lekin afsuski, ular na Uni bilishadi va na ular gunohlari bilan Uning oldiga kela olishadi.

Pavlus mag'rur zehnlilarning o'rtasida turib jasurlik bilan noma'lum Xudoni bilishligini ifodalab berdi. Pavlus voizlik qilgan bu noma'lum Xudo ularga yashirincha qolgan edi. G'alati narsa shundaki, Afinaliklar o'zlarining diniy qiziqishlarida ular tanimaydigan birorta xudoga sajda qilishlaridan qoldirishni istamadilar. Shunda ular xudoning g'azabidan o'zlarini saqlash uchun qurbonliklarini taqdim qilgan noma'lum xudoga qurbongoh qurdilar. Pavlus o'zining imoni va ularning zinokorliklarining o'rtasidagi rishtani bog'lab turishdek bu xudobexabar qurbongohdan foydalandi. Pavlus bundan foydalanib o'zining tinglovchilariga hatto bugun ham osmon bilan yerni va bulutlar bilan shamollarni boshqaradigan Qudratli Xudoni borligini ko'rsatdi. Xudo O'zining qo'llarida dengizlarni, gumbazlarni va yulduzlarni ushlab turadi.

Xudo hatto bizning boshimizdagi sochlarni sanab qo'ygan. Biz hamma narsalarning Yaratguvchisi bu buyuk Xudoning buyukligi va ulug'vorligiga chuqur kirish uchun, texnikalashgan asrimizning o'rtasidagi daxshatli muhtojlikdamiz. Biz Fizika, Himya, Bialogiya va Astranomiyaning yangi ilmlari Xudoning chegaralangan kuchini tushintirish uchun ma'noni anglatishini haqiqatdan tushunib yetishimiz kerak. Tirik Xudo bizning fikrlarimizdan buyukroqdir va tushunchalarinizdan yuqoriroqdir. Xudo bizning kichkina miyyamizni yaratgan. Biz hammamiz mavjudotlarmiz, lekin U yaratish Ruhidir. Biz gunohlarimiz tufayli Undan ajralganmiz. Bu Xudo bilan insoning o'rtasidagi munosabatdir. Biz tirik yagona Xudoni unutib, ilmga, texnalogikaga, insonlarga va pulga sajda qilmasligimiz uchun U tomon fikrlarimizni qaratishimiz kerak va Yaratguvchi Xudoni bilishimiz kerak.

Buyuk Xudo sajda qilishga yoki qurbonlik keltirishga muhtoj emas, chunki U O'zi buyuk va muqaddasdir. U insonning yordamiga bog'lanib qolmaydi va yemish yoki qurbonliklarni so'ramaydi. Ayniqsa, U ma'badlarda va jamoatlarda qamalib qolmaydi yoki chegaralanib qolmaydi. Uning Ruhi budlarga va g'alati toshlarga aylanib qolmaydi. Bizning Xudoyimiz ozod va ulug'dir. U insonlarda, hayvonlarda va ekinlarda doimo yaratish hayotidagi rejalarini amalga oshiradi. Hatto yangi yulduzlar ham mustahkamlikka zichlanishidan oldin Xudoning irodasiga ko'ra nurdan, tumanli gazlardan shakillanadi. Yaratguvchini ulug'lagan kishi U tomon birinchi vazifani qiladi. Agar biz Uning ulug'vorligini tushunib yetsak, bizning minnatdorchilik harakatlarimiz va sajdamiz muqarrardir. Bu tarzda Pavlus o'zining tinglovchilarini oltindan qilingan butlarga va marmar ma'badlarga bo'lgan imonlaridan ularni ozod qilishga urindi. U buyuk Yaratguvchi Xudoga ularni boshlashga harakat qildi.

Bu havoriy odamlarning tarixida ishtirok etadigan Hukmdor Xudoni ko'rsatdi. Xudo bizni Odam Atodan yaratgan va har bir xalqqa buyrug'lar bergan va odamlarning tanasida gunohning kuchi yashashidan qat'iy nazar odamlar gullab yashnashi uchun yaratgan. Kimki Uning muqaddas qonunlarini saqlab bunga itoat qilsa, qoladi. Lekin Xudoni tark etagn kishi ziqnalikka g'arq bo'ladi. Mehribon Xudo har bir qabilaga va har bir odamga mulohaza uchun va omadini, qobilyatini tushinib yetish uchun vaqt beradi. Xudo odamlar yashashi kerak bo'lgan joylarning chegaralarini ular uchun tamirlaydi.

Xudoning hurmatini yo'qotgan kishi, o'zining insoniy huquqlarini ham yo'qotadi. Odamlarning eng muhim vazifasi Xudoni qidirish va Uni ulug'lashdir. Bizning maqsadimizning oxiri pul, qadr-qimmat, kuch yoki ilm bo'la olmaydi lekin tirik Xudoning O'zi bo'ladi. Xudo tomon bormagan har bir kishi yo'qoladi. Siz Rabbingizni qidirasizmi yoki hayotingiz o'zining atrofida aylanadimi? Siz halokatli maqsadlar ortidan chopasizmi yoki hammasini Beruvchi Xudoda turasizmi? U faqat odamlarning harakatlariga ko'ra ularni yaratadigan hayotning kunlik Yaratguvchisidir.

Buyuk Xudo osmon bulutlari ustida o'tirmaydi, yoki U toshdan qurilgan ma'badda yashamaydi, chunki U Ruhdir va hamma joyda hozirdir. U yo'q yoki bizdan uzoqda emas, yoki bizning hech birimizga yaqinlashmay qo'ymaydi. U bizga yaqindir. U siz aytadigan har bir so'zingizni eshitadi va har bir fikringizni biladi. Sizning vijdoningiz Uning oldida oshkor bo'ladi. Bu vrachning asboblarining elektr nuri oldida namoyon bo'lyotgan insonning tanasining ma'badidek, undagi kichkina dog'ni ham ko'rsatadi. Siz Xudodan hech narsa yashira olmaysiz. Sizning vijdoningiz gunohingizni oshkor qiladi.

Hatto biz gunohkor bo'lsak ham, Xudo bizni chaqiryotganini payqagan kishi, Xudoning sevgisini oldida qaltiraydi va O'zining suratiga o'xshash qilib Yaratganga sajda qiladi. Xudo va insoning o'rtasidagi bu aloqani tushintirish uchun, Pavlus shunday deb Yunon falsafachidan dalil keltirdi: “Biz Xudoning ajdodlarimiz”. Bu bayon qudratlidir. Bizning vujudimizning manbayi hech narsadan, o'lik ishdan yoki yovuzlikdan yuzaga kelmaydi. Biz Xudodan kelamiz va Undamiz. U bizning yo'limiz va taqdirimizdir. Bizning fikrlarimiz faqat Xudo tomon yo'naltirilishi kerak, bo'lmasa gunoh qilamiz. Na ijodning timsollari, na quyoshning nurida oltindek tovlanadigan binolar va na falsafali fikrlarining hech bir tuzimi bu dunyoga Xudoning ulug'vorligini ochib bermaydi. Har bir kishi Taoloning farzandidir va unda sezilgan Xudoning suratiga ega bo'lishi uchun chaqirilgan.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen olamni yaratding va uni O'ziningni sabr-toqatingda saqlaysan. Biz Senda yashaymiz, va Sening mehringda davom etamiz. Biz Sening buyuk sevging uchun Senga rahmat aytamiz. Iltimos har doim Sen tomon fikrlarimizni yo'naltirgin. Omin.

SAVOL 86: Afinaning falsafachilari oldida Pavlusning va'zining birinchi qismidagi uchta asosiy fikrlar nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)