Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 036 (The Days of Moses)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

b) Musoning Kunlari (Havoriy 7:20-43)


HAVORIYLAR 7:20-29
20 Shu vaqtda Xudo juda go'zal qilib yaratgan Muso tug'ildi. U uch oy otasining uyida boqildi. 21 Tashlab ketilgandan so'ng, Fir'avinning qizi uni topib olib, o'z o'g'li kabi tarbiya qildi. 22 Musoga misrliklarning hamma hikmati o'rgatilib, u so'zda va ishda mahoratli bo'ldi. 23 Muso qirq yoshga to'lganda, uning yuragida birodarlari – Isroyil o'g'illarini ko'rish orzusi tug'ildi. 24 Ozor tortayotgan bir odamni ko'rganida, uning tarafini olib, misrlikni o'ldirdi, ranjiganni o'chini oldi. 25 Xudo men orqali ularga najod berishini birodarlarim tushunar, deb o'ylagan edi. Lekin ular tushunmadi. 26 Ertasi kuni Muso urishayotganlarni ko'rib qoldi. Ularni yarashishga undab: - Sizlar birodarsizlar; bir-birovlaringizga ozor beryapsizlar? - dedi. 27 Lekin birodariga ozor berayotgan odam Musoni itarib: - Kim seni ustimizga boshliq va qozi qilib qo'ydi? 28 Kecha misrlikni o'ldirganing kabi meni ham o'ldirmoqchimisan? - dedi. 29 Bu so'zlarni eshitib, Muso qochib ketdi. Midyon diyorida musofir bo'lib yashab, u yerda ikki o'g'il ko'rdi.

Yolg'on guvohlar Stefan Musoning hayotini batafsil tasvirlab berish uchun sabab bo'lgan Musoni rad etdi va o'zining ta'limini izohlab bermadi degan gap bilan shikoyat qilishdi. U o'zining samimiy Eski Ahdning buyuk vosetasichi haqida fikrini bildirdi. Birinchi, u go'dakligida Musoning hayot tarixini yozgan. Uning odamlarining tug'ilgan kunlarini Misrliklar nazorat qilib borish uchun harakat qilgan da ularning soni ko'payib bordi. Ular shunday dedilar: Agar biz ularni shunday qoldirsak, ular ko'payib borib, bizdan ham kuchliroq bo'lishadi. Agar biz ularni qul qilmasak, ular bizni yeb bitiradi.

Qattiq qiyinchilik o'rtasida Xudo hatto O'ziga ishonganlarga yaqinroq keldi. Musoning ota-onasi Muso go'dak bo'lganida Nil daryosining qirg'og'ida qamishzorli sayoz joydagi suvga yashirishdi. Muso degan ism cho'zinchoq ma'nosini beradi. Qiyinchilikning to'lqinlari juda o'sib bordi, lekin Xudo shiddatli payitda O'zining tanlangan payg'ambarini saqlash uchun aralashdi.

Taolo Muso talim olishi uchun yuksalgan lavozimdan bularni tadbiq etdi. Bu yosh kishi Misrdagi eng yaxshi talimni olgan joydagi Fir'avinning oilasiga kirdi. Muso Misr tilsimining hamma sirlarini, marosimlarini, payg'omlarni o'rgandi, chunki uning yoshida u imonli emas, balki barcha kishilardek yovuz kishi edi.

Muso keyinchalik Misrlik emasligini, biroq Ibroniy ekanligini bildi, va uning xalqi qulikda azob chekayotganini bilib qoldi, o'sha zahoti u o'ylab o'tirmasdan xalqining ustidan hokimlik qilayotgan va nazorat qilayotgan Misrlik topshiriq beruvchilarning birini o'ldirish uchun o'rnidan turib harakat qildi. Uning hamma olgan bilimlari unga foyda bermadi. U zo'ravonlik va qon to'kish orqali o'zining xalqini qutqarib qolish yo'lini o'ylab topdi. Bu ko'plar ergashadigan yolg'on yo'ldir. Ular yolg'onchilik, zo'ravonlik va bomba bilan holatlarini o'zgartirishni xohlashadi. Ularning hammalari Muso qotildek uning orqasidan shoshilishadi. Ular haqiqatga qarab hech narsani o'zgartirishmaydi, chunki bizga yangi yechim kerak emas, balki yangilangan kishilar kerak. Iso davrida Isroil hukmdorlari xalqlarini saqlab qolyapmiz deb Uni o'ldirishga davo qilib, Inson O'g'lini o'ldirishdi. Haqiqatda, ularning yuraklari ular qanday bo'lsalar shundayligicha qoldi, chunki xalqlar faqat yomon ishlar bo'lib boradigan insofsizlik, qullik va urish orqali bir-birlarini kechira olmaydilar.

Muso yurtdoshlari uni qutqaruvchidek qabul qilishini va shoh qilib tayinlashini taxmin qilgan edi. Lekin ikki qarindoshlar bir-birlari bilan urishib vositachilikda uning harakatini rad etishganda, Muso barcha xalqaro aka-ukachilik maqsad qilingan so'zlar yolg'on ekanligini tushinib yetdi. Oxirida faqat har bir kishi o'zini sevdi.

Muso o'ziga nisbatan birodarining nafratini sezdi, va qullik hokimligiga u o'ldirganligini oshkor qilishganida ularning sotqinliklarini bilib qo'ydi. O'sha zahotiyoq Muso Misrdan cho'lga qochib ketdi; uning xalqi uni rad etishdi.

Isoning boshidan ham shunday rad etilish o'tgan. Xudoning rejasi O'g'li orqali o'jar xalqini saqlash edi. Shunda ular gunoh qulligidan, o'limdan va Shaytondan qutqarilishgan bo'lardilar, va Hukm Kunida inoyat topishardi. Lekin Xudoning xalqi Uni tushinishmadi. Ular toshbag'ir yurak bilan rad etishga bog'langan odamlar bo'lishlarini ko'rsatib, Musoni rad etishganidek, Isoni rad etishdi. Bu savol turadi: Bizning holatimiz qanday? Bizlar Yahudiylardan aqilliroqmizmi? Masihni qabul qilamizmi yoki Uni rad etamizmi? Bugun bizni chaqiryotgan Muqaddas Ruhning ovozini eshitamizmi?

Muso Bediyonliklar orasida qochoq bo'ldi. U yomon yerda va cho'lda qanoatlanishni, kamtarlikni va cho'ponlik qilishni o'rgandi. Cho'ponlik qilish botirlikni, sabr-toqatni va malakani talab qiladigan og'ir hunardir. Muso cho'lda bo'lgan vaqtida Mediyan tilini o'rgandi bu mumkin, chunki osiyo tili Yahudiya tillarining tarmoqi edi. U Mediyalik qizga uylandi va ikki o'g'ilning otasi bo'ldi. Bu turmush buyuk Isroilning boshqaruvchisi Muso orqali tamomlangan Arablar va Isroilliklar o'rtasida aralashgan turmush edi. (Chiqish 18:1-7).

IBODAT: Ey Tangrim, men o'zimni saqlab qolish yo'lini qidirmasligim uchun va o'zimning aqlim bilan boshqalarga ta'sir o'tkazmasligim uchun o'zimning kuchimga ishonib qolishimdan meni saqla. Sening Ruhing meni yangilasin va Masihning qoni gunohlarimdan poklasin. Ey Tangrim bizga mehribonlik ko'rsat, va O'zingni to'la najoting tomon bizlarni boshqar. Omin.

SAVOL 36: Biz Muso yaxshi bilim orqali o'zgarmaganligini qanday qilib bilamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)