Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 034 (Description of the Days of the Patriarchs)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

a) Otalarning Kunlarining ta'rifi (Havoriylar 7:1-19)


HAVORIYLAR 7:1-8
1 Oliy ruhoniy Stefandan: Bu so'zlar rostmi? - deb so'radi. 2 Stefan so'z boshladi: Ey erlar, birodarlar va otalar, tinglanglar!Otamiz Ibrohim Horon shahriga ko'chib o'rnashishidan avval, , hali Mesopotamiyada bo'lganida, ulug'vor Xudovand unga zohir bo'lib: 3 O'z yeringdan, ona yurtingdan chiqib, Men senga ko'rsatgan yerga ket, - degan edi. 4 O'shanda Ibrohim xaldeylarning yurtidan chiqib, Horon shahrida istiqomad qildi. Otasi o'lgandan keyin, u yerdan sizlar yashayotgan bu yerga Xudo uni ko'chirdi. 5 Bu yerda unga oyoq qo'yadigan biron parcha yerni bermadi. Lekin hali uning bolasi yo'q ekan, Xudo bu yurtni unga va uning zurriyotiga mulk qilib berishni va'da etdi. 6 Xudo uning zurriyoti begona yurtda g'ariblarcha yashab, to'rt yuz yil qul bo'lib jabr-zulm ko'rajagini bildirdi. 7 Ularni qul qilib olgan xalqni esa Men hukm qilaman. Shundan keyin ular u yerdan chiqib, bu yerda Menga hizmat qiladilar'', - dedi. 8 So'ngra ularga sunnat ahdini berdi. Ibrohim esa Ishoq ismli o'g'il ko'rib, uni sakkiz kunligida sunnat qildi. Ishoq ham Yoqub bilan, Yoqub esa o'n ikki qabilamiz otalari bilan shunday yo'l tutdi.

Stefan oliy kengashning tergov qo'mitasining oldida turdi. U otalarning ishonchida o'zining imonini tan oldi. Bu tergovchilar o'sha zahotiyoq tosh bo'ron qilinishga loyiq Xudoga qarshi shakkok yoki Eski Ahdda qo'yilgan ayiblanuvchini belgilashni xohlab va u ta'kidlagan mavzularga e'tibor berib, u aytgan har bir so'zni ehtiyotkorlik bilan tinglashdi. (Leviticus 24:16).(Levitlar 24:16)

Oliy ruhoniy Stefanga qarshi shahsiy shikoyatni qayd etmadi. Uni kufrlikda ayiblab, u bilan gaplashgan o'shalar edi. Adolatli boshliq ayiblangan kishidan qisqacha so'radi: Shikoyatchilarning aytyotgan narsalari to'g'rimi? Stefan hatto ular Muqaddas Ruhni qabul qilishmasa ham to'la javob bilan tinglovchilarga birodarlar va otalar deb murojat qilib javob berdi. U xalqning eng oliy diniy muassasasini hurmat qilishi uchun uning ihtiyoriga berishganini ko'rsatdi. Stefan ular diqqat qilishlarini xohladi va uning imonining guvohligini sabr bilan tinglashlari uchun ulardan o'tinib so'radi. Uni tarjima qilingan Eski Ahdning rivoyati Yunon tilidan Yahudiy yoki Arab tilida ifodalashmadi. Stefan bu asl Yahudiy matinidan ba'zi ifodalarda farq qilgan va hamma hukmdorlar yoddan biladigan keng o'rganilgan tarjimaga ko'ra Muqaddas Bitiklarga dalil keltirib, o'zining imonini tasdiqladi.

Stefan, Ibrohim qarindoshlari orasida yashab Iroqda Xudoni bilmaganida unga ulug'vor Xudo zohir bolganligiga dalolat berdi. Xudo uni tanlab undan buyuk xalq yaratishiga va'da berdi. Sodiq ota Xudo bilan uchrashish uchun izohlanmadi, chunki u boshqa kishilarga qaraganda ko'proq solih emasdi. Bu aralashgan yerni Xudoning erkin tanlovi edi.

O'qiyotgan matinimizdagi to'qqizta oyatlarga e'tibor bering, chunki ular Xudoning qilgan ishlarini aniqlab beradi. Shunday qilganingizda siz eslatib o'tilgan hokoyalar insondan emas balki Xudoning O'zini ishining hikoyasini ifoda qilishini sezasiz. Barxayot Xudo dunyomizdan uzoqda yoki begona emas. U insonlarga kelib aralashadi. U bir Kishini tanladi va O'zining qutqarish rejasining boshlanishi bo'lishi uchun Uni tayinladi. Eski Ahdning tarixidagi maqsad Ibrohimning xudojo'yligi yoki uning ibodatlari emas balki Xudoning qutqarish ixtiyori va marhamatlari edi.

Ibrohim Xudoga bo'ysundi. U o'zining mamlakatini tashlab ketdi, lekin otasini, Lutni va jiyanini qoldirmadi va Xudoning maqsadlarini kechiktirmadi. Bir muncha vaqtdan keyin u qishda sovuq va yozda issiq bo'ladigan hosildor vodiyga va Kan'on tog'lariga yetib keldi. Ibrohim Iroqdagiga o'xshab keng yerli jannatni topmadi, balki u toshli va cho'lli joyga keldi. U bu tog'lar orasida mol dunyoga ega bo'lish uchun biron narsa topmasdan kezib yurdi. Xudo unga butun mamlakat va uning avlodi uniki bo'lishiga va hatto hali dunyoga kelmagan bolaga ham ega bo'lishiga va'da berdi. Bu yo'lda o'zining yeridan ketgan va bolasidan mahrum bo'lgan Ibrohim doyim umid qilib yashashga o'rgandi. Bu imon unga solihlik uchun hisoblandi. Uning yashirin Xudoga bo'lgan ko'rinarsiz va aniq natijalar bergan ishonchi boshqa hamma imonlilarga misol bo'ldi.

Bu hikoya imon bu Xudoning chaqirig'iga va tanloviga insonning yagona javobi ekanligini eslatib o'tadi. Siz Masihda gavdalangan Xudoning ovozini eshitdingizmi? Hatto siz birorta barakani sezmagan, yoki birorta aniq natijalarni ko'rmagan ruhiy merosingizga ishondingizmi? Sodiq Xudo sizni chaqiradi va asraydi. Siz Uni imoningiz orqali ulug'lashingiz mumkin.

Oxiri Ibrohim hayoti mobaynida yoki o'g'lining hayoti mobaynida sezmagan unga Xudo yerni berishi uchun va'dasiga bo'lgan imon, Xudodan bo'lgan vahiyni Ibrohim qabul qildi. Uning avlodlari to'rt yuz yil Misirda qullikda bo'ldi. Bu uzoq vaqt haqida fikr yuriting. Ular o'zlari uchun tanlagan qullik jabr-zulm ostiga qulashlari uchun Xudo Ibrohimning avlodiga ruhsat berdi. Holbuki, Xudo ularga bo'lgan va'dasini bekor qilmadi. Muqaddas Xudo Ibrohimga va uning zurriyotiga sunnat ahdi orqali O'zini bog'ladi. Shuning uchun, Ibrohimning hamma nasl-nasabi bu barakaga kirdi, chunki Ibrohim Ismoilni ham Ishoqni ham ahd va'dasiga qo'yib sun'at qildi. Xudoning ahdi qonun amrlarini saqlashga asoslanmagan balki faqat Uning tanlovining inoyatiga asoslangan edi.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen bizlarni Masihda tanlaganing uchun minnatdormiz. Sen bizlarni O'g'lingning qoniga asosan Yangi Ahdingdagi Muqaddas Ruhing orqali yaratgin. Biz Senga ishonishimiz uchun bizni o'rgat, shunda biz Sening Shohliging kelishini kutaylik. Omin.

SAVOL 34: Ibrohimning hayotidagi sir nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)