Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 019 (Peter’s Sermon in the Temple)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

10. Ma'badagi Butrusning va'zi (Havoriylar 3:11-26)


HAVORIYLAR 3:11-16
11 Sog'aygan shol Butrus bilan Yuhonnoning oldidan ketmay turgani uchun, butun xalq hayron bo'lib, ularning huzuriga yugurib keldi. U yer Sulaymon ravoqi edi. 12 Butrus buni ko'rib, xalqqa xitoban: ''Ey Isroil erlari! - dedi. - Nima uchun bunga hayron bo'lyapsizlar? Go'yo bizlar o'z qudratimiz yoki taqvodorligimiz bilan o'sha kishini oyoqqa turg'izganimizdek, bizlarga nega qarab turibsizlar? 13 Mana, ota-bobolarimizning Xudosi, Ibrohim, Ishoq va Yoqubning Xudosi O'zining O'g'loni Isoni yuksaltirib, shon-sharafga sazavor qilgan. Sizlar esa Uning hoinlari bo'ldingizlar. Pilat Uni qo'yib yuborishga qaror qilganda, Pilatning oldida Uni rad qildingizlar. 14 Qotil odamning sizlarga baxsh etilishini so'rab, muqaddas va solih Bo'lganni rad qildingizlar. 15 Ha, Hayot Sohibini o'ldirdingizlar. Biroq Xudo Uni tiriltirdi va biz bunga guvohmiz. 16 Bu so'zlarni ko'rgan va bilgan odam esa Isoning ismi haqi, Uning ismiga ishonish sababli oldingizda soppa-sog' turibdi. Hammangizning ko'z o'ngingizda bu odamga shifo bergan narsa – Iso nomidan qilingan e'tiqoddir.

Olomon bu tayin bo'lgan yo'lboshchidagi kuchni sezishganda, ular bu kishining hususiyatining kuchidan qabul qilishga umid qilib uning oldiga shoshilishadi. Afsuski, bunga ko'p tajriba kerak bo'lgan va ko'p yo'lboshchilar Xudoning kuchini izdoshlariga berishmaydi. Buning o'rniga, ular o'zlarining kuchlarini targ'ib qilib tarqatishadi. Ular izdoshlariga tilla va kumushga bo'lgan umidni va'da qilishadi, va hanuz bu hech qachon amalga oshmaydi.

Butrus ulardagi na Xudoning ishining kuchini va na haqiqatni payqagan Yahudiylarning munosabatida moylandi. Mana shunda Butrus birinchi o'zining insoniy ulug'lanishidan ularni ozod qilishni tanladi. Ular Butrusning qobilyatiga emas balki faqat Xudoning qobilyatiga suyanishlari kerak edi. Tangri shunday deydi: Insonga ishongan kishi la'natidir. Butrus na insoniy kuch, na xudojo'ylik gunohdan forig' qiladi yoki bu kasalni shifolaydi deb dalolat berdi. Insonlar paqqos samarasizdir, lekin ular o'zlarini ko'rik qiladigan ishgan tovuslarga o'xshaydilar.

Bu havoriy bizning bu buzilgan dunyomizga kuch va umid bera oladigan yagona bo'lgan Kishini ko'rsatdi. Bu Kishi Nazaryalik Isodir. Butrus Uni Masih deb atamadi, balki Uni tasvirlash uchun Yunon tilida Xudoning qulini ifodalaydigan Xudoning Xizmatkori degan so'zdan foydalandi. Shu bilan birga bu Otasiga bo'lgan Masihning itoatkorligini zikir etadi, chunki bu biz Masihning barkamolligini va zafarini ko'rishimiz uchun Undagi ixtiyoriy itoatkorlikdir. Xudoning O'g'li O'zini ulug'lamadi, balki U inson bo'lib, hatto Otasining irodasiga itoatkor bo'lib qul qiyofasiga kirdi va O'zini kamtar tutib, xoch o'limigacha bordi. Holbuki Xudo ham Uni yuksaklikka ko'tardi va hamma ismlardan yuqori bo'lgan ismni Unga berdi (Filp. 2:7-9). Xudo O'zining Xizmatkori Isoni ulug'laganini aytish Butrus uchun o'rinli edi. Chunki Iso Masihning ismini ulug'vorligi O'zi Xudo bo'lgan Muqaddas Ruhning ishini natijasidir.

Butrus seza olmaydigan va tanimagan buyuk Xudo ismida gapirmadi, balki u Xudoni Ibrohimning, Isoqning va Yoqubning Xudosi deb atadi. Xudo O'zi tanlagan ota-bobolarga O'zini ko'rsatdi. Halq otalarining Xudosi O'zining Xizmatkori Isoni o'limdan tiriltirdi. Bu ilohiy hodisaning natijasi havoriylarning va'zlarining yuqorisida belgini shakillantirdi. Xochga mixlangan Iso qabirda qolib ketmadi, balki abadiy yashash uchun tirildi. Isoni ko'rgan va U bilan gaplashgan havoriylar tirik guvoh bo'lishdi. Isoning xochdagi o'limidan keyin, Uning tirilishini va ulug'langan tanasining ishonchiga ular shohid bo'lishgan.

Muqaddas Ruh faqat Xudoning zafarini va inoyatini ko'rsatish uchun qoniqtirmaydi. U har doim insonning ichki gunohlariga hujim qiladi chunki Xudoning Ruhi muqaddasdir. Yahudiy halqi Xudoning tanlangan O'g'lini payqamasdan Uni rad etishdi, lekin hatto Rim hokimi Isoni begunoh deb topdi. Ular butparas hokim Xudoning O'g'lini xochga mixlashiga va haqiqatni o'girishi uchun qattiq turib oldilar. Ularning Yahudiy hokimlariga bo'lgan murojatlari Iso ilgari Suloymon ravoqida talim bergan ma'badning ochiq joyini mensimasdan Antoniya Minoradan uzoqda bo'lmagan joyda gapirishdi. Tinglovchilar hatto binolar ularga qarshi guvoh bo'lgan joyda ular nohaqlikda turib olganliklarini sezishdi. Insonlarni tutuvchi bo'lgan Butrus so'zini davom ettirdi. Butrus qotillarning yuzlaridan yolg'on xudojo'ylik niqobini olib tashladi. Ular yo'l to'sar va qotilni Xudoning Qo'zisining o'rniga tanlaganlaridek ularga Butrus muhr qo'ydi. Bu tanlov ularning yovuz ruhlarini va asossiz fikirlarini oshkor qilib berdi.

Muqaddas Ruh Butrusni butun dunyoning gunohini olish uchun davom etayotgan, Muqaddas Ruhdan tug'ilgan yani Muqaddas Zot bo'lganni Masih deb atashga undadi. Bu begunoh Iso mujassam bo'lgan Xudoning hayoti edi, va gunoh qilmaslikda davom etuvchi Zot hech qachon o'lmasligi kerak edi. Lekin Isoning o'limida mumkinmas narsa sodir bo'ldi: Hayot Shahzodasining O'zi o'ldi. Isoni aniqlash ma'nosida, Butrus Masih yoki Xudoning O'g'li degan so'zdan foydalanmadi, balki u Iso degan bir ismda butun bir mazmunni bu so'zlarda joylashtirdi.

Bu so'zlovchi qotillar haqida o'zining akti bilan davom etdi va shunday aytadi: Xudo Nasroniylik Isoni sevdi, lekin sizlar Xudoning Ruhiga qarshi bo'ldingizlar, va Muqaddas Xudoning suyukli O'g'lini o'ldirdingizlar. Sizlar jinoyatchisizlar, Xudoning dushmanisizlar va Uning yovlarisizlar. Siz ibodat qilish uchun va marhamat olish uchun ma'badga kelasizlar, lekin Xudo ibodatlaringizga javob bermaydi, chunki sizlar Xudoning solih Hizmatkori bo'lgan Isoni o'ldirdingizlar.

Buni ketidan, ilimsiz guvohlar Xudo halqni olib kelish uchun Musoga, Elishaga yoki suvga Cho'mdiruvchi Yahyoga qo'lini cho'zmadi, balki Yahudiylar tomonidan nafratlanilgan, azoblangan va oxiri o'ldirilgan Isoga qo'lini cho'zdi deb dalolat berishdi. Isoning tirilishi Xudoning irodasiga va xursandchiligiga ko'ra Uning muqaddasligining isbotidir. Tangri Iso barhayotdir va U bizga yaqin. Butrusning shahodati Masih qabirda hamma insonlarga o'xshab chirib ketmaganligini balki o'lim zanjirlarini uzib tashlaganligini isbotlaydi. Hozir Iso Ota Xudoning ulug'vorligida yashayapdi.

Butrus bu vahimali habarni Yahudiylarga isbotlash uchun o'zining tinglovchilariga oralarida turgan va ular tanigan bu kishi ancha yillardan beri kasal bo'lib endi sog'aygani haqida aytib o'tdi. Bu kishining yangilangan muskullari va to'g'irlangan suyaklari Butrusning shahodatiga ishonchli ma'lumotnoma edi va Masihning tirilishining isboti edi.

Vrach Luqo Butrusning faqat inoyat orqali shifolanish keladi degan murojati orqali aniqlik kiritdi. Hatto Isoga bo'lgan ishonch bu insonzotiga Najotkorni inoyatining natijasidir. Iso nomiga bo'lgan ishonch Uning borligiga ishonishni, Uning qutqarish irodasining aniqligini, buyuk Vrachdek Unga sodiq qolish, va Uning so'ziga ishonishni anglatadi. Isoning ismi to'la kuchga ega. Bizning dunyomizda yagona Isoning ismidan boshqa ijobiy kuch yo'q. Muqaddas Ruh faqat bu yagona va ajoyib ism orqali najot beradi, shifolaydi va muqaddaslaydi. Hech qanday izg'ib yurgan Shayton minglab yo'llar bilan bu ismni buzib ko'rsatish uchun, odamlar buni esdan chiqarishi uchun, yoki boshqa ko'zga ko'ringan ismlar uchun uni o'zgartirishga harakat qilmaydi. Endi aziz birodar, siz haqiqatni eshituvchi ekanligingizga ishonch hosil qiling. Nasroniylik Isoda jismoniy Ilohiy tabiatning hamma takomilligi yashaydi. Isoga o'zini topshirgan kishi Uning kuchiga ega bo'ladi. Xudoning abadiy kuchi bizning kuchsisligimizni to'ldiradi.

Tasirli imon buyuk sirdir, chunki bu Isoning ismiga butunlay ishongan imonlining e'tiqodi va jasoratidir. U kishining ishonchi Najotkor tomon doyimo qarashi orqali o'sib boradi. Iso sizning ayrilmagan imoningizni, xochga Mixlanganga ishonchingiz davom etishini va Uning tirilishining kuchi orqali band bo'lishingizga umid qiladi. Isoga keling, chunki U ijodkor va imoningizni tamomlovchidir. Unga yaqinlashing qalbingiz tuzaladi, ruhingiz yangilanadi va hayotingiz oqlanadi. Sizning imoningiz sizni qutqardi.

IBODAT: Ey Rabbim Iso Masih, ismingni bizga oshkor qilganing uchun va Ota bilan bir mazmunda haqiyqiy Xudodan bo'lgan haqiyqiy Xudoligingni bizga ko'rsatganing uchun Sendan minnatdormiz. Senda Qudratli Xudoning kuchi ishlaydi. Bizlarni huzuringdan olib tashlama, va Muqaddas Ruhingni bizlardan olib qo'yma, biroq biz butun dunyo bo'ylab Sening ismingni yoyishimiz uchun va Sening kuchingda davom etishimiz uchun O'z sevgingni mohiyati bilan bizlarni to'ldir. Omin.

SAVOL 19: Nasroniylik Isoning nomiga bo'lgan imon ning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)