Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 018 (Healing of a Cripple)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

9. Sholning sog'ayishi (Havoriylar 3:1-10)


HAVORIYLAR 3:1-10
1 Bir kuni Butrus bilan Yuhanno ibodat mahali-soat uchda birga ma'badga chiqayotgan edilar. 2 U yerda onadan tug'ma shol bo'lgan birov ham bor edi. Bu odam ma'badga kirayotganlardan sadaqa tilash uchun har kun ma'badning Go'zal degan darvozasi yoniga keltirib qo'yar edilar. 3 U ma'badga kirib kelayotgan Butrus bilan Yuhannoni ko'riboq, ulardan ham sadaqa so'radi. 4 Butrus bilan Yuhanno esa ko'zlarini unga tikib: - Bizlarga qara! - dedilar. 5 U odam ulardan biron narsa olishni umid qilib, ularga diqqat bilan qarar edi. 6 Butrus unga: - Menda kumush va oltin yo'q, ammo o'zimda borini senga beraman: nosiralik Iso Masih nomidan senga aytaman, o'rningdan turib yur! - dedi-yu, 7 o'ng qo'lidan tutib, uni oyoqqa turg'izdi. Birdaniga uning tizzalari bilan to'piqlari mustahkamlanib qoldi. 8 U dik etib oyoqqa turdi-da, yura boshladi. Xudoga hamd aytib, irg'ib sakrab yurganicha, ular bilan ma'badga kirdi. 9 Butun halq esa u odamning Xudoni qanday olqishlab borayotganini ko'rdi. 10 Ma'badning Go'zal degan darvozasida sadaqa so'rab o'tiradigan odam buning o'zi ekanini ular payqagach, u bilan yuz bergan mo'jiza qarshisida g'oyat ajablanib hayron qoldilar.

Havoriylar va jamoat a'zolari birga ibodat qilib bo'lishgandan keyin ular ma'badga kirishdi. Ular samoviy Otalarining sajda qiladigan joyidan nafratlanmadilar, hatto ularning o'zlari Muqaddas Ruhning ma'badi bo'ldilar. Ularning tinmasdan qilgan ibodatlari tufayli va sof minnatdorchiliklari tufayli Xudo ularni juda kuchli qildi. Hech kim doimiylik ibodatda va Muqaddas Kitobni o'rganishdan boshqa ruhiy kuchni topa olmaydi. Havoriylarning yuraklari kambag'allarga yordam berish uchun yerga tushadigan Xudoning sevgisi bilan to'lgan. Ular loqaydlik qilib kambag'al va nochorlar yonidan o'tib ketishmadi, chunki Xudoning sevgisi hamma insonlarga hizmat qilish uchun bizni boshqaradi.

Butrus bilan Yuhanno birga ibodat qilish uchun va marhamatni qabul qilish uchun shovqin suron bo'lgan ma'bad hovlisiga chiqishganda ular orqalaridan yumshoq ovozni eshitishdi. Ular atroflariga qarashdi, boshqalarni yordamisiz hayotida o'zi qadam qo'ya olmagan va tug'ma shol bo'lgan bechora kishi ularni chaqiryotgan edi. Xudoning xizmatkorlari bu bechora kishiga yordam berishni xohlab unga mexribonchilik ko'rsatishdi. Muqaddas Ruh Isoning kuchiga ularni ishontirishga harakatlantirdi va Najotkorga bo'lgan ularning ishonchlarini kuchaytirdi. O'sha zahotiyoq Butrus bilan Yuhanno Xudo bu azoblanayotgan kishida ulug'lanishini xohlaganligini tushinib yetdilar.

Butrus bu bechora kishidan boyroq emasligini aytdi, chunki yerdagi ibodatxonaning a'zolari mol-mulkdan betaraf bo'lishgan va birga oddiy mablag'dan birga kun kechirishgan. Butrus har bir tirik ibodatxonada ko'rinarli asosni ifoda qilib berdi: ”Bizda kumush va oltin yo'q. Agar bizda bular bo'lganida edi biz Masihning ulug'lanishi uchun va qambag'allarga xizmat qilish uchun ularni qurbon qilgan bo'lar edik.” Ibodatxonaning umumiy mablag'ida yo'g'rilgan pul bo'lgan joyda sevgi ozgina bo'ladi va buni o'rniga ziqnalik bo'la boshlaydi. Shuning uchun Xudoning kuchi puldagi badavlat ibodatxonada yashamaydi, balki pulsiz bo'lgan ibodatxonada yashaydi, lekin imondagi boylik Masihning sevgisi bilan to'lgan. Xo'sh aziz birodarim ikkalasidan qaysi birini xohlaysiz, kuchnimi yoki pulnimi? Masihni xohlaysizmi yoki dunyonimi? Bu ikkalasini hech qachon birga olib yurolmaysiz.

Havoriylar tug'ma shol bo'lgan kishining ko'zlariga tikilib qaradilar. Ular ichki borlig'idan kambag'al bo'lgan bu kishi havoriylar u uchun qayg'urganliklarini bilganini sezishdi. Bu kishilar undan nafratlanmadilar yoki boshqaruvchilarga o'xshab uning ustidan hokimlik qilmadilar. Birinchi bu shol kishi havoriylardan pul berishlarini umid qilgan edi, lekin u bu kishilar ham unga o'xshagan kambag'alliklarini eshitganda uning xohishlari so'ndi.

Butrus Iso degan boshqacha isimni eslatib o'tganda bu shol kishi diqqat bilan eshitdi. Bu kishi Xudo yordam beradi degan so'z haqida hech narsa o'ylamadi. Butrus faqat haq Masihni Yordamchi, Shifolovchi, Qutqaruvchi ekanligini zikr etayotgan edi. Bu shol kishi ilgari xochga qoqilib va yana tirilgan Iso haqida ko'p eshitgan bo'lishi mumkin. Isoning nomi tufayli odamlarda katta quvonch bo'lyotgani haqida bu kishi nimadir sezgan bo'lishi mumkin. Xochga mixlanib va yana Uni Xudo jannatga ko'targan Iso haqida Muqaddas Ruhning xabari Quddus ko'chalarida yashirincha qolmadi.

Bu shol kishi Iso nomidan yurish uchun buyruqni eshitdi. Butrus uning qo'lidan tutganda uning tanasiga sevgi kuchi kirganini sezdi. O'sha zahotiyoq uning muskullari va to'piqlari kuchga kirdi va suyaklari to'g'irlandi. Bu bemor: Iso Masih nomi bilan o'rningdan turib yur degan so'zni eshitdi. U yura olishiga juda hayron bo'lib birinchi qadamini qo'yishga jur'at qildi va buni ko'rdi.

Bu shol kishi umirida hech qachon yurmagan edi. Endi bo'lsa u kiyikdek sakrab va bolaga o'xshab yugirdi. U judayam quvonchga to'lgan edi. Bu kishi havoriylarni ulug'lamadi, balki Xudoni ulug'ladi. Bu shifo topgan kishi to'g'ri uyiga bormadi, chunki u Iso unga shifo berganligini bilar edi. Buni o'rniga u ibodat qilayotgan havoriylar bilan birga Xudoni ulug'lash uchun ma'badga borib ularga qo'shildi. Bu kishi hursandchiligidan o'ng tomonga va chap tomonga yugurib, oyoqlarini va suyaklarini qimirlatib ko'rar edi. Birinchi marotaba unda shunday hodisa yuz berdi, biz har kuni yurishimiz uchun Xudo bizga inoyat beradi va bu har kuni yuz beradi. Bu imtiyoz uchun Xudoyingizga shukurlar bildirdingizmi?

Modomiki o'sha vaqtda soat kechki uch edi, ko'p odamlar umumiy sajda qilish uchun ma'batda birga yig'ilishgan edilar. Ular hursandchilikdan yugurib yurgan bu qambag'al tilanchini hammalari bilishar edi. U Masihning kuchini belgisi bo'ldi. Ularning hammalari hayron qolishdi, va ularning oralaridagi bu yangi kuchni bu ishda his qilishdi.

Siz haqingizdachi, aziz brodar? Siz ham bu shol odamga o'xshab Xudoning ma'badida ma'badga kirib chiqayotganlardan mexr va yemish so'rab o'tirasizmi? Yoki Isoning ismida Uni ulug'lab, sakrab yurishingiz uchun Iso sizni jonlantirdimi? Siz kunu tun tinmasdan yurish turishingiz bilan Uni ulug'laysizmi?

IBODAT: Ey Rabbim Iso Masih, O'zingni havoriylaringni imonlari orqali bu shol kishini shifolaganing uchun Sendan minnatdormiz. Sening isming bizlarning imonimiz orqali ham ulug'lansin. O'zingning mexring bilan bizlarni to'ldirgin, shunda bizlar pulga emas balki Sening noming bilan kambag'allarga hizmat qilaylik. Sening noming bilan yurishimiz uchun va Seni ulug'lashimiz uchun bizlarni O'zingning kuching bilan shifolagin. Omin.

SAVOL 18: Nasroniylik Iso Masih nomi bilan degan gapning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)