Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 006 (The Select Group)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

3. Muqaddas Ruhni Kutgan Guruhni Tanlash (Havoriylar 1:13-14)


HAVORIYLAR 1:13-14
13 Ular shahrga kirib, qo'ngan xonadonlarining bolaxonasiga chiqdilar. Butrus, Yoqib, Yuhanno va Idris, Filip va To'ma, Bartolmey va Matto, Alfey o'g'li Yoqub, vatanparvar Simun va Yoqub o'g'li Yahudo o'sha yerda edilar. 14 Ularning hammasi, shu jumladan Isoning onasi Maryam, boshqa xotin-qizlar hamda Isoning ukalari yakdillik va sidqidillik bilan toat-ibodatga berilgan edilar.

Iso shogirdlariga butun dunyoga borishni buyurgan. Ular o'zlarining kuchlariga butunlay ishonib jo'nab ketmaganlari qanday ajoyib. Ular unsoning gapdonlikning puch so'zlarini gapirish uchun bormadilar. Balki ular ibodat uchun hilvat joyga bordilar va Otaning Va'dasini kutish bilan Masihning ikkinchi amrini bajardilar. Dunyoning g'ami qo'rqinchlidir va gunohda o'lgan odamlar bepayon toshqinga o'xshaydilar. O'zlarining insoniy donoliklari bilan dunyoga voizlik qilishni maqsad qiladigan imonlilarning holiga voy. Ular aniq bizning davrimizning fikrlariga qulab cho'kadilar. Siz o'zingizning insoniy qobilyatlaringiz orqali biror kimni yangilayman yoki Masihga boshlayman deb o'ylamang. Jim bo'lib ibodat qiling va Xudo ishlashi uchun kuting. Ogoh bo'ling, Havoriylar Kitobining tarixi ibodat bilan boshlangan, katta so'zlar bilan emas. Masihning havoriylarining birinchi harakati ibodat qilish va kutish edi. Ular qobilyatlari hech qanday natijasiz ekanligini juda yaxshi bilishgan, chunki hamma inson tezda adashadi. Lekin Xudo orqali tanlangan haqiqiy Inson biz uchun g'ayrat qiladigan kishi bo'lishi kerak. Siz faqat kim g'olib bo'la olishini so'radingizmi? Uning ismi Iso Masihdir. Qutqaradigan, saqlaydigan va yutib chiqadigan faqat Udir. Biz Uning qadamlariga ergashamiz va Uning zafariga dalolat beramiz.

Shogirdlar g'orga yoki cho'lga chekinmadilar yoki nafratga to'lgan dunyoga e'tiborsizlik bilan qaramadilar yoki bu olamning sirlariga noumidlik bilan hayolga cho'mmadilar. Ular ibodat qilish uchun birga yig'ildilar. Ular uzluksiz o'zlarini birlikka va so'rashga berdilar. Ularning uchrashuvlarining kifoyalanishi oddiy ibodat edi. Ular o'zlari boshlaridan kechirgan Isoning harakatlari uchun Xudoni ulug'ladilar. Ular omadsizliklaridan samimiy tavba qilib, tajribalari va umidlari uchun ibodat qildilar. Ular Undan so'rab, tan olib, rahmat aytib, hamma hayotlarining manfati haqida samoviy Otalariga gapirishdi. Ibodat ularning asosiy ishlari, kasiblari va urunishlari edi.

Yuqori xona ularning yig'ilish joylari edi. U Iso shogirdlari bilan Pasxani yegan Kechki Tushlik joyi ham bo'lishi mumkin. Iso ularga non oshqozonlariga kirganidek, U ham ularda yashashini va sharob ularning tomirlariga kirganidek, Uning qoni ham ularning qonini tozalab ularni butunlay poklaganini aytdi. Ular Isoning ularda yashashi orqali to'la yangilanishlari kerak edi.

Bu muqaddas joyda uchrashuvlarni doim tashkil qilgan yangi ahdda Masih bilan birlashgan bu kishilar kim edilar? Birinchi, biz jalila Ko'lining qirg'og'ida Masih bilan shaxsan uchrashuv orqali kechirimni faqat keyinroq olish uchun Rabbiysidan voz kechgan, shoshqaloq, va faol baliqchi Butrusni taniymiz. Uni havoriylarning nomlari orasida birinchi eslatib o'tiladi, chunki u Rabbiysi orqali havoriylarni yetaklab, ular uchun gapiradigan kishi edi. Undan keyin biz Rabbiyning bag'riga suyanishga odatlangan, jim va yumshoq shogird, yosh va mo'min bo'lgan Yuhannoni ko'ramiz. U Rabbiyning ulug'vorligini ko'rgan va boshqalarga qaraganda bu haqida ko'proq dalolat bergan. Undan tashqari biz Xudoning shohligida Uning O'g'lining o'ng tomonida o'tirishni xohlagan, ibodatchi akasi Yoqubni ko'ramiz. U keyinchalik Masihning o'limida Uni ulug'lab, u yerda bo'lganlar orasidagi birinchi shahid bo'lgan. Yoqub (Yuhanno 1:40-41) to'satdan Najotkorning oldiga akasi Butrusni boshlagan va boshqa hammaning oldida Masihga ishongan katta kishi Idrisning do'sti edi. Ibodat qilayotganlarning orasida Iso qidirib, topib va keyin “Menga ergash” (Yuhanno 1:43-45) deb chaqirdi. U o'sha zahoti do'sti Xudo oldida yuragini to'kib sochib, anjir daraxti tagida o'tirgan “Bartolomey” deb ham atalgan “Nataniel” ni qidirdi. Masih uni uzoqdan ko'rdi va doimiylik ibodatga uni chaqirdi. Iso va Uning shogirdlari ochiq osmonni va Inson O'g'lining va Unga ergashuvchilarga chiqib tushib turgan farishtalarni ko'rishdi.

Jalilaning Betsaidasidan birinchi olti shogirdlarning doirasida, biz qiyinchilikning ta'siridan o'tirgan Tomasni topamiz. Bu burungi imonsiz o'zining teshadigan savollari orqali boshqa hamma shogirdlarga qaraganda Xudoning chuqur bilimiga erishdi, shunda u keyinroq shunday deb baqirib Isoga sajda qildi, “Mening Rabbim va mening Xudoyim!” Biz Muqaddas Ruhni kutayotganlarning orasida solih yig'uvchi, savdogar, hisobchi va qobilyatli tarjimon Mattoni ham ko'ramiz. U itoatkorlik bilan Masihning chaqiruviga javob berdi. Keyinchalik u Najotkorining so'zlarini to'plab, Uning ishlarini ta'riflab, va o'zining ajoyib xushxabari bilan Uni ulug'ladi. Biz boshqa uchta havoriylarning hayoti haqida ko'p bilmaymiz. Qolganlarga o'xshab, ular ham kasallarni shifolash uchun va yovuz ruhlarni quvib chiqarish uchun Isodan kuch oldilar. Ular ham ismlari osmonda yozilgani uchun sevindilar va atroflarida najot xushxabari bilan Isoni ulug'ladilar. Biz ularning hayotlari muhim emasligi haqida ko'p tafsilotlarni bilmaymiz, chunki Luqo havoriylarning hamma hatti-xarakatlarini tasvirlashni xohlamagan. Uning istagi havoriylaning yuraklarini Muqaddas Ruhga va rahbarligiga ochgan, O'zining hurmatli havoriylarida ochib berganidek barhayot Masihning ko'rinish ishiga olib kelish edi.

Bu uchrashuvlarning ko'rinishida ishtirokchilarning birligini orasida ayollarni ko'rish qanday ajoyib. Bular yakka xochga yaqin turgan va haftaning birinchi kunida Isoning izdoshlariga Uning tirilishining yaxshi ajoybotini olib kelish uchun Rabbiy orqali topshiriq berilgan ayollar edi. Ular faqat erkaklar uchun emas balki farqsiz yashagan ayollar uchun ham tayyorlangan Muqaddas Ruhning kuchi tushib kelishi uchun boshqa hamma bilan kutdilar. Isoning onasi Maryam ham Otaning Va'dasini kutganlarning doirasida edi. Bu Yangi Ahdda uning oxirgi eslatib o'tilishidir. Maryam osmon malikasi bo'lib namoyon bo'lmadi, balki u Muqaddas Ruhning kuchiga muhtoj va ibodatgo'y kamtar ayol bo'lib namoyon bo'ldi.

Xushxabarchi Luqo ham shaxsan Isoning onasini bilar edi va undan O'g'li haqida so'rab surishtirdi. U aniq Isoning Najotkor bo'lib O'zining ishini bajarishdan Unga halal berish uchun harakat qilgan ukalari borligini ham, toki xalq orqali butun oila rad etilishiga dalolat bergan (Matto 13:55; Mark3:21; 31-35; 6:3; Yuhanno 7:3-8). Iso O'zining tirilishidan keyin, havoriylarning doirasiga keyinchalik qolgan aka-ukalarini olib kelgan va Isoning ilohiyligi orqali juda titragan ukasi Yoqubga Iso ko'rindi (1 Korinfliklar 15:7). Ular havoriylar bilan birga ibodat qilib, imonli bo'lishdi. Keyinchalik ular ham otaning va'dasi uchun kutishni boshlashdi. Keyinchalik Yoqub Muqaddas Ruhga to'ldi va ilk jamoatning ustunlarining biri bilan birga ibodat uchun namuna bo'ldi (Havoriylar 12:17; 15:13; Gallatiyaliklar 2:9).

O'limdan tirilgan Iso ibodat jamoatiga birga, O'zining ilk oilasi bilan birga sodiq ayollar bo'lgan izdoshlarining boshqarish qismini birlashtirdi. Ular hammalari birga ibodatda kurashib, bir yurak va bir qalb bo'ldilar. Aziz birodar, siz Xudoning irodasi uchun hamma aniqlik va intizorlik bilan aka-uka va opa-singillarning doirasida ibodat qilasizmi? Yoki siz yakka ibodat qilasizmi? Bu ibodat qiladigan kishilarning va ayollarning guruhi Havoriylar Kitobi uchun va butun jamoat uchun boshlash nuqtasidir.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sening havoriylaring o'zlarining kuchlari va donoliklari orqali Sening shohligingni qurmadilar, balki Sening hokimligingning kuchini va Otaning va'dasini kutib, birga ibodat qildilar. Bizni ibodat qilishga o'rgat va bir-birimizga itoatkor bo'lib, Sening kuchingni sodiqlik bilan kutishga o'rgat. Omin.

SAVOL 6: Doimiylik ibodat uchun birga uchrashgan bu erkak va ayollar kimlar edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)