Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 005 (Christ’ Ascension)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

2. Masihning Osmonga Ko'tarilishi (Havoriylar 1:9-12)


HAVORIYLAR 1:9-12
9 Bularni aytgach, Iso ularning ko'z oldida osmonga ko'tarildi. Uni bulut qoplab, ko'zdan g'oyib bo'ldi. 10 Iso ko'tarilayotib, havoriylar osmonga tikilib turgan payitda, oq kiyim kiygan ikki zot ularning yonida paydo bo'ldi: 11- Ey jalilaliklar! Nega sizlar osmonga qarab turibsizlar? Sizlarning orangizdan osmonga olingan bu Iso, ko'kka ko'tarilganini qanday ko'rgan bo'lsangiz, xuddi shunday qaytib keladi, - deyishdi. 12 Shundan so'ng havoriylar Zaytun tog'idan Quddusga qaytib keldilar. Bu tog' Quddusdan bir chaqirimchalik yo'lchalik yaqindir.

Shogirdlar Masih yashayotganini va Unda tabiy qonunlariga bo'ysunmaydigan ruhiy badan borligini tushunishdi. U haqiqiy inson va haqiqiy Xudo edi. Masih asosan o'limi va tirilishiga doir kishilarni Eski Ahdning ma'nolari bilan yoritish uchun tirilishidan keyin qiriq kun mobaynida izdoshlariga sherik bo'ldi. U oxiri Xudoning kuchi bilan to'ladigan havoriylar Ruhning quyilishining Va'dasi bilan ta'lim berishini kiydirdi.

Bu yeryuzida Masihning oxirgi e'loni edi. Hech narsaga muhtojlik yo'q edi, chunki Muqaddas Ruh Masihning ishini oxiriga yetkazdi. U Otasining oldiga ketish uchun tayyor edi. U to'satdan devorlar va yopiq eshiklar orqali kirganida yoki chiqqanida, oxirgi qiriq kun mobaynida qilganidek, yashirincha g'oyib bo'lmadi yoki o'rinlatib jo'nab ketmadi. O'limdan tirilgan Masih jimgina va ulug'vorlik bilan shogirdlarning ko'z oldida samoga ko'tarildi. U havodan ko'ra nurliroq bo'lib, yer-yuzining jiddiy ishtiyoqini yengib chiqdi. Iso sevgining kuchi orqali Otasiga tortilyotgan edi. Muqaddas va ulug'vor Xudoni o'rab olayotgan bulut Uni sekin yumshoqlik bilan qamrab oldi. Masih ishini tugatdi va Xudoning ko'rinmas olamiga kirish uchun insonning olamini tark etayotgan edi.

Barhayot Yaratguvchi osmonda yuqorida yashamaydi, chunki bizning yer sharimiz doimiy aylanishdadir, shuningdek osmon ba'zan tepada va boshqa vaqt pastadir. Hatto quyosh ham bizdan tepada emas, lekin u ulkan, otashin koptok, g'oyiblikka qochib, quyoshning ko'plab guruhlari orasidagi bir quyoshdir. Xudo qayerda? Va Masih qayerda? Bizning Rabbimiz shunday deb bu savolga rozilik bilan javob beradi: “Asirning oxirigacha Men sizlar bilan birga bo'laman.”

Masih tepada yoki pasda emas, balki atrofimizning har bir yeridadir. U vaqt yoki joy bilan bog'lanib qolmagan. Hech kim Xudoning ulug'vorligining buyukligini tushuna olmaydi. Masih shogirdlari tushuna olishi uchun o'ylash yo'llaridan foydalangan. Masih ko'rinarli va ochiqchasiga osmonga ko'tarilgan, chunki ular osmon yuqorida deb ishonishgan.

Masih izdoshlarini tushunarli tarzda o'rgatgan. Endi Iso abadiy birlikda Otasi bilan hukm surish uchun va Uning o'ng tomonida o'tirish uchun Otasining oldiga butunlay qaytib ketish uchun ularni tark etyapdi. Masih va Ota birdir. O'g'il Otada va Ota esa O'g'ildadir. Masihni ko'rgan kishi Xudoni ko'rgandir. Biz bitta Xudodek Muqaddas Uch Birlikka ishonamiz: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh. Hech kim bu shaxs birligining sirini aniqlab berolmaydi. Xushxabar bizga Masih Xudoning olami, samoga kirish uchun inson zotining olamini tark etib, o'limdan tirilishidan keyin qiriq kundan keyin osmonga ko'tarilganini aytadi. Iso u yerda to'la ulug'vorlik, sevgi va huquq bilan, Otasi bilan inoyat taxtiga o'tiradi.

Shogirdlar Isoning osmonga ko'tarilishi hayotlarida va tarixlarida to'la o'zgarishni olib kelganligini bilishar edi. Ular yaqin orada bulutlar orasiga yashiringan Rabbiylarini ko'rish uchun og'ishmay tepaga qaradilar. Bu biz uchun ham tepaga qarash va Otasi bilan bo'lgan Masihga yuragimizni ko'tarish yaxshidir. Bizning yo'nalishimiz osmonga va uyimiz Otamiz Xudo bilandir.

Barhayot Rabbiy shogirdlarini hatto ular diniy nikoh orqali gangiragandek harakat qilish uchun keyingi hayotning narsalarini va ular osmonga o'rnatilishlarini xohlamadi. Masih ularni yer-yuziga qo'yishni xohladi. U to'satdan osmonga olingan Isoni shogirdlariga tasdiqlab, buyuk poklik bilan namoyon bo'lgan ko'rinmaydigan dunyodan ikki farishtasini jo'natdi. Uning ko'tarilishi yolg'on emas, balki qo'yilgan dalil edi.

O'sha vaqtda, Masihning ikki xabarchilari imonlilarning umidlari tugamaganligiga dalil keltirdilar, chunki Rabbiy qanday chiqib ketgan bo'lsa, chunday yana bulutlarda kelishiga dalolat berdi. Dunyo tarixining maqsadi bu bir bayonda asos bo'ladi – Rabbiy Iso Masih yana keladi! Masihiylik bu imonni mahkam ushlaydi. Rabbimiz yashaydi va yana qaytib kelyapdi, chunki U bizni sevadi va bizni sog'inadi. Biz U qachon kelish vaqtini bilmaymiz lekin tezda aniq kelishini bilamiz. Siz Isoni kutasizmi? U sizning fikrlaringizning markazimi? Masihni sevasizmi? Kunda U haqida o'ylaysizmi? Siz ibodatlaringizni Unga qaratasizmi? Siz Uning kelishini intizorlik bilan kutasizmi? Hech kim Rabbiysini kutishdan boshqa donolik va extiyotkorlik bilan yashamaydi.

Shogirdlar buyuk hursandchilik bilan Kidron vodiysiga ketdilar. Ular Getsemaniya Bog'idan uzoq bo'lmagan Zaytun Tog'ida Rabbiylari bilan turgan joydan Quddusga qaytib ketishdi. U yer Rabbiy Xudoning g'azabi va o'lim bilan olishgan payitda, ular hammalari qattiq uyquga ketgan joy edi. Oxiri, U qo'lga olinib, kishanband qilindi. Endi ular boshqa daxshatli hodisaning yomonligidan qaltiramaydilar, chunki ularning yuragi Masihning zafarining shodligi bilan to'lgan edi. Ikki farishtalarning ulug'vorligi ularning miyyalarida va yuraklarida ulkan qo'ng'iroqning cholinishidek yangradi: Rabbiy kelyapdi. U tezda kelyapdi. U yaqin orada kelyapdi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sen tiriksan, va Sening dushmanlaring Seni ko'tarilishing haqida bilishadi. Sen Ota Xudoda yashaydigan Zafarli Masihsan. Sen yana kelyapsan. Iltimos biz qaytib kelguningcha dunyomizda ishlashni davom ettirishimiz uchun so'zing orqali qo'llarimizni va yuraklarimizni qimirlatishimizni va zafaringning hursandchiligini bizga o'rgat. Omin.

SAVOL 5: Bu ikki farishtaning bayoniga ko'ra, Masih qanday qilib yana keladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)