Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 087 (The Holy Trinity descends on believers)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
C - Yuqori honadagi hayirlashish manzili (Yuhanno 14:1-31)

2. Muqaddas Uch Birlik Yupatuvchi orqali imonlilarga keladi (Yuhanno 14:12–25)


YUHANNO 14:15
15 Agar Meni sevsangiz, amrlarimga amal qilinglar.

Xushxabar Go'lgota uchun minnatdorchilik bildiradi. Xushxabar aytmagan kishi Masihning ozodligini bilmaydi. Agar siz ibodatlarni va guvohlikni hosilsizligini bilsangiz, siz Masihning sevgisida yashayapsizmi yoki yo'g'mi yoki gunohlaringiz marhamat uchun to'siq bo'lyaptimi, shu uchun o'zingizni tekshiring. Isoning oldida kamchiligingizni tan oling, marhamat oqimi boshqalardan olib qo'yilmaydi. Xudo bizlarga bir nechta qonunlar bergan: Dushmanlaringni sevinglar, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qiling. Osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, sizlar ham barkamol bo'linglar; Ey og'ir yuk ostida xorib tolgan hammalaringiz Mening oldimga kelinglar, Men sizlarga orom beraman. Bu buyruqlar oltin matnda jamlanadi: Men sizlarni sevganimdek, siz ham bir-biringizni sevinglar. Uning qonunlari og'ir yuk emas, balki yashashga va imon va sevgiga ko'prik bo'lishga yordam beradi.

Kimki Isoning narxini bilsa, u kishi o'zi uchun yashamaydi, balki Najotkor Masihga hizmat qiladi.

YUHANNO 14:16-17
16 Men Otamga murojat qilaman va U to abad sizlar bilan qoladigan boshqa Yopatuvchini yuboradi. 17 Bu Yupatuvchi ­-­ Haqiyqat Ruhidir. Dunyo Uni qabul qila olmaydi, chunki Uni na ko'radi, na biladi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan doim birgadir, U ichingizda yashaydi.

O'zining irodasi bilan Isoning qonunlarini bajarishga harakat qiladigan kishi, umidsizlikga tushadi. Bu sabab uchun, Iso Xudo bilan Muqaddas Ruh bo'lgan Yupatuvchini yuborishga shafoat qildi. Unda bir necha maqsadlar bor. U bizning gunohlarimizning darajasini ko'rsatadigan haqiqat Ruhidir. U bizning gunohlarimizni kechiradigan ilohiy O'g'illigiga ishontirib, bizning oldimizda xochga mixlangan Isoni tasvirlab beradi. U bizlarni inoyat orqali Xudoning oldida solih qiladi. Bu saodatmand Ruh bizga ikkinchi tug'ilishni beradi. U bizning og'izlarimizni Xudoni Otamiz deb chaqirishga ochib yuboradi. Ozodlik Ruhi orqali biz Xudoning haqiqiy bolalari bolganligimizga amin bo'lamiz. Oxirida, U bizni himoya qilish uchun oqlovchimiz bo'ladi. Bizni najot mukammalligiga ishontirib, Shaytonning g'iybatchilarining oldilarida bizning orqamizda turib bizlarni mustahkam qilib, saqlaydi. Bizlarga Iso jo'natgan Yupatuvchisiz biz bu dunyodagi sinalishlarimizda va hursandchiligimizda aniqlikni topa olmaymiz.

Hech kim tabiat orqali, yoki asl yoki she'r yoki payg'ambarchilik orqali Ruhga ega bo'lmaydi. Bu Ruh ilohiydir, va Masihning qoniga ishonganga bu Ruh keladi. Isoni sevmagan va Uni qabul qilmaganda unda yashaydigan Ruh bo'lmaydi. Lekin Isoni sevgan kishi va Uning najotini qabul qilgan kishi amalda hursandchilikga ega bo'ladi. Bizning yuragimizda Muqaddas Ruh bilan biz kuchsizlikda Xudoning kuchini boshimizdan o'tkazdiramiz. Iso sizni bu Yupatuvchi o'limda yoki hukmda tashlab ketmasligiga ishontiradi, chunki U abadiy hayotdir.

YUHANNO 14:18-20
18 Sizlarni yetim qoldirmayman, yana oldingizga qaytib kelaman. 19 Birozdan keyin dunyo Meni boshqa ko'rmaydi. Ammo sizlar Meni ko'rasizlar; Men hayot bo'lganim uchun, sizlar ham yashaysizlar. 20 Men Otamda, sizlar Menda va Men sizlarda hozir ekanimni o'sha kunda fahmlaysizlar.

Hoin tashqariga chiqib ketganda, Iso shogirdlariga yaqinda ularni tark etishini malum qildi, va ular ergashishga qobilyatsiz edi. Lekin Iso ularning oldiga qaytib kelishini qo'shib qo'ydi. Iso ularning qo'rquvlaridan ogoh edi va Uning gaplarida ikkita ma'nolar bor edi: Birinchisi, Muqaddas Ruhning kelishi, chunki Xudo bu Ruhdir. Ikkinchisi, dunyoning oxirida ulug'vorlikdagi Uning kelishi. Bu fidolashishsiz, Muqaddas Ruh bizga kelmaydi.

Yuraklarni va ko'zlarni ochadigan bu Ruhdir. Biz Iso boshqalarga o'xshab qabrda qolmaganiga habardormiz, lekin U barhayotdir va Ota bilan birgadir. Uning hayoti falaklarning va bizning najotimizning asosidir. Chunki U o'limni yengdi, va biz ham imon orqali o'limdan g'alaba qozonishimiz uchun va Masihning solihligida yashashimiz uchun bizga hayot beradi. Bizning e'tiqodimiz imonga to'la hayotning biridir.

Dalda beradigan asl Ruh, bizda yashash uchun keladigan va bizlarni to'la birlik bilan Ota O'g'ilda va O'g'il Otada ekanligiga ishontiradigan Muqaddas Ruhdir. Bu Muqaddas Uch Birlikning ruhiy bilimi matematik shunoslarning o'rganishiga o'xshamaydi, balki Iso Otasi bilan bir bo'lgandek Xudo bilan bir bo'lishimiz uchun imonlida mujassamlanadi. Bu Ruhdagi sirlar insoniy tushunchamizdan narida yotadi.

Iso sizda alohida yashashni xohlashligini aytmaydi, U shunday deydi, "lekin Men sizda birga yashayman". O'z o'ziga Masihiy bolgan Masihiy Ruhning ma'badi emas; u, bu ilohiy qasrda o'rnatilgan toshga o'xshaydi. Hamma imonlilar bu ruhiy yashashda bo'lishadi. Bu va'da ko'plikda berilgan, "Siz Menda va Men sizda yashayman". Azizlarning birlashishida Iso O'zini ochib beradi. Siz Xudo shunday buyruq bilan, "Men sizlarni sevganimdek bir-biringizni sevinglar" degan bu va'dani tamomlashini payqaysizmi? Bu mening o'zim Masihga bog'liqman degani emas, balki hammamiz Xudoning kamolotiga to'lamiz.

IBODAT: Xudoning Muqaddas Qo'zisi, biz Sening oldingda tazim qilamiz; Sening o'liming orqali biz abadiy hayotni qabul qildik. Sen va bizning o'rtamizda to'siq bo'lmsligi uchun, bizning nodonligimizni va imonimiz kamligini kechirgin. Biz Seni hamma sinashlarimizda ko'raylik va aql-idrok bilan yashaylik. Bizni abadiy birga qiladigan haqiqiy Ruh bo'lgan Yupatuvchi kelgani uchun Senga rahmat.

SAVOL:

  1. Iso Muqaddas Ruh uchun qo'llaydigan sifatlar nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)