Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 065 (Jesus reveals himself to the healed one)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
2. Ko'r tug'ilgan kishiga shifo berish (Yuhanno 9:1-41)

c) Iso shifo topgan kishiga O'zini Xudoning O'g'lidek ochib beradi (Yuhanno 9:35–41)


YUHANNO 9:35-38
35 U odamning quvib chiqarilganligini Iso eshitdi-yu, uni axtarib topdi. -Sen Xudoning O'g'liga ishonasanmi?-deb so'radi undan. U odam Isoga: 36 -Xazrat,-dedi,-U kimdirki, men Unga ishonsam?37 -Sen Uni ko'rding, mana sen bilan gaplashyotgan-O'shaning O'zi,-dedi Iso. 38 Shunda u odam:-Ishonaman, yo Rabbiy,-dedi-da, Isoga sajda qildi.

Biz bu taskin hikoyani o'qidik. Iso bu shifo topgan kishini haydab chiqarilganligi haqida eshitganda, U uni qidirdi va uni hafa bo'lgan holda topdi. Bu Masih uchun oilasidan va do'stlaridan ajiralgan har bir imonli uchun mavjud bo'lgan daldadir. Agar siz bu vaziyatda bo'lsangiz biz sizni ishontiramizki, Iso sizni yig'ilaringizni eshitadi va inson qiyofasida sizning oldinizga keladi va sizni tark etib ketmaydi. Odamlarga qaramang bo'lmasa quruq qolasiz. Faqat Isoga qarang. Yerda yoki osmonda sizda umid bo'lmaydi, biroq faqat Isoda umidingiz bo'ladi. U sizni sevadi.

Keyin Iso bu yosh kishidan shunday deb savol so'radi, "Sen Inson O'g'li bo'lgan Xudo O'g'liga ishonasanmi?" Iso bu yosh odamni Eski Ahdni qismlari bilan tanishligidan habardorligini va Donyor 7:13-14 dagi Inson O'g'li Dunyoning Hukmlovchisi va Xudoning O'g'li ekanligini bilar edi. Iso bu yosh kishi abadiylik uchun Xudoni O'g'lining ulug'vorligiga hosil keltirishni xohladimi yoki orqaga ketib qoladimi yo'g'mi bilib olish uchun buni so'radi. U allaqachon Isoni oddiy odam emasligini va Unga "Tangri" dek murojat qilganligini his etdi. Haligacha u Uni butparaslik bo'ladigan oddiy odamga sajda qilmagandek Xudoning O'g'li kim ekanligi haqida bilishni xohlagan edi.

Bunda, Iso ularga sharafli shunday javobni berdi, "Sen Uni U Menman degan sen bilan gaplashyotgan Xudoning O'g'lini manzara orqali ko'rishdan oldin imon orqali barvaqt Uni ko'rding." Isoga to'la taslim bo'lishda bu yosh kishi uchun hech qanday galga solish yo'q. Bu kishi Isoning oldida, "Tangrim, men senikiman va Sen mening Shohimsan, mening Egamsan va Tangrimsan degandek tazim qildi. Sen Sevgisan, men Senga jon deb Sening quling bo'lish uchun hozirdan topshiraman." Birodar, siz Isoni inson shaklida bo'lgan Xudoning O'g'lini sezdingizmi? Siz U bilan imonlidek bog'landingizmi? Unga bog'langan hizmatkordek Unga sajda qildingizmi?

YUHANNO 9:39-41
39 Iso:-Ko'rlar ko'rsin, ko'zi ochiqlar esa ko'r bo'lsin, deb Men bu dunyoni hukm qilgani kelganman,-dedi. 40 Uning atrofida ba'zi farziylar turgan edi. Ular bu gapni eshitgach:-Nahotki bizlar ham ko'r bo'lsak? -deb so'rashdi. 41 Iso ularga dedi:-Agar ko'r bo'lganingizda, gunohingiz bo'lmas edi. Lekin sizlar "Ko'zlarimiz ko'ryapdi", deganingiz uchun, gunohingiz o'z bo'yningizda qoladi.

Bu yosh kishi Isoning oldida tazim qilishiga halal berishmadi, chunki Iso hamma ulug'liklarga loyiqdir. Lekin Iso Uning kelishi dindor halq o'zlarini bilimdon deb hisoblaydigan lekin haqiqat haqida hech narsa bilmaydigan dindor mag'rurlangan dindor halqqa hukm olib kelishligini aytdi. Ko'r va gunohkorlar buni sezishdi va tavba qilishdi, zinokorlar tozalandi. Iso tavba qilmaganni hukm qilmadi; ular Isoning najotkorligini rad qilganliklari uchun o'zlarini o'zlari hukm qilishdi. Ular kitobiy dalillar va payg'ambarlar orqali o'tmishdagi ba'zi nurlarni qabul qilishdi. Lekin agar ular jo'rttaga Isoning talimiga qarshi bo'lishganda, mavjud bo'lgan yorug'likning qolganidan judo bo'lishadi. Ular ko'r, tosh yurak, qaysar va nafratli qotillar bolgan bo'lishar edi. Masihning kelishi va Uning talimida ikkita natijalar bor: Najot va hukm, marhamat va lanat. Sizning yuragingizdagi natija nima?

Masihning atrofidagi odamlarning orasida Iso so'zlari orqali ularni ko'rsatyotganini his qilgan Farziylar bor edi. Ular shunday deb so'rashdi, "Bizlar ko'rmizmi?" Iso ularning ikkiyuzlamachiliklarini shunday deb qadab qo'ydi, "Agar sizlar aniq o'zingizni ko'rligingizni ko'rganingizda va ruhiy holatingizda yuragingiz achishganida, sizlar suvga Cho'mdiruvchi Yahyoning oldida tavba qilgan bo'lardingizlar va gunohlaringizni qoldirgan bo'lar edingizlar; keyin sizlar kechirimni va inoyatni qabul qilgan bo'lar edingizlar. Lekin o'zlaringni o'zlaring aldaysizlar va o'zlaringni solih deb o'ylab hamma narsani tushunish uchun da'vo qilasizlar. Biroq shunday mag'rurlik bilan sizlar o'zingizni ko'rligingizni va toshbag'irligingizni isbotlaysizlar. Sizlar dunyoning nuridan yolg'iz nurning yorug'ligini olmaysizlar."

IBODAT: Iso Tangrim, Sen insoniy shakldagi Xudoning O'g'lisan. Biz Senga sajda qilamiz va hozir va toabad Senga kelamiz. Biz o'zimizning kuchlarimiz va bor-burdilarimiz bilan Sening ixtiyoringdamiz. Biz Sendan bizlarni kechirishing uchun va yuraklarimizni tozalashing uchun o'tinamiz, shunda hech qanday gunoh va kamsitish bizlarni Sendan ajratmasin.

SAVOL:

  1. Isoning oldida bosh egish degani nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)