Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 044 (Jesus offers people the choice)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
B - Iso hayot nonidir (Yuhanno 6:1-71)

4. Iso odamlarga, "Qabul qilish yoki voz kechish!" tanlovini beradi (Yuhanno 6:22-59)


YUHANNO 6:41-42
41 Iso "Men osmondan tushgan nonman", degani uchun yahudiylar Undan noliy boshlashdi. 42- Yusufning o'g'li Iso bu emasmi? Ota-onasini biz taniymiz-ku! Endi qanday qilib U:"Men osmondan tushdim", deb aytyapdi?-deyishardi o'zaro.

Havoriy Yuhanno Jalilaliklarni Yahudiylar deb atagan, hatto bu odamlarning guruhiga tegishli bo'lmagan bo'lsalar ham, lekin ular Masihning Ruhini rad etganlarida, ular Yahudiylardan va janubdagi qarorgohning odamlaridan yaxshiroq emas edilar.

Ular uchun yozuvlar ularni tor fikrlashlari tufayli va Masihning sevgisiga zid chiqishlari va o'zlik islohatiga ishonishlari, Isoni rad etishga boshqa sababni keltirib chiqardi. Lekin Jalilaliklar Isoning ustiga qoqilishdi, chunki ular Uning oilasini bilishar edi, chunki "Uning otasi" bo'lgan ( duradgor Yusuf) oddiy odam, payg'ambarchilikda va mahsus mukofatlarga qobilyatsiz bo'lib ular bilan birga yashagan. Uning onasi Maryamda xudojo'y tul hisoblangan belgidan boshqa ayollardan farq qiladigan hech qanday narsasi yo'q edi. Shunday qilib Jaliliyaliklar Iso osmondan bo'lgan nonligiga ishonishmadi.

YUHANNO 6:43-46
43-O'zaro nolimanglar! - dedi ularga Iso. 44-Agar Meni yuborgan Otam birovni jalb qilmasa, u Menga hech ham yetisha olmaydi. Menga yetishgan odamni esa oxirgi kunda tiriltiraman. 45 Payg'ambar oyatida:' 'Hamma Xudo tomonidan o'rgatilgan bo'ladi",-deb bitilgan. Shunday qilib Otadan eshitgan va o'rgangan har bir kishi Mening oldimga keladi. 46 Aslida hech kim Otani ko'rgan emas, birgina Xudodan chiqqan Zot Otani ko'rgan.

Iso Uni rad etganlarga O'zining tug'ilish mo'jizasini tushuntirishga harakat qilmadi, ular bunga ishonmagan bo'lar edilar. Iso kishining Xudoligini biz o'zimiz bilishga qodir emasmiz, faqat Muqaddas Ruhning yoritishi orqali bilaolamiz. Kimki Uning oldiga ishonch bilan kelsa Uni ko'radi va Uning buyuk haqiyqatini bilib oladi.

Iso halqni ilohiy vahiylarga qarshi nolishlarini taqiqladi. O'jar ruh Xudoning Shohligi haqida hech narsa eshitmaydi. Lekin quloq tutadigan ruh uning muhtojligi Xudoning sevgisidan bahramantliligini his qiladi.

Biz Yeremiya 31:3 o'qiganimizda Xudo bu sevgida odamlarni Najotkor bo'lgan ularni yoritishlarini va ularni yakka o'rgatishlarini xohlab Isoga yaqinlashtiradi. Yangi Ahdda insonning xohishi emas yoki imon haqida fikr olib keladigan insonning fikri emasdir; balki bizlarni ruhlantiradigan va bizlar haqiyqiy Otamiz va Xudoyimizni buyuk Xudoligini anglashimiz uchun bizda ilohiy hayotni yaratadi. U O'zining bolalarini o'rgatadi va ular bilan to'g'ridan -to'g'ri aloqada bo'lishni saqlaydi. U Ruhning ishtiyoqi orqali yuraklarimizda imonni o'rgatadi. Siz o'zingizni qalbingizda ishtiyoqni sezdingizmi? Xudoning sevgisining xohishiga ochilasizmi?

Otaning Ruhi bizlarni Isoga boshlaydi va U tomon bizlarni harakatlantiradi. U bizning xohishlarimizni borib Iso bilan uchrashginimizcha va Uni sevginimizcha bizning xohishlarimizni U uchun uyg'otadi. U bizda abadiy hayotni o'stirib bizlarni qabul qiladi va bizni itarib yubormaydi, shunda biz Uning Otasining ulug'vorligiga kirib, tirilishning kuchida ulushimizni olamiz.

Iso va yana tug'ilgan imonli o'rtasida balki farq qoladi. O'g'ildan tashqari hech kim Xudoni ko'rgan emas. U azaldan Ota bilan birga edi va Uni ko'rgan. Ota va O'g'il ajirashishmagan. Iso samoviy tinchlikni va hamma ilohiy sifatlarni bo'lishdi.

YUHANNO 6:47-50
47 Sizlarga rostini aytay: Kimki Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo'ladi. 48 Men hayot noniman. 49 Ota-bobolaringiz sahroda manna yeb, o'lib ketganlar. 50 Odam yeb o'lmasligi uchun osmondan tushadigan non bor, mana u ko'z o'ngingizda turibdi.

Ota bilan Uning birligini va Uning eshituvchilarida Ruhning ishini e'lon qilgandan keyin, Iso yana Unga ishonish uchun ular uchun O'zining asl haqiyqatini taqdim qildi. U Masihiylik asosini qisqacha tushuntirib o'tdi: Isoga ishongan odam abadiy yashaydi. Bu haqiyqat o'lim bekor qila olmaydigan ishonchdir.

Iso dunyoga Xudodan bo'lgan nonga o'xshaydi. Bu non besh ming kishini to'ydirish mo'jizasida Uning qo'llari orqali o'tganida tugamagan, Iso ham har doim dunyoning muhtojligi uchun yetarlidir, chunki Unda Xudoning barkamolligi yashaydi. Undan siz umid, hursandchilik va marhamatlarni qabul qilasiz. So'zda U Xudoning hayot dunyosini taqdim qiladi, dunyo Undan voz kechdi.

Cho'lda yog'ilgan Manna Xudodan mukofat edi; bu ne'mat tezda tugab qoldi. Uni yegan hamma olamdan o'tdi. Mana biz hayriya ishlarda, tehnika rivojlanishida va ilmiy tashviqotlarda ularni bir muddat uchun yordam berishlarini ko'ramiz. Bu hususiyatlarda yoki gunohning ustidan g'alabada o'lim uchun davo yo'qdir. Lekin kimki Masihni qabul qilsa halok bo'lmaydi. Bu sizda Masihning qolish va kelish maqsadi edi. U shaxsan sizda yashashni xohlaydi, hech qanday boshqa ruh sizning ustingizdan boshqarmaydi. U hamma yomon xohishlarni olib tashlay oladi, va sizni kuchsizligingizni kuchli qilgandek qo'rquvingizni ham bosa oladi.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib O'zining eshituvchilarining nolishlariga javob berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)