Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 262 (The Strange Events at Jesus' Death)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

28. Isoning O'limidagi G'alati Hodisalar (Matto 27:51-53)


MATTO 27:51-53
51 Shu ondayoq ma'baddagi parda yuqoridan pastgacha ikkiga bo'linib, yirtilib ketdi. Yer larzaga keldi, toshlar yorildi. 52 Qabirlar ochilib, talay rahmatu azizlarning jasadlari tirilib ketdi. 53 Ular qabrlardan chiqib, Iso qayta tirilganidan keyin tabarruk shaharga kirib, ko'plarga ko'rindilar.
(Chiqish 26:31-33, 2 Korinfliklarga 3:14)

Masihning o'limining natijalari namoyon bo'ldi. Eng muqaddas joyning to'g'risida turgan ma'bad pardasi ikkiga bo'lindi. Bunda buyuk ma'no yotadi. Eski Ahd nihoyasiga yetib, Yangi biri boshlandi. Muqaddas Xudoga bo'lgan bu yo'l Unga ishonganlar uchun Masihning o'limi orqali keng ochildi, chunki Xudo ularning Otalari bo'ldi.

Ma'bad pardasi berkinish uchun edi. Bu eng muqaddas joyning ichini ko'rish uchun Oliy Ruhoniydan boshqa hech bir inson uchun ruhsat berilmagan, va Oliy Ruhoniy bir yilda bir martotaba ko'rar edi. Bu udumni bajarish va tutagan tutatqining buluti bu tuzumning qorong'uligini anglatgan (2 Korinfliklarga 3:13). Endi, Masihning o'limida, hamma narsa ochildi. Sir-asrorlar ochilib ketdi, bularning ma'nosini kim bo'lsa ham o'qishi mumkin.

Masih Muqaddas Ruhga bo'ysunganda, o'sha zahotiyoq Xudoning hayoti Eski Ahdning ba'zi xudojo'y imonlilariga kirdi. Masihning qoni orqali oqlanganlar abadiy halok bo'lmaydilar. Masihning o'limi butun dunyoga eng buyuk o'zgaruvni olib keldi. Xudoning Ruhi Masih orqali qilingan to'lov tufayli bizda abadiy yashaydi va biz U bilan abadiy birlikda yashaymiz.

Xochda o'lish bilan, Iso Masih g'alaba qozondi, kuchlarni olib tashladi, va o'limni yo'q qildi. Tirilgan azizlar o'lim kuchlari ustidan Masihnig xochining g'alabasining birinchi sovrini edilar. O'lim kuchlarini yo'q qilib, Iso bu yozuvni amalga oshirdi, “Men qabr kuchlaridan ularni ozod qilaman” (Ho'sheya 13:14).

G'ayriyahudiylar xochga Mixlangan Masihning ilohiyligiga dalolat keltirishlari uchun ularda imon o'sishni boshladi. Bu vaqtgacha Xudoning sevgisidan Yahudiylar birinchi bo'lib bosh tortdilar, millionlab odamlar Rabbiy Isoga qaytib qutqarilib qolganlar. Ilohiy inoyatning bu to'lqini sizga yetib keldimi va xonadoningizga va shahringizga tegindimi?

Gunoh kuchi nixoyasiga yetdi. Qonun bizga qarshi shikoyta qilolmaydi chunki biz Masih bilan imon orqali o'lganmiz. Biz Xudoning g'azabidan, gunoh jazzosidan va o'lim qo'rquvidan ozod bo'lganmiz. Masih g'olibdir! U bizni O'zining zafarida sheriklar qildi. U bizning o'rnimizga o'ldi va oxirigacha, hatto o'limgacha bizni sevdi. Bizning munnatdorchiligimiz qayerda? Biz Najodkorga qanday qilib xizmat qilamiz? Insonzod tarixidagi eng muhim; Xudo bilan bizning yarashish kunimiz bo'lgan hodisa haqida boshqalarga qachon aytamiz?

Ba'zi odamlar Masih biz uchun o'rinbosar kabi xizmat qilolmagan chunki o'zining gunohi orqali og'ir yukni olib yurmaydigan hech kim boshqaning og'irligini olib yurolmaydi deb aytishadi. Bu haqiqatdir, gunohga to'lgan kishi boshqaning gunohlarini ololmaydi. Biroq, hech gunohni bilmagan Masih hamma gunohkorlar uchun o'rinbosar bo'la oldi, chunki U gunohsizdir. Shuning uchun Masihda boshqalarning og'irliklarini olishga huquq bor. Biz Unga hamdu-sano aytamiz, Unga rahmat deymiz va o'limdan tirilishimizni Undan qabul qilamiz, chunki U inoyati orqali bizni to'la oqlab muqaddasladi.

IBODAT: Rabbiy Iso, biz Seni ulug'laymiz, chunki Sening o'liming Xudoga bo'lgan yo'lni barchaga ochib berdi. Bizda endi to'loving orqali oqlanishimiz uchun Muqaddas Xudoga yaqin kelishimiz uchun va biz uchun o'liming tufayli Muqaddas Xudo bizning sevikli Otamiz bo'lganini ko'rish uchun huquq bor. Biz Sendan minnatdormiz chunki Eski Ahdning ba'zi solih o'liklari Sen o'lganingda qabirlaridan chiqdilar. Ular o'lim ustidan, gunoh, Shayton va hatto Xudoning g'azabi ustidan bo'lgan zafaringning guvohlari bo'lib ko'plarga ko'rindilar. Sen bizning hayotimiz va yagona Najodkordirsan. Biz O'z gunohlarida hanuz o'lik bo'lganlarga va ular ham yashashi uchun oqlanish sirlarini ko'rmaydiganlarga maslahat berish uchun Sening boshqaruvingni so'raymiz. Biz Sendan minnatdormiz chunki qimmatbaho qoning tufayli muqaddas Xudoga bo'lgan yo'lni ularga ochib berding.

SAVOL:

  1. Gunohkor kishi nima uchun boshqalarning gunohlarini ko'tarolmaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)