Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 261 (The Frowns of God and Nature on the Crucified)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

27. Xudoning Xo'mrayishi va xochga Mixlangandagi Tabiat (Matto 27:45-50)


MATTO 27:45-50
45 Tushdan boshlab soat uchgacha butun yerni qorong'ulik qopladi. 46 Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan: - Eli, Eli, lomo shavaqtani?, ya'ni “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo'yding?” - deb faryod qildi. 47 U yerda turganlardan ba'zilari buni eshitib: - U Ilyosni chaqiryapdi-ku, - deyishdi. 48 Ulardan biri darhol yugurib, shimgichni olib keldi-da, uni sirkaga botirib, qamishning uchiga ilgancha, Isoga ichishga uzatdi. 49 Boshqalari esa: - To'xta ko'raylik-chi, Ilyos kelib Uni qutqararmikan, - deyishdi. 50 Iso esa yana bir bor qattiq oh urib, jon berdi.
(Zabur 21:2, 68:22)

Masihning tug'ilishini g'oyat darajadagi nur e'lon qildi (Matto 2:2). Shuning uchun, bu g'oyat darajadagi zulmat Uning o'limi bilan borishi kerak bo'lgan haqiqat edi, chunki U dunoyoning Nuridir. Rabbimiz Isoga qilingan sharmandalik osmonlarni alangalatdi va ularni tartibsizlikka qo'ydi. Oldin quyosh hech qachon shunday yovuzlikni ko'rmagan, va shuning uchun yuzini o'girdi va endi buni ko'rolmadi.

Iso tush chamasi o'n bir va o'n ikkilar o'rtasida, Juma kuni xochga mixlangan edi. Xalq Juma kuni kech soat oltidan boshlab, Shanba kunda Fisih bayramini nishonlaganlar. Shu bilan birga Iso xochga mixlandi, odamlarning ko'plari Xudoning g'azabi ulardan o'tib ketishi uchun qo'zilarni so'ygani ma'bad hovlisiga kirdilar. Ular Xudoning haqiqiy Qo'zisi barcha insonlarni Xudo bilan yarashtirish uchun devor tashqarisida osilganini bilmadilar. Masih bizning gunohlarimizni olishga loyiq bo'lgan yagona Xudoning Qo'zisi ekanini bizga e'lon qilish uchun Fisih bayramidan oldin Juma kuni kechda o'ldi. Hukm farishtalari bizning ustimizdan o'tib ketishi uchun va xochga Mixlangan Isoga bo'lgan imonimiz orqali oqlanishimiz uchun O'zining boshiga Xudoning hamma g'azabini to'pladi.

Matto Masih xochdaligida gapirgan yettita bayondan birini yozib olgan, bu, “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo'yding?” Bu Dovuz o'zining azoblarini va dushmanlari ustidan zafar qozonganini ifodalab bergan Zabur 21:1 dan ko'rsatilgan Masihning azoblari va ular ustidan g'alabasi ham bashorat qilingan.

Masih “Mening azoblanishim uchun nimaga ruhsat berding?” deb aytmadi balki “Nega Meni tashlab qo'yding?” deb aytdi. Uning qattiq azoblari gunohkorlar uchun to'lovdek holatida Xudo tomonidan qoldirilishi uchun bu dunyoning gunohlarini olishining natijasi bo'lgan. Masih har bir kishi uchun o'limni tatidi (Ibroniylarga 2:9). “Xudo bizni O'ziga ma'qul, solih deb bilishi uchun, gunohni hech bilmagan Masihni biz uchun gunohga aylantirdi” (2 Korinfliklarga 5:21).

Bu so'z bizning chegaralangan tushunchamizga bo'lgandek, shogirdlarning fikrlari uchun qoqilish to'sig'i bo'lgan, butun dunyoning qutqaruvi bunga bog'liq. Agar Masih bu yagona gapni tan olmaganda edi, qutqaruv siri bizdan berkitilgan bo'lar edi.

Getsemaniyada Masih boshlagan yarashtiruv qonuni xochda bajarildi. Iso Xudoning qo'lidan g'azab kosasidan ichganda, Ota O'g'lidan yuzini yashirdi, chunki U tanasida bu dunyoning gunohlarini olgan edi. Shavqatli Ota chinakkam Hukmdorga aylandi va bizning jazomizni O'g'liga berdi. Bu uchun Xudo O'zini O'g'lidan ajratdi.

Iso Masih bizning o'rnimizga xochda hukmga chidadi va biz Uning hayotidan abadiy yashashimiz uchun o'ldi. Hukmlarimizni oluvchi va to'liq taminlovchi Isoning xochining sirlari qanday buyuk.

Zulmatning o'rtasida, Iso Otasiga murojaat qilmadi, chunki Otaning sevgisi qaqshatgich g'azabdek namoyon bo'ldi. Biroq Iso Uni shunday deb chaqirdi, “Tangrim, Tangrim” va Unga bo'lgan ishonchiga yopishib oldi. Iso Muqaddas Xudoni ko'rmagan bo'lsa ham Uning sevgisiga ishondi. Bu Masih biz uchun bajargan imon kurashidir. Iso Uning hukmidan qat'iy nazar Otasining sodiqligiga va yaqinligiga ishondi. Uning imoni Xudoning g'azabini yengib chiqdi. Iblis Isoning ustidan hech qanday hokimyatni topmadi. Iso imonida o'limgacha turdi va Xudoning g'azabiga chek qo'yib, vasvasachining yolg'onlari ustidan g'alaba qozonib, qiynalgan tanasining kuchsizligini olib qo'ydi.

Balki xochga yaqin turgan odamlar xochga mixlangan Isoning yuragidagi buyuk kurashni his qilishmagan. Askarlarning aksaryat qismi Ibroniy tiliga aniq tushunishmagan. U yerdagi askarlardan ko'plari Ibroniy tilini aniq tushunmadilar. Shuning uchun, ular Iso payg'ambar Elishani chaqiryapdi deb o'ylab, Uning so'zlariga tushunmadilar. Yahudiylar Azoblarning Insoning chanqovini qondirish uchun Unga ruhsat bermasdan, balki ular Elisha bu kuchsiz Masihni qutqarish uchun o'limdan tiriladi deb aytib, oxirigacha Uni mazax qildilar. Zulmat kuchayib borardi va yovuz ruhlar Masihni rad etganlarning onglarini berkitib qo'yyotgan edilar, chunki ular hatto oxirgi nuqtada ham Rabbiyni tushunib yetmadilar. Tushdan keyin o'n ikki va uchlar orasida tabiatni qoplagan zulmat iblisning kuchi orqali qotirib qo'ygan bu odamlarga bir belgi kabi tutashishdan natijaga keldi.

Biroq Iso yashiringan Otasini sevar va Unga ishonar edi. U dushmanlarini sevdi va homiymiz kabi ular uchun Xudoga vosetachi bo'ldi. Xochda U siz uchun ham ibodat qilgan va siz batafsil gunohlaringizni tushunmagan bo'lsangiz ham gunohlaringizni kechirdi. Siz gunohkorsiz, lekin Rabbingiz sizni sevadi. Uning o'limi bu sevgining isbotidir. U “Amalga oshdi” deb baqirganda, U siz haqingizda ham o'ylayotgan edi. Uning sevgisi gunohlaringiz uchun to'liq kechirimga erishdi.

Masihning baland yig'isi Ruhining butunligini va tabiatining kuchli ekanini, hamma og'riqlaridan va toliq ishlaridan qat'iy nazar buni ko'rsatgan. O'lyotgan insonlarning ovozi omadsiz bo'lgan birinchi narsalardan biridir. Qisqa nafas olish bilan, shubhalanyotgan til va bir necha singan so'zlarni zo'rg'a gapiradilar va zo'rg'a eshitadilar. Lekin Masih o'lishidan oldin, O'z kuchida bir inson kabi gapirgan. Bu kuch Uning Ruhi Undan portlab chiqmaganini, balki erkin Otasining qo'llariga topshirilganini ko'rsatadi. O'lganida bunga o'xshab yig'lash uchun yetarli kuchi bo'lgan Iso xochdan tusha olgan va o'lim kuchlariga qarshi tura olgan. Lekin abadiy Ruh orqali buni ko'rsatish uchun U Qurbonlik bilan birga Oliy Ruhoniy bo'lib, O'zini tekinga taqdim etdi (Ibroniylarga 9:14), U baland ovozda baqirdi.

IBODAT: Bu dunyoning gunohlarini olgan Xudoning Muqaddas Qo'zisi, biz Senga sajda qilamiz. Sen meni qimmatbaho qoning bilan gunohlarimdan tozalab, o'liming orqali meni muqaddaslading. Men Seni juda sevaman va to'lov to'laganingga ishonaman. Sen meni butunlay Xudo bilan yarashtirding va hamma insonlar uchun najotni tayyorlading chunki najoding qurbonlik o'liming bilan nihoyasiga yetdi. Insonlar o'liming orqali oqlanishlari uchun xoching tomon ularning quloqlarini burgin. Iblisning ishlari orqali ular o'zlarining o'zbilarmon solihliklarini o'rnatish uchun harakat qilishlari bilan aldanib qolmasliklari uchun gunoh uchun kechirim borligini ko'rishlari uchun ularning ko'zlarini ochgin. Sen bizlarni to'liq va abadiy oqlading. Xochingning g'alabasi bizda tushunilib va Otaning ulug'vorligi uchun va Sening muqaddas nomingning shon-sharafi uchun sevging kuchida yangilanishimiz uchun tavba qilish va sinish bilan bizni poklagin.

SAVOL:

  1. Matto tomonidan yozib olingan xochdan faqat aytilgan gapning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)