Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 263 (Witnesses for the Death of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

29. Masihning O'limi uchun Guvohlar (Matto 27:54-56)


MATTO 27:54-56
54 Isoni qo'riqlab turgan yuzboshi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir bo'layotgan barcha ishlarni ko'rib, vahimaga tushdilar-da: - Haqiqatdan ham bu Xudoning O'g'li ekan! - dedilar. 55 Jaliladan boshlab Isoga ergashib xizmat qilib kelgan ko'pgina ayollar ham uzoqdan qarab turgan edilar. 56 Ularning orasida magdalalik Maryam, Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam hamda Zabadiy O'g'illarining onasi bor edi.
(Luqo 8:2-3)

Rimlik yuzboshi odamlarni aldab, Isoni Yahudiylar Shohi va Xudoning O'g'li deb da'vo qilib va Iso kufrlikda ayiblanish uchun xochga mixlanganini bilar edi. Lekin bu yuzboshi xochga yaqin o'tkazgan soatlari mobaynida nimani boshidan kechirdi? U bir jinoyatchining o'limini emas balki buyuk bir insonni o'limini ko'rdi. Yuzboshi Isoning samimiy ibodatida Xudoni ikki karra chaqiruvini eshitdi. Iso dushmanlarini va Uni xochga mixlaganlarni la'natlamadi, yoki Uni mazax qilganlarga jaxli chiqmadi. Shuning uchun, yuzboshi yurakdan shunday deb baqirdi, “Haqiqatdan ham Bu Xudoning O'g'li edi!” Bu imonsiz kishi Iso Xudoning yagona O'g'li ekanini xochning tajribalaridan o'rgangan birinchi kishi edi va u imonini tan oldi.

Bu tushuncha Isoning kiyimi uchun qur'a tashlagan askarlar tomonidan qaytarildi. Boshida, ular quyosh tutilishi va zo'ravon yer qimirlash orqali ta'sirlangan edilar. Endi ular “Haqiqatdan ham Bu Xudoning O'g'li ekan!” deb aytgan boshliqlarining tan olishini qaytargan o'lgan Qutqaruvchilarning shaxsiyati tomonidan qoyil qoldilar.

Rimliklar Isoning oxirgi so'zlariga bo'lgan yagona guvohlar bo'lishmagan. U yerda hurmat va achinish bilan xochga Mixlangan Masihning oldiga kelgan ba'zi ayollar ham bo'lgan. Ular Isoga Jaliladan boshlab ergashib kelishgan va ular ovqat tayyorlab, kiyimlarni yuvib, muqaddaslik va poklikda Uning ilohiy kuchiga yaqin bo'lib hissalari bilan Unga xizmat qilishgan.

Ayollar kasalliklar va yovuz ruhlar ustidan zafar qozongan Isoni xochga mixlanyotgan o'lik deb qabul qilishga qiyin ko'rdilar. Biroq, ayollardan ba'zilari xochda sodir bo'lgan barcha hodisalarning guvohlari edilar. Bosh ruhoniylar, ikki qaroqchilar va askarlar tomonidan gapirilgan so'zlar bilan birga xochdan bo'lgan Masihning yettita bayoni haqidagi bizning tushunchamiz bu ayollarning guvohiga asoslanadi. Bu ayollar Masihning o'limiga tirik guvoh bo'lganlar. Ulardan to'rttasi nomlari bilan tanilganlar. Ularning shahodatlari orqali, ayollarning ham osmon shohligida muhim o'rinlari borligi aniq bo'ldi. Ularsiz biz shohlar Shohining o'limi haqida bu tavsilotlarni bilmas edik.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Senga rahmat aytamiz, chunki Sen bu yuzboshi Sening ilohiyligingni tushunib, ishonishi uchun va birinchi G'ayriyahudiy kabi Sen Xudoning O'g'li ekaningni tan olishi uchun uning yuragini ochding. Jaliladan boshlab Senga ergashib kelgan, Senga xizmat qilgan va biz tanilmagan va la'natlangan xochda huzuringning oxirgi soatlari haqida batafsil bilib olishimiz uchun xochinga yaqin kelgan bu hurmat qozongan ayollar uchun Senga rahmat aytamiz. Ular o'limga yuz tutishdagi sevgi, imon va umid haqidagi so'zlaringning ham guvohlari bo'lishdi. Biz Sen bilan quvonamiz va biz uchun amalga oshgan najodingning shahodati bilan bu ayollarga ishonish uchun Seni ulug'laymiz.

SAVOL:

  1. Masihning xochga mixlanishida ayollarning o'rni qanday edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)