Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 175 (Danger of Richness)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

5. Boy bo'lgan Yosh Kishi va Boylikning Oqibati (Matto 19:16-22)


MATTO 19:16-22
16 Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: - Valine'mat Uztozim! Abadiy hayot nasib bo'lishi uchun qanday savobli ish qilmog'im lozim? - deb so'radi. 17 Iso unga dedi: - Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil. 18 - Qaysilariga? - deb so'radi u. Iso dedi: - “Odam o'ldirma. Zino qilma. O'g'irlik qilma. Soxta guvohlik berma. 19 Ota-onangni hurmat qil. O'zgani o'zing kabi sev” degan amrlarni-da. 20 Yigit Unga dedi: - Men bularning hammasini yoshligimdan saqlab kelaman. Menga yana nima yetishmaydi? 21 Iso unga: - Agar komil bo'lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag'allarga tarqat. Shundagina ko'kda xazinang bo'lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi. 22 Yigit bu so'zlarni eshitib, qayg'u ichida u yerdan chiqib ketdi. Chunki uning pul dunyosi ko'p edi.
(Chiqish 20:12-16, Levitlar 19:18, Zabur 61:11, Mark 10:17-27, Luqo 18:18-27; 12:33)

Xushxabarchi Matto jamoatdagi muammolarni murojat etishda turmush, ajralish va bolani boqish to'g'risidagi eng cho'qqi masalalardan keyin boylik masalasiga murojat qilishni tanladi.

Bir yosh kishi Xudo bilan poklikda, muqaddaslikda va savob ishlarda yashashni xohladi. Bu buyuk maqsaddir, lekin Masih birinchi bo'lib solihlik uchun Xudoning sifati va odamlarning sifati bir hil bo'lgan yolg'on xalqdan uni ozod qilishni istadi. Iso bu yosh kishiga dedi, “Birgina Xudodan boshqa hech kim savob ish egasi emas”. Iso unga bir ma'noda Masih va Xudo bir ekanini u tushunishi uchun uning tushunchasini ochib yuborish uchun unga titroqli gap bilan murojat qildi.

Iso Otasi bilan Ruhning birligida, komil sevgida, solihlikda va ulug'vorlikda yashaydi. Lekin biz Xudoning muqaddasligiga ko'ra hammamiz buzuq, yovuz, va birorta yaxshi ish qilishga qobilyatsizlarmiz. Shuning uchun biz butunlay tavba qilishga va o'zimizdan kechishga muhtojmiz.

Faqat Xudo solihdir, hech qanday Xudodan boshqa solih kishi yo'q. Uning solihligi O'zidan, va yaratilishdagi barcha solihlik Undan keladi. U sevgi favvorasidir va har qanday ne'mat samoviy nurlar Otasidan tushadi (Yoqub 1:17). Iso buyuk Namuna va solihlik Namunasidir. U orqali hamma yaxshiliklar o'lchanadi. Unga o'xshaydigan va Uning fikriga ma'qbul keladigan hamma narsa yaxshidir. Boshqa narsalardagidek, bunda Rabbimiz Iso “Xudo ulug'vorligining in'ikosi, Xudo borlig'ining aniq suratidir” (Ibroniylarga 1:3) va shuning uchun Uni munosib tarzda Valine'mat deb chaqiriladi.

Bu yosh kishi Masihning darsiga tushunmadi. Masih uning yuziga u har kungi vazifasida qonunni bajara olmasligini ko'rish uchun qonun ko'zgusini qo'ydi. Yana bir bor bu yosh kishining yuzakiyligi u Xudo undan talab qilgan hamma narsani bajarganman deb o'ylagandek yuzakiyligi yuzaga chiqdi. U Muqaddas Rabbiysining oldida gunohkordek asl yuzini ko'rmadi. U mag'rur solihligi orqali, rostgo'yligining mag'rurligi va o'zini qonunni saqlashda solihman deb hisoblashi orqali aldangan. Iso unga uning sevgisi o'zining mag'rur ishonchi va pul uchun bo'lganligini va bular uni ushlab turganligini ko'rsatishiga to'gri kelgan. Iso unda komil xudojo'ylik Xudo va muhtojlar uchun to'liq qurbonni anglatishini ko'rsatib berdi. Bu barkamollikka faqat Isoga ergashish orqali erishish mumkin.

Shu yerda Masih yaqin kishilarga rasmiy burchlarni zikr etadigan amrlarni tasvirlab beradi. Bu boshqa amrlar muhim emasligi uchun emas, balki Musoning o'rnida o'tirgan ustozlar, batomom mensimasdan, voizliklarida pand-nasihatlarini buzishdi ham. Holbuki sizlar yalpiz, arpabodiyon va zira qatori oshko'kdan ushr berib turasiz-u, lekin haqqoniyat, marhamat va sadoqatga esa e'tibor bermay qo'ydingizlar (Matto 23:23). Ularning va'zlari ahloqiy emas, balki urf-odatlar haqida edi.

Masih bizga barcha boylar pullarni kambag'allar orasida ehtiyotkorsizlik bilan ishlatishlari kerak deb aytmayapdi, balki ular U bizga ular o'zlariga yordam bera olishlari uchun kambag'allarga qanday yordam berish mumkinligini donolik bilan o'rganishlari kerakligini aytadi. Dangasa kishi sadaqaga loyiq emas, balki u ter to'kib non yeyishi uchun tabiatini o'zgartirishi kerak.

Masih bu yosh kishini birinchi o'rinda muhtojlar ichida pulini taqsimlab berishi kerak bo'lgan maqsad bilan emas, balki u Xudoga o'zini va pulini butunlay topshirishi uchun mol-mulkiga ishonishdan o'zini ozod qilishi kerak bo'lgan maqsad bilan unga o'rgatdi. Gap shundaki, hech kim Xudoga va boylikka (pulga) birdek xizmat qilolmaydi.

Lekin bu yosh kishi Isoga ergashishni va shu bilan birga puliga ishonishni xohladi. Masih bo'lingan yurakka toj bo'lmaslik uchun yuragingizning to'liq ishonchini so'raydi. Masih har bir kishiga mol-mulkini sotish uchun amr bermaydi. Biroq Uning sizga bo'lgan chaqirig'i o'zingizni Unga butunlay bag'ishlashingizdir. Bu sizning pulingizni va mol-mulkingizni ham o'z ichiga oladi.

Boylikning hukmron sevgisi ko'pchilikni Masihdan chetlatadi, hatto ularda Masih tomon yaxshi istaklar borga o'xshasa ham.

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, Sen Tirik, Haq va Mehribondirsan. Agar biz halokatli pulimizga va bisotimizga ishongan bo'lsak, bizlarni kechir. Biz o'zimizni va pulimizni to'liq qo'llaringa qo'yishimiz uchun bizga yordam ber. Biz birdek Senga va boylikka xizmat qilolmaymiz. Sening sodiq sevgingda Seni, kambag'allarni va muhtojlarni sevish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib bu xudojo'y yosh kishini qutqarishga xarakat qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)