Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 128 (Parable of the Sower)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- English -- French -- Hebrew -- Hungarian? -- Indonesian -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Spanish? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

a) Urug' Sepuvchi haqida Masal (Matto 13:1-23)


MATTO 13:1-9
1 O'sha kuni Iso uydan chiqib, ko'l bo'yida o'tirdi. 2 Uning oldida anchagina xaloyiq to'plangach, U qayiqqa tushib o'tirdi. Bor haloyiq esa qirg'oqda Unga ko'z tikdi. 3 Iso ularga masal yo'li bilan ko'p nasihatlar qildi: “Urug' sepuvchi urug' sepgani chiqibdi. 4 Urug' sepayotganda ba'zi urug'lar yo'l yoqasiga tushibdi. Qushlar uchub kelib, ularni cho'qib ketibdi. 5 Boshqa ba'zi urug'lar esa tuprog'i kam toshloqqa tishibdi. Tuprog' sayoz bo'lganidan, urug'lar tez ko'karib chiqibdi. 6 Biroq quyosh chiqqach, so'lib, ildizi bo'lmagani uchun qurib qolibdi. 7 Yana boshqa ba'zi urug'lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o'sib, urug'larni bo'g'ib qo'yibdi. 8 Yana boshqa urug'lar esa yaxshi yerga tushib, ba'zisi yuz, ba'zisi oltmish, ba'zisi o'ttiz kat hosil beribdi. 9 Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!”
(Mark 4:1-9, Luqo 8:4-8)

Masihning va'zining uchinchi to'plamida, havoriy Matto bizga voizlik haqida Masihning ajoyib yo'lini aytadi. U bizga allaqachon 5-7 boblarda osmon shohligining qoidalarini tushuntirgan va 10 bobda bu ruhiy shohlikning yoyish haqida aytgan. Endi u 13 bobda uning o'sishining sirlarini ko'rsatib beradi. Shu bilan birga u Isodan yuz o'girganlarning ajrashish uchun sabablarni tushuntirib beradi. Masallar Masihga qarshi va Uning samoviy Otasiga qarshi yuraklarini tosh qilib olganlarga bo'lgan javoblardir.

Iso ehtiyotkor ta'limni va fikrlashni talab qilgan ajoyib masallardan foydalanib O'zining ta'limini aniqlab bergan. Iso dushmanlarini O'zining maqsadlarini osson yo'l bilan tushunishdan to'xtatgan, lekin, shu bilan birga, izdoshlariga masallarning ma'nosini tushuntirib bergan. Masih tinglovchilari bilan birinchi uchrashuvida tushintirishga chuqur kirib bormagan, balki ularga qoidalarni bergan va tavsilotlar bilan keyinroq kirib borgan.

Masal ba'zan foydali bo'lgan og'ir gapni anglatadi. Shu yerda xushxabarda bu hayotdan olingan tilda tasvirlab berilgan ruhiy va samoviy sirlar orqali davom ettirgan solishtiruv va o'xshashlikni anglatadi. Bu faqat Yahudiy ustozlari tomonidan emas, balki Arabiyaliklar va sharqning boshqa dono kishilari tomonidan ham bo'lgan ta'limning oddiy yo'li edi. Bu foydali va yoqimli bo'lib topilgan. Buni ishlatishda, Najodkorimiz tinglovchilarining darajasiga tushdi va ularning “tillarida” ularga gapirdi.

Isoni ko'rish va eshitish uchun hamma odamlarga imkoniyat berish uchun dengiz bo'yidan ozgina nari qayiqni surish Isoga sabab bo'lib, Kafarnahumda to'plangan odamlarning soni buyuk edi. Uning hamrohlarida masallar haqida Uning izohlarini eshitish haqida yorliq bor edi. Bu yo'l bilan Rabbiy shogirdlarini havoriylik xizmatlari va kelajakdagi voizliklari uchun tayyorladi.

Isoning so'zini eshitib, bunga ergashmaydigan kishi, yuragida unga bo'lgan Xudoning chaqiruvidan qat'iy nazar va Muqaddas Ruhdan bo'lgan yumshoq rejadan qat'iy nazar, bu kishi Xudoning so'zini endi eshitmaydi. Bu kishi ruhiy eshitish qobilyatini asta-sekin yo'qotib boradi, azizlarning birligidan qaytib boradi va itoatsizlikni tanlagani uchun ko'p gunohlarga qulaydi. U kishi oxir oqibat Najodkorini rad etgunicha zulmat zanjirlarida chulg'anib boradi, va Isoga qarshi kufr qilib, Undan nafratlanadi. Xudoning Ruhiga qalbini ochmaydigan kishi va Uning chaqiruviga ergashmaydigan kishi asta-sekin minglab yo'llar orqali undan oqib chiqadigan yovuz shaytonning ruhlariga to'lib boradi. Shunday qilib Masihga o'zini bag'ishlaydagan oxirgi imkoniyati o'tib ketadi. Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin.

Siz bu ruhiy o'sishda qayerda turibsiz? Osmonga bo'lgan yo'ldami? Yoki do'zaxga bo'lgan yo'ldami? Masih gunohingizdan qat'iy nazar sizni xohlaydi. U sizni shaxsan xayot baradigan so'zini qabul qilish uchun chaqiradi. Biz sizdan Masihning nomi bilan shuni so'raymiz, “Uning oldiga keling, chunki U sizni sevadi, sizni chorlab shifolaydi va Unda sizni qutqarish uchun qobilyat bor.”

IBODAT: Ota, Sen mening yuragimni bilasan. Sening sevgingga qarshi bo'lgan tosh bag'irligim uchun meni kechir. Mening ruhiy hayotim o'sishi uchun va O'g'lingga ergashib, Undan hech qachon yuz o'girmasdan balki har doyim Unga yopishib olishim uchun qiziqish bilan xushxabaringni eshitishga meni tayyorla. Men qudrating orqali pok bo'lishni xohlayman va har doyim aytganlaringni eshitish uchun tayyor bo'lganlar kabi ulug'vorligingning to'liqligi bilan meni muqaddaslashingni istayman.

SAVOL:

  1. Ruhiy o'sish va tushish uchun bo'lgan qoidani yozing va buni tushuntirib bering.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)